Chala kvadrat tenglama va ularni yechish


Download 8.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.09.2022
Hajmi8.32 Kb.
#803390
Bog'liq
ochiq dars bayonnomasi
(1), Имам аль-Бухари, tashkil etilishi., lingvokulturologiya-fanining-yuzaga-kelish-tarixi, Документ (24), A dan boshlab alifbo, 3lab ot, Gips asosidagi buyumlar, fotima1, nilufar biznes, arrali jin ishchi kamerasiga servis xizmat korsatish, test po diskretnoy matematike sipacheva o.i. - kopiya, 1660477062, the contract, Mustaqil ish 1 Yusupov X


Xorazm viloyati Urganch tuman 26-son maktabning 8
a
-sinfida
algebra fanidan “Chala kvadrat tenglama va ularni yechish” mavzusida
Xudayarova Tursunoy tomonidan o‘tkazilgan ochiq dars mashg‘uloti
yuzasidan yig‘ilish
BAYONNOMASI
16.02.2022
Urganch tuman
Qatnashdilar:
Maktab direktori:
S. Rahimova
O’TIBDO’:
M. Qutlimuratova
Metod birlashma rahbari:
L. Vaisova
KUN TARTIBI
Matematika fani o’qituvchisi Xudayarova Tursunoy tomonidan 8
a
–sinfida “ Chala
kvadrat tenglama va ularni yechish” mavzusida o‘tkazilgan ochiq dars mashg‘uloti
muhokamasi.
ESHITILDI
Kun tartibidagi masala yuzasidan metod birlashma rahbari Vaisova Luiza so‘zga
chiqib, matematika fani o‘qituvchisi Xudayarova Tursunoy tomonidan zamonaviy
pedagogik texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlari tashkil etilganigi, mavzuni
o‘quvchilarga tushuntirish uchun o‘qitishning noan’anaviy usullaridan foydalanganligi,
o‘quvchilarni darsga qiziqishini orttirish, diqqat e’tiborini to‘laqonli jalb etish va mavzu
yuzasidan olgan bilimlarni mustahkamlash va hayotga tadbiq etishni o‘rgatish uchun
mustahkamlovchi masala yechish darsida o‘yin metodidan foydalanganligi, o‘quvchilarni
guruhlarga bo‘lib, guruhlarda ishlash, bu dars sifatini yanada orttirishini o‘z so‘zida aytib
o‘tdi.
Shu jumladan, maktab direktori Raximova Sayyora dars so‘ngida ochiq dars
uchun ko‘rgazmali qurollar tayyorlaganligi, bu ko‘rgazmali qurollardan unumli
foydalanganligini hamda dars jarayonida o‘quvchilar qiziqishi yuqori darajada bo‘lganligi
va savol-javoblar orqali o‘quvchilar mavzu yuzasidan kerakli bilimlarga ega bo‘lganligini
aytib o‘tdi va o‘quvchilar bilimiga yuqori baho berdi.
QAROR QILINDI
1. Maktab direktori Rahimova Sayyora va Metod birlashma rahbari Vaisova
Luizaning axboroti ma‘lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xudayarova Tursunoy tomonidan o‘tkazilgan ochiq dars namunali deb topilsin.
3. Darsning qiziqarli va zamonaviy tarzda o‘tilishi namuna qilib ko‘rsatilsin.
Maktab direktori:
S. Rahimova


Metod birlashma rahbari:
Vaisova Luiza

Download 8.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling