Daryo Daryo


Download 139.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi139.04 Kb.
#184082
  1   2
Bog'liq
Daryo - Vikipediya



Daryo

Daryo tabiiy suv manbasi boʻlib,

[1]


 odatda

okean, koʻl, dengiz va boshqa daryoga

quyiluvchi toza suvdir.

Daryo



Daryo - tabiiy oʻzanda doimiy yoki

mavsumiy oqadigan va daryo

havzasidagi yer usti va yer osti suvlari

hisobiga toʻyinadigan suv oqimi. D.larni



Daryo


quruqlik gidrologiyasining darelar

gidrologiyasi boʻlimi oʻrganadi.

Har bir D.ning manbai va dengiz, koʻlga

quyiladigan yoki boshqa D. bilan qoʻshilib

ketadigan joyi — mansabi boʻladi. Manba

suvayirgʻichga yaqin joylashgan boʻladi.

Bevosita okean, dengiz, koʻlga

quyiladigan yoki qumga singib ketadigan

D. bosh D. hisoblanadi, bosh D. ga

kuyiladigan D. — irmoq deb ataladi. Bosh

D. barcha irmoklari bilan birga daryo

sistemasini hosil qiladi. D.lar koʻpincha




koʻl, botqoklik, buloq va muzliklardan

boshlanadi. Mac, Oʻrta Osiyodagi Panj,

Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi D.lar

muzliklardan, Rossiya Federatsiyasidagi

Neva, Svir, Angara singari D.lar koʻllardan,

Belorussiya, Ukraina, Gʻarbiy Sibirdagi

aksariyat D.lar botqokliklardan

boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli

oʻlkalardagi D.lar koʻpincha suvi bugʻlanib

va qumga singib tugaydi yoki hamma suvi

sugʻorishga sarf boʻladi, jumladan Oʻrta

Osiyodagi D.larning ayrimlari maʼlum bir

joyga quyilmasdan tugab qoladi



(Zarafshon, Qashqadaryo, Chu va

Turkmanistondagi D.lar). D. sistemasi

oʻzining suvini yigʻib oladigan quruqlik

yuzasi suv yigʻiladigan maydon deb

ataladi. Yer sirtining D. sistemasi

joylashgan va b. suvayirgʻichlar bilan

chegaralangan qismi D. havzasi deyiladi

(qarang Daryo havzasi).

Oʻzbekistondagi D.lar, asosan, togʻlardagi

qor va muzliklardan hamda yomgʻir

suvlaridan toʻyinadi. Oʻzbekiston hududini

kesib oʻtuvchi eng katta suv arteriyalari




boʻlmish Sirdaryo va Amudaryo qamda

ularning irmoqlari Oʻzbekistondan

tashqarida boshlanadi. Oʻzbekistonning

yirik D.lari: Norin, Qoradaryo, Soʻx,

Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo,

Qashqadaryo, Sheroboddaryo. Ularning

koʻpchiligi faqat oʻrta va quyi oqimida

Oʻzbekistan hududidan oʻtadi (jadvalga

qarang).

Oʻzbekistondagi va Oʻzbekiston hududini

kesib oʻtuvchi daryolarning asosiy

gidrologik koʻrsatkichlariDaryo va soylar




Umumiy uzunligi (km)Amudaryo

1415Dashnoboddaryo 58Jarsoy

(Qashqadaryo irmogʻi)64Jinnidaryo

52Zarafshon 877Zominsuv

58Isfayramsoy 122Isfara 107Katga

Oʻradaryo 100Kichik Oʻradaryo 114 1670

1670 Qulqishloq q.

Kofarnihon 387 11600 9780 Tortki q.

Koʻgartsoy 105 1370 1010 Mixaylovka q.

Koʻksuv (Chatqol irmogʻi) 60 398 372

Burchmulla q.



Maydontol 50 471 475 Kuyilish joyiNorin

578 59900 58400 Uchqoʻrgʻon sh.

Oygaing 72 1100 1100 Quyilish

joyiOqbura 136 2540 2430 Toʻleken q.

Okdaryo (Zarafshon irmogʻi) 154

IshtixonOqjarsoy (Anjirimsoy) 51 157 33

Kambarbolo q.

Oqsuv (Qashqadaryo irmogʻi) 104 1280

845 HazornavOqtepasoy 77 722 722

Quyilish joyiOhangaron 233 5260 1290

Turk q.



Piskom 73 2840 2830 Quyilish joyi

(ChorPochchaotasoy (Namangansoy)

130 443 366 Tostu daryosi

quyilSangardakdaryo 106 932 901

Kengoʻzar q.

Sangzor 198 3220 540 Qirq q.

(Baxmal)Sirdaryo 2212 21900 Fargʻona

vodiysidanSumsarsoy 86 229 90

Sumsarsoy q.

Surxondaryo 175 13500 9500 Shoʻrchi sh.

Soʻx 124 3510 2840 Sarikanda q.



Tanxozdaryo 93 1910 1910 Nushkent q.

Tentaksoy 126 4130 1300 Chorvoq q.

Toʻpolondaryo 112 3080 3040

Dashnobod d. quyiliToʻsinsoy 76 1100

1100 Egarchi q.

Ugom 68 870 869 Xoʻjakent q.

Xoʻjaipok (Halqajarsoy) 91 765 577

Bozorboy q.

Chirchiq 161 14900 10900 Xoʻjakent q.



Chodaksoy 76 566 350 Julaysoy d.

quyiliChortoqsoy 67 715 493 Pishkaran

q.

Sheroboddaryo 177 2950 949 Darband q.



Shirinsoy 108 780 444 Uguk q.

Shohimardon 112 1300 1300 Poulgʻon q.

Yakkabogʻdaryo 99 1180 504 Tatar q.

Qashqadaryo 378 12000 511 Varganza

q.



Qoradaryo 180 30100 12400

Kampirrabot q.

Qoratogʻdaryo 99 2430 684 Qoratogʻ q.

Qumdaryo (Kalkamasoy) 103 866 354

Chambil q.

Gʻovasoy 96 724 657 Gʻova q.

Gʻuzordaryo 86 3400 3170 Yortepa q.

D., odatda, relyefning choʻziq pastliklarida

— vodiylarda oqadi, uning eng past qismi

oʻzan, daryo suvi koʻpayganda oʻzandan




chiqib bosib ketadigan vodiy tubining

oʻzanga tutash qismi esa kayir yoki qayir

terrasasi deyiladi. Oʻzanlarda chuqur va

sayoz joylari almashinib boradi.

Oʻzanning eng chuqur joylari — farvater,

oqim tezligi eng katta boʻlgan joylari esa

tezoqar joy deyiladi. D. yoki D.larning

ayrim qismlari balandliklari farqining

uzunligiga nisbati D. nishabligi deyiladi.

Relyefga bogʻliq ravishda togʻ D.si va

tekislik D.siga boʻlinadi. Togʻ D.si nishabi

kattaligidan, tor vodiylarda tez (kuchli)




oqadi, yuvish jarayoni ham kuchli boʻladi.

Oʻrta Osiyo D.lari asosan togʻ D.laridir.

Tekislik D.lari keng oʻzanda sokin oqadi,

ilonizi yoki meandrlar xos. Tekislik D.lari

oʻzan va qayirlarida qum, gil yotqiziqlar

qoldiradi, marza, sayozlik, tirsaklar hosil

qiladi (mas, Amudaryo va Sirdaryo oʻrta

va quyi oqimida), quyilish joylarida esa

deltalar vujudga keladi. Baʼzan D. dan

ajralgan tarmoqlar boshqa D. bilan

qoʻshilishib ketadi (qarang Daryoning

ikkiga ayrilishi).




Yer shari yuzasida D.lar juda note-kiye

taqsimlangan. Har bir materikda bosh

suvayirgʻichlar — oqim chegaralari bor.

Yerning bosh suvayirgʻichi materiklar

yuzasini 2 asosiy havzaga:

AtlantikaArktika (oqim Atlantika va

Shimoliy Muz okeanlariga boradi) va

Tinch okean (oqim Tinch va Hind

okeanlariga tushadi) havzalariga boʻlib

turadi. Ekvatorial mintaqada D.lar zich

boʻlib, dunyodagi eng yirik Amazonka,

Kongo daryolari oqadi; tropik va moʻʼtadil

mintaqalarda, ayniqsa togʻli rayonlarda



(Alp, Kavkaz, Qoyali togʻlar va b.),

choʻllarda D.lar qor eriganda yoki

jalalarda suv toʻlib oqadi (mas,

Qozogʻistonning tekislik qismida).

D.da oqim tezligi bir necha sm/sek dan

(tekislik D.sila) 6–7 m/sek gacha (togʻ

D.sida) oʻzgarib turadi. Suv sathi

koʻtarilishi bilan oqim tezligi, odatda,

chuqur joylarda koʻpayadi va sayozlikda

kamayadi. D.da suv temperaturasi issiq

mavsumda havo temperaturasi bilan



deyarli bir xil, D. muzlagan paytda qariyb

0° boʻladi.

D.larda muzlash hodisalari quruklik

hududining taxminan 1/4 qismida,

asosan Shimoliy yarim sharda kuzatiladi.

D.lar Rossiya Federatsiyasida dastavval

Shim.-Sharqiy Sibirda (sentabr oxirida),

kechroq Yevropa qismining janubi-

gʻarbida va Oʻrta Osiyoda (dekabr oxiri —

yanvar boshida) muzlaydi. Eng kalin muz

qoplami Sharqiy Sibir D.larida (muz

qalinligi oʻrtacha 1,5–2 m) kuzatiladi va 9




—10 oy mobaynida saqlanadi. Togʻ

D.larida oqim tez boʻlganligidan muz

qatlami hosil qilmaydi, koʻpgina D.larda

qishda shovush oqadi.

D. da suv sathining tebranishi suv

sarfining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Suv sathi

va suv sarfi hamda ularning tebranishi —

suv rejimining asosiy tavsifidir.

D.lar — Yerda suv aylanishit muhim

vosita. U quruklikda chuchuk suvni

taqsimlaydi va Dunyo okeaniga kaytaradi.



D.larning Dunyo okeaniga jami yillik oqimi

qariyb 42 ming km

3

.

D.ning toʻyinish manbalari — yogʻin, qor



qoplami, baland togʻ qorlari va muzliklar,

yer osti suvlari. Toʻyinish xususiyatlariga

koʻra, D.ning asosiy suv rejimi fazalarga:

toʻlinsuv davri, vaqtincha suv toʻlib oqishi

va kamsuv davriga boʻlinadi.

Togʻ D.lari alohida suv rejimiga ega.

Ularning toʻyinishi va sersuvligi balandlik

mintaqalari qonuniyatlariga bogʻliq. Oʻrta

Osiyo D.lari asosan togʻlardagi qor va



muzliklardan suv oladi. Karst shakllari

rivojlangan joylarda.baʼzan yer ostida

oqib, yana yuzaga chiqadigan D. ham bor.

D. eroziya (yemirish) ishlarni bajaradi.

Oʻzan va qayirida daryo oqimlari, suv

yigʻish maydonida esa yuza suvlari okimi

tuproqni yuvadi. D. suvining loyqaliligi

turlicha. Oʻrta Osiyo D. lari suvi nisbatan

loyka (1 m3 suvda 200—300 g dan 1–

5 kg gacha loyka bor).

D. oqimi chuchuk suv resurslarining

muhim manbaidir (qarang Suv resurslari).




D. oqimlari kelib chiqishi va xoʻjalik

ahamiyatiga koʻra 2 qismdan: yer osti

oqimi va yer yuzasi oqimidan iborat. Yer

osti oqimidan yil davomida foydalanish

mumkin. Yer yuzasi oqimini suv omborlari

yordamida tartibga solib foydalaniladi.

D.ning flora va faunasi bentos, plankton

va nektondan iborat. D. tubining

tuzilishiga qarab qar xil daryo tubi

hayvonlari uchraydi. D.ning sekin

oqadigan qismida yuksak suv oʻsimliklari

uchraydi. Suvoʻtlar va toshlar orasida




koʻplab mayda jonzotlar yashaydi. Erkin

suzadigan planktonlarga yarim

mikroskopik va mikroskopik hayvonlar

(mayda qisqichbaqasimonlar, kolovratka)

va suvoʻtlar (fitoplankton) kiradi.

Nektonga oqimga qarshi suza oladigan

baliklar mansub. D.larning quyi qismi va

ularning deltalari baliqqa boy. D. da suv

omborlari barpo qilish planktonlarning

sonini oshirdi. Toʻgʻon va gidrouzellar

qurilishi ovlanadigan oʻtkinchi baliqlarning

(ayniqsa losossimon va osyotrsimonlar)

tabiiy migratsiyasiga toʻsqinlik qiladi va



koʻpayishiga xalaqit beradi. D.larning

sanoat va xoʻjalik oqova suvlari bilan

ifloslanishiga yogʻoch chiqindilari,

shuningdek, mineral oʻgʻitlar va zaharli

kimyoviy moddalarning qoʻshilishi ham

salbiy taʼsir kursatadi. Yer sharidagi

koʻpchilik D.ning (ayniqsa Shimoliy

Amerikaning sharqi va Gʻarbiy

Yevropadagi) suvi sanoat va xoʻjalik

chiqindilari bilan ifloslangan. Suv

resurslaridan oqilona foydalanish

maqsadida qonuniy, texnikaviy va

sanitariya-gigiyena chora tadbirlari



koʻrilmoqda (qarang Tabiatni muhofaza

qilish).


D. qadimdan aholini ichimlik suvi va

sanoatni suv bilan taʼminlash, tabiiy va

chana (qishda) yoʻli, muntazam

yangilanib turadigan gidroenergiya

manbai, botqoq yerlarning suvini

qochirishda kollektor vazifasini oʻtab

kelgan. D.lardan anchagina baliq

ovlanadi. D. qayirlari oʻtloq, tuprogʻi

unumdor boʻlib, koʻpincha poliz ekinlari

ekiladi. D. vodiylari boʻylab asosiy yer usti




transport yoʻllari (temir yoʻl va avtomobil

yoʻllari) oʻtadi, D. boʻyida juda koʻp shaqar

va shaharchalar joylashgan. D. suvi suv

resurslarining asosiy manbaidir.

Ad.:Shulʼs V. L., Reki Sredney Azii, ch. 1-2,

L., 1965; Shuls V.L., Mashrapov R., Oʻrta

Oyeiyo gidrografiyasi, T., 1969; Baratov P.,

Mamatqulov M., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo

tabiiy geografiyasi, T., 2002.

Fazliddin Hikmatov.

[2]



1. River {definition}  from Merriam-


Download 139.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling