Darsni jihozlash


Download 186.95 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi186.95 Kb.
#220353

O`zbek tili va uning tarixi to`g`risida kengaytirilgan ma`lumotlar berish,davlat tilini o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytirish, Alisher Navoiyning o`zbek tilinirivojlantirishga qo`shgan hissalari haqida ma`lumot berish,”Dars-muqaddas” g`oyasini o`quvchilar ongiga singdirish,o`quvchilarning nutqini rivojlantirish.

Darsni jihozlash:

8 sinf “O`zbek tili darsligi”,slaydlar,rangli rasmlar,A.N avoiy portreti,A.Navoiy asarlari to`plami, klasterlar,”Rag`bat “ kartochkalari

darsga oid qo`shimcha materiallar.



Darsning tipi: musobaqa dars

Dars boshlanishidan oldin sinf guruhlarga bo`lib olinadi va guruhlar nomlanadi.

Birinchi guruh- “Bilimdonlar” guruhi,

Ikkinchi guruh- “donolar” guruhi.

I Tashkiliy qism

1 O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi jaranglaydi.

2 Assalomu-alaykum, aziz o`quvchilar,bugungi darsimiz mehmonlari! Xush  kelibsiz!

3 Navbatchi raporti tinglanadi,yo`qlama qilinadi.

4 O`quvcilar bilan “Vatanimiz tarixidagi muhim sanalar” mavzusida suhbat o`tkaziladi.



II O`tilgan mavzular tezkor savollar yordamida tekshiriladi(Ekranda slaydlar yordamida savollar namoyon bo`ladi)

1.O`zbekiston Respublikasi qayerda joylashgan?

2.O`zbekistonning eng yirik shaharlari qaysilar?

3.O`zbekistonning qadimiy shaharlarini ayting.

4.O`zbekistonning navqiron shaharlarini ayting .

5.O`zbekiston viloyatlarini sanab o`ting.

6.Insoniyat tarixida iz qoldirgan olimlardan kimlarni bilasiz?

7.Abu Nasr Forobiy kim?

8.Ahmad al Farg`oniy kim bo`lgan?

9.”Tabiblarning tabibi” deb kimni aytishgan?

O`zbek tilida shaxslarning ism va familiyalari qanday shakllarda yoziladi?

Har bir to`g`ri javob  uchun “Rag`bat” kartochkasi beriladi.



III Yangi mavzu

  1. O`zbekistonning muhim sanalarini  aytib o`tdik . Yana bir muhim sanalaridan biri bu 21 oktabrdir . Har yili biz bu sanani katta bayram sifatida nishonlaymiz . Maktabimizda ushbu  sanaga bag`ishlab turli tadbirlar o`tkaziladi  Chunki 1989 yil 21  oktabr da Davlat tili haqidagi qonun qabul qilingan. Bugungi yangi mavzumiz  “ Til bilgan  el  biladi” deb nomlanadi.  Mavzuni boshlashdan oldin lug`t daftarlaringizga yangi so`zlarni yozib oling ( ekranda yangi so`zlar paydo bo`ladi)

Qonun-закон

Takomillashtirildi- усовершенствован

Ta`lim tizimi —  система образования

Markaziy Osiyo-  центральная Азия

Imkoniyatlar —  возможности

Muhokama —  обсуждение

Asoschi —  основатель

Nutq- речь



  1. Yangi so`zlarni o`qib ular ishtirokida so`z birikmalari  va gaplar tuzamiz

  2. O`zbek tilining rivojiga katta hissa qo`shgan ulug` allomalarimizdan  biri

  • bu Alisher Navoiy bobomizdir XI  asrda buyuk mutafakkir bobomiz o`zlarining “Muhokamat ul-lug`atayin”(Ikki til muhokamasi)  kitobida o`zbek tilining hech qaysi  tildan qolishmasligini misollar bilan isbotlab berganlar ( Ekranda shoir partreti)

  1. Alisher Navoiyning til o`rganish bilim olish to`g`risida juda ko`p hikmatli so`zlari bor (Ekranda hikmatli so`zlardan namunalar paydo bo`ladi)

  1. Insonni til ayladi judo hayvondin Bilki guhari sharifroq yo`q ondin .

  2. Sihat tilasang kam ye , izzat tilasang kam de .

  3. Tilga e`tiborsiz – elga e`tiborsiz .

  4. Bilmaganin so`rab o`rgangan olim

Orlanib so`ramagan o`ziga zolim .

  1. Tiling birla ko`nglingni bir tut.

  2. Oz-oz o`rganib dono bo`lur ,

Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur

 

7.Haq yo`lida  kim sanga



Bir haq o`rgatmish ranj ila

Aylamoq oson emas  oning xaqin

Ming ganj ila.

Har bir hikmatli so`zning ma`nosi tarjima qilinadi . Oxirida o`qilgan to`rtlikni o`quvchilar daftarga yozir oladilar va ularga yod olish  tavsiya qilinadi.



IV Darsni mustahkamlash

  1. 32- mashq . “Tilni qanday o`rganish kerak” matnni o`qib tarjima qilish.

  2. 33-mashq . “Ko`p til bilishning xosiyati” matnini o`qib   , gapning kesimi qanday ifodalanishiga e`tabor bering , ularni daftaringizga ko`chirib oling.

  3. Klaster bilan ishlash “Til”

V  Uyga vazifa

  1. Alisher Navoiy hikmatli so`zlaridan namunalar yod olish.

  2. “Tilni qanday o`rganish kerak” matnining mazmunini so`zlash

  3. Lug`atni yod olish

 

VI Darsning yakuni

O`qituvchining o`gitlari

Ey o`quvchi, bilki, har so`z

Nondek aziz, nondek uvol .

Til boyliging bir bog` desak

Har bitta so`z- bitta nihol.

Ulg`ayib  yot  yurtga borsang ,

Ne atalur eling derlar

Qay millatning vakilisan ,

Bormi ona tiling derlar

Shunda mening qutlug` tilim—

Navoiyning she`ri , degil.

Yurtim –Ulug`beg-u Bobur



Amir Temur yeri degil.

Maqtanma hech qimmat kiyim,

Oltinlar-u  qasring bilan .

Faxr et doim qudratli yurt ,

Boy bilim-u kasbing bilan .

Ey og`il-qiz , obro`yingni –

Baland tutmoq qo`lingdadir.

Sening olamdagi narxing



Vatan, millat , tilingdadir!
Download 186.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling