Dastuxonda ta nok, ta olma, ta banan bor. Bitta mevani necha XIL usulda


Download 29 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi29 Kb.
#1441494
Bog'liq
KOMBINATORIKA. Sug\'diyona


KOMBINATORIKA
1. Dastuxonda 3 ta nok, 4 ta olma, 5 ta
banan bor. Bitta mevani necha xil usulda
tanlash mumkin?
A) 12 B) 60 C) 47 D) 24
2. X = {1, 2, 6, 7} to’plam elementlaridan
foydalanib nechta ikki xonali son tuzish
mumkin?
A) 72 B) 16 C) 12 D) 4
3. 5 raqamiga ega bo’lmagan ikki xonali
sonlar nechta?
A) 72 B) 64 C) 81 D) 56
4. Besh xil bolt va uch xil gaykadan bittadan
olib necha xil juftliklar tuzish mumkin?
A) 13 B) 8 C) 7 D) 15
5. “Matbuot tarqatuvchi” do’konida 6 xil
konvert va 3 xil marka sotilmoqda. Konvert
bilan markani necha usulda sotib olishimiz
mumkin?
A) 36 B) 9 C) 18 D) 13
6. Nechta to’rt xonali sonda faqatgina bitta 5
raqami bor?
A) 2673 B) 2520 C) 2556 D) 2621
7. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlardan nechta
uch xonali nomerlar tuzish mumkin?
A) 696 B) 504 C) 884 D) 729
8. 1234xy belgilardan necha xil usulda
kombinatsiya tuzishimiz mumkin?
A) 720 B) 120 C) 60 D) 124
9. Savatda 6 ta anor, 4 ta nok va 5 ta olma
bor. Savatdan ikkita turli nomdagi mevani
tanlashni necha usulda amalga oshirish
mumkin?
A) 15 B) 120 C) 74 D) 10
10. Shahardan qishloqqa 11 xil yo’l olib
boradi. Salim ta’til uchun qishloqqa necha xil
usulda borib kelishi mumkin?
A) 121 B) 22 C) 33 D) 50
11. Manzuraning 3 xil koftasi, 4 xil yubkasi,
5 xil sumkasi va 2 xil tuflisi bor. U o’zi
uchun necha xil kiyinish uslubini yaratishi
mumkin?
A) 14 B) 120 C) 60 D) 24
12. 5 ta sariq, 7 ta qizil, 4 ta oq atirgul bor. 2
ta har xil rangdan iborat guldastani necha xil
usulda tayyorlash mumkin?
A) 83 B) 16 C) 40 D) 140
13. “ODAM” so’zidagi harflar o’rnini
almashtirib nechta so’z hosil qilish mumkin?
A) 24 B) 48 C) 120 D) 60
14. Alida 3 ta fizika va 2 ta matematika
kitoblari bor. Ali matematika kitoblari
yonma-yon boʻlishi sharti bilan bu 5 kitobni
jami necha xil usulda joylashtirishi mumkin?
A) 60 B) 120 C) 24 D) 48
15. Musobaqada 15 ta jamoa ishtirok
etmoqda. Oltin, kumush va bronza
medallarini bu jamoalar o’rtasida necha xil
usulda taqsimlash mumkin.
A) 42 B) 2730 C) 120 D) 64
16. Hamma raqamlari juft boʻlgan nechta
6 xonali son bor?
A) 12500 B) 3125 C) 2500 D) 1500
17. 2, 3, 4, 0 raqamlaridan foydalanib nechta
3 xonali son tuzish mumkin?
A) 24 B) 48 C) 96 D) 120
18. 6 ta kiyimni necha xil usulda javonga
taxlash mumkin?
A) 540 B) 120 C) 720 D) 140
19. Avtoshohbekatda 12 ta joy bor. 5 ta
mashinani necha xil usulda bu yerga joylash
mumkin?
A) 38000 B) 95040 C) 32000 D) 2400
20. 125 raqami bilan boshlanuvchi 7 xonali
telefon raqamlari nechta?
A) 10 000 B) 9000 C) 40 D)1000
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling