Cho’ktirish rеаktsiyalаri


Download 0.58 Mb.
Sana11.11.2021
Hajmi0.58 Mb.

Cho’ktirish rеаktsiyalаri

Cho'kma ion almashinish reaksiyasi natijasida hosil bo'ladi. Eritmadan qattiq faza, cho'kma ajralishi cho‘ktirish deyiladi.


Ba(N03)2 + Na2S04 = BaS04 + 2NaN03

Ba2+ + SO2" = BaS04


Moddaning xossasi va cho'ktirish sharoiti (harorat, konsentratsiya, pH muhit va boshqalar) ga qarab cho'kmalar har xil ko'rinishda bo'ladi:

  • pag'a-pag'a Al(OH)3,
  • iviq (H2Si03),
  • donador (PbS04),
  • kristall (BaS04),
  • suzmasimon (AgCl)

Cho`ktirish–kimyoviy stakanlarda bajariladigan gravimetrik analiz usuli jarayoni

Kristall tuzilishli cho'kmalar ma’lum kristall shaklida bo'lib, hajmi kichik, tez cho'kadi, oson filtrlanadi va yuviladi

Amorf cho'kmalar esa pag'a-pag'a (yoki iviq), hajmi katta, sekin cho'­ kadi, qiyin filtrlanadi va yuviladi.

Kimyoviy analizda cho'ktirish usulidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

• tekshiriladigan eritmadan to'g'ridan to'g'ri ayrim ionlami ochishda, Masalan: Fe3+, Ba2+, Cr3+ ionlari aralashmasiga K4[Fe(CN)6] ta’sir ettirilganda, o'ziga xos berlin lazuri cho'kmasining hosil bo'lishi va hokazo:


4Fe3+ + 3K4[Fe(CN)6] = Fe4[Fe(CN)6]3 + 12K+

• kation va anionlarni ajratishda; xalaqit beradigan ionlarni yo'qotishda;

• aralashmadan ayrim ionlarni ajratib konsentrlashda;

• aralashmadan ayrim komponentlar miqdorini aniqlashda (tortma analiz) foydalaniladi.

Ionlarni qiyin eruvchi birikmalar ko`rinishida cho`ktirishga asoslangan cho`ktirish usullari. Bu usullar Mor, Folgard, Fayans usullariga bo`linadi.

Tigellarni tayyorlash–tigellar cho`ktirish, filtrlash va cho`kmani yuvish vaqtida tayyorlanadigan gravimetrik analiz usuli jarayoni.

Cho`ktiriladigan shakl–cho`kma shaklida ajralayotgan aniqlanayotgan modda.

Tortiladigan shakl–massasi bo`yicha aniqlanayotgan komponent miqdori to`g`risida xulosa qilinadigan birikma

Cho`kmani filtrlash va yuvish–filtrlash yoki cho`ktirishdan so`ng darhol yoki biroz vaqt o`tgach amalga oshiriladigan gravimetrik analiz usuli jarayoni.

Cho`kmani quritish va qizdirish–cho`kmani quritish maqsadida gorelka alangasi, qizdirish shkaflari, mufel pechlarida bajariladigan gravimetrik analiz usuli jarayoni.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling