Dars mavzusi: Lishayniklar. Darsning ta’limiy maqsadi


Download 110 Kb.
Sana01.09.2020
Hajmi110 Kb.
#128245
Bog'liq
lishaynik


Dars mavzusi: Lishayniklar.

Darsning ta’limiy maqsadi: o’quvchilarni lishayniklarining tuzilishi, hayoti, tarqalishi, ko’payishi va ahamiyati bilan tanishtirish..

Darsning tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, o’simliklar olamiga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ekologik va iqtisodiy, gigiyenik tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning lishayniklar haqidagi bilimlari, tabiiy obyektlar bilan ishlash, taqqoslash va darslik ustida mustaqil ishlash, kuzatish ko’nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: lishayniklarning gerbariy namunalari, rangli rasmlar.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: hamkorlikda o’qitish texnologiyasi (komandada o’qitish metodi).

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: simbioz, lishaynik, yopishqoq lishaynik, bargsiman lishaynik, butasimon lishaynik.
Darsning texnologik xaritasi

Bosqichlari

Mazmuni

Lokal texnologiyalar

Xususiy metodik texnologiyalar

Vaqti

Tashkiliy qism

a)salomlashish

b)tozalikni tekshirish

c)davomatni aniqlash

d)o’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash

e)o’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish


suhbat




3-daqiqa

O’tilgan mavzu va uy vazifasi tahlili

O’tilgan mavzu yuzasidan tuzilgan 1-ilovadagi test topshiriqlari yordamida o’quvchilarning bilimlarini nazorat qiladi va baholaydi.

Aqliy hujum,Venn diagrammasi




10-daqiqa

Yangi mavzu bayoni

1.Ko’rgazmalar asosida o’qituvchining Lishayniklar haqida umumiy ma’lumoti

2.Guruhlarning a) Lishayniklarning yashash sharoiti b) Lishayniklarning turlari c) Lishayniklarning ahamiyati bo’yicha taqdimoti

3.O’qituvchining darsni xulosalashi


Klaster metodi, Guruhlarda ishlash

Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi (kichik guruhlarda o’qitish metodi)

15-daqiqa

Mustahkamlash

O’rganilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar, savollar, didaktik jadvallar beriladi.

Atamalar zanjiri, jadvallar bilan ishlash, nostandart test topshiriqlari




10-daqiqa

O’quvchilar bilimini baholash

O’quvchilar faoliyatini va natijani tahlil qilish.







5-daqiqa

Darsni yakunlash. Uyga vazifa berish.

O’quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini berish.

Yozma topshiriq




2-daqiqa

Dars bosqichlari:

I.Tashkiliy qism:

A) Salomlashish

B) Davomatni aniqlash

C) Tozalikni nazorat qilish

D) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash

E) O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va darsning borishi bilan tanishtirish.





  1. O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini botanikadan mustaqil ish daftarida test topshiriqlari yordamida aniqlash.

1-topshiriq. Test savollariga javob bering.

1. Qaysi zamburug’ paxtachilikka katta zarar yetkazadi?

A.qoyakuya zamburug’i

B.vertitsillium zamburug’i

C.go’ng zamburug’i

D.zang zamburug’i

2. Vilt kasalligini qaysi zamburug’keltirib chiqaradi?

A.qoyakuya zamburug’i

B.vertitsillium zamburug’i

C.go’ng zamburug’i

D.zang zamburug’i

3.Vertitsillium zamburug’I qaysi o’simlikda parazitlik qiladi ?

A.arpa

B.beda

C.g’o’za

D.bug’doy

4.Vilt so’zi qanday ma’noni anglatadi?

A.sarg’ayish

B.oqpalak

C.chirish

D.so’lish

5.Vertitsellyoz kasalligi xalq orasida nima deb yuritiladi?

A.sarg’ayish

B.oqpalak

C.chirish

D.so’lish

6.Vertitsellyoz zamburug’I g’o’za o’simligining qaysi qismida parazitlik qiladi?

A.gul tugunchasida

B.ildizida

C.o’tkazuvchi to’qimasida

D.mevasida

7.Parazit zamburug’lar odamlarda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

A.mikoz, vilt

B.mikotoksikoz, zang

C.qorakuya

D.mikoz, mikotoksikoz

8.Qorakuya zamburug’I bug’doy o’simligining qaysi qismida parazitlik qiladi?

A.gul tugunchasida

B.ildizida

C.o’tkazuvchi to’qimasida

D.bargida

9.Parazit zamburug’lar o’simliklarda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

A.vilt, qorakuya

B.mikotoksikoz

C.qorakuya, mikoz

D.gommoz

10.Arpa, bug’doy, suli o’simliklarida parazitlik qiluvchi zamburug’ni aniqlang.

A.qoyakuya zamburug’i

B.vertitsillium zamburug’i

C.go’ng zamburug’i

D.zang zamburug’i

2 – topshiriq. Mog’or, achitqi va qalpoqchali zamburug’larning o’xshashlik va farqli jihatlarini Venn diagrammasida ifodalang.

Овал 1
Овал 2


Овал 3
III. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.

  1. Yangi mavzuni o’rganish:

  1. O’qituvchining axboroti:

Reja:

  1. Lishayniklarga ta’rif

  2. Lishayniklarning turlari

  3. Lishayniklarning ahamiyati

Овал 7

Овал 9Овал 10






Овал 6

Овал 11Овал 12


Овал 8


  1. Guruhlar tomonidan bajariladigan topshiriqlar:




T\r

O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv topshiriqlari

Topshiriqni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar




Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib chiqib, quydagi savollarga javob tayyorlang va topshiriqlarni bajaring:

O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.

1

Lishayniklar tanasi nima uchun qattana yoki tallom deyiladi?




2

Lishayniklar tanasida nechta va qanday organizmlar birgalikda o’zaro bir-biridan foydalanib simbioz yashaydi?




3

Lishaynik tanasidagi zamburug’lar qanday funksiyani bajaradi?




4

Lishaynik tanasidagi suvo’tlar qanday funksiyani bajaradi?




5

Lishayniklar tanasidagi zamburug’ va suvo’tlar qanday oziqlanadi?




6

Lishayniklar qayerda o’sadi?

O’quvchilar jamoasi bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.

7

Lishayniklar qanday sharoitda o’sadi?

8

Lishayniklar qanday usullar bilan ko’payadi?

9

Shakliga ko’ra lishayniklar qanday guruhlarga bo’linadi?




10

Lishayniklarning tabiatdagi ahamiyatini yozing.




11

Lishayniklarning inson hayotidagi ahamiyatini yozing.




  1. Yangi mavzu yuzasidan jamoalar o’rtasida savol-javob, o’quv bahsi uyushtirish.

  2. O’quvchilar bilimini botanikadan mustaqil o’quv-ish daftaridagi topshiriqlar yordamida nazorat qilish va baholash.

A variant (reproduktiv xarakterdagi topshiriqlar).

1 – topshiriq. Quydagi jadvalda berilgan savollarni ularga tegishli javoblar bilan juftlang:

T\r

Savollar

T\r

Javoblar

1

Lishayniklarning tanasi nima deb ataladi?

A

Yopishqoq lishaynik

2

Lishayniklarning organizmida qanday organizmlar birgalikda yashaydi?

B

Bug’u lishaynigi

3

Tog’ va cho’llarda ko’pincha qanday lishayniklar o’sadi?

D

Qattana yoki tallom

4

Tundrada qaysi lishaynik o’sadi?

E

Butasimon lishaynik

5

Qaysi lishaynik butasimon lishayniklar qatoriga kiradi?

F

Zamburug’ning vegetative tanasi (mitseliysi)

6

Lishaynik tanasidagi qaysi organism suv va havodan karbonat angidrid gazini olib ulardan esa yorug’lik ta’sirida organic moddalar hosil qiladi?

G

Zamburug’ va suvo’t

7

Qaysi lishaynik bug’ularning asosiy ozig’I hisoblanadi?

H

Suvo’tlar

8

Agar lishaynik tanasida kesib olingan yupqa kesma mikroskop ostiga qo’yib qaralsa, uning chigallashib ketgan iplardan tashkil topganligi ko’rinadi. Bular nima?

I

Kulrang lishaynik

9

Ip chigallari orasida och yashil sharga o’xshash hujayralar borligi ko’rinadi. Bular nima?

J

Kulrang lishaynik

10

Tanasi shoxlangan, jismdan ko’tarilib yoki osilib turadigan lishaynik nima deb ataladi?

K

Bir hujayrali suvo’tlar

B variant (qisman izlanuvchan xarakterdagi topshiriqlar)

2-topshiriq. Quydagi berilgan atamalar orasidan bakteriya, zamburug’, lishayniklarga moslarini topib jadvalga yozing.

1)kokk: 2)achish; 3)koloniya; 4)mitseliy; 5)spora; 6)gommoz; 7)vertisil; 8)gifa; 9)penitsil; 10)achitqi; 11)mevatana; 12)vilt; 13)qo’ziqorin; 14)simbioz; 15)qattana; 16)batsilla; 17)chirish; 18)po’panak; 19)suvo’t.


T\r

Organizm

Tegishli atamalar raqami

1

Bakteriya




2

Zamburug’




3

lishaynik





D variant (mustaqil-tadqiqiy xarakterdagi topshiriqlar)

1-topshiriq. Mantiqiy masala. Lishayniklar daraxtlarning tanasida ham o’sishini bilasiz. Ular darxtlardan qanday maqsadda foydalanadi? Nima uchun yirik shaxarlardagi daraxtlarda lishayniklarni uchratmaysiz? Bu hodisani izohlash uchun o’z taxminlaringizni taklif eting.

  1. Uyga vazifa berish: Lishayniklarni atmosfera havosining ifloslanish darajasini ko’rsatuvchi ma’lumotlarni tayyorlang.



Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling