Chortoq tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining umumiy yig‘lish b a yo n I qorabog` mfy


Download 1.83 Mb.
Sana18.12.2022
Hajmi1.83 Mb.
#1028154
Bog'liq
15-maktab Bayon


Chortoq tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining umumiy yig‘lish


B A YO N I


Qorabog` MFY 19-oktabr,2022-yil


Yig`ilish raisi: N. Inamaova
Yig`ilish kotibi: N. Eraliyeva

Yig‘lishda ishtirok etdilar: maktab pedagoglari jamoasi 26 nafari ishtirok etdi.




K U N T A R T I B I D A:



  1. Namangan viloyatidagi Kosonsoy va Yangi Namangan tumani xalq ta’limi bo`limiga qarashli maktablarda sodir bo`lgan vaziyatlar va ularning oqibatlari to`g`risida.

Axborotchi: E. Ibrohimov
Eshitildi: Yig‘lishni direktor N. Inamova olib bordi. Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori so‘zga chiqib,ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Kosonsoy va Yangi Namangan tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashli umumta’lim maktablarida sodir etilgan noxush holatlar to`g`risida batafsil tanishtirib o`tdi. Kosonsoy tumanidagi maktablarning birida dars mashg`uloti vaqtida tartibga bo`y sunmagan o`quvchini fan o`qituvchisi tomonidan darsdan chetlatilgan. Mazkur o`quvchi bilan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Lekin o`quvchi dars mashg`ulotiga kirib kelib o`qituvchiga jismoniy harakat orqali jabr yetkazishga uringan. O`qituvchi tomonidan bolani tinchlantirish vaqtidagi holatda sinfning boshqa o`g`ilbolalari ham tortishuvga aralashgan.O`quvchilar tomonidan o`qituvchiga nisbatan zo`ravonlik qlmoqchi bo`lishgan. Mazkur holat maktab ma’muriyati tomonidan to`xtatilgan. Nizoning kelib chiqish sabablari ichki-tartib qoidaga bo`ysinmagan o`quvchining ogohlantirilishidan kelib chiqqan. Keyingi holat Yangi Namangan tumanidagi 58-umumta’lim maktabida sodir bo`lgan. Mazkur maktabda fan o`qituvchisi tomonidan o`quvchini tartibga chaqirish maqsadida o`qituvchi tomonidan jismoniy kuch ishlatilgan. Ushbu holatda o`qituvchi tomonidan voyaga yetmagan bola qattiq kaltaklangan. O`quvchi va o`qituvchinig kelishmovchiligi maktab rahbariyati tomonidan to`xtatilgan. O`quvchi shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat bo`yicha o`qituvchiga nisbatan jinoiy ish qo`zg`otilgan. Ushbu maktab aslida ta’lim ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarda bo`lgan. Bir nafar o`qituvchining xatosi tufayli maktab rahbarlari o`z vazifasidan ozod qilingan.
Yuqoridagi kabi holatlarga yo`l qo`ymaslik barobarida maktab diretori tomonidan barcha o`qituvchilarga ichki-tartib va odob ahloq qoidalariga amal qilishni ta’kidladi. Har bir xodim maktabning ichki-tartib qoidalariga bo`ysinishi majburiyligi, bu to`g`rida ma’muriyat tomonidan har bir xodim tanishtirilib, o`z imzosi bilan tasdiqlaganligi eslatib o`tildi.
Masala yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari B. Holbekova o`z fikrlarini bayon qildi. Bolaga tarbiya berishda jismoniy kuch ishlatish taqiqlangan bo`lib, bu O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa normativ huquqiy hujjatlarida o`z aksini topgan. Voyaga yetmaganlarning qonuniy huquqlarini ta’lim tizimida ham kafolatlab qo`yilgan. Shu sababli direktor o`rinbosari barcha xodimlarga o`quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatmaslikni uqtirdi.

Maktab psixologi R. Tursunova ham masala yuzsidan o`z fikrlarini bildirdi. Sinf rahbarlari tomonidan bolalarning o`zini tutishlaridagi o`zgarishlarni kuzatib boorish, ularning ota-onalari va psixolog bilan doimiy aloqada bo`lish kabi vazifalarni ta’kidladi. Bo`sh o`zlashtiruvchilar, ko`p dars qoldiruvchi o`quvchilarning sabablarini o`rganish, ularning ota-onalari bilan ko`proq bola tarbiyasi bo`yicha suxbatlar olib borish, ularni to`garak mashg`ulotlariga jalb qilish yaxshi natijalar berishini aytib o`tdi.

Ko`rilgan masala yuzasidan xulosa va tegishli takliflar bildirildi. Bildirilgan takliflar, ko`rsatmalarga asoslanib yig`ilish


QAROR QILADI:



  1. Maktab direktorinig Namangan viloyatidagi Kosonsoy va Yangi Namangan tumani xalq ta’limi bo`limiga qarashli maktablarda sodir bo`lgan vaziyatlar va ularning oqibatlari to`g`risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Barcha fan o`qituvchilari va sinf rahbarlariga yuqoridagi holatdan to`g`ri xulosa chiqarish, maktabning ichki-tartib va odob ahloq qoidalariga qat’iy amal qilish, har bir o`quvchi bilan individual holatda ishlash, o`quvchi shaxsini hurmat qilish, ularning ota-onalari bilan doimiy aloqada bo`lish va zifalari yuklatilsin.

  3. Maktab psixologiga o`quvchi va o`qituvchilarning ruxiy holatini doimiy tahlilqilib boorish, ruxiyholatida o`zgarish bo`lganlar bilan psixologik ishlarni olib boorish vazifasi yuklatilsin.

  4. Fan o`qituvchilarinig dars mashg`ulotlariga tayyorgarlik ko`rishi, o`z fanini chuqur bilish va unga o`quvchilarning qiziqishlarini ortirib borishlarining nazorati o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosariga yuklatilsin.

  5. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash barcha sinf rahbarlariga, ijro nazorati esa ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari zimmasiga yuklatilsin.



Yig`ilish raisi: N. Inamova
Yig`ilish kotibi: N. Eraliyeva
Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling