Chet tilida og’zaki nutqni mustaqil ravishda rivojlantirishning zamonaviy usullari


Download 47.5 Kb.
bet1/2
Sana25.11.2021
Hajmi47.5 Kb.
#177227
  1   2
Bog'liq
22.12.2017. Ma'ruzam.


Assalomu alaykum! Hurmatli ilmiy-anjuman ishtirokchilari !

Mening bugungi ma’ruza mavzuyim “Chet tilida og’zaki nutqni mustaqil ravishda rivojlantirishning zamonaviy usullari” deb nomlanadi.

Mamlakatimizda amalga oshiriladigan keng qamrovli islohatlar yetuk barkamaol avlodni shakllantirishga qaratilganligi biz yoshlarning mas’uliyati yanada orttirmoqda. Yurtimizda yoshlar uchun bu qadar imkoniyatlar yaratilgan ekan biz yoshlar bor imkoniyatimiz bilan jahon tajribasidan foydalangan holda bilim olishga harakat qilamiz. Dunyoda bo’lib o’tayotgan voqea-hodisalar , o’zgarishlardan har doim ogoh bo’lib turish uchun , albatta, xorijiy tillarni bilish lozim bo’ladi. Bugungi kunda yoshlarning til o’rganishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan . Bu imkoniyatdan ko’plab yoshlarimiz foydalanib Vatanimiz taraqqiyoti uchun o’z hissalarini qo’shmoqda.

Birinchi Prezidentimiz ham bu haqda quyidagi fikrlarni bildirib o’tgan edi.

”…hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‘quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o‘z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida orzu intilishlarimiz bugunning o‘zida o‘z hosilini berayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz ”.

Albatta , hozirda chet tillarini o’rganishga qaratilgan e’tibor kuchaymoqda. Chet tillarida erkin so’zlashish uchun yangidan-yangi metodlar , uslublar yaratilmoqda.

Mening mavzuyim aynan Chet tilida og’zaki nutqni mustaqil ravishda rivojlantirishga qaratilgan.

Til o’rganish kishilik jamiyatida o’ziga xos ahamiyatga ega. Har bir inson bir bora bo’lsa ham o’zi yoqtirgan tilni o’rganishga bel bog’laydi. U kuchli zavq-shavq bilan o’rganishga kirishadi. Ammo bir necha oydan so’ng, bu til uni zeriktiryotganligini hamda grammatik qoidalar juda ham qiyin ekanligini ta’kidlay boshlaydi. Bu albatta to’g’ri va ko’p uchraydigan e’tirozlardan biri. Bu esa, o’z navbatida, tegishli chet tili o’qitish va o’rganish texnologiyasini qo’llashni taqozo etadi.

Inson biror-bir yangi tilni o’rganishda, avvalo, uning dastlabki grammatik va leksik bilimlariga ega bo’lishi kerak. Ammo, ko’plab kuzatishlar natijasiga e’tibor bersak, o’quvchi tilning grammatik qoidalarini yaxshi o’zlashtirgan, yetarlicha leksik boylikka ham ega, lekin og’zaki so’zlashuv borasida juda ham kuchsiz, bilgan gaplarini ham og’zaki tarzda ifodalay olmaydigan talabalar oramizda juda ham ko’p. Bu muammo chet tilini o’rganayotgan har bir o’quvchida bor, desak ham mubolag’a bo’lmaydi.

Boshlang’ich leksik va grammatik bilimlarga ega bo’lgan talabalar oldidagi bu muammoni hal etishga yordam beradigan va tajribada sinalgan fransuz tili asosidagi quyidagi metodlarni ko’rib o’tamiz.

Tinglash usuli. Avvalo, bu metodda bugungi kundagi zamonaviy texnolgiyalardan unumli foydalangan holda, o’rganayotgan chet tilida audio va video materiallarni tinglash lozim. Masalan, har bir talaba har kuni darsga kelish uchun kamida 10-20 daqiqa ba’zida undan ham ko’p vaqt sarflaydi. Bu vaqtdan unumli foydalanib, fransuz tilidagi maxsus audiolar yoki diologlarni, hattoki, fransuz xonandalarining ham qo’shiqlarini muntazam ravishda tinglab borish,

faqatgina tinglash emas, uni tushunib tinglash va talaffuz me’yorlariga e’tibor bergan holda eshitish lozim. Bu nafaqat fransuz, balki boshqa tillarni ham o’rganishda juda samarali vositadir.

Takrorlash usuli.Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir”- degan edi buyuk ajdodlarimizdan biri, olim Abu Rayhon Beruniy [4]. Albatta, hech qanday muvaffaqqiyat bir martadayoq erishilmaydi. Buning uchun qunt bilan bilimlarni takrorlash va mehnat evaziga erishiladi. Fransuz tilida ham yangi so’z va iboralarni ham bir necha bor takrorlashdan so’nggina xotiramizda muhrlashimiz mumkin. Masalan, fransuzcha dialogni tinglab yo’lda ketyapsiz bir martadayoq tushunmaysiz, uni yana bir bor qaytadan tinglasangiz butun dialogning 10-20 foizini keyinchalik 50-60 foizini va nihoyat bir necha bor eshitishdan so’ng 90-100 foizni tushunish mumkin.

Qiziqarli hikoyalar tinglash va o’rganish.Bu uslub yuqoridagilaridan farqli ravishda, tinglash va takrorlashda qiziqarli hikoyalardan foydalanishni nazarda tutadi. Yangi so’z va iboralarni yod olishda uni tinmay takrorlash bu juda zerkarli mashg’ulot!

Masalan, un livre-kitob, un livre-kitob, un livre-kitob, un livre-kitob… (fransuzcha) , yoki a pen- ruchka, a pen-ruchka, a pen- ruchka, a pen- ruchka ...(inglizcha) . Shuning uchun le livre, a pen bilan bog’liq qiziqarli hikoyachalar topish yoki o’zimiz hayolimizda biror – bir hikoyacha tuzib uni takrorlash, bu ham qiziqarli ham samarali usuldir.

Aujourd’hui on est le dimanche. Je vais au marché avec mon père. Nous passons près de la librairie . Je vois un livre. A mon avis ce livre est très intéressant. Mon père achete ce livre pour moi.

Kontekstga qarab tushunish. Ma’lum bir fransuzcha dialogni tinglash davomida ayrim yoki ko’plab so’zlar notanish bo’lishi mumkin. Nima qilish kerak? Bunda aynan tushunilmagan so’z ishtirokidagi gapni tahlil qilishga e’tibor qaratish lozim.

My name’s Rafael Ramos and I’m a doctor. I’m 30. I’m married and I have two children. I live in a house in Toluca in Mexico. I want to learn English for my job

Aytib berish metodi. Bu usul og’zaki nutqni rirojlantirishda juda muhim ahamiyatga ega. Ya’ni o’quvchi tinglagan yoki o’qigan matn mazmunini obrazga kirib ifodalash, unda ishtirok etayotgan personajlar fikrini obraz ifodasidan boshqa, ya’ni o’z fikr-mulohazalari orqali bayon etishga harakat qilish lozim.

Aytib berayotgan matnni siz diktofonga yozib olib takrorlashingiz va o’zingizning talaffuzingizni to’g’irlashingiz mumkin. Bunda til o’rganuvchining nutq malakasi, fransuz tilida lug’at boyligi, bu tilda fikrlay olish qobiliyatlari shakllantiriladi.

My name’s Fayzullayev Khurshid and I’m a student at institute. I’m 20 . I live in Ishtikhan, in Samarkand. I want to learn English, because I’m interesting to learn foreign languages.

Vaqt usuli. Bu usulning vaqt deb nomlanish sababini bir savol bilan ifodalash mumkin. Bizda yuqoridagi metodlardan foydalanish uchun bo’sh vaqt har doim ham topiladimi? Albatta, 70-80 foiz til o’rganuvchilar “Yo’q” deb javob berishi va vaqt masalasi ularni qiynayotganliklarini bildiradi. Bu masalga ham yechim topiladi. Bu sizning har kungi kundalik yumushlaringiz uchun ketadigan vaqtingizdir.

Masalan, siz har kuni ishga va o’qishga borib –kelish uchun kamida bir soat va uy ishlari uchun kamida 2 soat sarflaysiz. Bu aniq! Bunday vaqtdan unumli foydalanish zarur. Buning uchun hozirgi zamon texnalogiyalariga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Ya’ni quloqchin va audio dialoglardan unumli foydalanish samaralidir.

Psixologik metod. Fransuz tilini o’rganish uchun juda ko’p vaqt va mehnat talab qilinishi aniq. Yuqoridagi metodlarni bir yoki ikki marta bajarishda birorta muhim ijobiy o’zgarish sodir bo’lishi amri mahol. Chunki yuqorida aytganimizdek, natijaga erishishimiz uchun juda ko’p marotaba takrorlash kerak bo’ladi. Tabiiyki, bu vaqtda talaba psixologik tushkunlik holatiga tushadi. Lekin bu holatdan chiqish zarur. Buning uchun avvalo, tilni o’rganishga astoydil harakat qilayotganini va maqsadini aniq qo’yish lozim.Hamda tilning biz uchun qiziqarli tamonlarini izlashimiz kerak. Aytish lozimki, aniq kun tartibiga rioya qilish hammasidan ham muhimdir. Yuqoridagi usullarni har kuni oz-ozdan bajarish orqali og’zaki nutqni mustaqil tarzda rivojlantirish mumkin,

Xulosa



  1. Download 47.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling