Cupressus sarvdoshlar oilasiga mansub


Download 0.83 Mb.
bet1/3
Sana06.05.2020
Hajmi0.83 Mb.
#103651
  1   2   3
Bog'liq
SARV


SARV (Cupressus) — sarvdoshlar oilasiga mansub igna bargli oʻsimliklar turkumi, bir uyli, doim yashil manzarali daraxt va butalar. Yevrosiyo, Shim. Amerika, Shim. Afrika, Jan. Sharkiy Osiyoning subtropik mintaqalarida 15 turi tarqalgan. Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda 11 turi maщarali daraxt sifatida oʻstiriladi. Boʻyi 30 m dan ortiq, tanasining diametri 50 — 60 sm, 200—300-yil, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 2000-y. gacha yashaydi. Urugʻkurtagi kup. TUpguli 2-yili yetiladi. Ignabarglari yashil yoki havorang. Poʻstlogʻi qalin, qoramtirqoʻngʻir. Koʻproq doim yashil Sarv turining piramidasimon (S. sempervirens) xili koʻp ekiladi. Manzarali bogʻdorchilikda ekiladigan xillari kup. Urugʻidan, manzarali xillari qalamchasidan va payvand qilib koʻpaytiriladi. Ignabarglari va novdalaridan tibbiyotda qoʻllaniladigan efir moyi olinadi. Sarv turlaridan ihota oʻrmonlar, istirohat bogʻlari barpo etishda foydalaniladi. Yogʻochi mebel sanoatida ishlatiladi. Chiroyli shaklda oʻsishi tufayli Sharq sheʼriyatida majoziy maʼnoda sarvqomat yor obrazini tasvirlashda koʻp qoʻllanilgan.

Tuya (Thuja), tuyya,biota — sarvdoshlar oilasiga mansub doim yashil bir uyli oʻsimliklar turkumi. 5 turi Sharqiy Osiyo togʻlarida (Gʻarbiy XitoyKoreyaYaponiya) va Sharqiy Amerikada tarqalgan. Dare qirgʻokdari pastliklarida va botqokliklarda usadi. Daraxti bal. 12–18 m, baʼzida 45– 60 m ga boradi. Shoxshabbalari piramidasimon yoki konussimon. Shoxlari yotik, yoki tik koʻtarilgan. Novdalari nozik, qattiq barglari bilan birga toʻkiladi. Barglari tangasimonUrugʻlari yapaloq, qanotli, smolali. Ikki turi — gʻarb T.si (T. occidentalis; boʻyi 12 m gacha, iyunda gullaydi, 100 yildan ortiq yashaydi) va ulkan T. (T. plicata; bal. 45–60 m, shoxshabbasi tigʻiz piramidasimon, yogʻochi qimmatbaho) shaharlarni koʻkalamzorlashtirishda ekiladi.

Madjerum archasi (sharq biotasi)


Rasm : © meros.uz



  • Hudud: Jizzax viloyati

  • Kategoriya: Tabiat mo‘jizalari

  • Xaritadagi joylashgan o'rni

  •    0

  •  0

  •  10136

Madjerum archasi (sharq biotasi)  — yoshi bir yarim ming yildan kam bo‘lmagan tabiat yodgorligidir. Daraxtning uchta yirik shoxi vaqt mashaqqati tufayli, deyarli yerda yotadi. Istagi amalga oshishi istagidagilar daraxt shoxiga mato bo‘lagini bog‘lashlari kifoya. Shoxlarda rang-barang mato bo‘laklari, dastro‘mollar osilib turipti, ularni sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va bardavom nasl so‘rab bog‘lashgan. Shuningdek, daraxtning uchta shoxi tagidan o‘tib, uning shoxlaridan biriga dastro‘mol bog‘lagan ayolning farzandi kutilgan sanada tug‘ilar ekan. 

Archa haqida mualliflik maqolasi:

MADJERUM BIOTASI, yohud yangi ziyoratchi uchun qo‘llanma

Madjerum archasi (sharq biotasi)  — Nurota-Qizilqum biosfera zahirasi maydonida o‘suvchi tabiat yodgorligi. Tahminiy yoshi bir yarim ming yil. Nurota tog‘larining Madjerum qishlog‘ida, suv tegirmonidan 300 metr balandlikda, soyning chap qirg‘og‘idan 50-60 metr masofada joylashgan (Jizzax viloyatining Forish tumani). Poya aylanasi 24 metr, markaziy shox aylanasi 12 metr, oldida masjid qoldiqlari va eski qishloq joylashgan.

Bu sirli joyga kutilmaganda keldim. Aslida, madjerum biotasi yoki bu yerliklarning so‘zi bo‘yicha archani qishning o‘rtasida Madjerum qishlog‘iga kelganimda ko‘rganman. Ammo bunday sayohat menga shunchalik manzur bo‘lganki, bundan buyon meni bu kabi sermazmun sayohatdan qaytarish juda qiyin Zero, yo‘limizda uchraydigan archa, muqaddas qoya, g‘or yoki mato parchasini bog‘lab, tilak qilish bilan birga, soyada hordiq chiqarib, toza muzdak ichib, shunchaki, mangulik o‘yini surish mumkin.



Madjerumsoyda bo‘lgan kishi bahaybat daratning shox-shabbalari tegida o‘tirarkan, beixtiyor mangulik haqida o‘ylab qoladi. Yillar zo‘r kelib, daraxtning uchta yirik shoxi yerga qadar egilib qolgan. Aslida, ularni shox deyish qiyin, sababi, ular ulkan daraxt tanasi bo‘lib, bir paytning o‘zida unga bir nechta kishi sig‘adi. Ponalarni mahalliy aholi toshlardan qurgan tayanch-piramidalar ushlab turadi. Ulkan daraxt g‘amxo‘rligi — juda savob ishdir, axir, uning oldida avvallari masjid bo‘lgan. Ko‘plab ziyoratchilar ham bugungi kungacha archa-biota oldiga kelib, yaratganning marhamati va istaklari amalga oshishini so‘rab kelishadi. Shoxlarida rang-barang mato bo‘laklari, ziyoratchi ayollar bog‘lagan dastro‘molchalar osilib turadi, ularni sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va bardavom nasl so‘rab bog‘lashgan. Shuningdek, daraxtning uchta shoxi tagidan o‘tib, uning shoxlaridan biriga dastro‘mol bog‘lagan ayolning farzandi kutilgan sanada tug‘ilar ekan.

Mahalliy aholining aytishicha, XX asr boshlarida biota ostida maktab bo‘lib, keng daraxt kovagiga bir vaqtning o‘zida 5-6 kishi sig‘gan.

Muqaddas joy, shuningdek, qadimiy islom dini bo‘lishidan oldin shu diyorda yashagan xalq relikti sifatida ham qiziqish uyg‘otadi. Mahalliy homiy-ruhlarni, ya’ni “er egalarini” ilohiylashtirish — dunyoning deyarli barcha xalqlari dinining animalistik e’tiqodining namoyishidir. Biota shu yerlardagi nurota qadamjosi (qorabaliq makoni bulog‘i, masjid, qo‘rg‘on hamda avliyolar mozorlari) kabi mashhur emas, shuning uchun bu yerga muayyan bir kunda atrofdagi qishloq aholisigina kelib, tilaklarini aytib ketishadi. Ayrimlar eski tegirmon oldiga kelib, qurbonlik uchun qo‘y so‘yishadi, shuningdek, loy o‘chog‘larda baquvvat taom tayyorlab, barcha mehmonlarga uzatishadi.



Biota-archasi katta yo‘ldan uzoqda o‘sadi. Unga yetib borish uchun uzoq yo‘l yurish lozim. Agar Nurota (Navoi viloyati) orqali Jizzah viloyatining Forish tumani tomon yurilsa, yo‘ldan o‘ngga qayilib, Madjerum qishlog‘i tomon yurish kerak. Madjerumda boshqa toqqa yaqin qishloqdagilar kabi etnik tojiklar yashab kelishadi. Agar omadingiz kelsa, tosh to‘siq va uylar orasidagi tor yo‘lakda bir necha erkaklarni uchratishingiz mumkin. Ular qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, albatta so‘rashtshadi. Lekin qishloq chegarasi tugashi bilanoq, mashina yo‘lagi ham tugaydi. Uyog‘iga soy yoqalab toshlar orasidagi yo‘lakdan yurish kerak. Suv jildirab oqmoqda. Tevarak sukunat bilan qoplangan. Burilishlardan birida ko‘z oldingizda syurrealistik surat namoyish bo‘ladi: tog‘ yonbag‘ridagi toshli tashlandiq uy-qal’a. Ba’zi yerlaridagi devorlar to‘kilgan, shu sababli, ertakona shahardagi qadimiy xarobalarni eslatadi. Bu yer eski qishloq-qo‘rg‘on Madjerumdir. Tog‘ aholisi yaqin vaqtlarga qadar qoyador tog‘ darasida joylashgan mudofaa qishloqlarda istiqomat qilar edi. U yerga ko‘chmanchi-dushmanlar oyog‘i yetmasligi uchun tor yo‘lak orqali yetib olish mumkin bo‘lgan. Madjerum aholisi qo‘rg‘ondan XIX asrning 90-yillarida, xali O‘rta Osiyo Rossiyaga qo‘shilib, ko‘chmanchilar hujumi to‘xtatilishi bilan ko‘chib ketishgan.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling