Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi. “Informatika o’qitish metodikasi”


Download 1.42 Mb.
Sana31.01.2020
Hajmi1.42 Mb.

Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi.

“Informatika o’qitish metodikasi”

Yo’nalishi 2 – guruh talabasi

zokirova guljahon.

Reja:

  • Kirish.
  • Asosiy qism.
  • 1. Dasturlash tillari turlari.

    2. Borland C++ Builder tilining dastur yaratish muhiti.

    3. Borland C++ Builder tilining boshqa dasturlash tillaridan farqi.

    4. Delphi dasturlash tilining asosida Pascal tili.

  • Xulosa 
  • Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish Biz bu taqdimotimizda barcha yuqori darajali dasturlash tillari haqida va ularning hossalari haqida toliq ma’lumot berib otamiz. Barcha dasturlash tillari har xil kompyuterlar, telefonlar va hattoki kundalikli hayotimiz uchun kerakli dasturlar tuzish uchun kerak. Hozirgi kunda dasturlash tillarining turlari kop. Bu dasturlash tillari qanaqa dastur ishlab chiqishga qarab tanlashimiz mumkin. Hozirgi kunda yuqori darajadagi dasturlash tillari C++, Delphi, Java, Pascal tillari mavjud. Biz bu dasturlash tillarining hossalari va ularning bir-biridan farqlari haqida soz yuritamiz. Bu dasturlash tillarida har xil hisoblash ishlarini ham amalga oshirish mumkun. Bu ishlarini ham biz taqdimotimizda ko’rsatishga harakat qilganmiz. Dasturlash – kompyuterlar va boshqa mikroprosersorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat.

Endi bizning oldimizda algoritmlarni EHM tushinadigan tilda yozish masalasi turadi, buning uchun maxsus algoritmik tillar mavjud. EHM paydo bo‘lganidan beri juda ko‘plab algoritmik tillar yaratilgan. Ularni shartli ravishda uch tipga ajratish mumkin: - Quyi darajadagi programmalash tillari (mashina tillari) - O‘rta darajadagi programmalash tillari - Yuqori bosqichli programmalash tillari

O‘rta darajadagi programmalash tillarida amallar va buyruqlarni (komandalar)ni ifodalash uchun odam tushunishi uchun qulay bo‘lgan har xil qisqartma so‘zlardan foydalaniladi. Bunda ham programma tuzuvchi EHM qurilmalari adreslari bilan ishlashi lozim. Bu qisqartmalar-mnemokodlar deyiladi, bu turdagi programmalash tillari assemblerlar deb ataladi. Yuqori darajadagi programmalash tillarida ko‘rsatmalar inson tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlar va birikmalardan iborat bo‘lib, programma tuzish uchun juda qulay va biror maxsus amallardan tashqari hollarda adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog‘liq ko‘rsatmalarni bilish zarur emas. Yuqori bosqich programmalash tillariga misol sifatida FORTRAN, Algol, RL-1, BASIC, PASCAL, C, C++, tillarini keltirish mumkin.

Dasturlash tillari

Informatsion texnologiyalarining jadal suratlar bilan rivojlanishi, Internetning paydo bo‘lishi, yangidan yangi va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan programmalash tillari va muhitlari yaratildi va yaratilmoqda. Ularga misol sifatida dBase, KARAT, LISP, FoxPro, Simula, Delphi, Visual Basic, Visual C++ HTML, Java, Java Script kabi tillar va programmalash muhitlarini keltirish mumkin. Hozirgi kunga kelib obyektga yo‘naltirilgan va vizual programmalash texnologiyalari keng tarqalmoqda. Har bir algoritmik tilning o‘z alfabiti maxsus belgisi va birikmalari, operatorlari, konstruksiyalari bo‘ladi va ular ma’lum bir sintaktik va semantik qonun qoidalarga buysinadi.

C++ Builder dasturlash tili. Xozirgi vaqtga kelib komp`yuter olamida ko’plab dasturlash tillari mavjud. Paskal, C++, Delphi va boshqa dasturlash tillaridir. C++ dasturlash tili universal tildir. U UNIX sist emasi bilan bog`langan bo`lib, bu sistemada ishlatiladigan bir qancha dasturlar C++ tilida yozilgan. C++ Denis Ritchi tomonidan 1972 yili UNIX tipidagi op erasion sist emalarini yaratish uchun loyihalashtirilgan. Borland C++ dasturlash tili Windows uchun mo’ljallangan bo’lib, uning birinchi versiyasi Windows operatsion sistema qobig’ida ishlagan. Borland C++ dasturlash tili – bu dasturlarni qayta ishlash muxiti bo’lib, Windows operatsion sistemasida ishlaydi.

Borland C++ dassturlash tili turli xolat protseduralarini qayta ishlash va dasturlarni qayta ishlashda vaqtdan yutish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Dastur yaratish muhiti Dastur yaratish umumlashgan muhiti Redaktor form – Shakllar muharriri, Inspektor ob’ektov – Ob’ektlar inspektori, Palitra komponentov – Komponentlar palitrasi, Administrator proekta – Proekt administratori va to’la umumlashgan Redaktor koda – Kodlar muharriri hamda kodlar va resurslar ustidan to’liq nazoratni ta’minlaydigan , dastur ilovalarini tezkor yaratadigan Otladchik - instrumentov - Sozlashinstrumentlari kabilarni birlashtiradi.

Paskal programmalash tili N. Virt (Shveytsariya Informatika instituti professori) tomonidan 1968 yilda yaratilgan. 1992 yilda Borland firmasi Paskal tilining SHEHMdagi MS-DOSda amal g‘iluvchi Turbo-Pascal programmalash paketlarini chiqardi. TP juda keng tarqaldi va programmalash tarixida foydalanuvchilar sonining oshish sur’ati bo‘yicha bu tilga teng keladigani yo‘q. Buni Paskal tilida algoritmlarning fundamental va eng muhim konsepsiyalarining oydin va tushunishga oson shaklda berilganligi bilan tushintirish mumkin. Programma tuzish paytida programma tuzuvchi uning ixtiyoriga programmalash tili tomonidan beriladigan kategoriyalar bilan fikr yuritadi.

Paskal tilini yaratishda ikki maqsad nazarda tutilgan: tushinarli va tabiiy ravishda ifodalangan bir qator fundamental tushunchalarga asoslangan programmalashni o‘rgatishga qulay bo‘lgan tizimli predmet sifatida yaratish; mavjud bo‘lgan hisoblash mashinalarida tilni ishlatishning ishonchliligi va samaradorligi. Paskal programmalash tili eng muhim ikkita tamoyilga asoslangan: - strukturali programmalash tamoyili (unga klassik strukturali programmalashning asosiy boshqaruvchi strukturalarini amalga oshirish vositalari kiradi); - ma’lumotlarni tashkil qilishning strukturali tamoyili (u K. Xoar tomonidan taklif etilgan strukturali turlarning to‘liq to‘plamini oddiy o‘zgaruvchilar, massivlar, ketma-ket fayllar, yozuvlar, variantli yozuvlar, ko‘rsatkichlar va undan berilganlarning yangi turlarini yaratishning taraqqiy topgan vositalarini o‘z ichiga oladi);

Paskal programmalash tili, zamonaviy programmalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, programmalarning to‘g‘riligini isbotlovchi analitik usullarning taraqqiy topishida katta rol o‘ynadi. U hozirgi kungacha programmalashning to‘g‘riligini isbotlashga imkon beradigan programmalash sistemalariga ega bo‘lgan yagona tildir. Paskal programmalash tili, programmaning qismlari yoki butun programma to‘g‘risida turli xil mulohazalarni isbotlashni ta’minlaydigan, yaxshi matematik apparatga asoslangan. K. Xoarning aksiomatik sistemalari yordamida ifodalanadi. Programmalarni ishlashini "sozlash"ning eski usullari o‘rniga, hozirgi paytda paydo bo‘layotgan programmalarning to‘g‘riligini tekshiradigan avtomatik sistemalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

1982 yil A. Eddiman rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Paskal programmalash tilining Britaniya standarti yaratildi, u bugungi kunda xalqaro standartga ham aylandi. Programmalash tillari sun’iy tillar hisoblanadi, ularda sintaksis va semantik qoidalar qat’iy aniqlangan bo‘ladi. Shu sababli Programmalash tillari tabiiy tillardan farqli ravishda jumlalarni ko‘pmazmunli va erkin talqin etishga yo‘l qo‘ymaydi. Buning asosiy sababi tildagi har bir ko‘rsatma mashina tilidagi aniq bir buyruqqa o‘tadi. Sintaksis-bu qoidalar to‘plami bo‘lib, Programmalash tilida ruxsat etilgan belgilarning ketma-ketligi va asosiy ichki tuzilishni aniqlaydi. Semantika-til birliklariga (so‘z, so‘z birikmalari, jumlalariga) beriladigan qiymatlardir. EHMlar endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo‘lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan.

Obyektga yo‘naltirilgan tillarning yaqqol namunasi - bu Delphi vizual programmalash muhitidir. Bu muhit Turbo Paskal tili asosida yaratilgan bo‘lib, unda programma yaratish muhitidagi mavjud komponentalarni loyihalash asosida bo‘ladi. Shuning uchun ham bosh programma Rgoject deyiladi. Delphining yana bir muhim xususiyati vizual programmalashdir, ya’ni programma yaratilayotgan paytda tuzuvchi hosil bo‘ladigan programma shaklini ko‘rib turadi va grafik interfeys yordamida komponentalar shaklini o‘zi ma’qul topgan joyiga qo‘yishi mumkin. Visual Basic tili ham obyektga moslashgan til hisobalanadi va Windowsning ofis programmalarida makroslar yozish uchun til sifatida ishlatiladi.

Java tili kompyuter tarmoqlarida amal qiladigan programmalarni yaratishga mo‘ljallangan, ya’ni Java tilida yozilgan programmalar global tarmoqlarda dinamik reklamalarni (animatsiya, teletayp lentalari) global tarmoqda joylashtirish uchun ishlatiladi, Java tilining afzalligi shundaki, u turli operatsion sistemalarda ham birdek amal qilaveradi. Java programmasi bir paytda Windows, UNIX va Macintosh operatsion sistemalarida ishlashi mumkin. Quyidagi jadvalda programmalash tillari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Xulosa Bugungi kunga kelib axborot texnologiyalari juda shiddad bilan rivojlanib ketmoqda. Yuqori darajali dasturlash tillarini kunnan kunga har xil versialari oylap topilmoqda. Bundan maxsad insonlarning dastur tuzish paytida eng birinshi orinda vaqtini tejash undan keyin esa qulaylilik yaratish hisoplanadi. Bugungi kunga kelip C++, Delphi, Pascal dasturlash tillari mavjud ekan. Bu dasturlash tillari orqali axborot texnolagiyalari boyisha harqanday maumualarni hal etish mumkun. Delphi dasturlash tilining asosini esa Pascal dasturlash tili tashkil etar ekan. Buning sababi esa Pascal tilini takomillashtirish bolip hisoplanadi. Bu takomillashtirish natiyjasida esa yangi bir Delphi dasturlash tili juvudga keldi. Bu yuqori darajali dasturlash tillari ishida C++ dasturlash tili juda kata ahamiyatga ega ekan. Saba bu dasturlash tilida ishlash ansha qulay eng ahamiyatliysi C++tili mashina kodiga juda yaqin hisoplanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Бьярн Страустрап. Введение я язык С++ 2. Крис Паппас, Уильям Мюррей. Программирование на С и С++ “Ирина”, BHV, Киев 2000г 3. Фридман Александр Львович, Язык программирование С++ 4. Aripov M.M., Imomov T., Irmuhamedov Z.M. va boshqalar. Informatika.5.Axborot texnologiyalari. Toshkent, 1-qism. 2002, 2-qism. 2003 Foydalanilgan elektron saytlar: http://www.infocity.kiev.ua/ http://www.intuit.ru/


Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling