Dastur shaxsning qarashlari va qiziqishlari hamda individual xususiyatlarini aniqlashni avtomatlashtirish uchun moʼljallangan
Download 16.52 Kb.
|
saddddddddddddd
Dastur shaxsning qarashlari va qiziqishlari hamda individual xususiyatlarini aniqlashni avtomatlashtirish uchun moʼljallangan. Individuallik kishining oʼziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarida, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayoniga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos usullari va boshqalarda namoyon boʼladi. Inson shaxsining oʼzi «endopsixik» va «ekzopsixik» tuzilishga boʼlinadi. Shaxs tuzilishining ichki tuzilishi sifatida «endopsixika» bamisoli kishining asab-psixik tuzilishiga oʼxshash boʼlgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qismlar va funksiyalarning oʼzaro ichki bogʼliqligini ifoda etadi. Ekzopsixikaning tashqi muhitga munosabati bilan, yaʼni shaxs qanday boʼlmasin, baribir munosabatga kirishishi mumkin boʼlgan va shaxsga qarama-qarshi turadigan tuzilishlarining barchasiga nisbatan munosabati bilan belgilanadi. «Endopsixika» moyillik, xotira, tafakkur va xayol xususiyatlari, irodaviy zoʼr berish, tashqi taʼsirlarga beriluvchanlik kabi boshqa xislatlarni, «ekzopsixika» esa kishi munosabatlari tizimi va uning tajribasini, qiziqishlarini, moyilliklarini, ideallarini ustun darajadagi his-tuygʼularini shakllangan bilimlari va boshqa belgilarini oʼz ichiga oladi. Dasturiy majmua psixologik olim R.Kettell metodikasi asosida ishlab chiqilgan. Dasturning funksional imkoniyatlari: dastur yordamida shaxsning quyidagi xususiyatlarini aniqlash mumkin: muloqotga moyillik; hissiy barqarorlik-beqarorlik; hukmronlikka intilish-tobelik; ijtimoiy yetuklik, onglilik; ijtimoiy mardlik (dadillik)-tortinchoqlik; ishonuvchanlik-shubhalanish; oʼziga ishonch-ishonchsizlik; mustaqillik-tobelik; oʼzini nazorat qilish (nazorat qilish istagi)- taʼsirchanlik; qoʼzgʼaluvchanlik, zoʼriqish-boʼshashish; muloqotga boʼlgan ehtiyojning kamligi, sotsial passivlik, aloqalar doirasining torligi, ijtimoiy tadbirlarga qoʼshilmaslik, (odamovilik, oʼzgalar uchun yopiqlik); past darajadagi nutqiy faoliyatni sekin verballashtirish, nutqiy tormozlanish; muloqotdagi omadsizliklarga nibatan sezgirlikning past darajasi; boshqa odamlar bilan muloqotga kirishish jarayonidagi oʼziga ishonch va xursandchilik kayfiyati. Dasturning ahamiyati shundaki, shaxs o’zida aniqlangan xususiyatlariga qarab kamchiliklari ustida ishlashi, uni bartaraf qilish yo’llarini aniqlashi, qobiliyatini kuchaytirishi, ijobiy xislatlarini takomillashtirishi va salbiy xislatlarini bartaraf qilishga yordam beradi. Dastur muallifi Ziyavutdinova Xumoraxonga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 06690 raqamli guvohnoma berildi. Download 16.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling