Chori Avaz (1957-1992)


Download 32.75 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi32.75 Kb.
#187373
Bog'liq
Chori Avaz


Chori Avaz (1957-1992)

Chori Avaz 1957 yil 11 dekabrda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1985). «Hayotiylik chog‘ida», «Tortilgan kamon», «Uyg‘onishdan o‘zga tole izlama», «Kuz ertasi» (1992), «Saylanma» (2003) kabi asarlari nashr etilgan. Fin eposi «Kalevala»ni hamda I.Takuboku, R. Akutagava va boshqa shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1992-yil 29-noyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.



Qish

Oppoq, oppoq, oppoq — bir devor,

Izgʻirini chimchilar yuzni.

Sal parishon boʻlsang bu gʻaddor

Ochirmasdan qoʻyadi koʻzni.
Oqlikka oʻch bu qari tullak

Har yil Bahor yoʻlini poylab,

Uzib olmoq uchun bir gulday

Savlat toʻkib yotar uch oylab.
Unutib ul Yerni muttasil,

Koʻzga ilmay horgʻin Quyoshni

O’zin sanab yuradi vali.

Quyosh, Bahor, Yerni sev koʻngil

Va ulardan oʻrgan bardoshni.

Qorlar erib ketadi hali.
Download 32.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling