Chizmachilik fanidan o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’lddirish


Download 17.17 Kb.
Sana02.06.2022
Hajmi17.17 Kb.
#723709
Bog'liq
Chizmachilik fanidan o
2 5350367646846031060, 1, 2, hemis 6 semestr DPM, Elektr mexanik tizim va komplesklarni boshqarish, Документ Microsoft Word (2), 3, лекция11, аб, Ilk o`rta asrlarda o`rta osiyoda tarixiy bilimlar taraqqiyoti, Dawletbaev Atabek-1, Finlandiya, borliqning falsafiy talqini mavzuidan maruza matni , 187 qaror yuzasidan test savollari

Chizmachilik fanidan o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’lddirish
O‘quvchilarni darsga jalb etish uchun noan’anaviy usul­lardan foydalanamiz. Masalan, didaktik o‘yinlar, kichik sahna ko‘rinishlari, guruhlar bilan ishlash kabi innovatsion peda­gogik texnologiyalarni qo‘llaymiz. Mehnatimiz sama­rasi o‘laroq, o‘quvchilar o‘rta­sida sog‘lom raqobat yuzaga kelayotganini ko‘rib quvonamiz-u, aslida, qay darajada aniq va puxta bilimga ega bo‘layotganini chuqur o‘ylamaymiz.

O‘quvchi­larning fanni o‘z­lashtirish darajasini kuzatib, har chorak yakunida fanlar ke­simida test sinovlari nati­jalarini tahlil qilar ekanmiz, ular bilimida aniq­langan bo‘sh­liqlarni daftar hoshiyasiga qayd etib boramiz. Holat bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqamiz. Ammo bu chora-tadbirlar muammoga yechim bo‘la oladimi? Avvalo, bo‘shliq nima uchun paydo bo‘ldi, degan savolga javob topganimiz ma’qul. O‘quvchi darsdagi mavzuni yaxshi o‘qimaganmi yoki o‘qituvchi yaxshi uqtir­maganmi?

Yaqinda 9-sinf adabiyot fanidan olingan sinov natijalarini tahlil qilib, ayrim xatolarni anglagandek bo‘ldim. Chorak boshida to‘rt soat darsga mo‘ljallangan “Alpo­mish” dostonini o‘tish davrida aynan yuqorida keltirilgan didaktik o‘yinlar va videoro­liklardan foydalandim. O‘quvchi qalbiga milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhini singdi­rishga harakat qildim. Darsga ajratilgan vaqtning ko‘p qismi tashkiliy ishlar bilan o‘tgani bois, mavzu mazmunini qis­qaroq bayon etdim. Mashg‘ulot yakunida yaxshi natijaga erishdim, chunki dostondan olingan taassurot bo‘yicha yozma ishda hamma faol ishtirok etdi.

Shundan so‘ng, Alisher Navoiy va uning “Xamsa”sidagi “Farhod va Shirin” dostoni uchun ajratilgan soatlarda ko‘proq lug‘at bilan ishlash, asarning nasriy bayoni bilan tanishish, tasviriy matnlar yaratish kabi nazariy ma’lu­motlarni egallashga qaratilgan ta’lim metodlaridan foyda­landim. Bir qarashda biroz zerikarli ko‘ringan dars avva­l­gisidan ancha farq qildi. Murakkab mavzu mohiyatini ochishda, asosan, yangi mavzu bayoniga e’tibor qaratdim.

Yana bir necha mavzularni o‘tgach, o‘quvchilar bilimini mustahkamlovchi test sinovi o‘tkazdik. O‘quvchilar zerikarli tuyulgan “Xamsa” asaridan berilgan savollarga to‘g‘ri javob topishdi, “Alpomish” dostoni bo‘yicha savollarga javob topishda qiynalishdi. Shunda o‘ylanib qoldim: qayerda xato qildim? “Alpomish” dosto­nini o‘zlashtirilishi oson, deb qaraganim va “Xamsa” asarini tushuntirgandek har bir ma’lumotga to‘xtalib o‘tma­ganim, faqatgina dars­dagi bilim bilan chekla­nuvchi o‘quvchilar ko‘pligini hisobga olmaganim pand berdi. Bir vaqtning o‘zida turli metodlarni qo‘llash barobarida qimmatli vaqtni boy berish mumkinligini tushundim.

Aslida, o‘quvchi bilimidagi bo‘shliq o‘qituvchining o‘zidagi bo‘shliq ekanligi ham sir emas. O‘qituvchi tayyorgarlik jara­yonida faqat darslik bilan cheklanmasdan qo‘shimcha adabiyotlarni varaqlashi kerak. Boisi, o‘quvchi ko‘proq ma’­lumotga ega bo‘lishni istaydi. Biz ularni o‘zimizning aktyorlik qobiliyatimiz va puxta bilimimiz bilan jalb eta olsak, o‘g‘il-qizlarning ilm olishga ishtiyoqi hamda fanga hurmati tobora oshaveradi. Bu natijaga eri­shish uchun ko‘proq izlanish va mehnat talab etiladi. Qola­versa, darslikdagi nazariy ma’lu­motlarni yoritishda o‘quv­chi bilimidagi bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida yonda­shilsa, yaxshi ish bo‘lardi. Xususan, adabiyot darsligida “Aruz vaznini o‘rganish” va she’riy san’atlar, lirik janrlar haqidagi mavzular, ona tilidan “Ergashgan qo‘shma gap” mavzusining kengaytirilishi ham mavzularni to‘liq o‘r­ganishlariga yordam beradi.
Download 17.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling