Dars turlari va uning mazmuni. Reja: Kirish


Download 39.82 Kb.
bet1/9
Sana21.01.2023
Hajmi39.82 Kb.
#1106453
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dars turlari va uning mazmuni Mus ishi
рус тили, 3-курс КУРС ИШИ, mustaqil ish 10, BaharMartonosi, Musayev Allanazar MI, Физиология амалий-6), Физиология амалий-6), Физиология амалий-6), Физиология амалий-6), Физиология амалий-6), Физиология амалий-6), Физиология амалий-6), Физиология амалий-6), Физиология амалий-6), Maksvell taqsimoti - Vikipediya

Dars turlari va uning mazmuni.
Reja:
Kirish
I. Jisminiy tarbiya darslarini maqsad vazifalari
II. O’quvchilarining jisminiy tarbiyasining asosiy shakllari
III. Jismoniy tarbiya darslarida xranametraj o'tkazish uslubiyoti
IV. Jismoniy tarbiya darslarida pulsimetriya o'tkazish uslubiyoti
V. Jismoniy tarbiya darslarida pulsimetriya ma’lumotning taxlili
Xulosa
Foydanalilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda barcha sohalar shiddat bilan rivojlanib, taraqqiy etib borayotgan paytda ta’lim, madaniyat va sport sohalariga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sohalarning yanada rivojlantirish maqsadida qator chora-tadbirlar olib borilmoqda, shu bilan birga ularning qonuniy poydevorlari ham mustahkamlanmoqda. Sport sohasiga e’tibor qaratar ekanmiz, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g’risida»gi qonunini hayotga joriy etib, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Bunda bolalar va o‘smirlar jismoniy tarbiyasiga kontseptual yondashib, uzluksiz ta’lim tizimida respublika aholisining ko‘p millatliligiga tayangan holda har bir millatning madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy talablari hisobga olinadi.
Mustaqillik tufayli yurtimizda bolalar va o‘smirlar sporti davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlari doirasidan joy olib, «Sog’lom avlod» dasturi va birinchi Prezidentimiz tomonidan joriy etilgan «O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi» ko‘magida yuksak cho‘qqi sari qanot yozmoqda. Kechagi yosh sportchi bolalar bugun nafaqat o‘zbek sportini balki Olimpiya o‘yinlari, Jahon va Osiyo musobaqalari shohsupalariga olib chiqmoqda, shu bilan birga o‘z natijalari bilan yurtimiz shon-shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, Vatan ravnaqini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish masalalariga jiddiy e’tibor berilmoqda. Bu borada «Ta’lim to‘g’risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni qabul qilinishi katta ahamiyatga ega.
Ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy siyosiy iqlim keskin o‘zgaradi, odamlar ongida demokratik qadriyatlar qaror topadi, inson jamiyatdagi o‘rnini ongli ravishda o‘zi belgilaydi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor berib kelinmoqda. Sportchilarimiz Osiyo hamda jahon miqyosidagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishib, O‘zbekiston bayrog’ini yuqori ko‘tarib kelishmoqda. Sportning bu darajaga ko‘tarilishida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning hissasi kattadir.
Buning uzviy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi yangi qarorni imzoladi.

Download 39.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling