Davlat byudjeti daromadlari 020 yilda 12. mlrd dollarni tashkil etdi


Download 439.66 Kb.
Sana10.01.2022
Hajmi439.66 Kb.
#281519
Bog'liq
Document (33)
08.12.1992, MEN NECHUN SEVAMAN, betlik bog'cha, betlik bog'cha, акт мустакил иш, акт мустакил иш, Tolipova Sh. jismoniy, Tolipova Sh. jismoniy, Tolipova Sh. jismoniy, Tolipova Sh. jismoniy, 112-17 Erkinov, Document (33), bojxona rejimlari, фанни укитиш методикаси







Top of Form

Bottom of Form


Yangiliklar

Davlat byudjeti daromadlari 2020 yilda 12.6 mlrd dollarni tashkil etdi


  •  18.03.2021 08:54

 

  • 126

So‘nggi yillarda Davlat byudjeti daromadlarining YaIMga nisbatan o‘sishi Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlarining o‘sishini saqlab qolmoqda.



Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar qismining 2020 yil ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, davlat byudjeti daromadlari 2020 yilda 132,9 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 22,5 %) tashkil etgan bo‘lib, 2018 yilga nisbatan 68 %ga, 2019 yilga nisbatan esa 18,5 %ga oshgan. Shuningdek, 2018 yilda byudjet daromadlari 79,1 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 19,4 %), 2019 yilda esa 112,2 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 21,9 %) tashkil etgan.



Ta’kidlanishicha, byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan birgalikda Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 2020 yilda 154 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 26 %) tashkil etgan. Konsolidatsiyalashgan byudjet 2018 yilga nisbatan 1,4 barobardan ko‘proq, 2019 yilga nisbatan 1,1 barobardan ko‘proq oshgan. Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 2018 yilda 107 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 26,3 %), 2019 yilda esa 137,1 trln. so‘mni (YaIMga nisbatan 26,7 %) tashkil etgan.

So‘nggi yillarda Davlat byudjeti daromadlarining YaIMga nisbatan o‘sishi Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlarining o‘sishini saqlab qolmoqda. Bu birinchi navbatda o‘tkazilgan soliq islohotlari, xususan majburiy ajratmalarning (3,2%) va fuqarolar sug‘urta badallarining (ish haqi fondidan 8%) bekor qilinishi bilan bog‘liq.

2020 yilda davlat byudjetining asosiy daromad manbasi nima bo‘ladi?


1.11.2019 18:531038Tahlil

Avval xabar qilganimizdek, Moliya vazirligi 2020 yil uchun fuqarolar uchun byudjet loyihasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128,4 trln. so‘m yoki YaIMning 20 foizi miqdorida bo‘lishi rejalashtirilgan.

2020 yil uchun Davlat byudjetining kutilayotgan tushumlarini baholashda iqtisodiyotning real o‘sishi, soliqlar ma’murchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi, shuningdek narx va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan.



Davlat byudjetining asosiy daromad manbalari sifatida Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) – 44,2 trln. so‘m, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i – 22,1 trln. so‘m hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 16,1 trln. so‘m ko‘rsatilgan.

2020 yil uchun prognozlashtirilayotgan Davlat byudjetining daromadlari tuzilmasida deyarli barcha turdagi soliqlar o‘sish tendensiyasi ko‘zda tutilgan:



Moliya vazirligi soliq tushumlarning kutilayotgan oshishini

a) Yalpi ichki mahsulotning oshishi;

b) Yangi ishlab chiqarish obektlarining amaliyotga kiritilishi;

d) Ish haqi miqdorining oshishi bilan izohlangan.

Xarajatlar

2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 131,1 trln. so‘m bo‘lishi rejalashtirmoqda (Byudjet defitsiti 2,7 trln. so‘m).

Davlat byudjetining asosiy qismi quyidagi sohalarga xarajat qilinmoqda: Ijtimoiy xarajatlar – 66 trln. so‘m, iqtisodiyotga xarajatlar – 14,1 trln. so‘m, markazlashgan investitsiya xarajatlarini moliyalash – 13,6 trln. so‘m.

Ta’lim xarajatlari

Davlat byudjeti umumiy xarajatlarining 22,9 foizi (30 trln. so‘m) ta’limga yo‘naltirilishi kutilmoqda. Shundan, 20,8 trln. so‘mi umumiy ta’limga, 1.7 trln. so‘mi o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarga, 2,3 trln. so‘mi oliy ta’limga va 5,2 trln. so‘mi maktabgacha ta’lim tizimiga ajratilmoqda.



2019 yilda bir qancha oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari tashkil etildi. 2020 yilgi davlat byudjetidan yangi tashkil qilingan jami 11 ta OTM qo‘shimcha moliyalashtirish uchun 51,2 mlrd so‘m pul mablag‘lari ajratiladi. Bundan, 23,7 mlrd. so‘mi Sudyalar oliy maktabi uchun ajratiladi.


Download 439.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling