Chirchiq – 2019 2


Download 489.73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.03.2020
Hajmi489.73 Kb.

 

 

Chirchiq – 2019 

 

  



 

I.  O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 

 

Rahbar  kadrlarni  psixologik  baholash,  ularga  zarur  bo„lgan  xislatlar 



majmuasini  ishlab  chiqish,  nomzodlarni  to„g„ri  tanlash  masalalarini  o„rganish 

an‟anasi  sotsial  psixologiya  sohasida  mavjud.  Rahbar  shaxsini  boshqaruv 

faoliyatining  asosiy  bo„g„ini  (obyekti)  sifatida  qator  fanlar  iqtisodiyot,  mehnat 

sotsiologiyasi,  menejment,  marketing  va  boshqalarning  predmetlaridan  biri 

hisoblanib,  uning  turli  qirralarini  har  bir  fan  o„ziga  xos  usul  hamda  uslublar 

yordamida o„rganadi. Lekin bu izlanishlarning deyarli hammasi tushuntiruvchi va 

modellashtiruvchi xarakter kasb etib, aslida rahbar shaxsini tanlash, saralash, uning 

faoliyatini  o„zgartirish  (korrektsiyalash)  va  talablarga  moslashtirish  jarayoni 

ijtimoiy-psixologik tamoyillarga asoslanadi.  

Shu jihatdan ham Oliy ta‟limda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash 

jarayonida “Boshqaruv psixologiyasi” fanining roli va o„rni beqiyosdir.  

“Boshqaruv  psixologiyasi”  fani  umumkasbiy  fan  hisoblanib,  7-semestrda 

o„qitiladi.  Rejalashtirilgan  gumanitar  va  tabiiy-ilmiy  (sportda  axborot 

kommunikatsion texnologiyalari), umumkasbiy (umumiy psixologiya, psixologiya 

tarixi,  sosial  psixologiya,  ontogenez  psixologiyasi,  ixtisoslik  (sport  psixologiyasi, 

sport psixodiagnostikasi va psixokorreksiya) va tanlov fanlaridan olingan bilim va 

ko„nikmalarni to„ldirishga yordam beradi. 

 

II. O‘quv fanining maqsad va vazifalari 



Fanning  asosiy  maqsad  -  talabalarda  bo„lajak  sport  menejerlarini  o„z 

kasbini puxta egallash va ularni tarbiyalashdek juda muhim vazifani hal qilar ekan, 

talabadan ulkan nazariy va amaliy tayyorgarlikni nazarda tutadi.  

Fanning vazifalari - “Boshqaruv psixologiyasi” fanini o„zlashtirish talabalar: 

  menejment  evolyutsiyasi;  boshqaruv  ilmining  nazariy-tarixiy  asoslari; 



chet  el  menejment  nazariyalari  va  amaliyoti;  sharq  mutafakkirlarining 

boshqaruvchilik  faoliyatiga  oid  ijtimoiy-psixologik  qarashlari  haqidagi  tasavvur 



va bilimlarga ega bo‘lishi; 

  boshqaruv  va  liderlikka  oid  nazariyalarni;  boshqaruv  uslublari  va 



superliderlik  fenomenini;  karyeraning  turlari  va  amalga  oshirish  bosqichlarini, 

menejmentning  gender  jihatlarini  bilishi  va  ulardan  foydalana  olish 



ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; 

boshqaruv  organlari  rahbarligiga  zaxira  kadrlarni  kasbiy  va  shaxsiy 

sifatlarini diagnostikalash; karyerani tanlash, rejalashtirish va uni amalga oshirish; 

personalni  boshqarish;  talablar  darajasida  o„rganish  malakalariga  ega  bo‘lishi 



kerak. 

 

III.  Asosiy nazariy qism (ma





ruza mashg‘ulotlari) 

1-modul. Menejment evolyutsiyasi:  

1-mavzu. Nazariyadan amaliyot sari tarixiy yuksalishlar 

Boshqaruv  ilmining  nazariy-tarixiy  asoslari.  Yevropacha  menejment 

nazariyalari. Ma‟muriy boshqaruv maktabi. Inson kapitali nazariyasi. Amerikacha 


 

menejment nazariyalari. Ilmiy boshqaruv maktabi yoki mehnatni ilmiy tashkil etish 



maktabi.  Mak-Gregorni  “X”  va  “Y”  nazariyalari.  “X”  nazariyasining  tamoyillari. 

“Y”  nazariyasining  tamoyillari.  Amerikacha  menejment  amaliyoti.  Insoniy 

munosabatlar  maktabi.  Boshqaruvga  jarayon  sifatida  yondashish.  Ouchining  “Z” 

nazarisi.  Yaponcha  menejment  amaliyoti.  Miqdoriy  yondashuv.  Tizimli  va 

vaziyatli  yondashuvlar.  Inson  resurslarini  rivojlantirish  kontseptsiyasi.  Mak-

Gregorni “X” va “Y” hamda Ouchini “Z” nazariyalarining qiyosiy tavsifi. 

Liderlik  sifatlari  nazariyasi.  Liderlikning  vaziyatga  bog„liqligi  nazariyasi. 

Liderlikning  sintetik  nazariyasi.  “Superlider”  tushunchasi.  Oddiy  rahbar  yoki 

liderning  superliderga  aylanish  bosqichlari.  Samarali  boshqaruv.  Amerikalik 

mashhur psixolog Deyl Karnegining ta‟kidlari. 

 

2- mavzu. Sharq psixologiyasi: boshqaruvchilikka oid mutafakkirlarining 

sharqona qarashlari 

Forobiyning  “Fozil  odamlar  shahri”  asari  sharhi.  Beruniyning  “Hindiston” 

asarida keltirilgan boshqaruv xususidagi g„oyalari mazmuni. Yusuf Xos Xojibning 

“Qutadg„u  bilig”,  ya‟ni  “Saodatga  boshlovchi  bilim”  asaridagi  boshqaruvchi 

shaxsiga  oid  qarashlari  mazmuni.  Amir  Temurning  ijtimoiy  hayotni  boshqarishga 

oid  ijtimoiy-psixologik  yondashuvi.  Navoiy,  Donish,  Avloniylarning  bu  boradagi 

davlat boshqaruvi to„g„risidagi qarashlari mohiyati. 

 

3- mavzu. Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik 

Menejment  psixologiyasi  –  boshqaruv  maqsadi  va vazifalari. Boshqaruvning 

obyekti. Boshqaruvning subyekti. I.Mahmudovning “lider” tushunchasiga nisbatan 

yondashuvi.  Boshliq  bilan  bo„ysunuvchilar  o„rtasidagi  munosabatlar.  “Lider”  va 

“boshliq”  tushunchalari  o„rtasidagi  farqlar.  B.Pariginning  bu  boradagi  qarashlari. 

Sport psixologlar kasbiy kommunikativ-kompetentligini rivojlanishiningpsixologik 

xususiyatlari. 

 

4- mavzu. Menejerga xos kompetentlik va kompetentsiyalar 

Kompetentlik 

tushunchasi. 

Menejerning 

tayanch 

kompetentsiyalari. 

Psixologik  kompetentsiya.  Professional  kompetentsiya.  Uslubiy  kompetentsiya. 

Ijtimoiy-psixologik  kompetentsiya.  Autopsixologik  kompetentsiya.  Ijtimoiy-

informasion 

kompetentsiya. 

Kommunikativ 

kompetentsiya. 

Kognitiv 

kompetentsiya. Maxsus kompetentsiya. Madaniy kompetentsiya. 

Maqsadning  qo„yilishi.  Motivatsion  qo„llab  quvvatlash.  Komandada  ishlash 

ko„nikmalarini  tarbiyalash.  Xodimlarga  vakolatlarni  taqsimlash.  O„zgarishlarni 

boshqarish.  Qo„l  ostidagilarning  imkoniyatlarini  rivojlantirish.  Mehnat  sifatini 

boshqarish.  Muloqotga  e‟tibor.  Og„zaki  muloqot.  Yozma  muloqot.  Ishontiruvchi 

muloqot.  Boshqalarni  tushuna  olish.  Atrofdagilarga  ta‟sir  o„tkazish.  Hamkorlik 

o„rnatish. Mijozga yondashuv. Diagnostik ma‟lumotlarni yig„ish. Analitik fikrlash. 

Istiqbolli  fikrlash.  Tushuntiruvchi  fikrlash.  Strategik  fikrlash.  Texnika  sohasidagi 

kompetentsiya. 

Tashabbuskorlik. 

Tadbirkorlik 

qobiliyati. 

Yangiliklarni 

madaniylashtirish.  Natijani  mo„ljalga  olish.  Vijdonlilik.  Qat‟iyatlilik.  O„ziga 


 

ishonch.  Stresslarni  boshqarish.  Ishonchli  bo„lish.  Moslashuvchan,  qayishqoq 



bo„lish. 

 

5- mavzu. Rahbarlik psixologiyasi:  

rahbarlik uslublari va qaror qabul qilish 

Nemis  olimlaridan  G.Gibsh  va  M.Forverg,  rus  olimlaridan  V.Parigin, 

L.Uminskiy,  M.Jukov  va  boshqalarning  ishlari  mazmuni.  Boshqaruv  uslubi. 

An‟anaviy  yondashuv.  Zamonaviy  yondashuvlar.  Vaziyatga  oid  rahbarlik  uslubi. 

Avtoritar  uslub.  Demokratik  uslub.  Liberal  uslub.  Konsultativ  uslub.  Partisipativ 

uslub. Boshqaruv matrisasi. Boshqaruv uslublarining kommunikativ imkoniyatlari. 

Rahbar  shaxsi.  Muammoning  qo„yilishi.  Rahbar  shaxs  xislatlari.  Rahbar 

yoshi.  Rahbar  jinsi.  Shaxsning  ijtimoiy-iktisodiy  mavqei  va  uning  ma‟lumoti 

darajasi.  Hayot  tajribasi.  Samarali  rahbar  qiyofasi.  Shaxsning  ijtimoiy-psixologik 

strukturasi.  Samarali  boshqaruvga  to„sqinlik  qiluvchi  shaxs  xislatlari.  Liderlik  va 

rahbarlik.  Rahbarlik  muloqoti  va  uning  bosqichlari.  Rahbarlik  muloqotining 

xususiyati.  Boshqaruv  muloqoti.  Rahbarlik  muloqoti  bosqichlari  tavsifi. 

Muammoli,  qiyin  va  nizoli  vaziyatda  muloqot  olib  borish  bosqichlari.  Muloqotda 

idrok jarayoni. 

Boshqaruv qarorlarini qabul qilish. Boshqaruv qarorlari mohiyati. Qaror qabul 

qilish  darajalari.  Qaror  shakli.  Zarur  malakalar.  Odatiy  qarorlar.  Tanlovga 

asoslangan  (selektiv)  qaror.  Moslashuvchan  darajadagi  qaror  qabul  qilish. 

Innovasion, ya‟ni yangiliklarni joriy etish bilan bog„liq qarorlar. Qaror qabul qilish 

bosqichlari. 

2-modul. Boshqaruv psixologiyasi:  

6- mavzu. Boshqaruv jarayonni tashkil etishning psixologik omillari va 

texnologiyalari 

Personalni  boshqarishning  ijtimoiy  psixologik  jihatlari. 

“Personalni 

boshqarish”  tushunchasi.  Personalni  boshqarish  xizmatlari.  Personalni 

boshqarishga ta‟sir ko„rsatuvchi asosiy omillar. Personalni boshqarish funksiyalari. 

Personalni  boshqarishning  huquqiy  jihatlari.  Personalni  boshqarishning  ijtimoiy-

psixologik 

jihatlari. 

Kadrlarni 

joylashtirish 

sohasida. 

Xodimlar 

adaptatsiyasi/moslashuvini  boshqarish.  Xodimlarni  tashkilot  maqsadi  sari 

yetaklash.  Xodimlarni  motivatsiyalash.  Personalni  o„qitish.  Psixologiyaning 

boshqaruvda  tutgan  o„rni.  Boshqaruv  funksiyalari  va  uning  tarkibiy  qismlari. 

Boshqaruv  texnologiyalari.  Shaxsiy  motivatsiyalash  uslublari.  Majlislar  o„tkazish 

texnologiyasi. Vaqtni boshqarish. Boshqaruvda nazoratni takomillashtirish. Xotorn 

tadqiqotlarining mazmun va mohiyati. 

 

7- mavzu. Sport pedagogik faoliyat qobiliyatlarini rivojlantirishning ijtimoiy 

psixologik mexanizmlari 

Rahbarning  professional  muhim  sifatlari. Konseptual  qobiliyat  va  xulq-atvor 

standartlari.  Shaxsiy  sifatlar.  Salomatlik.  Mustaqillik  shaxs  qiyofasini  belgilovchi 

muhim  psixologik  xususiyat  sifatida.  Rahbarga  zarur  bo„lgan  to„rtta  “T”.  Ayrim 

boshqaruv  sohalari  rahbarlariga  xos  bo„lgan  ustuvor  sifatlar.  Rahbar  shaxsining 

g„oyaviy-siyosiy sifatlari. “Rahbarning professional-mutaxassislik sifatlari”ni sport 



 

jamoasining  yuqori,  o„rta  hamda  quyi  bo„g„in  rahbarlarini  ekspertlar  tomonidan 



baholanishi.  Sport  jamoasining  yuqori,  o„rta  hamda  quyi  bo„g„in  rahbarlarini 

muloqotmandlik darajasi. 

 

8- mavzu. Menejmentning gender jihatlari 

Mehnat  bozori  va  biznes  qatlamda  ayollarning  tutgan  o„rni.  Zamonaviy 

menejmentdagi  gender  farqlanishlar.  Boshqaruv  faoliyatiga  ayollarning  kirib 

kelishiga  to„siq  bo„ladigan  omillar.  Mehnat  bozoridagi  resosializasiya  jarayoniga 

ayollarning yondashuvi. 

 

9 - mavzu. Rahbarlikka zaxira kadr imidjini o‘zgartirish (korrektsiyalash)  



va talablarga moslashtirish kontseptsiyasi 

Zaxira kadr imidjini o„zgartirish (korrektsiyalash) va talablarga moslashtirish 

nazariyalari.  Zaxira  kadr  imidjini  amaliy  jihatdan  rivojlantirish  va  shakllantirish 

bosqichlari.  Ma‟muriy  boshqaruv  organlari  rahbarligiga  zaxira  kadrning  kasb 

professiogrammasini  yaratishning  ilmiy-amaliy  asoslari.  Ma‟muriy  boshqaruv 

organlari rahbarligiga zaxira kadrlarni kasbiy va shaxsiy sifatlarini diagnostikalash. 

Ma‟muriy boshqaruv samaradorligini oshirish yo„llari.  

 

IV.  Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 

Seminar  mashg„ulotlari  mavzu  bo„yicha  reja  va  tavsiya  qilingan  adabiyotlar 

asosida o„tkaziladi.  Talaba mustaqil tayyorgarlik ko„rib,  to„plagan bilimlarini dars 

vaqtida  himoya  qiladi.  Talabalar  menejment  evolyutsiyasi,  menejment 

psixologiyasining 

nazariyalari 

va 


amaliyotini 

tarixiy 


jihati, 

Sharq 


mutafakkirlarining 

boshqaruvchilik 

faoliyatiga 

oid 


ijtimoiy-psixologik 

qarashlarini,  boshqaruv  ilmining  nazariy-tarixiy  asoslarini,  psixologiyada 

boshqaruv muammosini, rahbarlik va liderlik tushunchalarini, rahbarlik uslublarini, 

boshqaruv  va  liderlikka  oid  nazariyalarni,  superliderlik  fenomenini,  boshqaruv 

jarayonini  tashkil  etishning  psixologik  omillarini,  boshqaruv  texnologiyalarini, 

rahbarlik  psixologiyasini,  qaror  qabul  qilish  jarayonini,  jamoalar  va  xodimlarni 

boshqarishning 

psixologik 

asoslarini, 

menejerga 

xos 

kompetentlik 



va 

kompetentsiyalarni, sport  jamoasi  rahbari shaxsining obyektiv  ijtimoiy-psixologik 

xususiyatlarini, menejmentning gender jihatlarini, rahbarlikka zaxira kadr imidjini 

o„zgartirish  (korrektsiyalash)  va  talablarga  moslashtirish  kontseptsiyasini 

o„rganadilar.  

Seminar mashg„ulot uchun tavsiya etilayotgan mavzular: 

1.  Menejment evolyutsiyasi: nazariyadan amaliyot sari tarixiy yuksalishlar; 

2.  Sharq psixologiyasi: boshqaruvchilikka oid mutafakkirlarining sharqona 

qarashlari; 

3.  Menejment psixologiyasi: rahbarlik va liderlik

4.  Menejerga xos kompetentlik va kompetentsiyalar; 

5.  Rahbarlik psixologiyasi: rahbarlik uslublari va qaror qabul qilish

6.  Boshqaruv psixologiyasi: jarayonni tashkil etishning psixologik omillari 

va texnologiyalari; 

7.  Sport  pedagogik  faoliyat  qobiliyatlarini  rivojlantirishning  ijtimoiy 


 

psixologik mexanizmlari; 



8.  Menejmentning gender jihatlari

9.  Rahbarlikka  zaxira  kadr  imidjini  o„zgartirish  (korrektsiyalash)  

va talablarga moslashtirish kontseptsiyasi; 

Seminar  mashg„ulotlarni  tashkil  etish  bo„yicha  kafedra  professor-

o„qituvchilari  tomonidan  ko„rsatma  va  tavsiyalar  ishlab  chiqiladi.  Unda  talabalar 

asosiy ma‟ruza mavzulari bo„yicha olgan bilim va ko„nikmalarini amalda qo„llash 

orqali  yanada  boyitadilar.  Shuningdek,  asosiy  va  qo„shimcha  o„quv  adabiyotlari 

asosida  talabalar  bilimlarini  mustahkamlashga  erishish,  tarqatma  materiallardan 

foydalanish,  ilmiy  maqolalar  va  tezislarni  chop  etish  orqali  talabalar  bilimini 

oshirish, psixologik testlarni qo„llash, mavzular bo„yicha tahlil qilish va boshqalar 

tavsiya etiladi. 

 

V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 

Mustaqil  ta‟limning  turli  xil  shakllari  mavjud  bo„lib,  bunda  asosiy  e‟tibor 

talabaning  berilgan  mavzular  (amaliy  masalalar,  topshiriqlar  va  keys-stadilar)ni 

mustaqil ravishda, ya‟ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o„qib o„rganishi va shu 

yo„nalish  bo„yicha  bilim  va  ko„nikmalarini  chuqurlashtirishiga  qaratiladi.  Ushbu 

shakllarga quyidagilar tegishlidir:  

- darslik,  o„quv  qo„llanma  yoki  o„quv-uslubiy  majmua  bo„yicha  fan  boblari 

va mavzularini o„rganish; 

- tarqatma materiallar bo„yicha ma‟ruzalar qismini o„zlashtirish; 

- avtomatlashtirilgan o„rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash

- maxsus  adabiyotlar  bo„yicha  fanlar  bo„limlari  yoki  mavzulari  ustida 

ishlash; 

- talabalarning  o„quv-ilmiy  tadqiqot  ishlarini  bajarish  bilan  bog„liq  bo„lgan 

fanlar bo„limlari va mavzularini chuqur o„rganish; 

- keys-stadilar va o„quv loyihalarini mustaqil bajara olish; 

- faol 

va 


muammoli 

o„qitish  uslubidan  foydalaniladigan  o„quv 

mashg„ulotlarini o„zlashtirish. 

Tavsiya etilayotgan mustaqil ta‟limning mavzular: 

1.  Sport  jamoasi  rahbarligiga  zaxira  kadrning  kasb  professiogrammasini 

yaratishning ilmiy-amaliy asoslari. 

2.  Sport  jamoasi  rahbarligiga  zaxira  kadrlarni  kasbiy  va  shaxsiy  sifatlarini 

diagnostikalash. 

3.  Karyeraning sport sohasiga doir masalalari. 

4.  Boshqaruv jarayonlari va mexanizmi diagnostikasi. 

5.  Sport 

jamoasi 


rahbarligiga 

da‟vogarlarni 

autopsixologik 

kompetentsiyasining rivojlanishi. 

6.  Menejer  shaxsining  ijtimoiy-psixologik  xususiyatlarini  professional 

talablar darajasida o„rganish. 

7.  Kommunikativ va tashkilotchilik layoqatlarini aniqlash. 

8.  Empatik qobiliyatlar darajasini diagnostika qilish. 

9.  Tashkilotchilik qobiliyati psixodiagnostikasi. 

10. Menejer kasbiy moyilligini baholash. 



 

Fan bo„yicha kurs ishi o„quv rejasida ko„zda tutilmagan. 



 

VI. 

Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari hamda axborot manbaalari 

Asosiy adabiyotlar 

1. Каримова 

В.М.,  Ҳайитов  О.Е.,  Джалалова  С.М.  Бошқарув 

психологияси. Ўқув қўлланма. Олий ўқув юртлари талабалари магистратура 

босқичи  талабалари  учун.  /  Проф.  В.М.  Каримованинг  умумий  таҳрири 

остида. – Т.: “Фан ва технология”, нашриѐти, 2008. – 208 б. 

2. Gilbreth,  Lillian  Moller.  The  Psychology  of  Management:  The  Function  of 

the  Mind  in  Determining,  Teaching  and  Installing  Methods  of  Least  Waste.  – 

USA: CreateSpace Independent, 2013. 

 

Qo‘shimcha adabiyotlar 

 

3. Mirziyoyev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  halqimiz  bilan 

birga quramiz  - Toshkent: “O„zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 

4. Mirziyoyev  Sh.M.  Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini  taminlash  yurt 

taraqqiyoti 

va 


halq 

faravonligining 

garovi. 

O„zbekiston  Respublikasi 

Konstitusiyasi  qabul  qilinganining  24  yilligiga  bag„ishlangan  tantanali 

marosimdagi  ma‟ruza.  2016  yil  7  dekabr  /Sh.M.  Mirziyoyev.  –  Toshkent  : 

“O„zbekiston” NMIU, 2017.- 48 b. 

5. Mirziyoyev  Sh.M.  Tanqidiy  tahlili,  qat‟iy  tartib-intizom  va  shaxsiy 

javobgarlik  –  xar  bir  rahbar  faoliyatining  kundalik  qoidasi  bo„lishi  kerak. 

Mamlakatimizni  2016  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  asosiy  yakunlari 

va  2017  yilga  mo„ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor 

yo„nalishlariga  bag„ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  kengaytirilgan  majlisidagi 

ma‟ruza, 2017 yil 14 yanvar. – Toshkent: “O„zbekiston”, 2017. – 104 b. 

6. Mirziyoyev  Sh.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O„zbekiston  davlatini 

birgalikda barpo etamiz. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish 

tantanali  marosimiga  bag„ishlangan  Oliy  Majlis  palatalarining  qo„shma 

majilisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev.  – Toshkent: “O„zbekiston” NMIU, 2017. – 

32 b. 


7. Адаир Д. Психология лидерства. – М.: Изд-во Ексмо, 2007. – 352 с. 

8. Алавердов А.Р. Управление персоналом: учеб.пособие / А.Р.Алавердов. 

– М.: Маркет ДС, 2007. – 304 с. 

9. Миддлтон Д. Карьера / Д.Миддлтон. – М.: Эксмо, 2007. – 240 с. 

10. Психология менеджмента / Под ред. проф. Г.С.Никифорова. – 3-е изд. 

– Харьков: Изд-во Гуманитарный Центр, 2007. – 512 с. 

11. Каримова  В.М.,  Ҳайитов  О.Е.,  Умарова  Н.Ш.  Бошқарув  соҳасидаги 

профессионал  компетенция  асослари:  Монография.  /  Проф.  В.М.  Каримова 

таҳрири остида. – Т.: “Фан ва технология”, 2008. – 120 б. 

12. Махмудов  И.И.  Бошқарув  психологияси:  Ўқув  қўлланма  /  Масъул 

муҳаррир:  А.Холбеков.  –  Т.:  ДЖҚА  “Раҳбар”  маркази;  “YUNAKS-PRINT” 

МЧЖ, 2006. – 230 б. 

13. Нарзулла  Боймуродов.  Раҳбар  психологияси:  Олий  таълим,  халқ 


 

таълими, 



соғлиқни 

сақлаш, 


ўрта 

махсус 


касб-ҳунар 

таълими 


бошқармаларининг  маъмурий  ходимлари  учун  қўлланма.  –  Т.:  Янги  аср 

авлоди, 2007. 



 

Internet saytlari 

 

14. 


www.gov.uz

 -  


O„zbekiston Respublikasi xukumati portali 

15. 


www.lex.uz 

–  O„zbekiston  Respublikasi  Qonun  hujjatlari 

ma‟lumotlari milliy bazasi. 

16. 


ziyonet.uz 

17. 


http://www.voppsy.ru

 

 



10 

 

 



11 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

12 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Download 489.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling