Dars: Zoologiya fani va uning vazifalari. Mavzu


Download 32.21 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi32.21 Kb.
#100652
Bog'liq
7-sinf Zoologiya namuna maktabim.uz
2 5397727508189675992, 2 5235597900129501917, 8-amaliy ish, 3.01-Ўзбекистон-тарихи-Фан-дастури-2018, orta osiyo va ozbekistonning davlat muassasalari tarixi, 7-sinf Zoologiya namuna maktabim.uz, 1-mavzu. Sugurta, 1-mavzu. Sugurta, AREAL LINGVISTIKADAN TAQDIMOT, SelfStudy (2), SelfStudy (2), Фермани лойиҳалаш ва хисоблаш, 2 5339426565551818174, 7-8 Sinflar Fizika fanidan bilimlar bellashuvi savollari

Sana 2018yil Sinf: 7-“

1-DARS: Zoologiya fani va uning vazifalari.

Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari.

Maqsad:Ta'limiy: O'quvchilarda zoolgiya fani uning rivojlanish tarixi hayvonlaming hilma hilligi to'g'risida tushuncha hosil qilish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning zoologiya fani haqida bilimlarini rivojlantirish.

Kompetensiya: o’z-o’zini rivojlantirish, tabiatga bo’lgan muhabbat



O'tish usuli: Tushuntirish , suhbat.

Dars jihozi: jadvallar , zoolog olimlar partretlari.

Darsning borishi:

I

Darsni tashkil qilish

2 daqiqa

IV

Darsni mustahkamlash va yakunlash

10 daqiqa

II

Uyga vazifani tekshirish

6 daqiqa

V

Uyga vazifa

2 daqiqa

III

Yangi mavzu bayoni

25 daqiqa










I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

  1. Davomatni aniqlash.

  2. O'quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Ta'tilda qilgan ishlari yuzasidan savol javob o'tkazish.

III.Yangi mavzu rejasi :

1. Zoologiya fanining o’rganilish tarixi .

2. Zoologiya fani va uning vazifalari.

IV.Yangi mavzu bayoni. Hayvonlaming xilma-xilligi va ular turlari soni o'simlikiar, zamburug'iar,
bakteriyalar bilan solishtirib tushuntiriladi. Yashash muhiti to'g'risidagi tushunchalar hayvonlar tuzilishi
va hayotiy xususivati bilan bog'lab o'rganiladi. Dars hikoya va suhbat shaklida olib boriladi.
Hayvonlaming ahamiyatini tushuntirishda mahalliy materiallarga ko'proq e'tibor berilishi; xilma-
xilligini ular tiizilishining yashash muhitiga bog'liqligini aytib o'tish lozim. Mavzuni fizika fanidan
olingan tushunchalar asosida suv hayvonlari gavdasining suyri, quruqlik hayvonlari yapaloq bo'lishi
bilan izohJab beriladi.

Zoologiya - eng qadimiy fan. Zoologiyaga oid eng qadimgi asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan. Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif berilgan. 16-17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskopda ko'rinadigan hayvonlami kashf etgan. Shved olimi Karl Linney 18-asrda hayvonlami tur, urug', turkum va sinflarga ajratib o'rganishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o'rtalarida hayvonlami o'rganish orqali o'zining olamshumul evolutsion talimotini yaratdi. 19-asrda hayvonlaming embrional rivojlanishi va qazilma qoldiqlarini o'rganish natijasida bir qancha kashfiyotlar qilindi. Hozirgi davrda zoologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar tibbiyot, qishloq xo'jaligi, chorvachilik va xalq xo'jaligining boshqa sohalari bilan bogliq.

Zoologiyaning rivojlanishiga o'zbekistonlik olimlar ham katta hissa qo'shishgan. D.N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o'rganishni boshlab berdi. L.M. Isayev va P.F. Borovskiy olib borgan tadqiqotlar O'rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlaming tugatilishi uchun asos boldi. T.Z. Zohidov, O.P. Bogdanov va boshqa olimlar umurtqali hayvonlami; A.M. Muhammadiyev, V.V. Yaxontov, AT. Tolaganov, JA. Azimov, M.A. Sultonov, S.N. Alimuhamedov umurtqasiz hayvonlami o'rganishgan.

Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar:

  1. Darslik va qo'shimcha adabiyotlarni o'qib, nima uchun «Arastu zoologiyaning otasi» deyilishini aniqlang.

  1. Oziqlanish tarziga binoan hayvonlami guruhlarga ajrating.

  2. Qizil kitobni o'qing va unda keltirilgan hayvonlarga misollar keltiring.

V. Darsni mustahkamlash: 1.O'zbekistonda zoologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan olimlami
ko'rsating. AZokirov. B. Zohidov. D. Muzaffarov. E. Azimov. F. Saidov. G. Kashkarov.

2. Hayvonlaming asosiy yashash muhitlarini ko'rsating. A. Tuproq. B. Choi. D. Dala. E. Suv. F. Tirik organizm. G. Havo. H. O'rmon. I. Dengiz.



VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar baholarini kundaliklariga qo’yish. Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va savollariga javob yozish.

Sana ________2018yil Sinf: 7-“ ”



2-DARS: Hayvonlar organizmining tuzilishi

Mavzu: Hayvonlar organizmining tuzilishi. Hayvonlar klasifikatsiyasi

Maqsad:

Ta'limiy: Hayvon va o'simlik hujayralari tuzilishidagi o'xshashlik va farq qiluvchi belgilarni ochib berish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning hayvonlar va o'simliklar haqida bilimlarini rivojlantirish.

Shakllantirilgan kompitensiya: aliy faoliyant



O'tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko'rsatmalilik. Dars jihozi: jadvallar , hayvon hujayrasi, to'qimalarni aks etiruvchi rasmlar.

Darsning borishi:

I

Darsni tashkil qilish

2 daqiqa

IV

Darsni mustahkamlash va yakunlash

10 daqiqa

II

Uyga vazifani tekshirish

6 daqiqa

V

Uyga vazifa

2 daqiqa

III

Yangi mavzu bayoni

25 daqiqa










I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.

III. Yangi mavzu rejasi:

1.Hayvon organizmining tuzilishi

2. Hayvonlar klassifikasiyasi.



IV. Yangi mavzu bayoni. Hayvonlarning o'simliklarga o'xshashligi va ulardan farq qilishini,
hayvonlar hujayrasi, to'qimalari va organlarini o'rganish o'quvchilarning botanikadan olgan bilimlariga
asoslanib olib boriladi.

Zoologiya fanining mazmuni va vazifalariga, zoologiya fani tarixiga tavsif berish asosan hikoya shaklida olib boriladi. O'quvchilarning e'tiborini jalb qilish so'raladi. Zoologiya fani rivojlanishining tarixini zoolog olimlarning tadqiqotlari misolida tushuntiriladi.



Hayvonlar klassifikatsiyasi to'g'risida malumotlar mazkur paragraf mazmunining asosini tashkil etadi. O'quvchilarga hayvonlarni klassifikatsiyaga solish prinsiplari tushuntiriladi. Hayvonlarning asosiy taksonomik gurahlari o'simliklaming xuddi shu darajadagi taksonlari bilan solishtirib ko'riladi.

Hayvonlar klassifikatsiyasi. O'zaro o'xshashligi va qon-qarindoshligiga binoan hayvonlar bir necha sistematik guruhlarga ajratiladi. Hayvonlarni bu tarzda guruhlash klassifikatsiya deyiladi. O'simliklar singari hayvonlarda ham eng kichik sistematik birlik tur hisoblanadi. Bir turga mansub hayvonlarning tuzilishi va yashash sharoiti o'xshash bo'ladi.

O'zaro yaqin turlar urug'ga, urug'lar oilaga, oilalar turkumga, turkumlar sinfga, sinflar esa tipga birlashtiriladi. Barcha tiplar birgalikda hayvonot olamini tashkil qiladi. Bundan tashqari, hayvonot olami hujayraviy tuzilishiga binoan bir hujayralilar va ko'p hujayralilarga; umurtqa pog'onasining rivojlanganligiga qarab umurtqasizlar va umurtqalilar (xordalilar)ga ajratiladi. Umurtqasizlar 20 dan ortiq, umurtqalilar esa faqat bitta tipdan iborat. Sistematik guruhlar lotin tilida nomlanadi. Turlar ikki nom

( urug’,va tur nomi ) , turdan yuqori guruhlar esa bitta nom bilan ataladi. . Hayvonlar klassifikasiyalash bilan sistematika fani shug’ullanadi.

V. Darsni mustahkamlash:

1. Qaysi javoblar biriktiruvchi to'qima uchun xos?

A. Hujayralar va organlar oralig' ini toldirib turadi. B. Yulduzsimon hujayralar va ular orasidagi moddadan iborat. D. Hujayralari o'simtalar hosil qiladi. E. Oraliq moddasi suyuq, g'ovak yoki qattiq.

2.Qaysi javoblar nerv to'qimasi funksiyasi uchun xos?

A. Ta'sirni qabul qiladi. B. Ta'sirni o'tkazadi. D. To'qima va organlarniboglaydi. E. Kislorod va oziqmoddalar tashiydi. F. Zaxira oziq to'playdi. G. Ta'sirga javob beradi. H. Tayanch vazifasini bajaradi. I. Sezgi hosil qiladi.

3. Hayvonlar sistematik guruhlarini eng yirik guruhdan boshlab, tartib bilan joylashtiring.

A. Sinf. B. Tur. D. Oila. E. Urug'. H. Tip. I.Turkum.

VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar baholarini kundaliklariga qo’yish. Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va savollariga javob yozish.

Sana ________2018yil Sinf: 7-“ ”

3- DARS: Soxta oyoqlilar sinfi.

Mavzu: Soxta oyoqlilar sinfi.

Maqsad:Ta'limiy: O'quvchilarda bir hujayrali hayvonlarning tuzulishi va hayot kechirish xususiyati to'g'risida tasavvur hosil qilish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning biologik obyektlar va kitob bilan mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.

Kompetensiya: o’z-o’zini rivojlantirish, tabiatga bo’lgan muhabbat



O'tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko'rsatmalilik. Dars jihozi: jadvallar , hay von hujayrasi, to'qimalarni aks etiruvchi rasmlar.

Darsning borishi:

I

Darsni tashkil qilish

2 daqiqa

IV

Darsni mustahkamlash va yakunlash

10 daqiqa

II

Uyga vazifani tekshirish

6 daqiqa

V

Uyga vazifa

2 daqiqa

III

Yangi mavzu bayoni

25 daqiqa











I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2 Davomatni aniqlash.3. O'quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.

III. Yangi mavzu rejasi:

  1. Yashash muhiti va harakatlanishi.

  2. Oziqlanishi , nafas olishi

  3. ko’payishi va xilma - xilligi

IV. Yangi mavzu bayoni. Bir hujayralilar tuzilishining ko'p hujayralilarning bitta hujayrasiga
o'xshashligi va undan farq qilish belgilari botanikadan o'tilgan bilimlar asosida tushuntiriladi. Buning
uchun bir hujayralilarning bir hujayrasi ham ko'p hujayralilar hujayrasidagi singari hujayra qobig'i,
yadro, sitoplazma va undagi organoidlardan iboratligi, ularning o'zi uchun xos organoidlarning borligi
ta'kidlab o'tiladi. Bu mavzu amyoba misolida yanada kengaytiriladi. O'tiladigan materiallarni tushunib
olish o'quvchining hayvonlar klassifikatsiyasi to'g'risidagi malumotlarni o'zlashtirishi bilan bog'liq.
Shuning uchun o'qituvchi o'quvchilar e'tiborini yana tur, urug', oila, turkum, sinf, tip tushunchalariga
qaratadi va amyoba bir hujayralilarning soxtaoyoqlilar sinfiga kirishini ta'kidlaydi. . So'ngra
amyobaning qayerda yashashi, qanday oziqlanishi va harakatlanishi tushuntiriladi. Soxtaoyoqlarning
harakatlanganda va oziqni qamrab olayotgandagi holatini doskaga chizib tushuntirish lozim. Hazm qilish
vakuoli funksiyasini jo'nroq qilib, oziq tarkibidagi moddalarni suvda erigan holda sitoplazmaga o'tishi
va hazm bo'lmay qolgan moddalarni hujayradan chiqarib yuborilishi tarzida tushuntiriladi.

Qisqaruvchi vakuola vazifasi tushuntirilganda amyoba hujayrasi membrianasi orqali suv doim sizib o'tib turishi, agar suv chiqarilib turilmasa, hujayra yorilib, nobud bo'lishi orqali tushuntiriladi.

Harakatlanishi. Amyoba hujayrasi sirtida qalin qattiq qobiq bolmaganligidan sitoplazmasi qaysi tomonga oqib o'tsa, tanasining o'sha tomoni bo'rtib chiqib, «soxta oyoq» deb ataladigan o'simta hosil qiladi. Amyobaning harakatini bir tomchi suvning oqishiga o'xshatish mumkin. Soxta oyoqlar to'xtovsiz hosil bo'lib va yo'qolib turganidan amyobaning tana shakli ham o'zgarib turadi.

Oziqlanishi. Amyoba bakteriyalar, may da suv o'tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Harakatlanayotgan amyoba oziqqa duch kelganida bir necha soxta oyoqlar hosil qiladi. Soxta oyoqlar oziqni qamrab olib, uni sitoplazmaga o'tkazadi. Sitoplazmadan hazm shirasi ajralishi bilan oziq atrofida kichik pufakcha - hazm qilish vakuolasi paydo boladi. Hazm shirasi ta'sirida vakuoladagi oziq moddalar hazm boladi. Oziqning hazm bolmagan qismi sitoplazmadan tashqariga chiqarib yuboriladi.

Nafas olishi . Amyoba suvda erigan kislorod bilan nafas oladi.

Ko’payishi . Amyoba ikkiga bo’linish yo’li bilan jinnissiz ko’payadi.

Sovuq tushganda yoki suv qurib qolganda amyoba harakatlanishdan to’xtab , yumoloqlanadi ; uning hujayrasi sirtidan qalin po’st – sista hosil bo’ladi.

V.Darsni mustahkamlash:

l.Bir hujayralilar qanday sinflarga bolinadi?

2.Amyoba organoidlari va ular vazifasini juftlab ko'rsating. 3.Amyoba qanday nafas oladi?

4. Amyoba qanday nafas oladi?



VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar baholarini kundaliklariga qo’yish. Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va savollariga javob yozish.


Sana ________2018yil Sinf: 7-“ ”



4-DARS: Xivchinlilar sinfi

Mavzu: Xivchinlilar sinfi

Maqsad:

Ta'limiy: O'quvchilarda bir hujayrali hayvonlarning tuzulishi va hayot kechirish xususiyati to'g'risida tasavvur hosil qilish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning biologik obyektlar va kitob bilan mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.

Kompetensiya: o’z-o’zini rivojlantirish, tabiatga bo’lgan muhabbat



O'tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko'rsatmalilik. Dars jihozi: jadvallar , hayvon hujayrasi, to'qimalarni aks etiruvchi rasmlar.

Darsning borishi:

I

Darsni tashkil qilish

2 daqiqa

IV

Darsni mustahkamlash va yakunlash

10 daqiqa

II

Uyga vazifani tekshirish

6 daqiqa

V

Uyga vazifa

2 daqiqa

III

Yangi mavzu bayoni

25 daqiqa










I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.2.Davomatni aniqlash.3. O'quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.

III. Yangi mavzu rejasi:

1.Harakatlanishi va tuzilishi

2. Oziqlanishi , nafas olish va ayrish sistemasining tuzilishi .

3. Ko’payishi . Volvoks .

IV. Yangi mavzu bayoni. Bir hujayralilar tuzilishining ko'p hujayralilarning bitta hujayrasiga
o'xshashligi va undan farq qilish belgilari botanikadan o'tilgan bilimlar asosida tushuntiriladi. Buning
uchun bir hujayralilarning bir hujayrasi ham ko'p hujayralilar hujayrasidagi singari hujayra qobig'i,
yadro, sitoplazma va undagi organoidlardan iboratligi, ularning o'zi uchun xos organoidlarning borligi
ta'kidlab o'tiladi. Bu mavzu amyoba misolida yanada kengaytiriladi. O'tiladigan materiallarni tushunib
olish o'quvchining hayvonlar klassifikatsiyasi to'g'risidagi malumotlarni o'zlashtirishi bilan bog'liq.
Shuning uchun o'qituvchi o'quvchilar e'tiborini yana tur, urug', oila, turkum, sinf, tip tushunchalariga
qaratadi va amyoba bir hujayralilarning soxtaoyoqlilar sinfiga kirishini ta'kidlaydi. . So'ngra
amyobaning qayerda yashashi, qanday oziqlanishi va harakatlanishi tushuntiriladi. Soxtaoyoqlarning
harakatlanganda va oziqni qamrab olayotgandagi holatini doskaga chizib tushuntirish lozim. Hazm qilish
vakuoli funksiyasini jo'nroq qilib, oziq tarkibidagi moddalarni suvda erigan holda sitoplazmaga o'tishi
va hazm bo'lmay qolgan moddalarni hujayradan chiqarib yuborilishi tarzida tushuntiriladi.

Qisqaruvchi vakuola vazifasi tushuntirilganda amyoba hujayrasi membrianasi orqali suv doim sizib o'tib turishi, agar suv chiqarilib turilmasa, hujayra yorilib, nobud bo'lishi orqali tushuntiriladi.

Harakatlanishi va tuzilishi. Yashil evglena kolmak suvlarda va hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda, amyobaga nisbatan 5-10 marta kichik hayvon. Tanasining shakli duksimon bo'lib, oldingi va keyingi tomoni ingiphkalashgan. Xivchini vintga o'xshash buralib, uni oldinga siljitadi. Evglena hujayrasi qattiq va qayishqoq yupqa qobiq bilan qoplanganligi tufayli • doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazmasida bitta yirik yadro, qisqaruvchi vakuola va qizil dog'ga o'xshash «ko'zcha» joylashgan.

Oziqlanishi . Evglena sito’plazmasida yashil tanachalar shaklida xromotaforalari bo’ladi. Ulardagi xlorafill pigmenti yordamida u fotosintez qiladi . Yorug’lik ta’sirida uning xromatofporalarida organik moddalar hosil bo’ladi. Bu moddalar evglenaning o’sishi ,rivojlanishi, ko’payshi uchun sarf bo’ladi.

Nafas olishi . Amyoba singari suvda erigan kislorod bilan nafas oladi.

Ko’payshi. Evglena amyoba singari ikkiga bo’linish yo’li bilan jinissiz ko’payadi.

V.Darsni mustahkamlash:

  1. Xivchinlilar tuzilishi soxta oyoqlilardan qanday farq qiladi?

  2. Evglena yorug'likda qanday oziqlanadi?

  3. Qisqaruvchi vakuola qanday aharaiyatga ega?

  4. Evglena qanday ko'payadi?

  5. Nima sababdan volvoks koloniyali hayvonlarga kiritiladi?

  6. Tripanosoma odamga qanday yuqadi?

  7. Xivchinlilarning qaysi xususiyatlari o'simlikka o'xshaydi?

VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar baholarini kundaliklariga qo’yish. Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va savollariga javob yozish.

Sana ________2018yil Sinf: 7-“ ”

5-DARS: Infuzoriyalar va sporalilar sinfi.

Mavzu: Infuzoriyalar va sporalilar sinfi.

Maqsad: Ta'limiy: Tufelka misolida infuzoriyalar tuzilishi, hayot kechirishi, ko'payishini tushuntirib berish

Tarbiyaviy: O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish. Rivojlantiruvchi: Bir hujayralilarning kelib chiqishi to'g'risida umumiy tushuhchalarni

rivojlantirish.

Kompetensiya: o’z-o’zini rivojlantirish, tabiatga bo’lgan muhabbat

Darsning borishi:


I

Darsni tashkil qilish

2 daqiqa

IV

Darsni mustahkamlash va yakunlash

10 daqiqa

II

Uyga vazifani tekshirish

6 daqiqa

V

Uyga vazifa

2 daqiqa

III

Yangi mavzu bayoni

25 daqiqa










I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.

III. Yangi mavzu rejasi:

  1. Yashash muhiti va tuzilishi.

  2. Oziqlanishi ,nafas olishi va ayrish sistemasining tuzilishi .

  3. Ko’payshi . Sporalilar sinfi .

IV.Yangi mavzu bayoni. Mavzuni o'rganish amyoba va evglenani o'rganishda olingan bilimlarga asoslanadi. O'qituvchi tufelkaning boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab tuzilish belgilari (ikki xil yadrosi, og'iz teshigi, halqum, ayirish teshigi, ikkita qisqaruvchi vakuolasi, oziqlanishi va ko'payishi) ko'rsatib o'tiladi. Tufelkaning yashash muhiti va oziqlanishini tushuntirishda darslikdagi rasmlar qol keladi. Parazit infuzoriyalar va sporalilar to'g'risida umumiy tushuncha beriladi.

Bir hujayralilar organizmi bitta hujayradan iborat. Ular hujayrasi barcha hayotiy jarayonlami bajarishi bilan ko'p hujayralilardan farq qiladi. Hujayraning muayyan vazifani bajaruvchi qismlari organoidlar deyiladi. Bir hujayralilarning 40 000 dan ortiq turi bor, ular soxta oyoqlilar, xivchinlilar, infuzoriyalar, sporalilar sinflariga bo'linadi.

Yashil xivchinlilar barcha bir hujayralilarning eng qadimgi ajdodi hisoblanadi.

Infuzoriyalar - eng murakkab tuzilgan bir hujayralilar. Parazit yashash ta'sirida sporalilarning tuzilishi soddalashgan.



Infuzoriyalarning tanasi kipriklar bilan qoplangan, katta va kichik yadrosi bo'ladi. Hazm qilish va ayirish organoidlari boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Infuzoriyalar birinchi marta pichan ivitmasida topilgan. «Infuzoriya» so'zi ham lotin tilida «pichan ivitmasi hayvonlari» ma'nosini anglatadi. Infuzoriyalarni tufelka misolida o'rganamiz.

Yashash muhiti, tuzilishi va harakatlanishi. Tufelka o'simlik qoldiqlari ko'p bo'lgan suv havzalarida uchraydi. Uning uzunligi 0,1 - 0,3 mm bolib, tanasining shakli poyabzalning ostki qismiga o'xshab ketadi. Shuning uchun bu hayvon tufelka deb ataladi. Tanasining sirti juda ko'p kipriklar bilan qoplangan. Kiprikchalarning tebranishi tufayli tufelka to'mtoq tomoni bilan oldinga suzadi.

Oziqlanishi. Tyfelka bakteriyalar bilan ozqlanadi. Tanasining yon tomonida uzun tarnovsimon chuqurchasi , uning tubida “og’iz” teshigi bor . Chuqurcha tarofida joylashgan kipriklar tebranishi natijasida oziq halqum tubida to’planib , hazm vokuolasini hosil qiladi.

Nafas olishi. Tufelka ikkita qisqaruvchi vokuolasi oldingi va keyingi tomonida joylashgan . Ular galma-galdan qisqarib turadi. Kislorod tufelka sitoplazmasiga suv bilan birga kirib turadi.

Ko’payshi. Jinissiz ko’payshi yadrolar qobig’ining erishi va yadro moddasining ikkiga taqsimlanishidan boshlanadi. Tanasi o’rtasidan ingichkalashadi va yadrolar ikkiga bo’linadi va infuzoriya teng ikkiga bo’linadi.

V. Darsni mustahkamlash:

  1. Infuzoriyalar tuzilishining qaysi xususiyatlari boshqa bir hujayralilardan farq qiladi?

  2. Tufelka sitoplazmasida qanday organoidlar joylashgan?

  3. Tufelka oziqni qanday hazm qiladi?

  4. Tufelkaning jinssiz ko'payishi qanday sodir bo'ladi?

  5. Nima sababdan tufelka murakkab tuzilgan bir hujayralilarga kiritiladi?

  6. Bir hujayralilar hujayrasi ko'p hujayralilar bitta hujayrasidan qanday farq qiladi?

VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar baholarini kundaliklariga qo’yish. Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va savollariga javob yozish

Sana ________2018yil Sinf: 7-“ ”

6-DARS: 1- Laboratoriya mashg'uloti.

Mavzu: 1- Lobaratoriya mashg'uloti. Tufelkaning tuzilishi va harakatlanishi, ta'sirlanishi.

Maqsad:Ta'limiy: Tufelka misolida bir hujayralilarning tuzilishi, harakatlanishi va ta'sirlanishini mustaqil o'ganish va kuzatish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash, o'z-o'zini nazorat qilish va baholash ko'nikmasini hosil qilish. O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.

Kompetensiya: o’z-o’zini rivojlantirish, tabiatga bo’lgan muhabbat



Dars jihozi: mashg'ulotning texnologik xaritasi (har bir o'quvchiga bittadan), tufelkali pichan ivitmasi, mikroskop, soat oynasi, qoplag'ich oynacha, predmet oynasi, tomizg'ich, qizil neytral bo'yoq, shisha tayoqcha, filtr qog'ozi.

Darsning borishi:

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.2.Davomatni aniqlash.3. O'quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Yangi mavzu bayoni.

O'quv elementi

O'quv materiali, topshiriqlar

Vaqt,tavsiyalar,baho

0-OE

Talimiy maqsad: modul mazmunini o'zlashtirish orqali Siz infuzoriyalarning tuzilishi va hayot kechirishi to'g'risida umumiy tushunchaga, tirik obyektlarni mustaqil o'rganish va kuzatish ko'nikmasiga egabo'lasiz

3 minut. Mavzuni yo­zib oling.

1-O'E

Maqsad: vaqtinchalik mikropreparat tayyorlashni o'rganish. 1. Soat oynasiga tufelkali pichan ivitmasidan 15—20 tomchi tomizing, unga qizil bo'yoqdan bir necha zarra tashlab, shisha tayoqcha bilan aralashtiring.2. Bo'yalgan eritmadan kichik tomchi olib, buyum oynasiga tomizing:tomchini qoplag'ich oynacha bilan yoping.

3. Tayyorlagan preparatingizni mikroskop stolchasiga qo'ying, qoplag'ich oynachetidagi ortiqcha suvni filtr qog'oziga shimdirib oling.

10 minut. 2-3 kishilik guruh bilan ishlang. O'qituvchidan yordam oling. O'qituvchi-ning mas-lahati bilan bajaring.

2-O'E

Maqsad: tufelkaning tuzilishini o'rganish. Topshiriqlarni bajaring.

1 .Tayyorlangan preparatni kichik obyektivda kuzating.

2 Sekin harakatlanayotgan tufelkalardan birini katta obyektiv ostiga oling.

3. Tufelkaning qisqaruvchi va hazm qilish vakuolalari, og'iz oldi huqurchasi,
og'iz teshigi, halqum, chiqarish teshikchasini toping.

4. Hazm qilish vakuolalari hosil bo'lishi, sitoplazma oqimi bilan
harakatlanishi, oziq qoldiqlarining chiqarilishini kuzating.

5. Qisqaruvchi vakuolalarning ishlashini kuzating.

6. Katta va kichik yadrolar shaklini aniqlang.


10 minut. O'qituvchidan yordam oling.

Darslikni o'qing.

Preparatdan kuzating. O'zingiz javob bering.

Javoblaringizni ball hisobidan hisoblang.


3-0 'E

Maqsad: Tufelkaning ta'sirlanishini kuzatish. Topshiriqlarni bajaring.

1. Buyum oynasiga toza suv va infuzoriyali pichan ivitmasidan bir tomchidan tomizing.

2 Har ikki tomchini shisha tayoqcha yordamida ingichka kanal orqali

tutashtiring.



3. Tufelkali tomchiga 1—2 dona osh tuzi kristalidan tashlang.

4. Mikroskopning kichik obyektivida tufelkalarni toza suv tomchisiga o'tishini kuzating.

7 minut.

2—3 kishi bo'lib bajaring. O'zingiz bajaring, darslikni o'qing. O'zingiz bajaring. Javoblaringizni yozib oling va she-riklaringiz bilan solishtiring .




VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar baholarini kundaliklariga qo’yish. Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va savollariga javob yozish

.
Hamkorlik va takliflar yuzasidan biz bilan bog’laning





Bizning rasmiy sayt:

maktabim.uz

Hamkor sayt:

azamat.moy.su

Telegram manzilimiz:

@maktabimuz

Admin bilan aloqa:

@ziyokor

Download 32.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling