Dala sharoitida suv manbasini tanlash. Dala sharoitida suvning sifatini yaxshilash va uni baholash usullari Suv taʼminoti


Download 16.93 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi16.93 Kb.
#1817531
  1   2
Bog'liq
Dala sharoitida suv manbasini tanlash


Dala sharoitida suv manbasini tanlash.Dala sharoitida suvning sifatini yaxshilash va uni baholash usullari

Suv taʼminoti - aholini, jamoat binolari va sanoat korxonalarini, transport, qishloq xoʻjaligi. va boshqalarni suv bilan taʼminlashga oid tadbirlar majmui. Suv taʼminoti bir necha ming yillardan beri maʼlum. Qad. Misrda yer osti suvlarini juda chuqur quduklar qazib, oddiy mexanizm bilan chiqarishgan. Bunda sopol, yogʻoch, metall (mis va qoʻrgʻoshin) quvurlaridan foydalanishgan. Qad. Rimda yirik markazlashtirilgan Suv taʼminoti tizimi boʻlgan. Oʻrta Osiyoda St. mil. av. 6—5-asrlardan maʼlum. Qadimgi Samarqand shahri Suv taʼminotida shaharga kiraverishda katta toʻgʻon qurilgan, uning ustidan shaharga katta ariqoʻtkazilgan. Ariq izlari hozir ham mavjud (qarang Afrosiyob).
Suv taʼminotida qoʻllaniladigan muhandislik inshootlari kompleksi St. tizimi yoki vodoprovod deb ataladi. Aholi yashaydigan punktlardagi barcha Suv taʼminoti tizimlari markazlashtiriladi. Suv taʼminotining kommunal (jamoat binolari va aholini suv bilan taʼminlaydigan) hamda ishlab chiqarish. (sanoat yoki q.h.ni suv bilan taʼminlaydigan) xillari bor. Suv taʼminotida tabiiy suv manbalari — ochiq havzalar (daryo, koʻl, dengiz, suv ombori va boshqalar) hamda yer osti suvlari (buloqlar, artezian suvlari va boshqalar)dan foydalaniladi. Aholi egʻtiyoji uchun eng yaroqli suv — yer osti suvlaridir. Lekin yer osti suvlari aholining ehtiyojini toʻliq qondira olmaydi. Shuning uchun yirik shaharlar va sanoat korxonalari chuchuk suvli ochiq havzalar suvidan taʼminlanadi.
Suv taʼminotining umumiy sxemasi: suv qabul qilish inshooti 1, I nasos st-yasi 2, suv tozalash inshootlari 3, toza suv rezervuari 4; II nasos st-yasi 5, suv yoʻllari 6 (quvurlar, beton ariklar va boshqalar), vodoprovod tarmogʻi 7 va bosim minorasidan iborat. Mahalliy sharoitga qarab, St. sxemasi oʻzgarishi mumkin. Masalan, havza suvini tozalashning keragi boʻlmasa, suv tozalash inshootlarini qurishga ehtiyoj qolmaydi. Agar suv havzasi suv bilan taʼminlanadigan obʼyektdan baland joylashgan boʻlsa, nasos st-yalari qurilmaydi.
Yer osti suvlarini chiqarish uchun quvurli quduklar va gorizontal suv yigʻgichlardan foydalaniladi. Buloq suvlari kaptaj inshootlari (gʻishtin idishlaʼr, kameralar va boshqalar)ga yigʻiladi. Koʻpincha, yer osti havzalaridagi suv nasos yordamida yuqoridagi idishga toʻplanadi, u yerdan nasos stansiyasi yordamida isteʼmolchilarga yuboriladi. Nasos styalari, odatda, markazdan qochma nasoslar, rostlash, saqlash va nazoratoʻlchash apparatlari bilan, koʻplari teleboshqarish qurilmalari bilan taʼminlanadi, baʼzilari toʻliq avtomatlashtiriladi.
Tozalash inshootlarida tozalangan suv vodoprovod tarmogʻi orqali isteʼmolchilarga tarqatiladi. Sanoat korxonalarida (maʼlum sharoitda) Suv taʼminotining aylanma va ketma-ket foydalanish tizimlari qoʻllaniladi. Aylanma tizimda ishlab chiqarish.da ishlatilgan suvni sovitib, tindirib, tozalab, undan yana foydalaniladi. Ketma-ket foydalanish tizimi bir korxonada ishlatilgan suvdan boshqa bir korxonada foydalanishni koʻzda tutadi, natijada suv ancha tejaladi.
Aholi yashaydigan punktlar, asosan, mahalliy suv havzalari suvi bilan taʼminlanadi. Masalan, Toshkent shahri Chirchiq, Boʻzsuv va boshqa tabiiy suv xavzalaridan suv ichadi. Toshkentning St. markazlashtirilgan, yaʼni barcha St. tizimlari birbiriga ulangan. Aholiga beriladigan suv sifati katʼiy sanitariya koʻrigidan oʻtkazib turiladi. Bu ish shahar va tuman sanepidstansiyalari zimmasiga yuklangan. Qishloq xoʻjaligining suvga boʻlgan ehtiyojlari, daryolar, kanallar, suv omborlari, kollektorlar, novlar, suv tarqatish inshootlari, nasos st-yalari va boshqa sugʻorish majmualari orqali qondiriladi.

Download 16.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling