Create (yaratish) buyruqlar paneli. Standart obyektlar tasnifi


Download 1.64 Mb.
bet1/3
Sana16.01.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1095311
  1   2   3
Bog'liq
36-mavzu


36-Mavzu: 3DS Max dasturida modellashtirish
Reja:

  1. Create (yaratish) buyruqlar paneli.

  2. Standart obyektlar tasnifi.

  3. Arxitektura va konstruktorlik ishlariga mo‘ljallagan obyektlarni modellashtirish



Tayanch tushunchalar: Create (yaratish) buyruqlar paneli, Object Type (Obyekt turi) bo‘lmasi, Name and Color (Nom va rang) bo‘lmasi, Standard primitives (standart primitivlar), extended primitives (kengaytirilgan primitivlar), Creation Method (Yaratish metodi) va Keyboard Entry (Klaviaturadan kiritish) primitive, Splaynlar (Spline).



  1. Create (yaratish) buyruqlar paneli.

Create (yaratish) buyruqlar paneli grafik jihatdan bosh menyuning bir xil nomdagi bandlarini takrorlaydi va proeksiya oynalarida turlicha obyektlarni yaratish imkonini beradi.
Create (yaratish) buyruqlar panelining asosiy elementlari (1-rasm):

      1. Bir xil mavzuda jamlangan har xil obyektlardan tashkil topgan ettita tugma: Geometry (Geometriya) – geometrik obyektlar yaratish; Shapes (Splaynlar) – ikki o‘lchovli geometrik figuralar yaratish; Lights (Yorug‘lik) – yoritish manbalarini yaratish; Cameras (Kameralar) – sahnada kamera yaratish; Helpers (Yordamchilar) – sahna bilan ishlashni engillashtiruvchi vizuallashmagan obyektlarni yaratish; Space Warps (Fazoviy deformasiyalar) – sahnadagi o‘zgaruvchan obyektlarning (bomba, to‘lqin, gravitasiya va b.) belgilangan qonuniyatlari bo‘yicha vizuallashmagan obyektlarni yaratish; Systems (Sistemalar) – parametrik sistemalar yaratish (suyaklar simulyasiyasi, quyosh nuri va b.).

      2. Turli toifadagi obyektlarni yaratish ro‘yxati – ushbu ro‘yxatdagi turlicha bandlarni tashlashda Object Type (Obyekt turi) tarkibiy bo‘lmasi o‘zgaradi.

      3. Object Type (Obyekt turi) bo‘lmasi – obyektlarni yaratishga xizmat qiladi.

Izoh: Obyekt yaratish uchun tegishli tugma ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosish kerak (u sariq rangga o‘tadi). Obyektlar yaratish holatini o‘chirish uchun, faol proeksiya oynasining ixtiyoriy joyiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish zarur. Masalan, Box tugmasi ustiga bosilganda “Quti” tipidagi obyekt yaratiladi va faollashtirilgan Box tugmasi vaqtincha o‘chirilmaydi.

      1. Name and Color (Nom va rang) bo‘lmasi – ushbu bo‘lmada yaratilgan obyektning nomi va rangini o‘zgartirish mumkin. Agarda bir xil tipdagi obyektlar yaratilsa, dastur ularni turli koeffitsiyentlardagi bir xil nomlar bilan o‘zlashtiradi, masalan: Box01, Box02 va b. Obyekt nomini o‘zgartirish uchun, mazkur bo‘lmada berilgan nom o‘rniga obyektning o‘z nomini kiritish lozim. Yaratilgan obyekt rangini o‘zgartirish uchun, obyekt nomi ro‘parasidagi rang ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosish kerak va paydo bo‘ladigan oynadan zaruriy rang tanlanadi.

      2. Y
        aratiladigan obyektning o‘zgaruvchan parametrlari bo‘lmasi: Creation Method (Yaratish metodi), Keyboard Entry (Klaviaturadan kiritish), Parameters (Parametrlar).

Create (yaratish) buyruqlar panelining asosiy elementlari (1-rasm)
Obyektlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari

Yaratilgan geometrik obyektlar o‘zida ichi bo‘sh qobiqlarni vizual tasvirlaydi (2-rasm), aslida bu faqat kompyuterning tezkor xotirasida saqlanadigan raqamlar va formulalar to‘plamidir. Obyekt qancha murakkab va butun sahna yaxlit bo‘lsa, uni vizuallashtirishga shuncha ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Sahnaning murakkabligi obyektlarning o‘zini geometrik tuzilishlariga, realistik materiallar va yorug‘likga bog‘liq.
2-rasm. Ichi bo‘sh obyekt.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling