Chiroqchi tumani 63,82-son umumta'lim maktablarii
biologiya fani o'qituvchisi Ashurov B.K.
MAVZU: Muskullar
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga muskullar va ularning funksiyasi haqida tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Jismoniy tarbiya, Tana a'zolarini chiniqtirishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Tayanch kompitensiyalar: Biologik obyekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetensiyasi: Muskullar, ularning turlari, tuzilishi, organizmda joylashish tartiblari, muskullarning inson organizmidagi ahamiyatini tushunadi va izohlay oladi;
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi:
Muskullarni ish prinsiplarini bilgani holda ularni, hayotiy-kasbiy faoliyatidan kelib chiqqan holda chiniqtira oladi. Tabiy ofat, bahtsiz hodisalar, favqulotda holatlarda olingan shikastlanishlarda vaziyatga to’g’ri baho bera oladi va birinchi yordam ko’rsata oladi.
DTS talabi: Jamiyatda muskullar haqidagi umumiy tushunchaga ega bo'lgan holda, ularni to'g’ri chiniqtirish hamda birinchi yordam ko’rsatish haqidagi hulosani chiqara oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi
Dars usullari: Savol-javob. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa uslublar)
Do'stlaringiz bilan baham: |