Dan foydalanish


Download 171.5 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi171.5 Kb.
#593487
  1   2
Bog'liq
3-Ma\'ruza
1-мавзу тақдимоти, PSXALOGIYA SLAYT, psixik zharayonlar va ularning buzilishlari, Ingliz tili test (2), analitik kimyo, 5555555, REJA, Web-texnalogiyalar va ulardan foydalanish metodikasi Reja, Kobalt birikmalari, Psixika va uning evolutsiyasi, Hamkorlikda slayd, Matematekava informatika 2-kurs (syllabus), 1-ma\'ruza loyixalash., 4-Ma\'ruza lokal texnologiya slayd

MAVZU: RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH.
Reja:
1. O'quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo'llari.

  1. О 'quv munozaralari, bahslar, fikrlarni asoslash, o'z- о 'zini baholash, о 'zaro nazorat qilish.

  2. Dialog, polilog о 'quv muloqotlari.

  3. O'quvchida ijodiy izlanish ishlarini tashkil etish bosqichlari.

Asosiy tushuncha va tayanch atamalar:
Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasi, interfaollik, tanqidiy, tahliliy, bog'lanishli, ijodiy, mustaqil, mantiqiy, tizimli fikr yuritish
O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimini tubdan isloh qilishning nazariy asosi sanalgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan bin o'quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish sanaladi.
Fikr inson faoliyati, uning o'z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma'naviy-insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraq-qiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'lganligi uchun, o'qitish jarayonida o'quvchilarning ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko'nikma-larini rivojlantirish zarur.
Ta'lim-tarbiya jarayonida mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasini qo'llash zarur.
Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasining asosiy g'oyasi o'quvchilarni har tomonlama rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari:

  • o'quvchilarni o'z bilish faoliyatining subyektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi;

  • o'quvchilarning bilish faoliyati emperik va nazariy bilish yaxlit-ligida tashkil etilib, o'qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda o'rga-nish ustuvor bo'ladi;

  • o'qitish jarayonining asosini o'quvchilarning o'quv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyati tashkil etadi;

  • o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yo'nalish sana­ladi. Fikr yuritishning bu ikki tipi bir-birini to'ldiradi va taqozo etadi.

Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar haqidagi muno-sabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Tahliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni chog'ishtirish).
O'quvchilarda tahliliy fikr yuritish ko'nikmalarini shakllantirish uchun biologiya o'qituvchisi har bir darsda awal o'rganilgan obyektlar bilan
o'rganilgan obyekt o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlaydigan topshiriqlarni berishi kerak. Jumladan, «Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi» mav-zusini o'rganganda o'quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, ularga o'quv topshiriqlari bilan bir qatorda quyidagi jadvalni to'ldirish tavsiya etiladi:


Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling