Choʻkindi togʻ jinslari


Download 51.31 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.01.2022
Hajmi51.31 Kb.
#417386
Bog'liq
Choʻkindi togʻ jinslari - Vikipediya
'Дарс ишланма ЖИИГ, Doc1, Абдиева 3.1, 11, ЛҲИ-1 Ҳимоя, Choʻkindi togʻ jinslari - Vikipediya, ReadMe UzTransLit, LAVOVOZIMLAR, 16-y-Mintaqaviy-iqtisodiyot.Darslik-A.Ishmuhamedov-va-bosh.T-2010, 111Тақриз НФР га Назарий электротехника ЭЭЭ қабул 2021 қабул, дарвозакент 2 тор имзо, LAVOVOZIMLAR, LAVOVOZIMLAR, Qobilov


Choʻkindi togʻ

jinslari

Choʻkindi togʻ jinslari - moddaning suvda choʻkishi yoki havodan tushishidan hamda quruqlik

yuzasi, dengiz okean havzalaridagi muzlar faoliyati natijasida hosil boʻladigan tof jinslari.

Choʻkish mexanik (ogʻirlik kuchi taʼsiri va muhit dinamikasining oʻzgarishidan), kimyoviy (suvli

eritmaning toʻyinish konsentratsiyasiga yetishidan va almashinuv reaksiyalari natijasida) hamda

biogen yoʻl bilan (organizmlar hayot faoliyati bilan bogʻliq) sodir boʻladi. Choʻkindi togʻ jinslari

choʻkish xarakteriga koʻra, chaqiq, kimyoviy va biogen jinslarga boʻlinadi. Choʻkindi togʻ jinslarini

hosil qiladigan asosiy manbalar: Yer poʻstini tashkil qilgan magmatik, metamorfik va qad.

chukindi jinslar; tabiiy suvlarda erigan komponentlar; atmosfera gazlari; organizmlarning hayot

faoliyati jarayonida hosil boʻladigan mahsulotlar; vulkanogen materiallardan iborat. Hozirgi

zamon okean choʻkindilari va qad. choʻkindi jinslarda kosmik material va organik qoldiqlar ham

uchraydi. Baʼzi Choʻkindi togʻ jinslari (ohaktosh, kumir, diatomit va boshqalar) butkul organik

qoldiqlardan tarkib topgan. Zarra (donalar)ning oʻlchami, ularning shakli va uzaro birikmalari

Choʻkindi togʻ jinslari struktururasini belgilaydi (qarang 

Togʻ jinslari tuzilishi

). Choʻkindi togʻ jinslari

shakli va hajmi turlicha boʻlgan qatlam, linza va boshqa shakllardagi geologik jismlar hosil kilib,

Yer pustila normal gorizontal, qiya yoki murakkab burmalar tarzida yotadi. Ushbu jismlarning ichki

tuzilishi (donalar zarralarning uzaro joylashuvi va yoʻnalishi bilan bogʻliq) va boʻshliqni qay

yoʻsinda toʻldirishi Choʻkindi togʻ jinslari te ketu ras i deyiladi. Choʻkindi togʻ jinslari quyidagicha

hosil boʻladi: tub togʻ jinslarining yemirilishidan paydo boʻlgan dastlabki mahsulot suv, shamol,

muzliklar bilan koʻchib, quruqlik yuzasi va suv havzalariga choʻkadi. Natijada turli xil

komponentlardan tuzilgan boʻsh va gʻovak, suvga toʻyingan choʻkindi hosil boʻladi. Bu choʻkindi

murakkab va xilma-xil fizik-kimyoviy (qisman biologik) sistemadan iborat boʻlib, vaqt oʻtishi bilan

asta-sekin choʻkindi jinsga aylanadi (qarang 

Litogenez

). Choʻkindi togʻ jinslarining tasnifi ularning

tarkibi va genezisiga koʻra 10 dan ortiq guruhga ajratiladi: chaqiq jinslar, gillar, glaukonitli,

glinozyomli, temirli, marganetsli, fosfatli, kremniyli, karbonatli jinslar, tuzlar, kaustobiolitlar va




boshqa Asosiy guruhlardan tashqari aralash tarkibli jinslar ham bor. Choʻkindi togʻ jinslari

kimyoviy tarkibiga koʻra magmatik jinslardan farqlanadi: jins hosil qiluvchi komponentlar tarkibi

turlicha boʻladi; tarkibida suv, karbonat kislota, organik uglerod, kalsiy, oltingugurt, galoidlar koʻp

boʻladi; temir oksidi bilan temir (II) oksidi nisbati katta. Choʻkindi togʻ jinslari dan gil (gil, argillit,

gilli slanetslar — 50% ga yaqin), qumtosh (qum va qumtoshlar) va karbonatli jinslar (ohaktoshlar,

dolomitlar 45% cha) keng tarqalgan. Yer yuzasida Choʻkindi togʻ jinslarining hosil boʻlishi va

joylashuvi iqlim va tektonik sharoitlar bilan aniqlanadi. Geosinklinallarda Choʻkindi togʻ jinslarining

katta qatlamlari yigʻiladi, platformalarda esa, aksincha ularning qalinligi kam boʻladi. Choʻkindi

togʻ jinslari Yer poʻsti massasining 10% ni tashkil qilib, Yer yuzasining 75% ni qoplaydi.

Quruqlikdagi Choʻkindi togʻ jinslarining 75% geosinklinal oblastlarda boʻlib, 25% platformalarga

toʻgʻri keladi. Yer qaʼridan olinadigan jami foydali qazilmalar (koʻmir, neft, tuzlar, temir, marganets

va alyuminiy rudalari, oltin va platina sochmalari, olmos, fosforitlar, qurilish materiallari va

boshqalar)ning 75% Choʻkindi togʻ jinslari ga tugʻri keladi.

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Cho%C

A%BBkindi_tog%CA%BB_jinslari&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin.

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

title=Cho

ʻkindi_togʻ_jinslari&oldi

d=2054865



" dan olindi 

Download 51.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling