Dars ishlanma (1-sinf) Mavzu: Shamol va quyosh (masal) Ezop Darsning maqsadi: Ta`limiy


Download 25.47 Kb.
Sana22.05.2020
Hajmi25.47 Kb.
#109153
Bog'liq
An`anaviy dars ishlanma 1-sinf o`qish


Dars ishlanma (1-sinf)

Mavzu: Shamol va quyosh (masal) Ezop

Darsning maqsadi:

Ta`limiy: o`quvchilarnini “Shamol va quyosh” masali bilan tanishtirish. Masal matnini ifodali, rollarga bo`lib o`qish, savollar tuzish ko`nikmalarini takomillashtirish;

FK1: asar mazmunini og`zaki bayon qila olish;

Tarbiyaviy: o`quvchilarda do`stlik, hamjihatlik sifatlarini tarbiyalash, maqtanchoqlik yomon odat ekanini uqtirish;

TK4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;

Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirish, lug`at ustida ishlash, ongli va ifodali o`qish, erkin va mustaqil fikrlashini rivojlantirish;

FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: Suhbat, tushuntirish, “Zanjir” usuli.

Darsning jihozi: Darslik, multimedia vositalari, ko`rgazma va tarqatma materiallar.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, tozalikka qarash, o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

Uyga vazifa – Oy allasi (Odil Abdurahmon) she`rini ifodali o`qib kelish edi.



  • Oy – ona bolasi yulduzga nimalar haqida so`zladi?

  • Quyosh, oy, yulduzlar kimlarga o`xshatilgan?

Har bir o`quvchi birma-bir she`rni ifodali o`qishadi. So`ngra yangi mavzu e`lon qilinadi.

Yangi mavzu bayoni

Qadrli bolajonlar, bugun sizlar bilan Ezopning “Shamol va quyosh” masali bilan tanishamiz. (O`qituvchi muallif haqida qisqacha ma`lumot beradi.)

Monitorga darslikdagi shamol hamda quyosh tasviri chiqariladi. Masalni o`qituvchi ifodali qilib o`qib beradi, o`quvchilar diqqat bilan tinglashadi.

O`quvchilar “Zanjir” usulida matnni qismlarga ajratib, birma-bir o`qiydilar. Matnda uchragan notanish so`zlar yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi.



Lug`at ishi:

Quvnoq daqiqa o`tkaziladi

Yangi mavzuni mustahkamlash

O`quvchilar bilan masal mazmuni haqida savol-javob o`tkaziladi.



  • Shamol va quyosh nima uchunn bahslashib qolishdi?

  • Shamol bahsda nima uchun quyoshdan yengildi?

  • Oliyjanoblik qanday xislat?

Tez aytish:

Qo`ng`iroq qo`g`irchoqnikimi, qo`zichoqnikimi?



Topishmoq:

Yungi igna,

Burni tugma,

Ko`zi munchoq,

Bag`ri yumshoq.

Darsni yakunlash va baholash

Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi.



Uyga vazifa

“Shamol va quyosh” masalini ifodali o`qib kelish.



Dars ishlanma (1-sinf)

Mavzu: Non isi (rivoyat)

Darsning maqsadi:

Ta`limiy: o‘quvchilarni «Non isi» rivoyati bilan tanishtirish, ularda to‘g‘ri, va ravon o‘qish malakalarini shakllantirish;

FK1: o`qish uchun kitoblar (badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi;

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda aziz ne`mat bo`lgan nonni qadrlashga, uni asrab-avaylashga, nonni uvol`qilmaslikka o‘rgatish;

TK5: badiiy asarlarda aks etgan ma`naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to`g`ri tushunish hamda tushuntirib bera olish;

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni mustaqil ishlash, matnni qayta hikoya qilish, lug‘at ustida ishlash, erkin fikrlash malakalarini rivojlantirish;

FK2: o`rganilgan asarlarning nomi, qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida ularga baho bera oladi.

Darsning turi: yangi bilimlar beruvchi dars.

Darsning metodi: suhbat, ifodali o`qish, hikoya qilish, ko`rgazmalilik,

Darsning jihozi: darslik, multimediya ilovalari, rangli rasmlar, Alisher Navoiy va Husayn Bayqaro rasmlari

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi axboroti, tozalik, darsga tayyorlanish.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

O`tgan mavzu “Alisherning yoshligi” mavzusi edi. Uyga vazifa shu matnni ifodali o`qib kelish edi.

O`quvchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi:


  • Kiyikni Alisherga kim olib kelgan edi?

  • Alisherning do`sti kim bo`lishni orzu qildi?

  • Alisher hayotda nimani zaruriyat deb bildi?

  • Nima uchun maktab zaruriyat ekan?

O`quvchilar matnni birin-ketin ifodali o`qiydilar. So`ng yangi mavzu e`lon qilinadi.

Yangi mavzu bayoni

Bolajonlar sizlar bilan bugun “Non isi” nomli rivoyat haqida suhbatlashamiz.

Allomalar rasmlari doska o`rtasiga qo`yilib, rivoyat matni o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga ifodali qilib o`qib beriladi. O`quvchilardan diqqat bilan eshitishlari so`raladi. So`ng o`quvchilardan rivoyat voqealari haqida fikrlari so`raladi. Oxirida o`qituvchining fikri bilan to`ldiriladi.

O`quvchilarning o`zlari ham rivoyatni navbatma-navbat o`qishadi. Rivoyat matnida uchragan tushunarsiz so`zlar yuzasidan lug`at ishi olib boriladi.



Lug`at ishi:

  • Vazir – qadimda davlat boshlig`ining o`rinbosari

  • Sulton – qadimda davlat boshlig`i shunday deb ham atalgan



Quvnoq daqiqa o`tkaziladi

Yangi mavzuni mustahkamlash

Mavzu yuzasidan o`quvchilar bilan suhbat o`tkaziladi? Non qadri, chin do`stlik kabi atamalar haqida suhbat olib boriladi. Savollar beriladi:



  • Husayn Boyqaro nima keltirishni buyurdi?

  • Navoiy vazirlarga qanday maslahat berdi?

Maqol:

Keksalik – Donishmandlik.

O`quvchilar tez aytish va topishmoqlar aytishib bellashadilar.

Darsni yakunlash va baholash

Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi.



Uyga vazifa

“Non isi” rivoyatini ifodali o`qib kelish.



Dars ishlanma (1-sinf)

Mavzu: Aqlli qarg`a (hikoya) Abdulla Avloniy

Darsning maqsadi:

Ta`lmiy: o`quvchilarni “Aqlli qarg`a” hikoyasi mazmuni bilan tanishtirish, ifodali va ongli o`qishga o`rgatish;

FK1: matn ohangiga rioya qilgan holda aniq, ravon o`qiy oladi;

Tarbiyaviy: o`quvchilarda vatanga muhabbat, atrofdagilarga hurmat tuyg`usini shakllantirish hamda aqlli, uddaburon bo`lishga undash;

TK5: vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli, milliy qadriyatlarga e`tiqodli bo`lish:

Rivojlantirish: o`quvchilarning to`g`ri va ravon o`qish malakalarini rivojlantirish;

TK4: turli yo`nalishdagi (ertak, hikoya, masal, rivoyat,doston) kitoblarni muntazam o`qish.

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: Suhbat, tushuntirish metodlari, “Zanjir”, “O`rmonda va hovlida” o`yinlari.

Darsning jihozi: darslik ,multimediya ilovalari, topshiriqli vodeolavhalar, rasmli tarqatmalar.

Darsning borishi

Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, tozalikka qarash, darsga tayyorlanish.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

O`tilgan mavzu Anvar Obidjonning “Yaxshi niyat” she`ri haqida edi. Uyga vazifa shu she`rni yod olib kelish berilgan.

O`quvchilar “Zanjir” usulida turib birma-bir yodlagan she`rini aytadilar. So`ng o`quvchilar bilan savol-javob olib boriladi:


Yangi mavzu bayoni

Bolajonlar sizlar bilan bugun “Aqlli qarg`a” nomli hikoya haqida suhbatlashamiz.

O`qituvchi Abdulla Avlonoy haqida qisqacha ma`lumot beradi va hikoyani ifodali qilib o`qib, mazmunini o`quvchilar bilan muhokama qilishadi.

Ekranga qarg`a va ko`za rasmi chiqariladi. O`quvchilar ketma-kelikda hikoyani ifadali o`qishni boshlaydi. Matnda uchragan notanish, tushunarsiz so`zlar yuzasidan lug`at ishi olib boriladi.



Lug`at ishi:

  • Jazirama – juda issiq havo

  • Tashnalik – suvsizlik

Quvnoq daqiqa o`tkaziladi

Yangi mavzuni mustahkamlash

O`quvchilar bilan “O`rmonda va hovlida” o`yini o`tkaziladi: O`quvchilar ikki guruhga bo`linadilar. Ular ikki ustunga o`rmonda va hovlida o`sadigan daraxtlarning nomini yozadilar:

1-guruh: 2-guruh:

O`rmonda Hovlida

Darslikda berilgan hikmatli gapni o`qituvchi o`qiydi va o`quvchilar bilan tahlil qiladi. Dars oxirida o`quvchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkazilib, xulosa chiqariladi.


  • Qarg`a jaziramada nega qiynalibdi?

  • Ko`zadagi suvni ichish uchun qarg`a qanday yo`l tutdi?

Darsni yakunlash va baholash

Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi.



Uyga vazifa

“Aqlli qarg`a” hikoyasini ifodali o`qib kelish.



Dars ishlanma (1-sinf)

Mavzu: Rostgo`y bola. (ertak)

Darsning maqsadi:

Ta`limiy: o‘quvchilarni ertak mazmuni bilan tanishtirish, to`g`ri va ravon o`qishga o`rgatish;

FK1: o`qish uchun kitoblar(badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi;

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda rostgo`ylik, kattalarni hurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash;

TK5: badiiy asarlarda aks etgan voqealar mohiyatini to`g`ri tushunish va talqin qila olish.

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning matnni ifodali o`qish, og`zaki hikoya qilish malakalarini rivojlantirish;

FK2: o`rganilgan asarlarning nomi va qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida ularga baho bera oladi.

Darsning turi: yangi bilimlar beruvchi dars.

Darsning metodi: suhbat, tushuntirish, ko`rgazmalilik, “Chala xat”, “Qarsak” mashqlari Darsning jihozi: darslik, “Rostgo`y bola” ertagiga mos rangli rasmlar, multimedia ilovalari. )

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi axboroti, tozalik, darsga tayyorlanish.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

O`tilgan mavzu “Maymun va duradgor” ertagi edi. Uyga vazifa ertakni ifodali o`qib kelib, mazmunini so`zlab berish topshirilgan. O`quvchilar doskaga chiqib birma-bir ertakni so`zlab beradilar.

O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi:


  • Duradgor nima ish qilayotgan edi?

  • Maymun nima qildi?

  • O`ziga aloqador bo`lmagan ishga aralashishning oqibati nima bilan tugaydi?

O`qituvchi yangi mavzuni e`lon qiladi.

Yangi mavzu bayoni

Aziz o`quvchilar bugun biz sizlar bilan “Rostgo`y bola” ertagi haqida suhbat olib boramiz.

O`qituvchi ertakni ifodali qilib o`qiydi va o`quvchilar bilan ertakni muhokama qiladi.

“Chala xat” o`yini o`tkaziladi. Uning shartiga ko`ra biror o`tilgan matn tanlanadi va matnning ayrim so`zlari tushirib qoldiriladi. O`quvchilar esa bu tushirib qoldirilgan so`zlarni topadilar.

Ertak matnini o`quvchilar birma-bir ifodali o`qiydilar va tushunarsiz so`zlar yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi.

Lug`at ishi:


  • Podshoh – qadimda davlat boshlig`i shunday atalagan.

  • Vazir – podshohning eng yaqin yordamchisi.

Quvnoq daqiqa o`tkaziladi

Yangi mavzuni mustahkamlash

“Qarsak” mashqi (Noto`g`ri jumla o`yini)

Bu mashqni bajarayotganda o`quvchilar mavzuni o`zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida o`qituvchi matnni o`qiydi. Har bir gap yakunida agar u bugungi o`rganilgan matnga mos kelsa, qarsak chaladilar. Matn tarkibida noto`g`ri ma`lumotlarbo`lsa, bu ishni bajarmaydilar.

Mashq yakunlangach, o`quvchilar fikri tinglanib, bilimlar umumlashtiriladi.

Dars yakunida o`quvchilar bilan savol-javob o`tkaziladi:


  • Podshoh o`ziga farzand tanlash uchun nima qilibdi?

  • Bola gulni nega o`sitira olmabdi?

  • Podshoh nima uchun bolakayni o`ziga farzandlikka tanlabdi?

Darsni yakunlash va baholash

Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi.



Uyga vazifa

“Rostgo`y bola” ertagini ifodali o`qib kelish.
Download 25.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling