Chet el adabiyoti tarixi
Download 410.44 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH. YUNON ADABIYOTI REJA
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O`ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI
"CHET EL ADABIYOTI TARIXI"
FANIDAN MA'RUZA MATNI
NUKUS - 2011
2
1-mavzu:
KIRISH. YUNON ADABIYOTI REJA: 1. Antik madaniyat va adabiyotning tarixiy axamiyati 2. Mif va afsonalarning paydo bulishi 3. Kadimgi yunonlarning diniy tasavvurlari
Antik adabiyot. Eng kadimiy adabiy yodgorliklar. Mifologiya. Yunon adabiyoti. Folklor. Didaktik epos. Lirika. Tragediya. Komediya. Nasr. Ellinizm davri adabiyoti. Lirika. Dostonlar. Nasr. Roman. Bukolikalar. Idilliyalar. "Yangi" komediya. Rim adabiyoti. Lirika. Nasr. Drama. Komediya. Avgust asri adabiyoti. Rim adabiyotining "oltin davri". Bukolikalar. Georgikalar. Kasidalar. Nomalar. Dostonlar.
I. Antik jamiyat - insoniyat rivojlanishining aloxida boskichi sifatida. Antik jamiyatning rivojlanish boskichlari. Antik adabiyot va madaniyatning istiklol davri uchun tarixiy axamiyati. Antik dunyo bilan, xususan Misr, Bobil, Yunoniston kabi mintakalar bilan Markaziy Osiyoning madaniy alokalari. Ipak yulining kup kismi mamlakatimizdan o'tishi hunarmandchilik, savdo-sotiqning erta va keng rivojlanishiga olib keldi. Antik dunyoning jahon madaniyatiga ta'siri, uni o'rganish manbalari. Adabiyot va yodgorliklarning saqlanishi, tarjima va qo'llanmalar. Qadimda yunon qabilalarining vujudga kelishi. Yunon folklori: mehnat va marosim qo'shiqlari, dehqonchilik qo'shiqlari, to'y va ziyofatlarda aytiladigan qo'shiqlar, ertaklar, maqol va matallar, topishmoqlardan iboratligi yunon xalqining anchagina boy va rang-barang og'zaki adabiyoti bo'lganidan dalolatdir. Yunon mifologiyasi ming yillik tarixga ega. Xalq og'zaki ijodining mahsuli bo'lmish mif va afsonalar kishilarning zaif tomonlarinigina emas, balki ularning kuch-qudrati va orzu-armonlarini ham fantaziya asosida tasvirlaydi, mujassamlashtiradi, u adabiyot va san'atning ravnaq topishiga zamin tayyorlaydi. Mif va afsonalar uchun yaxshilik bilan yomonlik, nur bilan zulmat o'rtasidagi kurash xarakterlidir. Kishilar yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlikni yomonlik, baxtsizlik, zulmat va dahshatli sovuqqa qarama-qarshi qo'yib, baxt o'lkasi, baxtsizlik o'lkasi degan miflarni yaratganlar. Tabiatda ulug' va foydali kuchlar - quyosh va suv abadiy bo'lgan o'lka hamda ofat keltiruvchi kuchlar - zulmat va kulfat abadiy bo'lgan o'lka bor deb hisoblaganlar. Ko'pchilik mifologik obrazlar mana shu ikki o'lka va ular o'rtasidagi kurash fonida gavdalanadi. Barcha xalqlarning tarixida bo'lgani kabi yunon adabiyoti ham, muqarrar, miflar zaminida yuzaga kelgan. Kollektiv ijod natijasida maydonga kelgan miflar va afsonalar kishilarning tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etgan. "Koinotning chaqmoq, momaqaldiroq, zilzala, bo'ron, to'fon, yong'in, oy va quyosh tutilishi
3 kabi hodisalari qurshovida yashagan ibtidoiy odam, bu hodisalar sababini anglamasdan, tabiatdagi bu o'zgarishlarga ilohiy ma'no bergan. Bugun borliqni ins-jinslar, dev-parilar va boshqa turli-tuman mahluqlar makoni tarzida tasavvur etgan, ular haqida diniy afsonalar yaratgan. "O'zbek tilining izohli lug'ati"da bu so'zlar quyidagicha izohlangan: MIF - Xudolar, afsonaviy qahramonlar, dunyoning yaratilishi va yer yuzida hayotning paydo bo'lishi haqidagi qadimiy xalq rivoyatlari, afsona.
MIFOLOGIYa - 1. Miflar haqidagi fan. 2. Biror xalqning miflari, afsonalari majmui ("O'zbek tilining izohli lug'ati", I tom, Moskva, 1981, 468-bet). Biz bu ta'rifni butunlay rad etmagan holda, unga bir oz o'zgartirish kiritish tarafdorimiz. Ajdodlarimizning dunyo tuzilishi to'g'risidagi tushunchalari, tabiat va kishilik jamiyatida sodir bo'layotgan barcha hodisalarni tushuntirishga intilishlari miflarda o'z aksini topgan. Shu bois ham, miflardagi xudolar, ma'bud va ma'budalar obrazlariga ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk badiiy obrazlar sifatida qarashimiz kerak deb hisoblaymiz. Ular bu obrazlar orqali adolat, haqiqat va ezgulik kabi fazilatlarni ulug'laganlar. Keyinchalik xudolar obrazi jamiyatdagi voqelik bilan uyg'unlashtirilgan, unga yaqinlashtirilgan. Bu esa xudolar, ma'bud va ma'budalar obrazlarining xayoliy emasligini ma'lum darajada tasdiqlaydi. Ya'ni miflar shunchaki xayol mahsuli, kishilarning tabiat hodisalari oldidagi o'z ojizligini tan olish emas, balki insoniy fazilatlar ulug'langan, kishilarning orzulari ifodalangan, kishilarni hayotni sevishga, har qanday ishda g'olib chiqishga yo'llovchi va insonning kuch-qudratini ulug'lovchi ilk asarlardir. Yunon miflari hali yunonlar xat-savodni bilmagan vaqtlaridayoq yaratila boshlangan, asrlar davomida sekin-asta tartibga kelgan, og'izdan-og'izga, nasldan- naslga o'tgan va hech qachon alohida bir kitob shaklida yozilmagan. Miflarni biz qadimgi yunon adiblaridan Gesiod va Xomerlarning, yunon dramaturglari Esxil, Sofokl, Evripid hamda ancha keyinroq yashagan yozuvchilarning asarlarida ko'ramiz. Shuning uchun ham yunon miflarini har xil manbalardan to'plab, bir tizimga yig'ishga to'g'ri kelgan. Miflarda hikoya qilinishicha, yerda dastavval dahshatli mahluqlar: DEVlar, oyoqlari o'rnida bahaybat ilonlar bilanglab turgan GIGANTlar, kattaligi tog'day YuZ-QO'LLIKlar, peshonasi o'rtasida bittagina chaqchaygan ko'zi bor vahshiy KIKLOP (SIKLOP)lar, Yer va osmonning dahshatli bolalari - qudratli TITANlar yashagan. Yunonlar GIGANTlar va TITANlar obrazida tabiatning yovuz kuchlarini gavdalantirganlar. Miflarning hikoya qilishicha, oqibat natijada tabiatning bu yovuz kuchlari dunyoda tartib o'rnatgan va unga hukmronlik qilgan Chaqmoq, Chaqar va Bulut quvlar osmon iohi ZEVS tomonidan jilovlangan va bo'ysundirilgan. TITANlar o'rniga ZEVS saltanati bunyodga kelgan. Yunonlar xudolarni odam shaklida tasavvur qilganlar, ularning bir-birlari bilan munosabati ham kishilar o'rtasidagi munosabatga o'xshagan. Yunon xudolari o'zaro janjallashgan, yarashgan, odamlar hayotiga doimo aralashib turgan,
4 urushlarda ishtirok etgan. Har bir xudoning o'ziga yarasha ishi bo'lgan, olamda ma'lum "xo'jalik"ni "boshqargan". Yunonlar o'z xudolariga odamlar singari tabiat (xarakter) va xulq-atvor berganlar, xudolar oddiy odamlardan faqat o'lmasligi bilangina farq qilgan. Har bir yunon qabilasining o'z yo'lboshchisi, harbiy boshlig'i, sudyasi va xo'jayini bo'lgani kabi, yunonlar ZEVSni xudolarning boshlig'i deb hisoblaganlar. Yunonlarning e'tiqodicha, ZEVSning oilasi -aka-ukalari, xotini va bolalari u bilan birgalikda dunyoga hukmronlik qilgan. ZEVSning xotini GERA oila, nikoh, uy- ro'zg'or himoyachisi hisoblangan. ZEVSning akasi POSEYDON dengizlar ustidan hukmronlik qilgan, ukasi AID (GADES) esa yer osti o'liklar dunyosini boshqargan. ZEVSning singlisi DEMETRA dehqonchilik ma'budasi bo'lib, hosilni boshqarib turgan. ZEVSning bosh xotini GERAdan va boshqa ma'budalardan ko'rgan bir qancha farzandlari ikkinchi darajali ma'budalar qatoriga kirgan. GERAdan tug'ilgan birinchi o'g'li GEFEST - otash ma'budi, temirchilik homiysi; ikkinchi o'g'li ARES - qonli urushlar ma'budi; zulmat ma'budasi LATONdan tug'ilgan o'g'li APOLLON - yorug'lik, san'at, she'riyat va musiqa ma'budi, ulug' qohin hamda buyuk chavandoz; uning singlisi ARTEMIDA - qamar ma'budasi, o'rmonlar va ularda yashovchi jonivorlar malikasi, charchashni bilmaydigan ZEVSning miyasidan bunyodga kelgan AFINA PALLADA - donolik ma'budasi, hunar va bilim, shaharlar homiysi; Olimp sultonining zebo qizi AFRODITA va uning o'g'li EROT - sevgi va go'zallik ma'budalari; parizod MAYYadan tug'ilgan o'g'li GERMES - ma'budalar jarchisi, murdalar ruhini oxiratga kuzatib boruvchi, sayyoh va savdogarlar homiysi, badantarbiya ishlarining rahnamosi. Miflarning hikoya qilishicha, bu xudolar odamlar kO'zidan doimiy bulutlar bilan to'silgan OLIMP tog'ida istiqomat qilganlar, "xudolar ovqati" - obi-hayot va ambroziya yeb kun kechirganlar. Barcha ishlar ZEVS huzuridagi bazmlarda hal qilingan. Yerdagi odamlar o'z kasblariga ko'ra, xudolardan biriga sajda qilganlar, ularga atab ehromlar qurganlar, xayr-ehson keltirib, qurbonlik qilganlar. Miflarda ko'rsatilishicha, bu asosiy xudolardan tashqari butun yer yuzi tabiat kuchlarini gavdalantirgan ma'bud va ma'budalar bilan to'la bo'lgan. Daryo va soylarda nimfa NAYaDlar, dengizda NEREIDlar, o'rmonda echki oyoqli, boshida shoxi bor - DRIADlar va SATIRAlar yashaganlar; tog'larda nimfa EXO yashagan. Osmonda GELIOS - quyosh hukmronlik qilgan, u nafasidan o't chaqnovchi otlar qo'shilgan oltin aravasida har kuni dunyoni aylanib chiqqan; qip-qizil EOS - shafaq dunyoga uning chiqishidan darak bergan; tunlari osmonda SELENA - oy hasrat chekkan. Shamollar ham har xil ma'budalar bilan ifodalangan: dahshatli shimoliy shamol BOREY bo'lsa, iliq va mayin shamol ZEFIR bo'lgan. Kishilar hayotini uchta taqdir ma'budasi - MOYRAlar idora etgan, ular kishi hayotining ipini tug'ilganidan to o'lguncha yigirib turganlar va istagan paytlarida uzib yuborishga qodir bo'lganlar. ZEVS - xudolar xudosi, Olimp tog'ida joylashgan saroy taxtida o'tirib, o'z qo'li ostidagi saltanat - koinotni boshqaradi. Shu jihatdan uni o'zbek mifologiyasidagi ezgulik xudosi AXURA MAZDA (XURMUZ)ga o'xshatish mumkin. Lekin uning
5 AXURA MAZDAdan farqli tomoni shundaki, ZEVSning tabiatida keskinlik va qattiqqo'llik ham uchraydi. Buni quyidagi misollarda aniq ko'rish mumkin: 1. Esxilning "Zanjirband Prometey" tragediyasiga asos bo'lib xizmat qilgan, Yunonistonda keng tarqalgan PROMETEY haqidagi afsonada aytilishicha, PROMETEY qadimgi ma'budalar nasliga mansub TITANlardan bo'lgan; ZEVS o'z otasi KRONOSni OLIMP taxtidan ag'darib, uning o'rniga o'zi mavjudod hukmroni - bosh ma'bud bo'lib olganida, TITANlar unga qarshi bosh ko'tarishadi, OLIMP tog'ida ko'tarilgan dahshatli jangda TITANlardan yolg'iz PROMETEYgina ZEVS tomonida turib, sheriklariga qarshi kurashadi. ZEVS o'z dushmanlarini tor-mor etib ko'ngli tinchigach, odamzodni mahv etib, yangi bir nasl yaratmoqchi bo'ladi. hukmronning nohaq niyatlaridan qattiq nafratlangan PROMETEY OLIMP mehrobidagi muqaddas o'tdan uchqun o'g'irlab, odamzotga keltirib beradi va shu jasorati bilan ularni halokatdan saqlab qoladi. Biroq PROMETEYning odam bolalariga qilgan bu yaxshiligi bosh xudoni g'azablantirib, ulug' TITAN boshiga ko'p kulfatlar soladi. ZEVS uni qoyaga zanjirband etib, parchinlab qo'yishga hukm chiqaradi. 2. Kekchi rafiqasi GERAning ba'zi qiliqlaridan bezor bo'lgan ZEVS uni yer bilan osmon o'rtasiga osib qo'yib, chaqmoqlari bilan uch kecha-yu, uch kunduz savalaydi. Onasining yoniga tushgan GEFESTni OLIMP tog'idan shunday itarib yuboradiki, bechora otash ma'budi bir umrga oqsoq bo'lib qoladi. Ma'budalarni odam qiyofasida tasavvur etish, o'z navbatida mifologiyani haqiqiy hayotga yaqinlashtirdi va uning obrazlariga chinakam hayotiylik bag'ishladi. Yunon mifologiyasining bemisl boyligi, obrazlarining nafisligi butun insoniyat tarixi davomida kitobxonning diqqatini o'ziga jalb etib keldi, yunon adabiyoti va san'atiga esa behad-behisob porloq mavzular hadya qildi. Yunonlar xudolar to'g'risidagi miflardan tashqari qahramonlar to'g'risida ham miflar yaratganlar. qadimgi Yunoniston bir butun davlat bo'lgan emas, ular bir-biri bilan tez-tez urushib turadigan, ba'zi-ba'zida birlashib, umumiy dushmanga qarshi kurashgan mayda shahar-davlatlardan tashkil topgan. har bir shaharning, har bir viloyatning o'z qahramoni bo'lgan. Masalan Afina qahramoni ona-vatanini istilochilardan himoya qilgan va bahaybat MINOTAVR buqasini yakkama-yakka olishib yenggan TEZEY ismli yigit bo'lgan. MINOTAVR buqasi yemish uchun Afina o'g'il-qizlaridan olib turar ekan. Frakiya qahramoni mashhur qo'shiqchi ORFEY bo'lgan. Agrivyanlarning qahramoni bir qarashda odamni toshga aylantirib qo'yuvchi MEDUZAni o'ldirgan PERSEY bo'lgan. Keyinchalik Yunon qabilalari sekin-asta birlashib, yunonlar o'zlarini yagona xalq ellinlar deb bilganidan so'ng GERAKLni butun Yunonistonning qahramoni deb e'tirof etishgan. Turli Yunon shaharlari va Miflar yaratilgan. Gerakl - xalq qaramoni. Gerakl qahramonliklari turkiy xalqlar yaratgan "Gershasp", "Elikbek" kabi miflardan ko'ra ko'proq qahramonlik eposlari hisoblangan "To'maris" va "Shiroq" afsonalariga o'xshab ketadi. Bizga ma'lumki, To'maris ham, Shiroq ham xalq qahramoni obrazlari bo'lib, ular taxminan eramizdan
6 avvalgi VI-V asrlarda yashab o'tgan tarixiy shaxslardir. Geraklni esa bizdan bir necha o'n asrlik olis masofa ajratib turadi. Xalqimizda: "har qanday afsona va rivoyat zamirida oz bo'lsada, haqiqat mavjuddir", - degan ibora bor. Ehtimol, yunon xalqi yaratgan "Gerakl" afsonasi zamiridagi haqiqat tarixda yunon mamlakatida Gerakl ismli xalq qahramoni yashab o'tganligidir... 2-mavzu: KADIMGI ADABIY YoDGORLIKLAR Reja: 1. Xomerning "Illiada" va "Odisseya" dostonlari 2. Dostonda kaxramonlar timsoli 3. Eramizdan avvalgi 5-4 asrtardagi yunon adabiyoti
Qadimgi adabiy yodgorliklar sifatida XOMERning "Iliada" va "Odisseya" dostonlarini ko'rsatish mumkin. Har ikki dostonning mavzusi Troya afsonalaridan, ya'ni yunonlar bilan troyaliklar o'rtasida bo'lib o'tgan urush rivoyatlaridan olingan. Xomer dostonlarida aks ettirilgan jamiyat taraqqiyotining bosqichlari. "Iliada" dostoni 15700 misradan iborat bo'lib, 24 bobga bo'lingan. Asarning bosh mavzusi - Axill g'azabini kuylash. Axill - yunonlar bahodiri. Uning bahodirligi do'sti Patrokl uchun troyaliklarga qarshi jangga kirib, troya bahodiri Gektorga qarshi kurashida ko'rinadi. "Iliada" - "Jangnoma" bo'lsa, "Odisseya" - "Sayohatnoma"dir. "Odisseya" dostonida Troya urushining bosh qaqramonlaridan biri, Itakiya shohi Odisseyning sarguzashtlari hikoya qilinadi. "Iliada" va "Odisseya" dostonlari xalq og'zaki adabiyoti asosida yaratilgan qaqramonnomaning klassik namunasi sifatida. Dostonlarning syujet qurilishi, badiiy darajasi. Dostonlarning yaratilish usuli - realistik usul. "Iliada" va "Odisseya" qahramonlari - harbiy demokratiya va urug'chilik jamoasining inqirozga yuz tuta boshlagan davridagi yunon qabilalarining orzularini ifodalovchi asarlardir. Dostonlarda xudolar va odam qahramonlar obrazi; ularning insoniyligi, hayotiyligi, xarakterlarining individualligi. Xomer dostonlarining uslubi, badiiy vositalardan foydalanishi. "Iliada"ning qodir Mirmuhamedov tomonidan qilingan o'zbekcha tarjimasi. Ma'lumki, tarixiy o'tmishdagi muhim voqealar to'g'risida qahramonlik dostonlari hamma xalqlarda, jumladan, o'zbek xalqida ham bor. Xomer dostonlari bilan O'rta Osiyo xalqlarining mardlik, bahodirlik dostonlaridan biri - "Alpomish" o'rtasidagi yaqinlik. Bu o'rinda o'xshashliklar ko'p. Xomer masalasi. Xomer har qanday sevimli shoirdek, avvalo har bir kitobxonning shaxsiy emotsional tuyg'ulariga murojaat qiladi. Uning qarashlarida abadiy va azaliy muammolargina emas, keyingi barcha zamonlarga tegishli da'vatlar ham seziladi. Bizningcha, har bir hozirgi kitobxon ham bu qadimiy eposlarda davrimizning eng dolzarb muammosi - urush va tinchlik haqida o'zini hayajonlantiruvchi mulohaza
7 va his-tuyg'ularni topadi. Ovro'po xalqlari adabiyotlarining eng yaxshi namunalari ezgulik va insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilar ekan, bunda qadim yunon eposlarining ta'siri yo'q deb bo'lmaydi. Jumladan, Xomer hatto o'zining eng sevimli qahramoni Axillning ham intiqom iztirobida es-hushini yo'qotib vahshiyona qon to'kishini kechirmaydi. U mehmondo'st qo'shnisiga xiyonat qilib urush boshlanishiga sabab bo'lgan troyaliklarga ham insoniy bir shafqat tilaydi, O'z shaharlarini, bolalarini, hayotlarini himoya qilishga majbur bo'lgan, o'z shahzodasi Parisning kasriga qolgan troyaliklarga xayrixohlik bildiradi. Biroq oddiy kishilarga bo'lgan bu xayrixohlik hech bir joyda yovuzlikni oqlash, xiyonatni xaspo'shlash tusini olmaydi. Axloqiy pozitsiyaning bunday mustahkamligi, hayotbaxshligi, ezgulik va halollikka, jahoniy uyg'unlik va mangu go'zallikka intilish - bu dostonlarning umrboqiyligini ta'min etgan. Nazarimizda, dostonlarning barcha xalqlar, barcha zamonlar uchun barhayotligi sabablaridan yana biri - she'riyat dahosining qalam va kalom qudratidir. Yunon adabiyotidagi didaktik eposning eng birinchi namunasi Gesiodning "Mehnat va kunlar" poemasidir. Asar inson mehnatining ulug'ligi, adolatning barqarorligi va mehnat ahlining tirikchiligi yo'lida uchraydigan turli masalalar haqidagi nasihatlar shaklida yozilgandir. Asarga kirgan "qirg'iy bilan Bulbul" masalida shoir zamonidagi ijtimoiy tengsizlik ifodalangan. Zo'ravonlik hukmron bo'lgan zamonda faqirlar uchun yagona chora - mehnat qilish va mehnat orqali tirikchilik o'tkazish degan fikrni ilgari suradi. Eramizgacha bo'lgan VII-VI asrlarda yunon jamiyati va madaniyati. Yunon hayotida ro'y bergan ijtimoiy siyosiy o'zgarishlar natijasi o'laroq adabiy janr sifatida lirikaning paydo bo'lishi. Yunon tilidagi "Lirika" cholg'u asbobi "lira"dan olingan bo'lib, musiqa bilan aytiluvchi she'r degan mazmunni bildiradi. Har bir lirik shoir ham, muallif ham bastakor bo'lgan. Keyinchalik lirikaning Yamb va elegiya turlari adabiy janrga aylandi. Shu bilan birga yakka shaxs tomonidan ijro etiladigan - monodik lirika va xor lirikasi vujudga keldi. qadimgi yunon she'riyatida qofiya bo'lgan emas, lekin ohangdorlikni belgilovchi vazn bo'lgan. Manbalarning bergan ma'lumotiga ko'ra yunon lirikasi boy va rang-barang bo'lgan. Elegik lirikaning vazni ham, mazmuni ham epik dostonlarga yaqin turadi. Yamb - hazil - mutoibani, tanqidiy fikrlarni ifoda etuvchi she'riy asar. Bizga ma'lum bo'lgan eng qadimgi elegiyanavis shoir Kallindir, Elegiyalarida vatanni himoya qilishga da'vat etadi. Bu mavzu shoir Tirtey ijodida davom etdirilib, she'rlarida Sparta lashkarlarini vatanni muhofaza qilishga, dushmanga nisbatan shafqatsiz bo'lishga chaqiradi. Shoiring ta'biricha, jangchining oliy fazilati - botirlik va jasoratdir. Shu bilan birga qo'rqoqlik, nomardlikni qattiq qoralaydi. Tirteyning elegiyalari butun yunon olamida keng tarqalgan. Shoirning she'rlari jangga ketayotgan lashkarlarning jangovar qo'shig'iga, maktab talabalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi darslikka aylangan. Arxilox ijodida insonning shaxsiy tuyg'ulari o'z ifodasini topgan. Uning poeziyasida boshidan kechirgan og'ir hayoti, alamli muhabbati tasvirlanadi.
8 Arxilox ijodida elegiya va yamblar yaratgan. Bu davrda monodik, ya'ni yakkaxon lirika ham rivojlandi. Shoir Alkey bilan Sapfolar bu lirika vakillaridir. Alkey ijodida siyosiy mavzular bilan birga ayollar latofatini tasvirlovchi she'rlari ham mavjud. Shoira Sapfo poeziyasi faqatgina shaxsiy kechinmalar, yurak hislari bilan chegaralangan, deyarli yakka-yagona mavzu - sevgi va go'zallikdir. Monodik lirikaning yana bir vakili shoir Anakreont bo'lib, ijodidagi asosiy mavzu - ishq va maydir. Anakreontning ishqiy va ziyofat marosimlarida aytiladigan qo'shiqlarining hayotbaxsh ohangi. Anakreont ishqiy she'rlaridan tashqari madhiya, elegiya, epigrammalar ham yozgan. 4-mavzu: SOFOKL IJODI Reja:
1. Sofokl ijodiy faoliyati 2. "Shox Edip" asarining axamiyati 3. "Shox Edip" uzbek saxnasida
Eramizdan avvalgi V asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan yuqori bosqichga chiqqan davri bo'lib, Perikl davlatni boshqargan. Bu davr yunon tarixi voqealarga boy, turli jabhalar, jumladan, ilmu-fan, san'at rivojlantirildi. Ana Katalog: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Navoiyshunoslik O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika Download 410.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling