Dala o’quv mashg’ulotlari yig’inlarini tashkillash va o’tkazish


Download 455.58 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi455.58 Kb.
#1399012
Bog'liq
O;QUV MASHGULOTLARI


DALA O’QUV MASHG’ULOTLARI YIG’INLARINI TASHKILLASH VA O’TKAZISH
1.DALA O’QUV MASHG’ULOTI
2.JANGOVOR YIG’INLARNI TASHKIL ETISH
3.O’QUV MASHG’ULOTI O’TKAZISH
Shu kunlarda o‘tkazilayotgan dala-o‘quv mashg‘ulotlari yurt himoyachilarining yuksak harbiy mahoratga, mustahkam irodaga, o‘z Vataniga sadoqatli posbon bo‘lib, yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, dala-o‘quv mashg‘ulotlari ularning bilim va ko‘nikmalarini, mahorat va tajribalarini oshirmoqda. Iroda va matonatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishayotir. Bu esa bugungi professional armiya­mizni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki professionallik tezkorlik va mukammallikni talab etadi. Bunday malakaga ega bo‘lish uchun harbiy kishi ko‘plab tajribalar va o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tagan bo‘lishi lozim.
… Dala-o‘quv maydoni. Harbiy xizmatchilarning mashg‘ulotlarni yuksak saviyada o‘tkazishlari va tayyorgarlik ko‘rishlari uchun bu yerda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yetib kelgan vaqtimizda leytenant O‘ktam Hamidov yetakchiligidagi guruh shaxsiy tarkibi navbatdagi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rayotgan ekan. Ularga vzvod komandiri kapitan Ma’ruf Ahmedov tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berganidan keyin harbiy xizmatchilar qurol-aslaha va safar qoplarini yelkalariga osib, berilgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlana boshlashdi. Harbiy xizmatchilar bugungi mashg‘ulotda yuqori natijani qayd etishni va qo‘yilgan jangovar vazifani muvaffaqiyatli ado etishni maqsad qilgan.
Guruh shaxsiy tarkibi yulg‘unlar bilan qoplangan hudud ichkarisiga qarab yo‘l oldi. Bir ozdan so‘ng qulay joy tanlanib, mudofaa chizig‘i tashkil etildi. Guruh komandiri yana bir bor qo‘yilgan jangovar topshiriqni yetkazib, harbiy xizmatchilarning vazifalarini belgilab berdi.
Ular hudud bo‘ylab yoyilib ketdilar. Guruh komandiri barchani yanada hushyor va sergak bo‘lishga chaqirib, merganlar – shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, oddiy askarlar Nozim Safarov va Faxriddin Meliqulovlarni, o‘rinbosari, kichik serjant Sherzod Boboxonov boshchiligida hududni nazorat qilishga topshiriq berdi. Mazkur kuzatuv guruhi o‘ta hushyorlik bilan harakat qilib, joy sharoitidan kelib chiqqan holda niqoblanishga jiddiy e’tibor berib, hudud tomon yaqinlasha boshladilar.
Harbiylarimizning bunday topshiriqlarni sidqidildan bajarishlariga e’tiborni qaratdik. Chunki harbiylar orasida eskidan mashq og‘ir kechsa, jangda yengil bo‘ladi, degan naql mavjud.
Bu paytda guruh komandiri leytenant O‘.Hamidov qolgan harbiy xizmatchilar bilan «shartli dushman» aniqlanganda qanday harakat qilish va kim qaysi vazifani bajarishini belgilab berdi. Shundan keyin amaliy mashg‘ulotlarga kirishildi. Bunda harbiy xizmatchilarning vazifalariga ko‘ra harakatlari, aloqa vositasidan to‘g‘ri foydalanish, harbiy topografiya, qulay pozitsiyani egallash, niqoblanish kabilarni yana bir bor eslab, qayta-qayta mashq qilishdi.
E’TIBORINGGIZ UCHUN RAHMAT
Download 455.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling