Dars maqsadi: ta’limiy maqsad


Download 135 Kb.
Sana20.10.2020
Hajmi135 Kb.
#135025
Bog'liq
1 sinf shaxs va narsaning nomini bild


DARS ISHLANMASI

Dars sanasi:_________ Sinf: 1”D”

Fan nomi: Ona tili

Dars mavzusi: Shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlar

Dars maqsadi:

1.ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, mavzuga oid bilim va ko’nikma hosil qilish

2.tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilishga o’rgatish, ularga estetik tarbiya berish

3.rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, savodli yozish uquvlarini o’stirish

O`quv jarayoniga oid kompetensiyalar:

FK-1: mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi,

Fk-2: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

TK-2: o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish.

TK-3: davlat ramzlarini bilish; sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish.

Jihozi: darslik,mavzuga oid ko’rgazma, test savollari, rasmlar, kompyuter, proyektor, disk, tarqatma materiallar, rag`batlar.

Dars turi: Noan'anaviy, Yangi bilim berish, o’tgan mavzuni mustahkamlash.

Dars metodi: „Chaynvord“ „Savol javob“ yakka holda ishlash .

Darsda foydalaniladigan jihozlar: darslik, rasmlar, ko’rgazma, tarqatma materiallar, kesma harflar

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,

Shundan bilursankim ilm bepoyon.


Dars jarayoni va texnologiyasi


Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi

Harflarni yozish o’rgatiladi

Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzu ustida ishlash



91-92 - mashqlarni bajarish

Tushuntirish, izlanish

Og’zaki savol-javob

28 minut

4-bosqich Mustahkamlash

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar O’yinli mashg’ulotlar

Muammoli izlanish

9 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




2 minut

6-bosqich

Uyga vazifa

93-mashq

izlanish

1 minut

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.

b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Suv hayot manbai ” mavzusida suhbat



II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. aqliy hujum Savollarga og‘zaki javob bering:

1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?

2.Soz’lar qanday ma’nolarni bildiradi?

3.So’zlar nimalarga bo’linadi?

4.Kim? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarga misol ayting.

5.Nima? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarga misol ayting

6. Nima qildi? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarga misol ayting

7. Qaysi tovushlar bo‘g‘in hosil qiladi?



8. So‘zlar bir satrdan ikkinchi satrga qanday ko‘chiriladi?

III. Yangi mavzuni tushuntirish

O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.

Shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlar

So’zlar kim?, nima?, qanday?, qanaqa?, nima qildi? nima qiladi?, nima qilyapti? kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
Kim?nima? so’roqlari shaxs-narsa nomini bildiruvchi so’zlarga beriladi.


Shaxsning nomini bildirgan so’zlar kim?, narsaning nomini bildirgan so’zlar nima? So’rog’iga javob bo’ladi.

91 – mashq. She’rni ifodali o’qing.

Ko’chiring. Kim? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlarning tagiga to’g’ri chiziq chizing.

Ulug’ Temur bobomiz

Sevgan, sog’ingan Vatan!

Bobur Mirzo doimo

Qo’msab sog’ingan Vatan!

Rauf Tolib

92-mashq. So’zlarni o’qing, ularga so’roq bering

Qush, gul, sabzavot, sabzi, turna, qaldirg’och,

binafsha, chuchmoma, piyoz.

Qush: turna, qaldirg’och

Gul: binafsha, chuchmoma

Sabzavot: sabzi, piyoz

Mustaqil ish beriladi.

O’quvchilarning so’zlarni yozishda qo’l harakatlari

kuzatib turiladi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

- Qaysi fasl boshlandi?

- Bahorda qanday o’zgarishlarni ko’ryapsiz?

- Bahorgi dala ishlari haqida so’zlang.

- Bahorda qanday bayramlar nishonlanadi?

- Gaplardagi kim? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarni ayting.

Dam olish daqiqasi

Gullar mavzusida o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish va

Boshqotirma. «ha – yo‘q» ta’limiy o‘yini o‘tkaziladi. Buning uchun o‘qituvchi savolni o‘qiydi, o‘quvchilar «ha» yoki «yo‘q» deb javob beradilar.

1. O‘zbek tilida 5 ta unli tovush bor. (yo‘q)

2. A, o, o‘, u, i, e. – bular undosh tovushlar. (yo‘q)

3. O‘zbek tilida 6 ta unli tovush bor. (ha)

4. Tovushlarni o‘qiymiz va yozamiz. (yo‘q)

5. Tovushlarni eshitamiz va talaffuz qilamiz. (ha)

V. O’quvchilar darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.

VI.Uyga vazifa. 93 – mashq. Rasmdagi shaxslarning kasbini ayting va yozing.Ularga so’roq bering Oshpaz, bog’bon, duradgor, shifokor

O’IBDO’: _____________
Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling