Dasturlash nima?


Download 27.47 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi27.47 Kb.
#148107
Bog'liq
Dasturlash


Dasturlash - kelajak kasbidir!!!

Assalomu aleykum aziz do’stlar ushbu maqolada Dasturlash haqida suxbatlashamiz.  



  1. Dasturlash - nima?

 Avalo “Dasturlash nima?” degan savolga javob beradigan bo’lsak, Bundan oldin esa Dastur atamasiga tavsif beramiz Dastur bu – kompyuterga berilgan buyruq va o’sha  buyruqqa kompyuter tomonidan qaytarilgan javob  deya olamiz (sodda qilib tushuntiradigan bo’lsak,albatta). O’sha dasturlarni ketma ketlikda kirita oladigan shaxs “Dasturchi” deb ataladi .  Dasturlash esa – Dasturchi va Kompyuter orasidagi “suxbatlashish” jarayonidir ya’ni Dasturchi Kompyuterga berilgan buyruqlar orqali yangi Dastur yaratishidir!

     2.  Dasturlash uchun nima talab etiladi ?

  Professional dasturchi bolish uchun birinchi navbatda sizga:

  1.Sabr


  2.Qunt

  3.Diqqat

  4.Miya

 Qolganini tajribada orttirib olasiz.

   Sabr - ilm olish uchun soatlab o’tira olishingiz kerak .  Biror masalani hal qilishni boshladingizmi, uni oxiriga yetish uchun soatlar o'tirib qolishingiz mumkin, shunday paytda ishni yarim yolda qoldirmaslik kerak.

 

   Qunt - Adabiyot oqiyotganingizda, biror kishi yozgan ma'lumotni oqiganingizda, agar oson hazm bolmasa, tashlab qoymaslik kerak. Nima demoqchi ekanini, nimalarni hisobga olib gapirganini qunt bilan oqib, tushunishga harakat qilishingiz kerak. Qol uchida, oddiy sichqoncha🖱 bilan qilinadigan ishlarga uchmasdan, aynan ishlab turgan narsa nima uchun ishlayotganini, nima qilsangiz, sizda ham shundan a'lo darajada ishlashini izlashingiz kerak boladi.



 

   Diqqat - juda muhim narsa. Sizga oddiy koringan narsa, payti kelib ishlamay qolishi mumkin. Bunga esa kichkina korinmas xato olib kelgan bolishi mumkin. Masalan, oddiy nuqtali-vergul (;) bitta joyda xato qoysangiz, yechimingiz 100% boshqacha ishlashi mumkin. Chunki mantigi ozgarib ketadi. Shunga mayda xatolarni qilmidigan xolatga kelib olishingiz kerak.

Miya- bu eng muximi yani miyasi yaxshi ishlaydigan kishigina dasturchi bo’la oladi!

Asosiysi esa Dasturlash uchun sizga ushbu narsalar juda zarurdir!

1. Kompyuter .

2. Intenet.

3. IDE.

4. Dasturlash uskunalari(compilator/interpretator)



   Kompyuter -  juda qimmatbaxo bo’lishi shartmas albatta ammo dasturlash uchun kompyuter bo’lishi kerak (albatta kuchli dasturchi bo’lganizdan so’ng o’zizga qulay muxit yarata olasiz )!

   Internet – keskin ishlaydigan, juda tez bo’lishi shart emas lekin bu xam asosiy predmetlardan biridir!

   IDE (Integrated development environment) - Integratsiyalashgan rivojlanish muxiti dasturiy ta’minotni yaratish uchun ishlatiladigan dasturdir. IDE ko'pincha turli tillarni qo’llab-quvvatlaydi.

   Compilator/interpretator – Kodni(Inson tilini) ikkilik kodga(mashina tiliga) aylantiradigan vosita (dasturiy ta’minot)

  Bundan tashqari ‘’Dasturchi bo’lish uchun nima talab qilinmaydi!’’ degan savolga ham javob berib o’tib ketsam ya’ni Dasturchi bo’lish uchun Oliy Ma’lumot talab qilinmaydi !!!

3. Dasturlash qanday yo’nalishlarga bo’linadi va har bir yo’nalish uchun qanday Dasturlash tillari foydalaniladi?

    Ichki dasturiy ta’minot – Softveya dasturlash deya olamiz yani Robotlarni dasturlash , Televizorlarni , SmartWatchlarga dastur yaratishdir!!! Ichki dasturiy ta’minot bilan ishlashda C++, C#, Python  kabi Dasturlash tillarini bilish kerak.

   Mobil dasturlash – yani Dunyo axolisining ko’p qismi foydalanib kelayotgan smartfonlarga ilovalar yaratish yani mobil qurilmalar uchun app lar yasash. Mobil dasturlash uchun kerakli Dasturlash tillarini aytadigan bo’lsak ,Bular Java, Kotlin, Swift( iOS mobil qurilmalari uchun ) va C++.

    Database dasturlash – Malumotlar ombori dasturchisi. Katta katta ma’lumotlarni saqlaydigan va tahrirlaydigan dasturiy ta’minotlarga va texnalogiyalarga dastur yozish. Dasturlash tillari asosan SQL , MySQL.

    Game dasturlash – yani Kompyuter va Mobil qurilmalarga o’yinlar yaratish . Bunday dasturlash juda ko’pchilikning qiziqishiga sabab bo’la oladi. Ko’pchilik Dasturchilarning Dasturlashga kirib kelishiga sabab bo’lgan. O’yin dasturchisi C# , C++ Dasturlash tillarini bilishi kerak. Bundan tashqari Unity va 3D bilan ishlay olishi kerak.

    Frond-End dasturlash –  Web dasturlashning birinchi qismidir ikkinchi qismini keyinroq ko’rib chiqamiz. Frond End saytlarning tashqi ko’rinishini dasturlash yani saytning Interfeysini kodlash orqali chizishdir.HTML,CSS va JavaScript Frond End dasturlash tillari hisoblanadi.

   Beck End dasturlash – Boya aytib o’tgan Web dasturlashning ikkinchi qismi deya ayta olamiz yani saytlarning ichki funksiyalarini yozishdir. Chuqurroq kiradigan bo’lsak Frond End biron bir button(tugma) chizsa Beck End o’sha tugmani bosgandan keyin qanday funkiya bajarilishiga javobgardir. Beck End dasturchi esa Java, Python, C# kabi dasturlash tillarini bilishi lozim.

    Malumotlar tahlilchisi –  Katta bir malumotlarni tahlil qiluvchi texnalogiyalarni ishlab chiqish misol uchun  Facebook akauntingiz orqali siz o’zingiz qiziqqan narsaga layk bosasiz , Ertasiga esa Facbook siz qiziqqan elementlarga o’xshashlarini sizga ko’rsatib qo’yadi(albatta bungacha qanchadan qancha malumotlar tahlil qilinadi). Malumotlar tahlilchisi bo’lgan shaxs Java, Python,C++,R kabi Dasturlash tillarini bilishi kerak.

   Desktop dasturlash – yani Kompyuterga ilova yasash bunga Telegram Desktop ni misol qilib olish mumkin . Albatta, buni Desktop dasturchi ishlab chiqqan. Desktop dasturchisi Java , Python , C++ va C# dasturlash tillarida dastur yaratadi.

4. Qanday qilib Dasturchi bo’la olaman? One Million Uzbek Coders loyixasi.

Endi do’stlar yuqoridagi savolga javob beramiz.”Dasturlashni qanday qilib o’rganish mumkin?” – siz Dasturlashni quyidagicha o’rganishingiz mumkin ya’ni Video qo’llanmalar , Kitoblar va Forumlar, Dasturlash kurslari va amaliyot orqali o’rganishingiz mumkin.

Hozirgi vaziyatda , ayni pandemiya sharoitida sizga albatta Onlayn, Video qo’llanmalar orqali o’rganish afzalroqdir. Negaki ular  juda qulay .Bundan tashqari xoxlagan vaqtizda, har qanday sharoitda va eng asosiysi bepul o’rgana olasiz .  

Siz Dasturlashni One Million Uzbek Coders platformasida ham qulay tarzda o’rganishingiz mumkin.

"One Million Uzbek Coders" Grand dasturi doirasida o'rganish mumkin bo'lgan Dasturlashning 4 yo'nalishi bo'yicha to'liq ma'lumot !

MA’LUMOTLAR TAHLILCHISI - Data Analyst  

Ma'lumotlar tahlilchisi bu shunday odamki doimo katta miqdordagi ma'lumotlar bilan ishlaydi, Bir qaraganda ushbu kasb zerikarli va ko'zga korinmas bo'lib ko'rinishi mumkin, ammo har qanday biznes muvaffaqiyati uchun ushbu soha ham, soha mutahhassisi ham juda muhum ahamiyatga ega. Ma'lumotlor tahlili jarayonida koplab ma'lumotlar, korsatkichlar, natijalar bir yerga yig'iladi, saralanadi va qayta tahlil qilinadi. Biznesning kiyingi qadami va rivoji ushbu tahlillar natijalariga qarab belgilanadi.

O'rganiladi: sql, Matematika, exsel va hakazo.

ANDROID DASTURCHISI – Android Development

Agar siz android dastrurchiligi yo'nalishini tanlasangiz, kelgusida siz asosan android smartfonlar, android televezorlar va aqlli soatlar uchun dasturlar, o'yinlar, biznes dasturlar yaratuvchisiga aylanasiz !

O'rganiladi: Java, android studio...

FRONTEND VEB DASTURCHISI –Frond End Development

Mavjud aksariyat veb saytlar va veb dasturlarning foydalanuvchilarga ko'rinadigan, ularning qulayligi uchun hizmat qiladigan ma'lumotlar taqdim etilishi hamda ushbu veb loyihaning interfeysi yani tugmalar, tartib, formatlash barchasini joy joyiga qoyadigan kasb va qoyilmaqom kasb !

O'rganiladi: html, css, js

FULLSTACK VEB DASTURCHISI – Full Stack Development

#fullStack 2 katta qismga bo'linadi: #frontend va #backend. Backend bu sayt yoki veb dasturning foydalanuvchilarga ko'rinmaydigan qismi. Bu ma'lumotlar bazasi, Sahifalarni generatsiya qilihs, dinamik sahifalar, Himoya,Ro'yxatdan o'tkazish, sessiya va hokazolardur.

Fullsatck dasturchi Har qanday sayt yoki veb dastur yarata oladigan, veb dasturlash sohasida qo'lidan deyarli barcha narsa keladigan inson, ammo haqiqiy FullStek dasturchi bo'lish oson emas.

O'rganiladi: html, css, js, python, sql

Dastur davomida kursning barcha turdagi kontenti (video, matn va laboratoriyalar) bilan Udacity classroom – Udacity sinfxonasida tanishishingiz mumkin.Vaqtingizni samarali rejalashtirishingiz va topshiriqlarni vaqtida bajarishingiz uchun kontent ikki bosqichga bo‘lingan.

1-bosqich: Ikki haftaga mo‘ljallangan, agar ko‘proq vaqt kerak bo‘lsa, ushbu bosqichni 3 oy davomida o‘tishingiz mumkin bo‘ladi, lekin kursning qolgan qismini reja asosida o‘tishingiz uchun ushbu bosqichni ikki haftada yakunlashingiz maqsadga muvofiq. Ushbu bosqich yakunida Certificate of Participation - Qatnashuv Sertifikati beriladi.

2-bosqich: Birinchi bosqichdan keyin o‘tiladi. Taxminan 10-12 haftaga mo‘ljallangan, agar Sizga ko‘proq vaqt kerak bo‘lsa, keyingi uch oy ham (bugundan boshlab jami 6 oy) shug‘ullanishingiz mumkin bo‘ladi, biroq yakuniy sinovda qatnashish uchun ushbu bosqichni birinchi uch oyda yakunlashga harakat qilishinigizni tavsiya qilamiz! Ushbu bosqich yakunida Certificate of Completion - Bitiruv Sertifikati beriladi.

Yakuniy sinov: Yakuniy sinov har uch oyda o‘tkaziladi. Navbatdagisida qatnashishga ariza berish uchun ikkala bosqichni muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lishingiz zarur. Agar biror sababga ko‘ra navbatdagi yakuniy sinovga tayyorlanish uchun vaqtingiz bo‘lmagan bo‘lsa, faqat navbatdagidan keyingi yakuniy sinovda qatnashishga imkoniyatingiz bo‘ladi. E’tibor bering: yakuniy sinovda faqat bitta urinish beriladi va eng yuqori baho olgan 0.1 foiz

Do’stlar sizga ham ushbu loyixa orqali Dasturlashni o’rganishingizni maslaxat beraman OMUC(One Million Uzbek Coders) orqali juda ko’p tengdoshlaringiz va yurtdoshlaringiz ,jumladan, men ham katta tajribaga ega bo’ldim.

Siz ham ushbu loyixada ta’lim olishni xoxlayotgan bo’lsangiz ushbu URL manzili siz uchun

Ro'yhatdan o'tish uchun qo'llanma: https://youtu.be/_pnZSaNoTbM

5. O'zbekistonda qaysi dasturlash tili kerakliroq⁉

   Hozirgi kunda dasturlashni o'rganishni istagan odamlarda birgina savol bor – "qaysi dasturlash tilidan ko'proq foyda ko'raman". Aslini olganda hozirda aktual bo'lgan dasturlash tillari u qadar ko'p emas, lekin sizga foyda keltiradiganini o'rganish va o'zingiz qiziqmaganingizga ham vaqt ham pul sarflamaslik uchun to'g'ri qaror qabul qilish kerak. Quyida bir qator dasturlash tillari va yo'nalishlari keltirilgan.

 

 Dasturlash tillari:



☑ C/C++ dasturlash tili

☑ Java


☑ Python

☑ C#


 

Dasturlash yo'nalishlari

▪️ Web dasturlash

▪️ iOS qurilmalariga dastur yozish

▪️ Android qurilmalariga dastur yozish

▪️ Robo-texnikaga dasturlar yozish

▪️ Obyektga yo'naltirilgan dasturlar

 

❇Bugunga kelib O'zbekistonning o'zida bir necha dasturlash yo'nalishlari va tillariga talab ortib bormoqda. Bularga quyidagilar kiradi:



-Web dasturlash

-iOS


-Java

-C/C++


 

Web dasturlash - saytlar, brauzerda ishlovchi ilovalar yaratishga qaratilgan bo'lib, tarkibiga HTML, CSS kabi tushunish sodda bo'lgan narsalardan tortib PHP, Yii, SQL kabi boshni og'ritadigan narsalar kiradi. Web dasturlashning boshqa dasturlardan farqli va bir vaqtning o'zida ustun tomoni shundan iboratki, siz qilingan ishning natijasi va kamchiliklarini oson ilg'aysiz, HTML va CSS (eng oson qismi)ni o'rganib ham yaxshi bir maoshli ish topishingiz mumkin. Lekin shunga qaramay, yaxshi mutaxassis bo'lish uchun qolgan tillarga nisbatan juda ko'p narsani o'rganish kerak. Web dasturlashning yomon tomoni ham shundadir. Chunki, bu soha kundan kunga rivojlanayotgani sabab unda qo'llaniluvchi kutubxonalar, dasturlar, kengaytmalar va boshqalar yildan yilga yangilanmoqda, bu esa Web dasturlashni o'rganishni istagan odamlarda qayerdan boshlash kerakligi bo'yicha tushunmovchilik keltirib chiqaradi. Gapimni soddaroq qilib quyidagicha tushuntiraman:

 

Avval HTML – endi HTML5; avval CSS – endi CSS3; PHP – PHP2 – PHP3; boostrap – bootstrap2 – bootstrap3 – bootstrap4; Yii-Yii2-Laravel.



 

Sodda qilib shuni aytish mumkinki, Web dasturlash o'rganish uchun sodda va bir vaqtning o'zida qiyin bo'lgan dasturlash yo'nalishidir. Bu sohada ishlovchilar HTML-CSS ni bilibgina 800 ming so'mdan 2,5 mln so'mgacha oylik olishlari mumkin. Web dasturlashni to'la egallagan mutaxassislarning maoshi O'zbekistonning o'zida 4 mlndan 16 mln so'mgacha.

 

Java. Agarda siz turli dasturlar yaratishga, android tizimidagi qurilmalarga o'yin yoki ilovalar yaratishga qiziqsangiz unda Java siz uchun. Ochig'i, bu sohaga ayni vaqtda qiziqish sal-pal so'ngan, avvalgidek talab u qadar ko'p emas, lekin maoshi 1,5 mln so'mdan 5 mln gacha bo'lgan ishlar vaqti vaqti bilan chiqib turadi. Javani yaxshi bilganlar GooglePlayga pullik ilovalar qilib o'zlari uchun kerakli mablag'ni bemalol topa olishadi.



 

Python – bu tilni odatda Web dasturlashga bog'lashadi. Agarda siz Pythonni yaxshi bilsangiz, biror bir Web dasturlashning backend qismini biluvchi tanishingiz bilan bemalol ishlashingiz mumkin. Bu tilni biluvchilarga qachon maosh to'lashlarini bilmayman. Lekin ayrim saytlardagi ilovalar aynan Pythonda yaratiladi va u saytning bahosi ancha qimmat hisoblanadi.

 

C/C++ va C# odatda biror bir texnikalarga dastur yozish uchun qo'llaniladi. Ayniqsa C tili mikrokontrollerlar, qurilmalar, robotlarga dastur kiritishda juda muhim rol o'ynaydi. To'g'ri, bu tillarni talab qiluvchi tashkilotlar soni O'zbekistonda sanoqli, lekin oylik yetarlicha baland. Agarda siz bu tillardan birortasini yaxshi bilsangiz qiyin bo'lmagan ishga qo'rqmasdan kamida 3 mln so'rashingiz mumkin, chunki bu soha bo'yicha mutaxassislar O'zbekistonda kam.



 

Agarda maqola sizga yoqgan boʻlsa men bundan xursandman 😊

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam Dasturlash bu kelajak kasbidir!!!!

Assalomu aleykum aziz do’stlarim Bu maqolada Dasturlash va C++ Dasturlash tili haqida suxbatlashamiz .



  1. Dasturlash va Dasturlash tili haqida tushunchalar.

Dasturlash – inson va kompyuter orasidagi “suxbatlashish” jarayonidir ya’ni Dasturchi Kompyuterga berilgan buyruqlar orqali dasturlar yaratishidir! Dasturlash tili esa – dasturchi va kompyuter o’rtasidagi muloqot vositasi hisoblanadi.Kompyuter bilan aynan o’sha vosita orqali suxbat qura olasiz ya’ni dastur yozasiz.

  1. Qaysi dasturlash tilini birinchi o’rganish kerak?

Bugungi kunda ko’plab dasturlash tillari mavjud (Java,JS,Python,Swift va hokazo). Agar siz qay biridanBoshlashga qiynalayotgan bo’lsangiz , sizga C++ dasturlash tilini maslaxat bergan bo’lardim. Chunki bu eng yaxshi yo’ldir.Ayniqsa, Dasturlash soxasiga endi kirib kelgan do’stlarimizga. Sizga muxim tarzda tavsiflasam ushbu dasturlash tilini , ushbu tilni bilgan C++ developerlar uchun talab nafaqat O’zbekistonda balki butun dunyoda juda katta, Nima uchun? degan savol tug’ilishi mumkin, negaki Bu tilda Dasturlash soxasining bacha yo’nalishlarida(Android dasturlash, Game dasturlash, Database dasturlash, Desktop dasturlash va hokazo) dasturlar yarata olasiz. Dunyodagi yetakchi SMM platformalari (Facebook,Microsoft va hokazo) ushbu dasturlash tilida ishlab chiqilgan.

  1. C++ Dasturlash tili.

Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud. Bular ichida Java va C++ dasturlash tillari universal tillar hisoblanib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroqdir. So‘ngi yillarda Java va C++ dasturlash tillari juda takomillashib, tobora ommalashib bormoqda. Mazkur tillardagi vositalar zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma talablarini o‘z ichiga olgan va unda dastur tuzuvchi uchun ko‘pgina qulayliklar yaratilgan.

C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C tiliga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko’p qo’shimchalarni o’z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u obyektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoqda. Buni ta’minlash uchun obyektli dasturlash g’oyasi ilgari surildi. C++ esa gibrid tildir. Unda C tiliga o’hshab strukturali dasturlash obyektlar bilan dasturlash mumkin. C++ funksiya va obyektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ dasturlash tilida dasturlashni o’rganish ikki qismga bo’linadi. Birinchisi bu C++ tilini o’zini o’rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor obyekt va funksiyalarni qo’llashni o’rganishdir.

C++ tiliga ko‘plab yangiliklar kiritilgan bo‘lib, tilning imkoniyati yanada kengaytirilgan. C++ dasturlash tili ham boshqa dasturlash tillari kabi o‘z alfavitiga va belgilariga ega.

C++ alfaviti:

1. Katta va kichik lotin alfaviti harflari;

2. Raqamlar - 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9; 3.

3. Maxsus belgilar: " {} | [] () + - / % \ ; ' : ? <=>_ ! & ~ # ^ . *

Alfavit belgilaridan kelib chiqqadi:

1. Identifikatorlar;

2. Kalit (xizmatchi yoki zahiralangan) so‘zlar;

3. O‘zgarmaslar;

4. Amallar belgilanishlari;

5. Ajratuvchilar.

Bu tillarda tuzilgan dasturlarda izohlar istalgan joyda berilishi mumkin. Ular satriy va blokli ko‘rinishlarda bo’ladi. Satriy izohlar uchun “//”, blokli izohlar uchun “/*”, “*/” belgilari ishlatiladi.



  1. IDE ?

IDE (Integrated development environment) - Integratsiyalashgan rivojlanish muxiti dasturiy ta’minotni yaratish uchun ishlatiladigan dasturdir. IDE ko'pincha turli tillarni qo’llab-quvvatlaydi.Shu o’rinda C++ Dasturlash tili uchun ham dasturlash muxitlari mavjuddir.Ularga quyidagilarni misol qila olaman: Dev C++, Code::Blocks , Visual Studio, C free lar C++ dasturlash tili uchun IDE lar hisoblanadi . Compilator / interpretator – Kodni(Inson tilini) ikkilik kodga(mashina tiliga) aylantiradigan vosita (dasturiy ta’minot) ushbu vosita esa IDE da o’rnatilgan bo’lib ushbu vositalar orqali biz komyuterga bergan buyrug’larimizdan natijalar ola olamiz. Yuqorida aytib o’tilgan dasturlash muxitlari orasidan men szga Dev C++ dan foydalanishingizni maslaxat beraman.

Kelasi maqolalarda C++ dasturlash tilini birgalikda o’rganamiz ya’ni men o’zim bilgan ma’lumotlarni siz azizlarga ulashishga harakat qilaman. Albatta siz aziz do’stlarimning bergan motivatsiyalaring menga dalda bo’la oladi .Maqola yoqgan bo’lsa xursandman .

Kod yozishdan charchamang aziz do’stlar.

Assalomu aleykum aziz do’stlarim . Demak C++ dasturlash tilida dastlabki darslarimizni boshlab olamiz. Barcha dasturchilarning yaratgan birinchi dasturi ya’ni “Hello World” dasturini bugun siz bilan C++ dasturlash tilida birgalikda yaratamiz. Siz dastlabki kodlarni yoza boshlaganizdan bu dasturlash tili sizga yoqib qoladi bunga hali o’zingiz ham guvoh bo’lasiz. Qani ketdik do’stlar!



  1. Hello World.

Do’stlar dastlab o’zim tayyor dastur kodlarini sizlarga havola qilaman va natijani birgalikda kuzatamiz , so’ng har bir satr bo’yicha ma’lumotlarni berib boraman

Ko’rib turganingizdek men Dev C++ dasturlash muhitida (IDE) ushbu dasturni yaratdim . Albatta ,siz qaysi bir IDE yoqgan bo’lsa (Code::Blocks , Visual Studio, C free orasidan ) o’shanda ishlashingiz mumkin .

Hop endi natijani ko’rishimiz uchun “Run” tugmasini bosamiz va compilator (Compilator/interpretator – Kodni(Inson tilini) ikkilik kodga(mashina tiliga) aylantiradigan vosita (dasturiy ta’minot)) yozgan satrlarimizni kompyuter tiliga aylantiradi kompyuterimiz esa bizga natijani ko’rsatadi .

Ko’rib turganingizdek dasturimiz ishladi. Ekranga Hello World satri chop etildi.

Endi yozgan kodlarimiz haqida tushunchaga ega bo’lamiz.

2. Direktivalar

Direktivalar – funksiyalar kutubxonasini chaqirish hisoblanadi ya’ni kerakli funksiyalar saqlangan omborlardan o’zimizga keraklisini chaqiramiz. Demak biz 3 qatorda yozgan #include – bu o’zmizga kerakli kutubxonani chaqirish uchun foydalaniladi. С++ tilida masalaning qo’yilishiga qarab kerakli kutubxonalar chaqiriladi. Bu esa dasturning xotirada egallaydigan joyini minimallashtiradi. Masalan, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish proseduralari uchun: #include tizimdan chaqirish #include “stdio” joriy katalogdan chaqirish.

C++ dasturlash tili bilan ishlovchi eng sodda dasturlash muhitlari Dev C++ va CodeBlocks dasturlaridir. Ularning tarkibida 300 dan ortiq kutubxonalar mavjud.

Eng ko’p ishlatiladigan kutubxonalar quyidagilar:

#include // biz foydalangan kutubxona

#include

#include

#include

#include va boshqalar albatta darslarimiz davomida ushbu kutubxonalardan ham foydalanishni o’rganamiz

Xullas dasturning 1-satrida #include direktivasi bo‘lib, dastur kodiga oqimli o‘qish/yozish funksiyalari va uning o‘zgaruvchilari e’loni joylashgan iostream sarlavha faylini qo‘shdi.

3.Int ma’lumot turi.

Int ma’lumot turi ko’pchilikka tanish. Int - “integer” so’zidan olingan bo’lib “butun son” degan ma’noni anglatadi. Int bizning dasturimizda funksiyamizdan oldin qo’llanilgan ya’ni funksiyaning qaytish qiymati butun son bo’lishi kerak. Dasturimiz faqatgina satrni chop etishi kerak shuning uchun 0 qiymat qaytarib q’yamiz return operatori orqali .Bu ahamiyatli emas .

4. Main() - funksiyasi.

Keyingi qatorlarda dasturning yagona, asosiy funksiyasi main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, C++ dasturida albatta main() funksiyasi bo‘lishi shart va dastur shu funksiyani bajarish bilan o‘z ishini boshlaydi.

5.Cout metodi.

Dastur tanasida konsol rejimi da belgilar ketma-ketligini ekranga chiqarish amali qo‘llanilgan. Ma’lumotlarni ekranga chiqarish uchun quyidagi format ishlatildi: cout << ; Bu yerda sifatida o‘zgaruvchi yoki sintsksisi to‘g‘ri yozilgan va qandaydir qiymat qabul qiluvchi belgilar kelishi mumkin va biz yozganimiz kabi doimo kiritmoqchi bo’lgan matnimiz qo’shtirnoq ichida bo’lishi kerak . Misol uchun : cout<<”Hello World”; cout<<”Salom dunyo”; cout<<”I love C++”

Mana C++ dasturlash tilida yangi dastur yaratishni tugatdik . Sizlardan iltimos do’stlarim maqola haqidagi fikr va takliflaringizni yozib qoldiring . Keyingi maqolalarda ko’rishguncha do’stlar .



Kod yozishdan charchamang azizlarim.
Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling