Darsning maqsadlari: Ta’limiy maqsad: Talabalarning


Download 280.68 Kb.
Sana17.06.2020
Hajmi280.68 Kb.

7-Amaliy mashg’ulot. Gastrulyasiya. Gastrulyasiya usullari va ularni organizm taraqqiyoti darajasiga bog’liqligi. Mezoderma hosil bo’lish usullari.

Darsning maqsadlari:

1. Ta’limiy maqsad: Talabalarning Gastrulyasiya. Gastrulyasiya usullari va ularni organizm taraqqiyoti darajasiga bog’liqligi. Mezoderma hosil bo’lish usullari mavzusiga oid bilimlar bilan tanishtirish

2. Tarbiyaviy maqsad: Talabalarning ilmiy, dunyoqarashini kengaytirish, estetik tarbiya berish

3. Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarning Gastrulyasiya. Gastrulyasiya usullari va ularni organizm taraqqiyoti darajasiga bog’liqligi. Mezoderma hosil bo’lish usullari mavzusi bo’yicha tabiiy ob’yektlar bilan ishlash, taqqoslash va darsliklar bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish

Kerakli jihozlar: tablisa, slayd va rasmlar, mikroprepatlar

Nazariy tushuncha

Morula yoki blastuladan keyin, ya'ni embrionning bir qavatlilik davridan keyin embrionning ikki qavatlik davri boshlanadi. Embrionning ikki qavatlik davri gastrula deb, bu jarayonning o'zi esa gastrulyasiya deb ataladi. Gastrulyasiya grekcha gaster - qorincha degan ma'noni bildiradi. Bu qavatlar embrion varaqlari yoki qavatlari deb ataladi. Bu qavatlarning tashqisi ektoderma (ectos - tashqi, derma - teri), ichkisini esa entoderma (entos - ichki) qavatlar deb nomlanadi. Ikki qavatli embrion bosqichini deyarli hamma ko'p hujayrali hayvonlar bosib o'tadi.

Gastrulyasiya jarayoni embrionning blastula yoki morula davrining davomi hisoblanadi-Blastulaning ma'lum tipigagastrulyasiyaning ham ma'lum tipi mos keladi.Gastrulyasiyaning quyidagi tiplari mavjud:

  1. Ichga botib kirish - invaginasiya. Bu seloblastuladan keyin sodir bo'ladi. Bunda blastulaning vegetativ qutbi blastosel bo'shlig'iga botib kiradi. Asta-sekinlik bilan u animal qutbga yetadi va embrion ikki qavatli bo'lib qoladi. Vegetativ qutbdagi blastomerlar blastosel bo'shlig'iga botib kirishi tufayii bu bo'sbliq yo'qoladi va uning o'mida boshqa bo'shliq-birlamchi ichak bo'shlig'i yoki gastrosel bo'shlig'i hosil bo'ladi (56-rasm).

  2. Immigrasiya. Bunda ayrim blastomerlar blastula devoridan blastosel bo'shlig'iga ko'chib (qaynab) chiqadi va bu blastomerlardan entoderma hosil bo'ladiAgar blastomerlar bir qutbdan ko'chsa, buni unipolyarli, blastulaning hammajoyidan ko'chsa multipolyarli, ikki qutbdan ko'chsa bipolyarli immigrasiya deb ataladi. Birinchi holat gidromeduzalarda, ikkinchisi sarkomeduzalarda va ba'zi bulutlarda sodir bo'ladi. Gastrulyasyaning bu turini 1884 yilda I.I.Mechnikov aniqlagan.

  3. Qatlamlanish - delyaminasiya. Bunda blastula devoridagi blastomerlar ikki qavatga ajraladi. Tashqarida qolganlaridan ektoderma, ichkaridagilaridan esa entoderma qavatlari hosil bo'ladi. Bunday delyaminasiya birlamchi delyaminasiya deb ataladi va meduzalarda uchraydi. Gastrulyasiyaning yuqorida aytilgan usullari blastomeriarning blastosel bo'shlig'iga chiqishi bilan hosil bo'ladi.

56-rasm. Gastrulyasiya tiplari (P.P.Ivanov, 1937 bo'yicha).

A-multipolyar immigrasiya; B1-B3 unipolyar immigrasiya bosqichlarining ketma-ketligi; B1-B2-gidroid poliplarda delyaminasiya; G1-ssifomeduzalarda gastrulyasiya; G2-aureliyada gastrulyasiya; D1-D2-dengiz tipratikanida gastrulyasiya bosqichlarining ketma-ketligi; E-kamtuklilarda epiboliya.

Arx-arxenteron devori; bs-blastosel; bp-blastopor; g.sl.-dengiz tipratikani embrionini qoplab turadigan gialinli qavat; gs-gastrosel; mez-embronal mezenxima; mezod-selomik mezoderma; ekt-ektoderma; ent-entoderma.

Agar blastosel bo'shlig'i blastomerlar bilan to'lgan bo'lsa, unda gastrulyasiya quyidagi yo'llar bilan boradi:

1. Ikkilamchi delyaminasiya. Bu morula va sterroblastuladan keyin sodir bo'ladi. Bunda ham blastuladan blastomerlar ajraladi. Lekin blastosel bo'shlig'i yo'qligi tufayii blastomerlar tashqariga ajaraladi. Tashqi tomonga ajralgan blastomerlardan ektoderma, ichkarida qolganlaridan esa entoderma qavatlar paydo bo'ladi.

2. O'sib qoplash - epiboliya. Bu sterroblastuladan keyin kuzatiladi. Mayda animal blastomerlar juda tez bo'linadi, sariqlik bilan to'la bo'lgan vegetativ blastomerlami o'sib qoplaydi. Dastlabki blastomerlar ektodermani, keyingilari esa entodermani hosil qiladi.

3. Gastrulyasiyaning aralash tipi.Ba'zi hayvonlar embrion taraqqiyotida gasturilyasiyaning invaginasiya, epiboliya va boshqa tiplarining ayrim xususiyatlari uchraydi. Bu hodisa amfibiyalar embrion taraqqiyoti davrida kuzatiladi va gastrulyasiyaning aralash tipi deyiladi (57-rasm).

Gastrulyasiyaning yuqorida bayon etilgan tiplari alohida-alohida holatda kamdan-kam uchraydi. Bu tiplar bir vaqtning o'zida bitta embrionda kuzatilishi mumkin. Demak, ular bir-birini to'ldirib turadi.

Gastrulyasiyaning oxiriga borib blastosel bo'shlig'i o'rnida gastrosel bo'shlig'i hosil bo'ladi. Blastopor esa kichkina teshikka aylanadi. U og'izga, anal teshigiga (birlamchi yoki ikkilamchi og'izlilarda) yoki har ikkalasiga (bulutlar va kovakichlilarda) aylanishi mumkin.



Gastrulyasiya jarayonida embrionning uchinchi qavati yoki varag'i mezoderma ham hosil qiladi (mesos - o'rta). Umuman, ko'p hujayrali hayvonlar embrion varag'ining soniga qarab, ikki guruhga bo'linadi:

  1. Ikki qavatli hayvonlar, bularga bulutlar, kovakichlilar, taroqlilar kiradi.

  2. Uch qavatli hayvonlar, bularga yassi, yumaloq chuvalchanglar va ulardan keyingi hammatip vakillari kiradi.

Yuksak tuzilgan ba'zi hayvonlarda mezoderma boshqa qavatlar bilan bir vaqtda hosil bo'iadi. Ba'zilarida esa ekto va entodermadan keyin hosil bo'iadi. Shuning uchun ham oldin paydo bo'ladigan ektoderma va entoderma embrionning birlamchi varaqlari deb ataladi. Keyinroq hosil bo'ladigan mezoderma esa embrionning ikkilamchi varag'i deb ataladi.

Mezoderma quyidagi ikki usul bilan hosil bo'iadi:

1. Enterosel usul. Bunda mezoderma cho'ntaksimon o'simta shaklida bidamchi ichakning ikki yon tomonida hosil bo'iadi. Agar mezoderma ektoderma va entoderma bilan bir vaqtda taraqqiy etsa, unda mezoderma bu varaqlarning chegarasida, ularning biri ikkinchisiga o'tadigan joydan hosil bo'iadi. Agar mezoderma ekto va entodermadan keyin hosil bo'lsa, bunda entodermadan rivojlanadi. Mezoderma o'simtasining ichi bo'sh bo'lib, bu bo'shliq ikkilamchi tana bo'shlig'i - selomning boshlang'ichi hisoblanadi (58-rasm).



58-rasm. Mezodermaning hosil bo'lish usullari (V.V.Malaxov, 1976 bo'yicha). A-telob!astik; B-enterosel; V-delyaminasiya; G-proleferasion. Qora joylar- selomik mezoderma.

Mezodermani hosil qiladigan material entoderma bilan birgalikda ichga botib kiradi va u birlamchi ichak yoki arxenteron deb ataladi. Mezodenna arxenterondan uning devorining ichga botib kirishi natijasida hosil bo'iadi. Mezoderma va xorda ajralgandan keyin faqat entoderma qoladi va arxenteron ikkilamchi (definitiv) ichak bo'shlig'iga aylanadi.

2. Teloblastik usul. Bunda ikkita blastomer ektoderma bilan entodermaning o'rtasiga tushib qoladi va undan mezoderma taraqqiy etadi. Birlamchi og’izli hayvonlarda mezoderma teloblastik usul bilan, ikkilamchi og’izli hayvonlarda esa enterosel usul bilan hosil bo’ladi.Mezodermadan parenxima to’qimasi hosil bo’ladi. Bu to’qima postembrional taraqqiyot davrida biriktiruvchi to’qimaga aylanadi. Yassi chuvalchanglarda nemertinlarda, zuluklarda parenxima hujayralari organlar o'rtasidagi bo'shliqlarni to'ldiradi. Shuning uchun ularni parenximatoz hayvonlar ham deyiladi. Parenxima hujayralarida oziq moddalar to'planadi va bu oziq moddalar hisobidan regenerasiya va boshqa anatomik, fiziologik o'zgarishlar sodir bo'ladi. Ba'zi organlar (jigar, o'pka, bezlar) parenxima hujayralaridan tuzilgan bo'lib, ular muhim vazifalarni bajaradi. Parenxima grekcha para - yonida, yenxima -nimadir to'qilgan, quyilgan, yoyilgan, ya'ni organlar o'rtasida nimadir to'kilgan, degan ma'noni bildiradi.

Mezoderma hosil bo'lishi jarayonida amyobasimon embrion to'qimalari - mezenxima hosil bo'ladi. Mezenxima grekcha mezos - o'rta, enxima -to'kilgan, quyilgan degan ma'noni bildiradi. Bu to'qima mezodermadan hosil bo'ladigan organlar qurilishida ishtirok etadi, embrionda tayanch vazifani bajaradi va embrion hujayralarini oziqlantiiadi. Keyinchalik mezenximadan qonning shaklli elementlari, biriktiruvchi to'qimalar - tog'ay, suyak, silliq tolali muskul, qon tomirlari va teri hosil bo'ladi.

Mezenxima embrionning ekto, ento va mezoderma qavatlaridan chiqib ketgan blastomerlardan hosil bo'ladi. Postembrional taraqqiyot davridagi kam differensiallashgan biriktiruvchi to'qimalar (fibroblastlar, retikulyar hujayralar) ham mezodermadan hosil bo'ladi. Parenxima faqat mezodermadan, mezenxima esa embrionning har uchala qavatidan hosil bo'ladi.

Ishni bajarish tartibi:

1. Gasturilayasiya sabablarini o’rganish



2. Embrion qavatlarini o’rganish

3. Mezodermaning hosil bo’lish usullariни o’rganish

4. Gasturilayasiya turlarini o’rganish

5. Gasturilayasiyaга оид rasmларni chizish

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Gasturilayasiya nima?

2. Gasturilayasya tiplari.

3. Mezodermaning hosil bo’lish usullari.

4.Mezenxima to’qimasining hosil bo’lishi bilan parenxima toqimasining hosil bo’lishidagi farqlar
Download 280.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling