Creative bo’lmoq


Download 14.49 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi14.49 Kb.
#1034537
Bog'liq
Creative bo\'lmoq


Creative bo’lmoq
Uzoq bir qishloqda dehqonlar bor zamonda bir o’g’il va bir ota yashagan ekan. Kunlardan bir kuni otaning o’g’ili nokli olma yeyman deb qolibdi. Ota nima qilishni bilmay qolibdi. O’g’liga bir nokni beribdida. Mana senga nokli olma debdi. O’g’li otasining gapiga ishonib nokni yeya boshlabdi. Oradan yillar o’tibdi, o’g’il katta bo’libdi. Shunda u eslabdi. Otam menga kichikligimda nokli olma bergan edilar, lekin u nokli olma emas balki nokning o’zi edi.
O’g’il shunda o’ylanib qolib nega nokli olma bo’lishi mumkun emas???
Kunlardan bir kuni o’sha bola topdim! topdim! deb baqiribdi. Nima bo’ldi desangiz bola nokli olmani qanday qilib tayorlasa bo’lishini o’ylab topgan ekan.
U nok daraxtining poyasiga olma daraxti shoxinini qo’yib bog’lab qo’yibdi. Oradan bir yil o’tibdi. Uning qilgan ishi o’xshabdi.
Uning daraxti shunday olma beribdiki.
Olma nok kabi suvli, nok kabi shirin ekan.
Shundan keyin u bunday ajoyib narsalar kashf qilishga kirishib ketibdi.
Bundan xabar topgan podshoh uni tezda huzuriga chaqiribdi. Podshoh yigitga qarab senga bir kun muhlat menga yangi narsa qilib ber debdi. Yigit nima qilishini o’ylay boshlabdi. Chunki podshoh yigit uchun faqatgina cho’pakchalar bergan edi. Yigit o’ylay boshladi. Bir vaqt cho’plarni oldida bir biriga kirgiza boshladi. Oradan bir soat o’tdi. Yigit haliham cho’plarni bir-biriga kirgizyapti. Bir vaqt to’qigan narsasini oldida podshoh taxti tomon yugurdi. Podshoh uning to’qigan narsasini oldida buning nima foydasi bor axir bu cho’plarning
jamlanmasi-ku dedi. Yigit to’xtang podshohim bu juda foydali narsa dedi. Yigit to’qigan narsasini oldida podshohim albatta buning sizga foydasi yo’q dedi. Podshoh unda kimga foydasi bor dedi. Yigit podshohim buning biz dehqonlarga foydasi bor dedi. Biz dehqonlar buning yordamida mevalarni tezda yig’ib olishimiz mumkin.
Podshoh bu yigitning mahoratiga qoyil qolibdi va uni qo’yib yuboribdi.
Vaqt o’tishi bilan yigit qishloq doshlariga aytibdi: Jon qishloqdoshlar men boshqa qishloqlarga borib yordam berishim kerak,chunki boshqa qishloqdagilarning menday ixtirochisi bo’lmasligi mumkin debdi va qishloqdan ketibdi. Uni kuzatgani barcha qishloq aholisi yig’ilibdi. U ketibdi. U ketganicha qaytmabdi. U hammaning yuragida qolibdi. Chunki u qishloq aholisiga ko’p yordam bergan ekan.
Download 14.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling