Cho’ktirish rеаktsiyalаri


Download 0.58 Mb.
Sana11.11.2021
Hajmi0.58 Mb.
#443121
Bog'liq
Cho’ktirish rеаktsiyalаri
CHANGES IN THE CLIMATE OF THE FERGHANA VALLEY, Санжарга-18.10.2019, 5411100 Доривор ўсимликларни етиштириш, Mustaqil ta, dastur informatika va at 9, лкашунослик, yozuv va uning turlari, CHANGES IN THE CLIMATE OF THE FERGHANA VALLEY, COMPOSITION OF ESSENTIAL OILS OF THE PLANT ASTRAGALUS STENOCYSTIS, COMPOSITION OF ESSENTIAL OILS OF THE PLANT ASTRAGALUS STENOCYSTIS, Что такое инновации, 1,5-3 баробар ижодий сиртки тавсия, 1,5-3 баробар ижодий сиртки тавсия, algebra va matematik analiz, algebra va matematik analiz

Cho’ktirish rеаktsiyalаri

Cho'kma ion almashinish reaksiyasi natijasida hosil bo'ladi. Eritmadan qattiq faza, cho'kma ajralishi cho‘ktirish deyiladi.


Ba(N03)2 + Na2S04 = BaS04 + 2NaN03

Ba2+ + SO2" = BaS04


Moddaning xossasi va cho'ktirish sharoiti (harorat, konsentratsiya, pH muhit va boshqalar) ga qarab cho'kmalar har xil ko'rinishda bo'ladi:

  • pag'a-pag'a Al(OH)3,
  • iviq (H2Si03),
  • donador (PbS04),
  • kristall (BaS04),
  • suzmasimon (AgCl)

Cho`ktirish–kimyoviy stakanlarda bajariladigan gravimetrik analiz usuli jarayoni

Kristall tuzilishli cho'kmalar ma’lum kristall shaklida bo'lib, hajmi kichik, tez cho'kadi, oson filtrlanadi va yuviladi

Amorf cho'kmalar esa pag'a-pag'a (yoki iviq), hajmi katta, sekin cho'­ kadi, qiyin filtrlanadi va yuviladi.

Kimyoviy analizda cho'ktirish usulidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

• tekshiriladigan eritmadan to'g'ridan to'g'ri ayrim ionlami ochishda, Masalan: Fe3+, Ba2+, Cr3+ ionlari aralashmasiga K4[Fe(CN)6] ta’sir ettirilganda, o'ziga xos berlin lazuri cho'kmasining hosil bo'lishi va hokazo:


4Fe3+ + 3K4[Fe(CN)6] = Fe4[Fe(CN)6]3 + 12K+

• kation va anionlarni ajratishda; xalaqit beradigan ionlarni yo'qotishda;

• aralashmadan ayrim ionlarni ajratib konsentrlashda;

• aralashmadan ayrim komponentlar miqdorini aniqlashda (tortma analiz) foydalaniladi.

Ionlarni qiyin eruvchi birikmalar ko`rinishida cho`ktirishga asoslangan cho`ktirish usullari. Bu usullar Mor, Folgard, Fayans usullariga bo`linadi.

Tigellarni tayyorlash–tigellar cho`ktirish, filtrlash va cho`kmani yuvish vaqtida tayyorlanadigan gravimetrik analiz usuli jarayoni.

Cho`ktiriladigan shakl–cho`kma shaklida ajralayotgan aniqlanayotgan modda.

Tortiladigan shakl–massasi bo`yicha aniqlanayotgan komponent miqdori to`g`risida xulosa qilinadigan birikma

Cho`kmani filtrlash va yuvish–filtrlash yoki cho`ktirishdan so`ng darhol yoki biroz vaqt o`tgach amalga oshiriladigan gravimetrik analiz usuli jarayoni.

Cho`kmani quritish va qizdirish–cho`kmani quritish maqsadida gorelka alangasi, qizdirish shkaflari, mufel pechlarida bajariladigan gravimetrik analiz usuli jarayoni.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling