Davlat mukofotlari qaysilar va ularga qancha mablag‘


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#236254
  1   2
Bog'liq
Davlat mukofotlari qaysilar va ularga qancha mablag‘ to‘lanadi Qalampir



Davlat mukofotlari qaysilar va ularga qancha mablag‘

to‘lanadi?

09 dekabr 2019 14:59

16211


Jamiyat

Har  bir  inson  o‘z  mehnatini  samarasini  ko‘rishni  xohlaydi.  Yillar  davomida  ter

to‘kadi,  vaqtini  sarflaydi.  Zahmat  chekib  ishlayotgan  mehnatkashlar  nafaqat

moddiy,  balki  ma’nan  rag‘batlantirishga  ham  muhtojdir.  Davlat  tomonidan

ma’naviy rag‘batlantirishning oliy ko‘rinishi – davlat mukofotlaridir. Xo‘sh, ularning

qanday turlari bor va topshirish tartibi qanday?

Davlat mukofotlarining nechta turi mavjud?  

Avvalo,  so‘zni  oliy  qonunimiz  Konstitutsiyamizdan  boshlasak.  Unga  ko‘ra,

O‘zbekiston  Respublikasining  ordenlari,  medallari  va  yorlig‘i  bilan  mukofotlaydi,

O‘zbekiston  Respublikasining  malakaviy  va  faxriy  unvonlarini  berish  Prezident

vakolatlaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  borada  o‘z  darajasi  bo‘yicha  Konstitutsiyadan

keyingi  o‘rinda  turuvchi  xujjat  bu  –  “Davlat  mukofotlari  to‘g‘risida”gi  qonun

hisoblanadi. 

Davlat  mukofotlari  ham  ma’lum  turlarga  ega.  Bularning  ichida  mavqei  jihatidan

“O‘zbekiston  Qahramoni”  unvoni  yuqori  hisoblanadi.  Bu  mukofot  bilan

taqdirlangan  sirasiga  marhum  shoir  Abdulla  Oripov,  bu  yil  taqdirlangan  Oltiariq

tumani “Nurli obod”fermer xo‘jaligi boshlig‘i Lola Murotovalarni kiritish mumkin. 

So‘ngra,  O‘zbekiston  Respublikasi  faxriy  unvonlari,  orden,  medallari  va  faxriy

yorliqlari davlat mukofotlariga misoldir. 



“O‘zbekiston  Qahramoni”  unvoniga  medali  va  guvohnoma  topshiriladi.  Faxriy

unvonlarning  esa  qonunda  34  xili  nazarda  tutilgan.  Ulardan  O‘zbekiston

Respublikasi  xalq  artisti,  O‘zbekiston  Respublikasi  fan  arbobi,  O‘zbekiston

Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi kabilarni keltirish mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasining ordenlari quyidagilardan iborat: “Mustaqillik”, “Amir

Temur”,  “Jaloliddin  Manguberdi”,  “Buyuk  xizmatlari  uchun  ordeni”,  “El-yurt

hurmati”,  “Fidokorona  xizmatlari  uchun”,  “Mehnat  shuhrati”,  I  va  II  darajali

“Sog‘lom avlod uchun”, I va II darajali “Shon-sharaf”, “Do‘stlik”, “Mardlik”. 

O‘zbekiston Respublikasi medallari esa 4tagina bo‘lib, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari

uchun”, “Kelajak bunyodkori”, “Shuhrat” medallaridir. 

Mukofotni berish tartibi

Davlatning  ushbu  mukofotlarini  topshirish,  ularning  egalarini  aniqlashda  asosiy

organ  bu  –  Davlat  mukofotlari  va  geraldika  bo‘yicha  komissiya  hisoblanadi.  Bu

komissiyaning tarkibini Prezidentning o‘zi belgilaydi.

Kim qaysi mukofotga loyiq ko‘rilish masalasi taqdimnoma tarzida davlat rahbariga

kiritiladi.  Bu  taqdimnomani  berish  masalasi  komissiya  bilan  birgalikda  sohaning

yuqori  turuvchi  tashkiloti  bilan  kelishilgan  holda  amalga  oshiriladi.  Misol  uchun,

biror sudyaga davlat faxriy unvoni yoki orden berilishi Oliy sud bilan, biror bank

xodimiga  Markaziy  bank  bilan  kelishilgan  holda  taqdimnoma  bilan  Prezidentga

kiritiladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham davlat mukofoti

bilan  taqdirlanishi  mumkin.  Bunday  taqdimnomani  Tashqi  ishlar  vazirligi  bilan

kelishilgan holda kiritiladi.

Shuningdek,  O‘zbekiston  Prezidentining  o‘zi  ham  tashabbus  bilan  chiqishi

mumkin. Prezidentni o‘zini davlat mukofoti bilan taqdirlash tashabbusi Parlament

palatalari qarorlari bilan bo‘ladi. 

Ayni  bir  shaxs  ayni  bir  mukofot  bilan  taqdirlanishi  mumkin  emas.  Bir  marta

“O‘zbekiston qahramoni” bo‘lgan shaxs yana shu mukofotni olishi mumkin emas.

Bir mukofot olgan shaxs boshqa mukofot bilan oradan 3 yil o‘tib mukofotlanadi.

Lekin,  istisnolar  doim  bo‘lgan.  Qonunda  alohida  hollarda  bu  muddat  amal

qilmasligi keltirilgan. 

Davlat  mukofotini  olishga  deyarli  hamma  haqli.  Hatto,  vafot  etgan  marhumlar

ham  bu  huquqdan  mosuvo  etilmagan.  Davlat  mukofoti  Prezident  yoki  boshqa

vakolatli  tashkilot  rahbari  berishi  mumkin.  Masalan,  Oliy  majlis  Senati  raisi,

Qonunchilik palatasining Spikeri, Bosh vazir, Oliy sud raisi v.h. 

  

Mukofotlar qanday taqiladi?




Davlat  mukofotlarini  taqishning  ham  o‘z  qoidalari  bor.  Mukofotlar  umummilliy

bayramlar  va  tantanali  tadbirlar  vaqtida  va  boshqa  holatlarda  taqiladi.  Oliy

mukofot  “Oltin  Yulduz”  medali,  faxriy  unvonlariga  doir  ko‘krak  nishonlari,

ordenlari va medallari ko‘krakning chap tomoniga taqilishi lozim. 

Agar  sizda  bir  necha  mukofot  bo‘lsa,  ularning  joylashish  tartibi  ham  qonun

xujjatlarida keltirilgan. Quyida ular bilan tanishamiz. 

– Eng oliy mukofot – “Oltin Yulduz” medali eng yuqoriga taqiladi.  

– Faxriy unvonlar orden va medallardan oldin taqiladi 

–  Ordenlar  medallardan  oldin  taqiladi.  Ularning  tartibi  yuqoridagi  ko‘rinishda

bo‘ladi. Faqat istisno sifatida, “Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”,

“Buyuk  xizmatlari  uchun”  ordenlari  o‘ng  tomonga  taqiladi.  Agar  sizda  chet

davlatning mukofoti mavjud bo‘lsa, siz O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotini

oldin taqishingiz lozim. 

Kundalik  hayotda  orden  va  medallar  o‘rniga  lentalar  taqiladi.  Lentalar  uchun

plankalar bo‘rtib chiqqan va bo‘yi 12 mm, eni 24 mm bo‘lishi lozim. 

Ushbu  plankalar  bo‘yicha  istisno  mavjud.  Ularga  oid  qoidalar  “Oltin  Yulduz”

medali, “Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi” ordenlariga va faxriy

unvonlarga nisbatan tadbiq etilmaydi. 

Mukofotlarni saqlash, mamlakatdan olib chiqish va moddiy manfaat

Davlat  mukofotini  olgan  shaxslar  ularni  but  saqlashlari  lozim.  Agar  harbiy

vaziyatda, tabiiy ofatda va oldini olib bo‘lmas holatda yo‘qotilsa, dublikati beriladi.

Lekin  unda  ham  qimmatbaho  bo‘lgan  mukofotlardan  tashqari.  Bunday

turdagisining  dublikati  berilmaydi.  Ya’ni,  sizda  qimmatbaho  metaldan  qilingan

mukofot  bo‘lsa,  uni  ehtiyot  qiling.  Har  qanday  vaziyatda  ham  uning  dublikatini

olishning iloji yo‘q.

Agar  mamlakat  hududidan  olib  chiqishni  ixtiyor  qilgan  bo‘lsangiz,  unda  sizda

tegishli  mukofotni  tasdiqlovchi  xujjat  (guvohnoma)  bo‘lishi  lozim.  Bunday  xujjat

yo‘qmi, demak siz uni olib o‘tolmaysiz. 

Davlat  mukofotlari  faqatgina  ma’naviy  emas,  moddiy  jihatidan  ham  foydalidir.

Vazirlar  Mahkamasining  2008  yil  3  yanvardagi  2-son  qaroriga  muvofiq,  “Faxriy

unvonlar  egalariga  to‘lovlarni  tayinlash  va  amalga  oshirish  tartibi  to‘g‘risida”gi

Nizom tasdiqlangan. 

Nizomga  ko‘ra,  “Xalq”  va  “Xizmat  ko‘rsatgan  arbob”  faxriy  unvonlariga  eng  kam

oylik ish haqining 3 baravari, “Xizmat ko‘rsatgan artist” uchun 1,8 baravari, “Xizmat

ko‘rsatgan”  unvoni  bilan  boshqa  kasbdagilarga  1,6  baravar  miqdorida  to‘lovlar

beriladi. 




Bahodir Ahmedov

Maqolaga baho bering

Baholaganlar:

417


Reyting:

3

Doʻstlaringiz bilan ulashing:



Shuningdek,  “O‘zbekiston  Qahramoni”  unvoni  har  oylik  maoshi  yoki  ish  haqi

miqdorida berib boriladi. 

•    “Mustaqillik” ordeni – eng kam ish haqining 75 baravari miqdorida; 

•    “Amir Temur” ordeni – eng kam ish haqining 70 baravari miqdorida; 

•    “Jaloliddin Manguberdi” ordeni – eng kam ish haqining 60 baravari; 

•    “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni – eng kam ish haqining 60 baravari; 

•    “El-yurt hurmati” ordeni – eng kam ish haqining 50 baravari; 

•    “Fidokorona xizmatlari” ordeni – eng kam ish haqining 45 baravari; 

•    “Mehnat Shuhrati” ordeni – eng kam ish haqining 40 baravari;

•    1-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni – eng kam ish haqining 40 baravari; 

•    2-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni – eng kam ish haqining 25 baravari

miqdorida; 

•    1-darajali “Shon-sharaf” ordeni – eng kam ish haqining 40 baravari; 

•    2-darajali “Shon-sharaf” ordeni – eng kam ish haqining 20 baravari; 

•    “Do‘stlik” ordeni – eng kam ish haqining 30 baravari; 

•    “Mardlik” ordeni – eng kam ish haqining 15 baravari; 

•        “Sodiq  xizmatlari  uchun”  medali  –  eng  kam  ish  haqining  10  baravari

miqdorida; 

•    “Kelajak bunyodkori” medali – eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida; 

•    “Jasorat” medali – eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida; 

•        “Shuhrat”  medali  –  eng  kam  ish  haqining  5  baravari  miqdorida  bir  martalik

mablag‘ to‘lanadi.

★ ☆ ☆ ☆ ☆

Сервис для экономии рекламного бюджета в контекстной и таргетированной рекламе.

Экономь на рекламе сайта до 20%!

Яндекс.Директ

zaleycash.com

Перейти



TEGLAR

ENG KO'P O'QILGANLAR

O‘zbek musiqa san’ati og‘ir judolikka uchradi

17 yanvar 20:49

66209

Habib karerasini tiklash uchun UFC’ga shart qo‘ydi



17 yanvar 09:56

28875


Hafta oxirida O‘zbekistonda havo soviydi

18 yanvar 20:13

27878

mablag‘


mukofotlar


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling