Dangasalik davosi


Download 18.88 Kb.
Sana26.03.2022
Hajmi18.88 Kb.
#615357
Bog'liq
Dangasalik davosi
Mohinur dorixonasi litsenziyasi, dF2sbAljMslzlKbqGrJxl97VkcMMSz8F (1), chet til oqitish vositalarining tasnifi, chet til oqitish vositalarining tasnifi, falsafa 7 Kholturaev, falsafa 7 Kholturaev, falsafa 7 Kholturaev, bozor iqtisodiodiga otishning ozbek modelini qaror topdirish , Parazit chuvalchanglar yassi chuvalchanglar tipi, 10 та тест инфор, 7-sinf ingliz tili ish reja7, 7-sinf ingliz tili ish reja7, 2 MARUZA-1, 2 MARUZA-1, БУЙРУК

Dangasalik davosi
Savol: assalomu alaykum. Men litseyni bitirdim. Hozir universitetga tayyorgarlik ko'ryapman. Lekin mening ustimdan dangasalik hukm surmoqda. Qori aka, dangasalikdan qutulish uchun Qur'oni karimning qaysi oyatlarini o'qiganim ma'qul? Qaysi duolarni ko'proq o'qish yoki qaysi ishlarni bajarish kerak? Ilm olayotganlar uchun yordam sifatida foydali maslahatlar bering!
Javob: va alaykumus salom. Dangasalik shunday bir muammoki, uni birgina duo qilish bilan tuzatib bo'lmaydi. Odamdagi dangasalik, yalqovlik va ishyoqmaslik bir qancha omillar ta'sirida yuzaga keladi. Aslida dangasa odam biron ish qilmay ertadan kechgacha uxlashni doim ham istayvermaydi, balki mas'uliyatli ishlardan, og'ir, ammo muvaffaqiyat keltiruvchi yumushlardan bo'yin tovlashga harakat qilib, ovqat eyishga, televizor ko'rishga, ko'chaga chiqib olib, odamlar bilan gaplashish yo bo'lmasa dam olishga harakat qiladi. Demak, dangasalik umuman harakatni xohlamaslik emas, balki mas'uliyatli ishlardan bo'yin tovlashdir. Bu dangasalik asosan qalb xastaligidan kelib chiqishiga dalolat qiladi.
Shifokor huzuriga borgan bemorga eng avval tashxis qo'yilib, keyin davolashga o'tilganidek, biz ham oldin dangasalik sabablarini sanab o'tib, keyin uni davolash usuli haqida ma'lumot beramiz.
Dangasalik sabablari
1. Noto'g'ri tarbiya.
Dangasalik bolaga noto'g'ri tarbiya berish oqibatida kelib chiqadi. Uning xayolparast bo'lib qolishi, turmushni engil sanashi, muvaffaqiyatlarga juda oson erishish mumkin, degan tasavvurning paydo bo'lishida ota-onaning aybi bor. Shuning uchun ota-onalar bolani yoshligidan mehnatsevar va shijoatli qilib tarbiyalashlari, hayot haqidagi tasavvurini to'g'ri shakllantirishlari kerak.
2. Qalbning qattiqlishi, ruhiy tarbiyaga muhtojlik.
Dangasalikka ruhiy holatning nosog'lomligi eng asosiy sabablardandir. Avvalo, e'tiqodning yo'qligi yoki zaifligi, taqvoning kamligi, qolaversa, bekorchi narsalar bilan ovora bo'lish, o'yin-kulguga me'yoridan ortiq ruju' qo'yish odamni dangasa qilib qo'yadi.
Ko'p gapirish ham kishi quvvatini ketkazib, o'zini behol qiladi. Yalqovlik kasalida ezmalikning ham “hissasi” kam emas.
Ibn Umar roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Allohning zikridan xoli bo'lgan so'zlarni ko'paytirmanglar! Zero, Allohning zikridan xoli bo'lgan so'z qalbni qotiradi. Shubhasiz, insonlar ichida Alloh taolodan eng uzoq bo'lgani qattiq qalb (sohibi)dir” (Termiziy, Bayhaqiy va Ibn Mardavayh rivoyati).
3. Orzu-havasning ko'pligi.
Biron ishga qo'l urmay turib, quruq orzu-havas qilish, osmonlarda uchib yurish ham dangasalikning bosh omillaridan biridir. Sababi orzusiga qul bo'lgan banda yo'q joydan o'ziga shu darajada ko'p muammo keltiradiki, bu narsalarga erishish uchun u ozmuncha harakat qilishiga to'g'ri keladimi? Orzu-havasi ko'paygan bandaning qalbi qotib qolishi bilan bir qatorda amaliy chora ko'rishdan ojiz qoladi va o'z orzulari bilan yashashga o'rganib qoladi. Oyog'i erdan uzilgach, haqiqiy hayotni past sanaydi va biron ishga qo'l urgisi kelmaydi. Bu o'z-o'zidan ishyoqmaslik, mehnatdan bosh tortish, ilm olishni xohlamaslikka olib boradi.
4. Hayotdan noumid bo'lish.
Umidsizlik, biron muvaffaqiyatga erishishga ishonchning yo'qligi odamni tanbal va dangasa, ojiz va qo'rqoq qilib qo'yadi. Shu sabab ham dinimizda bandalar Allohning rahmatidan umidsiz bo'lmasliklari, doim har sohada faqat olg'a qadam tashlashlari lozimligi bot-bot uqtiriladi.
5. Vaqtning qadrini bilmaslik.
Dangasalikning kelib chiqishiga eng katta sabablardan biri ham vaqtni tejamaslik, umrning qadriga etmaslikdir. Zero, dangasa odam g'aflatga botib, ishlarni ortga suraveradi, “hali vaqt bor, keyin qilarman” deb foydali, qilinishi juda zarur amallarni ham keyinga qoldiraveradi. Aslida har bir soat va kunning o'z o'rni, o'z vazifa va tashvishlari bo'ladi. Bugungi ishni ertaga qoldirgan banda o'ziga juda ko'p muammo sotib oladi. Muammo va yumushlar to'planib qolganidan keyin ularni qilishga erinadi. Mana qaerda dangasalikning asl sababi.
6. Immunitetning pastligi.
Dangasalik kasaliga faqat ma'naviy-ruhiy omillar emas, balki tibbiy omillar ham sabab bo'ladi. Bularning eng avvalida inson immunitetining pastligi turadi. Immuniteti past odamning ishlash faolligi, yodda saqlash qobiliyati, diqqatni jamlashi pasayadi. Bu o'z-o'zidan dangasalik va ishyoqmaslikka, talabalar o'qigan ma'lumotlarini yodda saqlay olmasliklariga sabab bo'ladi.
7. Ko'p ovqat eyish.
Hozirda ko'p odamlar aynan taomga ruju' qo'yayotganlari sabab ham qalblari qorayib, vaznlari ortib, ma'naviy olamlari tubanlashmoqda. Ma'naviyatning pasayishi dangasalik va qalb bilan bog'liq boshqa illatlarga sabab bo'ladi.
Ovqatni me'yorida egan taqdirda ham taomdan so'ng tezda uyquga ketishdan ehtiyot bo'lish kerak. Zero, bu qalbni qoraytiradi, sog'liqqa katta zarar keltiradi.
Oisha roziyallohu anhodan qilingan rivoyatda Nabiy sallallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Taomlaringizni Allohni zikr qilish va namoz o'qish bilan eritinglar (ya'ni, hazm qilinlar). Zinhor (taomdan so'ng) uxlamanglar! Aks holda qalblaringiz qotib qoladi” (Bayhaqiy, Tabaroniy, Abu Nuaym, Ibn Mardavayh, Ibn Sunniy, Uqayliy va Ibn Adiy rivoyati).
To'yib ovqat egan odamning asosiy quvvati ovqat hazm qilishga sarflanib, uning kuchi kamayadi, tanasidan mador ketadi va uyquga moyillik sezadi.
8. Ko'p uxlash.
Ko'p taom eyish ham dangasalikka sabab bo'ladi. Ovqatni me'yoridan ortiq iste'mol qilish uyquchilikka olib boradi. Odam ko'p uxlagani sari uning ruhiy va aqliy faoliyati, ishchanlik salohiyati pasayib boradi.
Oisha roziyallohu anho Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Uch narsa qalbning qotishiga sabab bo'ladi: taomga hirs qo'yish, uyqu va rohat-farog'atni yaxshi ko'rish” (Ibn Mardavayh va Daylamiy rivoyati).
Ibn Qayyim shunday degan: “Ko'p uxlash qalbni o'ldiradi, tanani ishdan chiqaradi, vaqtni behuda ketkazadi va g'aflat bilan dangasalikka olib boradi”.
O'tkazilgan tadqiqotlar natijasidan ma'lum bo'lishicha, dangasalar o'z umrlarining yarmini uyquda o'tkazishadi. Oqibatda miya po'stlog'idagi karaxtlik fikrlash imkoniyatlarini chegaralab qo'yar ekan. Demak, uyquchilik dangasalik bilan bir qatorda insonning fikrlash qobiliyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Keyin ertalab barvaqt turish o'rniga quyosh chiqquncha uxlash ham dangasalikning omillaridandir.
Ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallamning huzurlarida tonggacha uxlagan kishi haqida zikr qilindi. Shunda u zot “U kishining ikki (yoki bir) qulog'iga shayton bavl qilib ketibdi”, dedilar” (Muttafaqun alayh).
Bu erda bomdod namozi paytigacha uxlab, tungi namozga turmagan kishi haqida gap ketmoqda. Ushbu hadisdan bomdod namozini o'qimaslik qanchalik yomon narsa ekanini tasavvur qilib olish qiyin emas.
Qurtubiy aytadi: “Shaytonning inson qulog'iga bavl qilishi haqiqat ekaniga shubha yo'q. Chunki shaytonning eb-ichishi va nikohlanishi haqidagi xabarlar bor. Uning bavl qilishidan ham ajablanmasa bo'ladi”.
Xattobiy shunday deydi:”Bu narsa bandaga uyquni og'ir qilib, uni namozdan chalg'itadi. Kimning qulog'iga shayton bavl qilsa, uning qulog'i haqni eshitishdan to'silib, his-tuyg'ulari fasod bo'ladi”.
Demak, barvaqt turib, bomdod namozini o'qigach, ilm va foydali ishlar bilan mashg'ul bo'lish kishini dangasalikdan saqlanishiga yordam beradi. Boshqa rivoyatlarning birida tongda qilingan ishlar barakali bo'lishi aytilgan.
9. Ishlash vaqti va uyqu soatining buzilishi.
Inson ishlash va dam olish vaqtini belgilab, qat'iy tartib bilan hayotini izga solmasa, hamma ishlari bir-biriga aralashib ketadi. Ish vaqtida ko'p dam olish, dam olish vaqtida haddan tashqari ko'p televizor ko'rish, ovqat eyayotganida kitob o'qish bilan odam biron natijaga erisha olmaydi. Hozir ko'pchilik vaqtning tez o'tishidan nolib, ovqat eyayotganda, hatto transportda ketayotganda ham kitob o'qishga, shu bilan vaqtni tejashga harakat qilishadi. Bu noto'g'ri. Sababi bu bilan ko'z ishdan chiqsa, o'qilayotgan ma'lumot diqqat tarqoqligi sabab yaxshi o'zlashtirilmaydi. Zero, ilm olish faqat o'qishdangina iborat emas. Uni firklash, mushohada qilish va o'qigan ma'lumotlarni miyada qayta ishlash kerak.
Kechasi yarim tungacha televizor ko'rib, quyosh chiqqach uyqudan turadigan odam g'ayratli, shijoatli bo'lishini tasavvur qilish qiyin. Dinimizda bejizga xufton namozidan so'ng uyquga ketishga targ'ib qilinmagan. Shunday qilinsa, ertalab barvaqt turiladi, ibodat ham, boshqa ishlar ham o'z vaqtida bajariladi.
Ba'zi kishilar ishlash uchun ma'lum soatni belgilab qo'yib, imkon qadar vaqtning tezroq o'tishini kutadi. Masalan, kunda 8 soat ishlaydigan ba'zi kishilar “men ishimni qilib bo'ldim”, deb boshqa ishlarga befarq bo'ladilar. Bu o'zini aldashdan boshqa narsa emas. Aslida inson vaqtga emas, balki ish unumdorligiga e'tibor berishi, o'sha belgilangan 8 soatda imkon qadar ko'proq ishni amalga oshirishga harakat qilishi kerak. Chunonchi 2 soatda bitiradigan ishini 1-1.5 soatda qilish ham mumkin. Shunda uning muvaffaqiyatga erishishi oson bo'ladi. Ishni faqat ma'lum vaqt yoki sharoit bilan cheklaydiganlar hayotda deyarli biron narsaga erishmaydilar, doim dangasalik va beg'amlik ila hayot kechiradilar.
Biz quyida dangasalikka sabab bo'luvchi ba'zi omillarni sanab o'tdik. O'quvchining vaqtini olmaslik uchun ularning asosiylarini keltirdik. Quyida dangasalik illatiga shifo bo'luvchi malhamlarni bayon qilamiz.
Dangasalikdan qutulish yo'llari
Dangasalikdan qutulish yo'llari ham ruhiyat, ham moddiyat bilan bog'liqdir. Demak, banda o'zidagi dangasalik, ishyoqmaslik illatini davolashi uchun quyidagilarga e'tibor berishi kerak:
1. Allohga taqvo qilish, qalbni poklash.
Dangasalikdan forig' bo'lish uchun birinchi galda e'tiqodni mustahkamlash, imonda sobitqadam bo'lish, qalbni turli illatlar va nopok narsalardan saqlash kerak. Zero, ma'naviyati nosog'lom odamning g'ayratli, shijoatli bo'lishi qiyin. Gunohga botish, harom-xarish ishlarni qilish qalbni qoraytirib, bandani g'aflat sari boshlaydi. G'aflatga botgan odam shijoat va ziyraklik kabi xislatlardan mahrum bo'ladi, g'ofil va dangasa kimsaga aylanadi. Shuning uchun qalbni turli shubhalardan va gunoh ishlarni niyat qilishdan poklash, uni Alloh va Rasuliga bo'lgan muhabbat ila ziynatlash kerak. Qalbdagi imon kuchli bo'lsa, tana ham g'ayratli bo'ladi. Qalbda imon mavj ursa, tanballikdan asar ham qolmaydi.
2. Istig'for aytish.
Tavba-tazarru' qilish, istig'for aytish ham qalbning poklanishi va ishlarning osonlashishiga sabab bo'ladi. Ayniqsa, sahar vaqtida aytilgan istig'for sababidan echilmay turgan tugunlar echiladi, gunohlar kechiriladi, rizqning kelishi tezlashadi, muammolar Allohning izni bilan hal bo'ladi. Dangasalik illatiga giriftor bo'lgan odam ham saharda turib tahorat qilib ikki rak'at namoz o'qigach istig'for aytsa, qalbidagi kasallikdan qutuladi.
3. Dangasalikdan panoh so'rash.
Ko'pchilik dangasalikdan birgina duo qilish bilan xalos bo'lishni istaydi. To'g'ri, duo qilish, Allohdan hojatlarini ravo etishini so'rash yaxshi. Ammo faqat duo bilan ish bitmaydi. Bandaning o'zidan ham harakat bo'lishi kerak. Agar ikki omil birlashsa, kutilgan samaraga tezroq erishiladi. Shu ma'noda dangasalikdan qutulish duosini keltiramiz.
?????????? ?????? ??????? ???? ???? ???????? ??????????? ??????????? ??????????? ??????????? ??????????? ???????? ????????? ?????????? ??????????.
“Ey Alloh, men Sendan g'am-tashvish, ojizlik, dangasalik, baxillik, qo'rqoqlik, qarzning ko'payib ketishi va kishilar (mendan) g'olib bo'lishlaridan panoh tilayman” (Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va Ahmad rivoyati).
Mana shu duoda g'am-tashvish, umidsizlik, har taraflama ojizlik, dangasalik va baxillik kabi ma'naviy illatlardan, qarzga botib qolish va odamlar nazdida ojiz-notavon bo'lib, biron ishni eplay olmaslikdan panoh so'ralmoqda.
Bu duoning arabchasini o'qish afzal. Agar kishi arabchani bilmasa, o'zbek tilida ixlos bilan duo qilsa ham bo'ladi. Zero, duoni arab tilida chala-chulpa o'qiganidan ko'ra o'z tilida qalbdan duo qilish afzalroq. Muhimi arabcha duo qilish emas, balki ixlos bilan so'rashdir.
4. G'ayrat va shijoat fazilati haqida hadis va rivoyatlarni o'qish.
Mo'min odam muloyim va kamtarin bo'lishi kerak. Ammo bu narsa uning bo'shashgan, qo'rqoq va og'zidagi oshni oldirib qo'yadigan bo'lishi kerakligini anglatmaydi. Biz sabr bilan qo'rqoqlik, shijoat bilan muloyimlik orasidagi farqni ajrata bilishimiz lozim.
Hadisi shariflarning birida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kuchli mo'min afzal ekanini bayon qilganlar.
???? ????? ?????????? ?????: ????? ??????? ????? ?????? ????? ???????? ?????????: ??????????? ?????????? ?????? ????????? ????? ????? ???? ??????????? ?????????? ????? ????? ?????? ??????? ????? ??? ?????????? ??????????? ??????? ????? ???????? ?????? ????????? ?????? ????? ?????? ???? ?????? ???????? ????? ????? ??????? ???????? ???? ?????? ????? ????? ????? ?????? ??????? ???? ???????? ?????? ????????????. ??????? ???????? ??????? ??????? ?????????? ??????? ????????.
Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi:“Kuchli mo'min Alloh uchun kuchsiz mo'mindan yaxshiroq va sevimliroqdir. Ularning ikkisida ham yaxshilik bor. Sen o'zingga foydali narsaga intil. Allohdan yordam so'ra, ojiz qolma. Agar boshingga biron musibat tushsa, “agar bunday qilganimda mana bunday bo'lardi”, dema. Balki “Allohning taqdiri ekan, U Zot nimani xohlasa, o'shani qiladi”, degin. Zero “agar” (so'zi) shayton amalini ochib beradi” (Muslim, Ibn Moja, Ahmad va Ibn Hibbon rivoyati).
Bu hadisda har taraflama kuchli va baquvvat mo'min kuchsiz mo'mindan afzal va Alloh uchun sevimliroq ekani aytilmoqda. Sababi kuchli mo'min ibodatlarga g'ayratli, nafs bilan kurashishda g'olib bo'ladi. Dushmanga qarshi turishda ham kuchli mo'min ko'proq shijoat ko'rsatadi.
Kuchli mo'min dangasalik va ojizlik kabi illatlardan xoli bo'lib, o'zi va musulmonlarga ko'plab manfaatlar etkazadi. Demak, banda ham ruhan, ham jismonan kuchli bo'lishga, tanasini jismoniy mashqlar bilan chiniqtirish, qalbini poklashga harakat qilishi kerak.
“Sen o'zingga foydali narsaga intil. Allohdan yordam so'ra, ojiz qolma” degan jumladan mo'min banda doim harakatda bo'lishi, ibodat va boshqa ishlarda jiddu jahd qilishi, ojizlik va yalqovlikdan uzoq bo'lishi kerakligi ma'lum bo'ladi. Demak, dangasalikdan uzoq bo'lishga harakat qilish dinimiz talabidir.
5. Mas'uliyatni his qilish.
Har bir inson zimmasida biron vazifa bo'ladi. Hayotda maqsad va intilishlari bo'lmagan odamni uchratish qiyin. Shunday ekan har bir odam o'z mas'uliyatini to'liq anglab etib, gardanidagi vazifalarni ado qilishga harakat qiladi. Mas'uliyat hissining yo'qolishi, g'aflat va beg'amlik dangasalikka sabab bo'ladi.
6. Vaqtning qadriga etish, ishlarni tartib bilan bajarish.
Vaqtning qadriga etish, umr g'animat ekanini bilish ham dangasalikdan to'suvchi narsadir. Zero, umr o'tib borayotgani, hayot kun va soatlardan iboratligini tushunib etgan banda biron ish bilan mashg'ul bo'ladi, dangasalik va boqimandalikka aslo yo'l qo'ymaydi.
???? ????? ????????? ???? ?????????? ?????? ????? ???????? ????????? ?????: ??? ??????? ?????? ????? ????? ?????? ???????????? ???? ?????? ??????? ?????? ???????? ???? ??????: ???? ???????? ????? ????????? ?????? ????????? ????? ????????? ????????? ???? ?????? ??????????? ??????? ?????????? ???????? ?????? ?????? ??????. ??????? ?????????????? ??????????????? ????????????????? ??????? ???????.?????????? ??????.
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Qiyomat kuni besh narsa haqida so'ralmagunicha Odam bolasining qadami Parvardigori huzuridan siljimaydi: umrini qanday o'tkazgani, yoshligida qanday ishlar qilgani, boylikni qaerdan topib, qaerga sarflagani va bilgan narsalariga qay darajada amal qilgani haqida (so'raladi)” (Termiziy, Dorimiy, Tabaroniy va Abu Ya'lo rivoyati. Rivoyat sanadi hasan).
Bu umr insonga bejizga berilmagan, u hayoti dunyoda qilgan har bir ishi uchun javob beradi. Vaqtini qanday o'tkazgani haqida so'raladi. Shunday ekan, mo'min banda biron vaqtini behuda o'tkazmasdan har bir daqiqa qadriga etishi kerak. Umrni g'animat bilgan odam qalbida dangasalikdan asar ham qolmay, o'z-o'zidan shijoatli va g'ayratli, ziyrak va mard insonga aylanadi.
7. Uyqu vaqtiga e'tiborli bo'lish.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, banda o'z vaqtida dam olishi kerak. Buning uchun ertaroq yotib, uyqudan barvaqt turish talab etiladi. Yarim kechagacha telefizordagi bo'lar-bo'lmas kino va seriallarni ko'rib, allamahalda uxlash sog'liqqa zarar keltiradi va kishini dangasa qilib qo'yadi, ishidan barakani ketkazadi.
8. Immunitetni ko'tarish, foydali mahsulotlarni iste'mol qilish.
Inson ishyoqmasligiga immun tizimining pastligi sabab ekan, demak uni doim me'yoridan tushib ketmasligiga harakat qilish kerak. Buning uchun ba'zi mahsulotlarni oz-ozdan muttasil iste'mol qilib turish talab etiladi. Jumladan, har kuni bir choy qoshiqda asal yalash, sedana donalaridan yutish yoki sedana va zaytun yog'ini ichish, na'matak damlasidan ichish, yong'oq, mayizdan eb turish immunitetni ko'taradi, ish faolligini oshiradi, xotirani yaxshilaydi. Biz qisqa ma'lumot bilan cheklandik. Bunda diqqat qilishimiz lozim narsa shuki, dangasalikdan qutulish yo'llaridan biri kishining har taraflama sog'lom bo'lishidir. Sog'lom bo'lish uchun foydali mahsulotlardan me'yorida va doimiy suratda eb turish kerak.
9. Doim yaxshi kayfiyatda bo'lish. G'azab va shahvatdan tiyilish.
Kishining kayfiyati yaxshi bo'lsa, uning ish faoliyati ham barakali bo'ladi. Biron narsadan g'azablanish, asabiylashish, odamlar bilan janjallashish tez charchash, stress va dangasalik illatlariga sabab bo'lishini unutmaslik lozim. Buning uchun qalbda birovga nisbatan hasad va ko'rolmaslik illatini haydash, o'zgalarni g'iybat qilmaslik, odamlarga yaxshi muomalada bo'lish, taqdiridan rozi holda yashash, Allohdan yaxshilik gumon qilish va bo'lar-bo'lmasga asabiylashishdan tiyilish kerak.
10. Ilm olishda turli mavzulardagi ma'lumotlarni almashtirib o'qish.
Ilm olishda dangasalikdan qutulish uchun yuqoridagi tavsiyalardan tashqari yana turli kitoblarni almashtirib o'qish, mashg'ulotlarni qiziqarli va oson usulda o'tkazish foyda beradi. Faqat bir mavzudagi ma'lumotlarni o'qiyverish odamni zeriktiradi. Ishda ham shunday. Insonda uzoq davom etgan narsalardan zerikish hissi bor ekan, dangasalikni davolashda shu jihatni e'tibordan chetda qoldirmaslik talab etiladi.
11. Ishlash va ta'lim vaqtida oz-ozdan jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish.
Ilm olishda vaqtida dam olish va har 30-40 daqiqa orasida 5-10 daqiqa jismoniy mashg'ulotlarni bajarish foydalidir. Sababi bu bilan miya dam oladi, aqliy zo'riqish oldi olinadi, ilmga bo'lgan rag'bat oshadi. Umuman jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish odamni g'ayratli, shijoatli va dovyurak hamda sog'lom-baquvvat bo'lishini ta'minlaydi.
Download 18.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling