Chigʻatoy ulusi Chingizxon tomonidan 2oʻgʻli Chigʻatoy va uning merosxoʻrlariga hukmronlik uchun berilgan (1224) hududning nomi. Chigʻatoy ulusi Qashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlarini oʻz ichiga qamrab olgan


Download 17 Kb.
Sana21.05.2020
Hajmi17 Kb.
#108388
Bog'liq
Chigʻatoy ulusi


Chigʻatoy ulusi - Chingizxon tomonidan 2oʻgʻli Chigʻatoy va uning merosxoʻrlariga hukmronlik uchun berilgan (1224) hududning nomi. Chigʻatoy ulusi Qashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlarini oʻz ichiga qamrab olgan. Koʻchmanchilik bilan shugʻullanuvchi moʻgʻullarning oʻtroq aholini boshqarish tajribasi yoʻkligi bois Chigʻatoyxon oʻziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Maxmud Yalavochga, soʻngra uning oʻgʻli Masʼudbekka (1238—89) topshiradi. Oʻzi esa umrining oxirigacha ukasi Oʻktoy qoon saroyida bosh maslahatchi tarzida faoliyat koʻrsatadi. Chigʻatoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Horaqurumta joʻnatilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qoʻshin xarajatlari yoʻlida sarf qilish huquqiga ega boʻlgan. Chigʻatoy ulusida ham Chingizxon barpo etgan moʻgʻullar davlatidek mehnatkash omma nafaqat moʻgʻul bosqoqlari, dorugʻalari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Dehqonlar, hunarmandlar, kosiblar, chorvadorlar ilgaridan mavjud boʻlgan soliqlardan tashqari moʻgʻullar joriy qilgan yangi soliq va oʻlponlarni toʻlashga majbur edi. Oxirokibat Chigʻatoy ulusining qishloq va shaharlarida moʻgʻullarga va yerlik zodagonlarga nisbatan noroziliklar kuchaygan, qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtgan (qarang Maxmud Torobiy qoʻzgʻoloni). Chigʻatoy vafotidan soʻng Mangu qoon va Botuxon Chigʻatoy ulusini mulk sifatida tugatib, uni Tuli va Joʻji vorislari oʻrtasida taqsimlashga kelishib olishgan. 1251 yil imperiya poytaxti Qoraqurumda boʻlib oʻtgan qurultoyda Mangu qoon etib saylangach, chigʻatoy xonzodalarning koʻpchiligi Oʻktoy qoon avlodlari qatori qatl qilingan. Chigʻatoy ulusini Mangu qoon va Botuxon boʻlishib olganlar. Movarounnahr Botuxonga qaram boʻlib qolgan. 13-asrning 60- yillarida Chigʻatoyning 6farzandi Baydarning oʻgʻli Olgʻu (1261—65) chigʻatoylar hokimiyatini qayta tiklashga erishadi. Olgʻu vafot etgach, uning vorislari — Muborakshoh va Baroqxon mahalliy aholi bilan yaqinroq munosabatda boʻlish maqsadida musulmon dinini qabul qilganlar. 1266 yil Chigʻatoy ulusi xoni qarorgohi Yettisuvdan Movarounnahrga — Ohangaronga koʻchiriladi. Baroqxon hukmronligi vaqtida Xaydu koʻrsatmasiga muvofiq Masʼudbek tomonidan Buxoro qayta tiklanadi. Fargʻona vodiysida yangi shahar — Andijonga asos solinadi. Kebakxon (1318—26) davrida qarorgoh Qashqadaryoga koʻchiriladi, qad. Nasaf yaqinida Qarshi shahri barpo etiladi. Ulus Erondagi kabi maʼmuriy birliklar hamda soliq undiriluvchi tumanlarga (Fargʻona va Qashqarda — oʻrchin) taqsimlanadi, yagona pul birligi — kebakiyga oʻtiladi. Ammo moʻgʻul mulklarini birlashtirish va markazlashtirish maqsadida oʻtkazilgan maʼmuriy va moliyaviy islohotlar siyosiy tarqoklikka barham berishga qodir emas edi. 14-asr oʻrtalarida Chigʻatoy ulusi Movarounnahr va Moʻgʻulistonta boʻlinib ketgan. 1370 yil Movarounnahrda Amir Temur saltanatining oʻrnatilishi chigʻatoiylar hokimiyatiga barham berdi.
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling