Chaqaloqlarda sariqlik – turlari, sabablari, belgilari va davolash


Download 341.23 Kb.
bet1/9
Sana18.12.2021
Hajmi341.23 Kb.
#516165
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Chaqaloqlarda sariqlik
Mustaqil yechish uchun misol va masalalar e5571dd1ee6c358cbd20fa5691580cfc, blankresume (1), SIFAT SO‘Z TURKUMI 9-sinf, 4 sinf, Янгиюльский межрайонный, 2 5298509043483019959, Тақвим режалар, 2017-OCHIQ DARS ISHLANMA INFORMATIKA (1), 2017-OCHIQ DARS ISHLANMA INFORMATIKA (1), 2017-OCHIQ DARS ISHLANMA INFORMATIKA (1), 99 questions, Qadriyatlar falsafasi, 8-sinf algebra., slayd nano11

Chaqaloqlarda sariqlik – turlari, sabablari, belgilari va davolash

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda sariqlik – fiziologik yoki patologik holat boʻlib, bunda chaqaloqlar qonida giperbilirubinemiya va teri rangi, koʻrinadigan shilliq qavatlarning sargʻayishi bilan bola hayotining birinchi haftasida namoyon boʻladi.

Chaqaloqlarda sariqlik qonda bilirubin konsentratsiyasining yuqori boʻlishi, anemiya, teri qoplamalari, shilliq qavatlar va sklera sariq rangda boʻlishi, gepatosplenomegaliya, ogʻir holatlarda bilirubinemik ensefalopatiya bilan yuzaga chiqadi.



Chaqaloqlar sariqligi diagnostikasida Kramer shkalasidan foydalaniladi, bundan tashqari eritrotsitlar, bilirubin, jigar fermentlari miqdori, ona va bola qon guruhi aniqlanadi. Sariqlikni davolashda ona suti bilan oziqlantirish, infuzion terapiya, fitoterapiya, qonni almashlab quyish muolajalari oʻtkaziladi.

Chaqaloqlar sariqligi – neonatal sindrom, teri qoplamalari, koʻrinib turadigan shilliq qavatlarining sargʻayishi bilan kechadigan jarayon. Neonatal sariqlik oʻz vaqtida tugʻilgan bolalarda 60 % va chala tugʻilgan bolalarda esa 80 % holatlarda kuzatiladi. Pediatriya sohasida barcha sariqlik bilan bogʻliq holatlarning 60-70 %i fiziologik jarayonga toʻgʻri keladi. Sariqlik qonda bilirubin miqdorining 80-90 mkmol/l dan oshishi (oʻz muddatida tugʻilganlarda) va 120 mkmol/l (chala tugʻilganlarda) oshishida yuzaga chiqadi. Uzoq muddat davom etuvchi va kuchli sariqlik bosh miyaga toksik taʼsir etadi va nerv hujayralarini zararlaydi.



Download 341.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling