Dars ishlanmasi


Download 236.5 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi236.5 Kb.
#111210
Bog'liq
3-sinf Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar



Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 9-umum ta'lim maktabining 3-sinf õqituvchisi Jalilova Shaxloning ona tili fanidan Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar” mavzusida

bir soatlik ochiq
DARS ISHLANMASI


Sana: _______

Sinfi: ________

Fan: _________

Dars mavzusi: Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar.

312-314- mashqlarni bajarish

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar

Mavzuga doir tayanch so`zlar

Bo’lishli va bo’lishsiz fe’l haqida tushuncha berish.Ular imlosini farqlay olishni o`rganish



Mavzuning qisqacha ta’rifi

O'quvchilarni bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar bilan tanishtirish, bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni farqlash, mashqlarni to`g`ri bajarish va husnixat asosida yozish malakasini rivojlantirish;


O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: ,,Blits” so`rov metodi, Tarmoqli klaster”,,Charxpalak” metodlari asosida

Shakl: multimedia, videolavha, rasmlar, tarqatma materiallar.

Jihoz: mavzuga oid rasmlar,videofilmlar, multimediyalar, tarqatmalar asosida.

Nazorat: o`quvchilarni darsda faolligi kuzatilib, husnixatlari nazoratga olinadi.

Baholash: o`quvchilar baholanib, rag`batlantirilib, reytingi dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari

Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga bo’lishli va bo’lishsiz fe’l haqida tushuncha berish.Ular imlosini farqlay olish. Fe’l haqida bilim,ko’nikmalarni mustahkamlash.

FK 1: o‘qituvchi nutqini va mavzuga oid tushunchalarni, o‘zaro savol-javob topshiriqlarni tinglab tushuna oladi;

Tarbiyaviy: O’quvchilarda tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lish, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash.Ularni hamkorlikda ishlashga o’rgatish.

TK 4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning tabiat haqidagi bilimlarini boyitish. Mustaqillik qobiliyatini o’stirish.Og’zaki nutqi,so’z boyligini va chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.

TK 2: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish.

Kutilayotgan natija

Dars yakunida o`quvchilar kim? nima? Kimlar? Nimalar? so`roqlariga javob berish malakasiga ega bo`lishadi.Birlikdagi va ko`plikdagiotlarni farqlashni o`rganadilar. O`quvchilarda do`stlik, hamjihatlik, kasblarni sevish xususiyatlarini shakllanadi

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

I bosqich

Tashkiliy qism

  1. Salomlashish, yil fasllari haqida suhbat.

  2. O`quvchilar davomati aniqlanadi.

  3. Har bir o`quvchining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

Suhbat

3 daqiqa

II bosqich

O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash

Dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan: husnixat bilan yozish, mashqlarni bajarishga faol qatnashish, dars shiori ishlab chiqish;

O`tilgan darsni ,,Tezkor savol- javob” metodi orqali so`rab baholash;




Munozara

7 daqiqa

III bosqich

Yangi mavzu bayoni

1. Yangi mavzu otishga tayyorgarlik ko`rish;

2. O`qituvchi ot so`z turkumi,haqida tushuncha beradi va birlikdagi hamda ko`plikdagi otlarni farqlashni ko`rgazmalar orqali tushuntiradi

3.“Tarmoqli klaster” usuli orqali o`quvchilar bilimi tekshiriladi;

4. Mashqlar bajariladi;



Suhbat

Musobaqa

Suhbat

Husnixat



Og`zaki savol-javob

20 daqiqa



IV bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni turli o`yinlar orqali mustahkamlanadi.,,Charxpalak” metodi orqali mustahkamlanadi.

Didaktik o`yin

10 daqiqa

V bosqich

Baholash.

Dars yakuni

O`quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi va dars yakunlanadi. Rag`bat kartochkalari beriladi.

Og`zaki

3 daqiqa

VI bosqich

Uyga vazifa

314-mashq tushuntiriladi.

Tushuntirish

2 daqiqa


Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism.

O`qituvchi sinfga kiradi. O`quvchilar bilan salomlashadi.

O`qituvchi: Aziz oquvchilar, bugun kim navbatchi?

O`quvchi: Bugun men navbatchi.

O`qituvchi: Yilda nechta fasl bor?

O`quvchi: 4 ta.

O`qituvchi: Hozir qaysi fasl?

O`quvchi: Bahor fasli.

O`qituvchi: Bahor faslida qaysi buyuk allomalarni tavallud topgan kunlarini nishonlaymiz?

O`qituvchi: Hozir qaysi oy?

O`quvchi: Mart oyi.

O`qituvchi: O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.

O`qituvchi: Aziz bolajonlar, darsga hamma tayyormi?

Hamma o`quvchilar o`quv qurollari borligini ya’ni: daftar, darslik, kundalik, ruchka, qora qalamlarini tekshirib chiqadi.



O`qituvchi: Demak, hamma darsga tayyor. Bolajon, bizlar dars davomida nimalarga, qaysi qoidalarga rioya qilishimiz kerak?

O`quvchilar: Biz ona tili darsida asosan husnixat bilan yozish va mashqlarni bajarishga faol qatnashishimiz kerak.

O`qituvchi: Ona tili darsining shiorini aytamiz.

O`quvchilar: Ona tili darsimiz,

Onam tili darsimiz.

O`zbek tilini chuqurroq

O`rganishdir burchimiz.




  1. O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash.

-Daftarlarimizga sanani yozib olamiz.Husnixat malakalariga amal qilib videolug’at diktant yozamiz.

Chiroyli yoz, yozsang xat,

Chunki bu ham zo’r san’at.


O`qituvchi: Balli, dono o’quvchilarim. Hozir biz siz bilan,, Tezkor savol- javob” so`rov metodi asosida o`tilgan mavzuni mustahkamlaymiz.
Выноска со стрелкой вниз 4Выноска со стрелкой вниз 7Выноска со стрелкой вниз 8 DONOLAR ZUKKOLAR ZIYRAKLAR

III Yangi mavzuning bayoni:

Fe’l mavzusini qanchalik o’rganganligingizni yana bir bor tekshiramiz.Diktafon orqali she’r o’qib beriladi. O’quvchilarga tinglab fe’llarni yozish topshiriladi.



Shu topshiriq orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va yangi mavzuga bog’lanadi.
O’quvchilar fikri tinglab to’ldiradilar va dars mavzusi tanishtiriladi.


Qoida! Keldi, bordi, aytdi kabi fe’llar harakatning harakatning bajarilganligini bildiradi. Bundat fe’llar bo’lishli fellar deyiladi.

Kelmadi, bormadi, aytmadi kabi fae’llar esa harakatning bajarilmaganligini bildiradi. Bunday fe’llar bo’lishsiz fe’llar deyiladi.

Bo’lishli fe’lda –ma qo’shinchasini qo’shish bilan b’lishsiz fe’l hosil bo’ladi.





312- mashq . O’qing. Fe’llarni aniqlang.

MEHRIBON O’RTOQLAR

Bugun hamma maktabga keldi. Biroq Anvar kelmadi. Anvarning sinfdoshlari darsdan keyin uning uyiga borishdi. Onasi Anvarning kasalligini aytdi. O’rtoqlari Anvarni kirib ko’rishdi. Darsda o’tilgan mavzular to’g’risida suhbatlashdilar.



Keldi-kelmadi, bordi-bormadi, aytdi-aytmadi, ko’rishdi-ko’rishmadi, suhbatlashdi-0suhbatlashmadi, gapirdi-gapirmadi fe’llarni o’qing, ular bir-biridan nimasi bilan farq qilayotganini ayting.

Harakatning bajarilishidagi farqni hisobga olgan holda ularni ikki ustunga namunadagidek alohida-alohida yozing.

N a m u n a: Harakat bajarildi: Harakat bajarilmadi:

keldi kelmadi

O’quvchilar ishi tekshirilib rag’bat beriladi.

Ko’rgazma asosida suhbat.

Dam olish daqiqasi.

O’quvchilar sh’er aytib, harakat qiladilar.

Ahil asalarilar

Azonlab tushar ishga.

Atrof,dala,bog’lardan,

Asal yig’ishar qishga .


313- mashq . O’qing. Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni aniqlang.

Ozoda uchinchi sinfda o’qiydi. U darsdan sira kech qolmaydi. Ozoda o’quv qurollarini yaxshi saqlaydi. U topshirilgan vazifalarni mustaqil bajaradi. Ozoda o’rtoqlardan yordamini ayamaydi.

Ko’chiring. Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarning tagiga ikki chiziq chizing. Ularning farqini ayting. Bo’lishsiz fe’llar ustida “b-siz” (bo’lishsiz) deb yozing.

Dam olish daqiqasi
Husnixat derlar meni,

Kimki chiroyli yozsa,

Biling shuni do`stlarim,

Maqtayman uni rosa.



Maqollar bahsi

Ilmsiz - bir yashar, Ilmli - ming yashar.

Ona yurting - oltin beshiging.

Izzat tilasang, ko'p dema, . Sihat tilasang, ko'p yema.

Do'st bo'lsang, do'stingning aybini tuzat.

Duo bilan el ko'karar, Yomg'ir bilan yer ko'karar.

El qo'risang, o'zarsan, Qo'rimasang, to'zarsan.

Vaqting ketdi - naqding ketdi.


IV Yangi mavzuni mustahkamlash:
,,Charxpalak metodi asosida

I-guruh


N

Bo’lishli fe’llar

Bo’lishsiz fe’llar

1

yozdi

?

2

aytdi

?

3

chiqyapti

?

4

saqlaydi

?


II-guruh


N

Bo’lishli fe’llar

Bo’lishsiz fe’llar

1

?

o’qimadi

2

?

uxlamayapti

3

?

arralamadi

4

?

ishlamadi


III-guruh


N

Bo’lishli fe’llar

Bo’lishsiz fe’llar

1

ichadi

?

2

chiqdi

?

3

ko’rdi

?

4

tayyorladi

?


V Baholash.

Rag`bat kartochkalari orqali o`quvchilar bilimlarini baholash. Baholash marosimida har bir o`quvchining bahosini izohlab berish. Baholash vaqtida o`quvchilarni shaxsiy munosabatlarini emas, balki bilimlarini, sayu-harakatlarini hisobga olish.


VI Uyga vazifa.

314-mashq. Berilgan qoidani yodda tuting!
Download 236.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling