Davlat moliyasining investision jarayonlarga


Download 14.17 Kb.
Sana10.01.2022
Hajmi14.17 Kb.
#280359
Bog'liq
Glossariy
психология счастья, Документ Microsoft Word, 1406031671 57609, 1515123538 69807, 3-4, 3-4, 123, 11

DAVLAT MOLIYASINING INVESTISION JARAYONLARGA

TA’SIRI
Glossariy
Innovatsiya (inglizcha “innovationas” –“kiritilgan yangilik”, “ixtiro” so‘zidan) – fan-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribaga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanilishidir.
Innovatsion jarayon - innovatsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy,

texnologik, tashkiliy, moliyaviy va tijorat xatti-harakatlari yig‘indisidir. Innovatsion faoliyatning natijalari mehnat unumdorligining va milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki hamda tashqi bozorlardagi raqobatbardoshliklari ortishida, resurslarning tejalishida, umuman iqtisodiyotning barqaror o‘sishida o‘z ifodasini topadi.


Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot – bilimlardan o‘zining o‘sishi va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun foydalanayotgan iqtisodiyotdir. Bunday iqtisodiyotda bilimlar iqtisodiyot barcha tarmoqlarini, iqtisodiy jarayonlarning barcha qatnashchilarini boyitib boradi. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot nafaqat iqtisodiy (tannarxning arzonlashishi, strategik raqobat ustunligi), balki ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega, u turmush sifatini yaxshilash prinsiplariga asoslangan.
Investitsiya — (nemischa „Investition“, lotincha „Investio“) soʻzidan olingan boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar yigʻindisi deb talqin etilgan. Investitsiya — foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga maʼlum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir.
Ichki investitsiyalar — mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi. Tashqi investitsiyalar — foyda olish maqsadida chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga qo'yiladigan investitsiyalardir.
Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar.

 

Moliya investitsiyalar — qimmatli qogʻozlar (aksiyaobligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qiyilmatlar. 
Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar.
Global innovatsion indeks (The Global Innovation Index) – davlatlarning innovatsion rivojlanishi darajasini baholovchi global tadqiqotdir. Bu reytingni baholash uslubiyati ilk bor (hozirda Kornel universiteti va VIPO ham qoʼshilgani uchun) Frantsiyaning INSEAD xalqaro biznes-maktabi tomonidan ishlab chiqilgan. 
Download 14.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling