Choriyev ro’zi choriyevich reja


Download 19.28 Kb.
bet1/2
Sana28.02.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1236547
  1   2
Bog'liq
CHORIYEV RO’ZI CHORIYEVICH


CHORIYEV RO’ZI CHORIYEVICH
REJA:
1. Ro‘zi Choriyev hayoti haqida ma’lumot
2. Ro‘zi Choriyev ijodkorlar ongida g‘oyat chapani, ijodga, izlanishga mukkasidan ketgan mo‘yqalam sohibi
3. Ro‘zi Choriyev nomidagi ijod maktabi


CHORIYEV RO’ZI CHORIYEVICH (1931.28.8, Sherobod tumani Poshxurd qishlog’i — 2004.18.9, Toshkent) — rangtasvir ustasi. O’zbekiston ba faxriy akademik (1997). O’zbekiston xalq rassomi (1987). Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurti (1959) va Repin nomidagi Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik instituti (1965) ni tugatgan. 1966-73 yillar Toshkent pedagogika intida dars bergan. 1990 yildan Respublika bolalar ijodiyoti markazida badiiy rahbar. Choriyev asarlarida o’lka manzaralari, o’tmishi va bugungi kuni, kishilarini yorqin bo’yoklarda katta mahorat bilan aks ettirgan. Choriyev ijodi rangtasvirga milliy ruh, urfodatlar, zamondoshlar, mashhur namoyandalar obrazlari turkumini .olib kirishi, qishloqlarda tasviriy san’at galereyalarini tashkil qilishi bilan alohida ahamiyatga ega. Portretlar (“Zamondoshim”, “Do’stim portreti”, “Kelin. Shohi so’zana”, “Fir’avn. Erkak portreti”, “Boysunlik qariya”, “Poshxurdlik qiz Barno”, “Sayroblik chol”, “Qish. Avtoportret”), maishiy va tarixiy (“Suhbat”, “Xumson oqshomi”, “Oltintopgan koni”, “Nay. Cho’pon bola”, “Boysun”, “Bahor. Sherobod manzarasi”, “Bog’lar” va boshqalar) va shu kabi mavzulardagi asarlari mashhur. Choriyev O’zbekiston tasviriy san’atini targ’ib qilishda fidoyilik ko’rsatgan: uning tashabbusi va bevosita ishtirokida Respublika bolalar ijodiyoti markazi, viloyatlar (Surxondaryo va boshqalar) da tasviriy san’at muzeylari tashkil qilingan, yosh rassomlarga g’amxo’rlik ko’rsatgan. 1969 yildan xalqaro ko’rgazmalarda qatnashib kelgan. Yevropa (Italiya, Shvetsiya, Gretsiya va boshqalar), Osiyo, Afrika mamlakatlarida ijodiy safarda bo’lib, taassurotlari asosida qator asarlar yaratgan. Choriyev haqida “Ko’ngil kamalagi yoki Ro’zi Choriyevni eslab…”filmi yaratilgan (2004). Choriyev asarlari respublika va xorijiy mamlakatlarning muzeylari va xususiy to’plamlarida saklanadi. “Chorvoq vodiysi”, “Surxondaryo odamlari” asarlari turkumi uchun Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (1998). Ad.: Valiullina N., Ro’zi Choriyev, T., 1983.

Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling