Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendensiyalari.
Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari
Dasturiy ta’minot tushunchasi.
Shaxsiy kompyuter dasturlar ta‘minotining to‘plami quyidagi guruxlarga ajraladi:
1. Tizimli dasturlar
2. Amaliy dasturlar
3. Dasturlashtirish muhiti
Dasturlashtirish muxitlari
Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.
Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (qayta nomlash, yaratish, o‘chirish, nusxasini olish, xajmini o‘zgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash (tashqi qurilmalar ishini boshqarish)
Tizimli dasturiy taminot
Operatsion sistema
Operatsion sistema (tizim) – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli (interfeys)ni ta’minlaydi.)
Dasturiy ta’minot deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.
Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funktsiyalarga bog‘liq holda, uni ikki guruh -tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minotga bo‘lish mumkin.
Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida kompyuterning bir qismi deb ham hisoblashadi.
Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
Dasturiy ta’minot deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.
Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funktsiyalarga bog‘liq holda, uni ikki guruh -tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minotga bo‘lish mumkin.
Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida kompyuterning bir qismi deb ham hisoblashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |