Dars ishlanma (2-sinf) Mavzu: Qarg‘a bilan tulki (masal) Ivan Krilov Darsning maqsadi: Ta`limiy


Download 41.5 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi41.5 Kb.
#353874
Bog'liq
Mahkamova Shohista BT-201-2OTM. Qarg'a bn tulki ERTAGI
Шаблон резюме enter, zzzzzzzz

Dars ishlanma (2-sinf)
Mavzu: Qarg‘a bilan tulki (masal) Ivan Krilov
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: o`quvchilarni “Qarg‘a bilan tulki” masali bilan tanishtirish. Masal matnini ifodali, rollarga bo`lib o`qish, savollar tuzish ko`nikmalarini takomillashtirish

Tarbiyaviy: o`quvchilarda do`stlik, hamjihatlik sifatlarini tarbiyalash, maqtanchoqlik yomon odat ekanini uqtirish;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirish, lug`at ustida ishlash, ongli va ifodali o`qish, erkin va mustaqil fikrlashini rivojlantirish;

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: Suhbat, tushuntirish, “Zanjir” usuli. 
Darsning jihozi: Darslik, multimedia vositalari, ko`rgazma va tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, tozalikka qarash, o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

Uyga vazifa – Somon, cho‘g‘ va loviya ifodali o`qib kelish edi.

1. Ertak qahramonlari qanday uchrashib qolishdi?

2. Nima uchun ularning sayohati qisqa bo‘ldi?

3. Do‘stlarining ayanchli ahvolidan kulgan- larning holi qanday bo‘lar ekan?

Har bir o`quvchi birma-bir savollarga javob berishadi. So`ngra yangi mavzu e`lon qilinadi.


Yangi mavzu bayoni

Qadrli bolajonlar, bugun sizlar bilan Ivan Krilovning “Qarg’a bilan tulki” masali bilan tanishamiz. (O`qituvchi muallif haqida qisqacha ma`lumot beradi.)

Monitorga darslikdagi qarg’a bilan tulki tasviri chiqariladi. Masalni o`qituvchi ifodali qilib o`qib beradi, o`quvchilar diqqat bilan tinglashadi.

O`quvchilar “Zanjir” usulida matnni qismlarga ajratib, birma-bir o`qiydilar. Matnda uchragan notanish so`zlar yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi.

Lug`at ishi:


  • Jindak - kam, oz

  • Luqma –yegulik, ozuqa;


Quvnoq daqiqa o`tkaziladi

Yangi mavzuni mustahkamlash

O`quvchilar bilan masal mazmuni haqida savol-javob o`tkaziladi.

1. Tulki nima uchun qarg‘ani rosa maqtadi?

2. Qarg‘a nima uchun o‘ljasini yo‘qotdi?

3. Shoir bu masaldagi tulki va qarg‘ani qanday odamlarga o‘xshatadi?


Maqol va hikmatli so'z:

Yaxshi do‘sting kuldirar,

Yomon do‘sting kuydirar.
Topishmoq:

Kuchugimga o‘xshaydi,

Lek xilvatda yashaydi.

Ayyorligin qo‘ymaydi,

Tovuqni yeb to‘ymaydi.

Darsni yakunlash va baholash

Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi.



Uyga vazifa

“Qarg’a bilan tulki” masalini ifodali o`qib kelish.
Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling