Давлат хариди Фаннинг ўқитишнинг зарурият Bajardi: Moliya fakulteti cmm-59 guruhi talabasi Toshmatov Abduvahob
Download 60.74 Kb.
|
SMM 59 talabasi Toshmatov Abduvahobning dsvlat xaridi fanidan Taqdimoti
Аллоҳнинг борлигига ақлий далиллар 1, Аллоҳнинг борлигига ақлий далиллар 1, Аллоҳнинг борлигига ақлий далиллар 1, Аллоҳнинг борлигига ақлий далиллар 1, 1-баённома, мавзу 8. Герпесвируслар ва поксвируслар оиласига кирувчи вирусларга характеристика 90aded7e4ff1314c154002ef65cf2292
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshmatov Abduvahob
- ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ!
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Давлат хариди ФАНИДАНДавлат хариди Фаннинг ўқитишнинг заруриятBajardi: Moliya fakulteti CMM-59 guruhi talabasiToshmatov AbduvahobDavlat xaridi” fanining ob’yekti, predmeti, maqsadi va vazifalari “Davlat xaridi” fani boshqa fanlar singari o’ziga xos predmet, maqsad va vazifalarga ega. “Davlat xaridi” fanining ob’yekti byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmatlar), sotib olish, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari xarid qilish va davlat tomonidan ayrim turdagi tovar va xizmatlar narxlarini tartibga solish mexanizmi va jarayonlaridir Davlat xaridi” fanining predmeti esa byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmatlar)ni sotib olish, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xarid qilish va davlat tomonidan ayrim turdagi tovar va xizmatlar narxlarini tartibga solish mexanizmidagi iqtisodiy va moliyaviy munosabatlarni o’rganishdir. Fanning predmeti ana shu mexanizmni chuqur o’rganish, uni to’g’ri tashkil qilishni ta’minlashdir. To’g’ri tashkil etish deganda davlat xaridi munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e’tiborga olib, ular o’rtasidagi zaruriy muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar manfaatini ochiqlik va raqobatlilik tamoyillariga amal qilish zarur bo’ladi. Demak, “Davlat xaridi” fanini chuqur o’rganish orqali amaliyotda davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishga, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini optimal tarzda xarid qilishga va davlat tomonidan ayrim turdagi tovar va xizmatlar narxlarini bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga va davlat siyosati talablaridan kelib chiqqan holda tartibga solishga erishish mumkin. Fanning maqsadi esa bo’lajak moliya tizimidagi mutaxassislarda, ya’ni talabalarda davlat xaridi va narx siyosatining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va mexanizmi, davlat xaridini tashkil etish hamda narxlarni tartibga solish va boshqarishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning istiqbol yo’nalishlari, xorijiy davlatlarning Davlat xaridi tizimi bo’yicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi esa talabalarga davlat xaridining iqtisodiy ahamiyati; davlat xaridining predmeti va sub’ektlari; davlat xaridini tashkil etish modellari; O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini isloh etish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar; xalqaro savdo tashkilotida davlat xaridi bo’yicha shartnomadan ko’zlangan maqsad; O’zbekiston Respublikasida Davlat xaridini tashkil etish jarayoni; davlat xaridini rejalashtirish; davlat xaridini tashkil etish shakllari; shartnomani tuzish va ijro etish; davlat xaridini nazorat tizimi, baho, talab va taklif xususiyatlari, ularning shakllanishini o’rganish; narxlarini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlarini, uslublarini o’rganish; narxning shakllanishiga xarajatlarning va daromadlarning ta’sirini o’rganish; iqtisodiyot tarmoqlarida narx shakllanish xususiyatlari bilan tanishish; davlatning narx siyosati haqida nazariy-amaliy bilimlarni o’rgatishdan iborat. Har bir fanning metodi ob’ektiv borliqni, tabiat va jamiyatni rivojlanishni o’rganishda qanday yondashish lozimligini ko’rsatadi. Fanning o’z predmetini o’rganish usullari, vositalari uni metodi 3 ni ifodalaydi. Metod bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun - qoidalari va aniq hodisalaridir. Metod t umumilmiy tavsifga ega, lekin xar bir fan o’zining predmetidan kelib chiqib, o’zining ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi. Shuning uchun metod umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo’ladi. Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Dialektik uslubning mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy xayotning barcha xodisalari va jarayonlari o’zaro bog’liqlikda va to’xtovsiz rivojlanishda qo’rib chiqiladi. O’zgarish va rivojlanishlar qarama-qarshiliklar qonuniyatlari asosida bo’lib,ob’ektiv haqiqat, haqiqiy borliq ifodalanadi deb qaraladi. Ya’ni, har bir jarayon, iqtisodiy hodisa bor, mavjud va rivojlanishda deb qaraladi. Bu jarayonlar sondan sifat o’zgarishiga va yangi sifatning paydo bo’lishiga, inkorni inkor qilish, Davlat xaridi” fanining boshqa iqtisodiy fanlar singari o’ziga xos tadqiqot usullari xam mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar: A) ilmiy abstraktsiya usuli - voqea-hodisalarning tahlil paytida xalal berishi mumqin bo’lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib, o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga, tegishli belgilarga e’tiborini qaratishdir . B) taxlil va sintez usuli – taxlil bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismllarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish, sintez esa - hodisa va jarayonlarni qismlarga bo’lish asosida umumiy xulosa chiqarishdir. S) mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli -tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda ham tarixiy nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo’yadi.Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ro’y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog’lanishlar bo’yicha xam tahlil qilinadi. “Davlat xaridi” fanini o’rganishda shuningdek, induktsiya va deduktsiya, taqqoslash, iqtisodiy-matematik usullardan ham foydalaniladi. Hozirgi kunda davlat moliyasini isloh qilish sharotida iqtisodiy jarayonlar va munosabatlardagi o’zgarishlar har bir fan mazmunini sifat jihatdan yangilashni, tubdan qayta ko’rib chiqishni taqazo qilmoqda. “Davlat xaridi” fani mazkur ob’ektiv talabdan kelib chiqqan aniq iqtisodiy fan bo’lishi bilan bir qatorda, boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, tartiblarga rioya qiladi. Ya’ni, ko’pgina iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’likda bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab ijtimoiy yo’naltiriligan bozor iqtisodiyoti sari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Davlat tizimi va boshqaruv sohasidagi islohotlar natijasida xarajatlarni boshqarishning yangi huquqiy tizimi shakllantirilmoqda. Bu o’z navbatida, davlat mablag’larini sarflanishi samaradorligini ta’minlashga, uning zamonoviy boshqaruv mexanizmlarini amalda tatbiq etishga imkon beradi. Xalqaro miqiyosda yuzaga kelgan yangi iqtisodiy vaziyat, davlat mablag’lari hisobidan xarajatlarni amalga oshirishda hukumatlar oldiga qo’yilgan vazifalarning muhimligini oshirmoqda. Davlat xaridini boshqarishga tizimli yondoshuv to’g’riroq bo’ladi. Shunday ekan, davlat ehtiyojlari uchun xaridni rejalashtirish va amalga oshirish hamda nazorat etish bilan bog’liq barcha jarayonlar davlat xaridi tizimini yuzaga keltiradi. Davlat xaridi davlat infratuzilmasini moddiy-moliyaviy ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Davlat infratuzilmasini umumiy tarzda ikkita yirik tarkibiy qismiga ajratish mumkin: Davlat xaridi” fani “Moliya” fani bilan ham bog’liqdir. Masalan, “Moliya” fanining “Davlat byudjeti xarajatlari” degan mavzusida byudjet xarajatlarining tarkibi, xarajatlar smetalar asosida moliyalashtirish tartibi tushuntirilsa, “Davlat xaridi” fanida ana shu smetalarning uchinchi va to’rtinchi guruhlarida aks ettirilgan ehtiyojlarni xarid qilish va moliyalashtirish mexanizmi o’rganiladi. O’zbekistonda davlat byudjetining g’azna ijrosi amal qilishi, yagona g’azna hisobraqamini yuritilishi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida davlat xaridlari bo’yicha Hukumat Komissiyasining ishchi organi - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi ekanligi, davlat xaridlari tizimida tuzilgan shartnomalarni, yuridik majburiyatlarni va ushbu shartnomalarni moliyalashtirish yuzasidan moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish, ularni moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshirilishi bevosita “Davlat xaridi” fanini “G’aznachilik” fanini o’zaro bog’liqda o’rganishni talab qiladi. Davlat xaridlari tizimida yarmarka savdolari, birja savdolari, elektron auktsion savdolarining qo’llanishi, mazkur savdo turlari va ularning ishtirokchilari, savdolarga va undagi ishtirokchilarga qo’yilgan talablar yuzasidan etarli ma’lumotga ega bo’lish uchun “Davlat xaridi” fanini o’rganishda “Moliya bozori” fanini ham puxta bilish talab etiladi. “Davlat byudjeti” fanida davlat byudjetining funktsional xarajatlari, byudjet so’rovini tayyorlash va taqdim etish tartibi, hamda belgilangan norma va normativlar asosida xarajatlar smetalarini tuzish, ro’yxatdan o’tkazish, byudjetdan moliyalashtirish kabi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar faoliyatidagi asosiy jarayonlarni o’rgatilishi “Davlat xaridi” fanini “Davlat byudjeti” fanini bevosita bog’ligini ko’rsatadi. ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ!Download 60.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling