Chol, Tulki, Bo’ri, Ovchi. Sahna: chakalakzor. Qopqonda yotgan tulkining ovozi eshitiladi. Tulki


Download 24.24 Kb.
bet1/3
Sana18.12.2022
Hajmi24.24 Kb.
#1029567
  1   2   3
Bog'liq
CHOL BILAN BO\'RI


CHOL BILAN BO’RI
Ishtirok etuvchilar:
Chol, Tulki, Bo’ri, Ovchi.
Sahna: chakalakzor. Qopqonda yotgan tulkining ovozi eshitiladi.
Tulki
Voy dod. Yordam… dod bormi rahmdil odam yordam!
(Jim bo’ladi)
Qo’lida qop va arqon bilan chol kirib keladi.
Chol
Cholman ketdi madorim
Hech qolmadi darmonim.
Zo’rg’a zo’rg’a yuraman,
G’ira shira ko’raman.
Qani… biroz dam olay.
(Kunda ustiga o’tiradi)
Tulki_Voy_dod_yordam_onajon,_Qayda_qolding_otajon,_Qutqaringlar_o’laman,_Ochilmayin_so’laman,__(Jim_bo’ladi)_Chol'>Tulki
Voy dod yordam onajon,
Qayda qolding otajon,
Qutqaringlar o’laman,
Ochilmayin so’laman,
(Jim bo’ladi)
Chol
Voy nima bu?... allakim
Dodlaydi-yu bo’ldi jim…
Qaray-chi kim bo’ldi?
(Axtaradi)
Tulki
Men- tulki,
Yordam bering bobojon,
Oyog’imda bor qopqon.
Chol
Qo’limdan kelsa yordam,
Ayamayman men hech ham.
(Axtarib topolmaydi)
Tulki qaysi go’rdasan?
Yoki o’lik murdasan,
Tezroq bo’l ovoz chiqar.
Tulki
Chuqurdaman trz qutqar.
(Yig’laydi)
Chol
Qutqaraman yig’lama, yurak bag’ring tig’lama.
( Chol arqon tashlab Tulkini chuqurdan tortib qopqondan qutqaradi)
Tulki
Raxmat sizga, chol bobo qutqardingiz, o’limdan.
Chol
Yordam qildim ey bola nima kelsa qo’limdan.
Tulki
Men ozodman quvnoqman, boyagiday o’ynoqman.
(O’ynab qo’shiq aytadi)
Jon bobojon bobojon sizga ko’pdan ko’p raxmat,
Bering nenga bir arqon tortmang siz aslo zaxmat.
(Arqonni olib chiqib ketadi)
Chol
( Orqadan qarab)
Balli otangga raxmat,
Umring ziyoda bo’lsin.
Menga qilding zo’r madad yegan tuzing haq bo’lsin.
(Birdan: “ushla qo’yma”degan shovqin eshitiladi.)
Bu qanday shovqin-suron.
“Ushla qo’yma”
O’rmonga o’t ketdimi?
Yoki ajal yetdimi?
PAUZA. Chol xayron. Chopganicha xalloslab bo’ri kiradi.

Download 24.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling