Davlat byudjetining mamlakat moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan o’zaro munosabatlari


Download 170.75 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2022
Hajmi170.75 Kb.
#764860
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jumaboev Azizbek Kurs ishi Davlat moliya statistika tizimi
Kungaboqar, Biologiya, 7-amaliy mashgulot, Nutq tanish ranglar .doc, Nutq tanish ranglar .doc, Nutq tanish ranglar .doc, Nutq tanish ranglar .doc, FALSAFA. 1-towiriq, @AKT Official 8-sinf 2-Nazorat ishi test, 15, 15, hayratul-abror nasr ziyouz com, boshlangich sinflarda tabiat mavzusiga bagishlangan insholarni tashkil etish metodikasi. , boshlangich sinflarda tabiat mavzusiga bagishlangan insholarni tashkil etish metodikasi. , 3-amaliy topshiriq



MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3

  1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati…………………6

  2. Davlat byudjetining funksiyalari………………………………………………11

  3. Davlat byudjetining mamlakat moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan o’zaro munosabatlari………………………………………………………………..……17

  4. Davlat byudjetining daromad va xarajatlari ……..……………………………22

  5. O’zbekiston byudjet-soliq siyosatini takomillashtirish yo’nalishlari………....26

XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………….34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….36


KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Moliyaviy munosabatlarni boshqarishning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan.
Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi ko`p jihatdan shu davlatda byudjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog`liq. Bu esa o`z navbatida byudjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning byudjet siyosatini asosiy belgisi byudjet mablag`laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bo`lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bo`lib soliq yukining iste`molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida optimal nisbatini belgilashdir1.
Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir.
Darhaqiqat, mamlakat milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga, ya`ni tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda va vertikaliga, ya`ni boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarish-larning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta`minlash, iqtisodiyot sektorlarining investitsiyaviy jozibadorligi va faolligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirilishi makroiqtisodiy ko`rsatkichlar yuqori sur`atlarda o`sishiga va aholi farovonligi oshishiga erishishda qo`shimcha turtki bo`ldi.
Buning natijasida qator yillar mobaynida davlat byudjeti profitsit bilan ijro etib kelinmoqda, shu jumladan iqtisodiyotga soliq yuki izchil kamayib borayotgan bir sharoitda uning daromad qismi bajarilishi ta`minlanmoqda, shuningdek, uning xarajat qismini ijtimoiy yo`naltirilganligi saqlab qolinmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylangan holda amalga oshirilayotgan davlat moliya siyosati orqali iqtisodiyotimizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta`siridan himoya qilish yaxshi natijalar bermoqda.
Mamalakatimiz byudjet-soliq siyosati bo’yicha qabul qilinayotgan barcha qonun va farmonlar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va takomillashtirirsh masalasini oldiga maqsad qilib qo’yadi. 2021- yil uchun byudjet asosini tashkil etadigan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognoz qilindi. Unda pandemiya bilan bog’liq vaziyatni bosqichma-bosqich yangilash nazarda tutilmoqda – 2021-yil oxiriga kelib mamlakatda iqtisodiy faollik va talab darajasini inqirozdan oldingi davrdagiga yetkazish prognoz qilinmoqda.
Byudjetni rejalashtirishda eng muhim jihat fiskal strategiya hisoblanadi, ya’ni 2021-2023-yillarga mo’ljallangan fiskal strategiyada 2021-yilda davlat byudjeti ijrosini amalga oshirish shartlari va 2022-2023-yillar uchun byudjet yo’nalishlari belgilandi.
O’zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori orqali asosiy masalalar byudjet-soliq siyosati doirasida aniqlandi.
Bu qonun ijrosi natijasida yurtimiz O’zbekistonning 2021-yilgi byudjetini shakllantirish va takomillashtirish masalalari ko’rib chiqildi. Mamlakat riojlanishi uchun uning asosiy byudjeti to’g’ri va to’liq shakllantirish kerakligini anglash lozim.

Download 170.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling