Davlat ro’yxatiga olingan


Download 118.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.06.2018
Hajmi118.61 Kb.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 

tomonidan  

2017 yil « 5 » iyul  

799 -son bilan  



DAVLAT RO’YXATIGA OLINGAN

 

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 

faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha 

respublika kengashining  

2017 yil «28» iyundagi ta’sis Konferensiyasi 

1-sonli bayonining  



2-ilovasiga muvofiq 

«TASDIQLANGAN» 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini 

muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi 

 

USTAVI 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

Toshkent – 2017 

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish 

bo‘yicha Respublika kengashi 

USTAVI 



 

I. Umumiy qoidalar 

1. Mazkur  Ustav  Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatini 

muvofiqlashtirish  bo‘yicha  respublika  kengashi  (bundan  buyon  matnda  Respublika 

kengashi deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi. 

2. Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish 

bo‘yicha  respublika  kengashining  tashkiliy-huquqiy  shakli  fuqarolar  yig‘inlarining 

uyushmasi shaklida bo‘lib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan belgilangan 

tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tadi va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. 

3. Respublika  kengashi  o‘z  faoliyatini  O’zbekiston  Respublikasi  qonunlari, 

nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy 

hujjatlar va mazkur Ustavga muvofiq amalga oshiradi.  

4. Respublika  kengashining  tashkiliy  va  ijro  apparati  tuzilmalari  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  3  fevraldagi  «Mahalla  institutini  yanada 

takomillashtirish 

chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi  

PF-4944-sonli Farmonining 1-2-ilovalariga muvofiq tasdiqlangan. 

5. Respublika  kengashi  o‘z  faoliyatida  qonuniylik,  oshkoralik,  mustaqillik, 

ijtimoiy  adolat,  insonparvarlik,  o‘zaro  hurmat,  teng  huquqlilik  va  kollegiallik 

tamoyillariga amal qiladi. 

6.  Respublika  kengashi  o‘z  maqomiga  ko‘ra,  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlarining  jamiyatdagi  o‘rni  va  rolini  kuchaytirish,  ularni  joylarda  xalqning 

chinakam  maslakdoshi  va  ko‘makdoshiga  aylantirish,  faoliyatini  muvofiqlashtirish, 

qo‘llab-quvvatlash, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda uslubiy 

rahbarlikni  amalga  oshirish  va  ularning  faoliyatida  yagona  huquqni  qo‘llash 

amaliyotini  ta’minlashga  qaratilgan  chora-tadbirlarni  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

tartibda amalga oshiradi. 

7. Respublika kengashi faoliyatining muddati cheklanmagan. 

8.  Respublika  kengashi  o‘z  faoliyatini  O’zbekiston  Respublikasining  barcha 

hududlarida amalga oshiradi. 

9. Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish 

bo‘yicha respublika kengashining: 

To‘liq rasmiy nomi: 

o‘zbek  tilida  –  Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatini 



muvofiqlashtirish bo‘yicha respublikasi kengashi  

rus  tilida  –  Республиканский  совет  по  координации  деятельности 



органов самоуправления граждан 

Qisqartirilgan rasmiy nomi: 

o‘zbek tilida – Respublika mahallalar kengashi 

rus tilida – Республиканский совет махаллей 

Doimiy asosda ishlaydigan rahbar organi joylashgan joyi (manzili): Toshkent 

shahri, Yashnobod tumani, Xorazm ko‘chasi, 51-uy. 

 

II. Respublika kengashining maqsadi va vazifalari 




10.  Respublika  kengashining  asosiy  maqsadi  –  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi 

boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng 

yaqin  va  xalqchil  tuzilmaga  aylantirish,  fuqarolar  yig‘inlarining  mushtarak 

manfaatlarini  ifoda  etadigan  uyushmaga  birlashish  huquqlarini  ro‘yobga  chiqarish, 

ularning  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash  hamda  davlat  organlari  va 

fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish. 



11. Quyidagilar respublika kengashining vazifalari hisoblanadi: 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar,  tumanlar  va 

shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish 

bo‘yicha hududiy  kengashlar  (keyingi  o‘rinlarda  hududiy  kengashlar deb  ataladi)  va 

fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  faoliyatiga  rahbarlik  qilish  hamda 

muvofiqlashtirish; 

fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  jamiyatdagi  o‘rni  va  rolini 

kuchaytirish,  ularni  joylarda  xalqning  chinakam  maslakdoshi  va  ko‘makdoshiga 

aylantirish; 

jamiyatimizda  o‘zaro  hurmat,  mehr-oqibat  va  hamjihatlik  muhitini 

shakllantirishda,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  asrab-avaylash  hamda 

rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish; 

yoshlarni  ma’naviy  boy  va  jismonan  sog‘lom  etib  tarbiyalash,  ularning 

bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining 

ehtiyojmand  qatlamlarini,  keksa  avlod  vakillarini  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash 

borasida  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  davlat  va  nodavlat 

tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash; 

jamoat  tartibi  va  xavfsizligini  ta’minlashda,  huquqbuzarliklarning  barvaqt 

oldini  olishda,  fuqarolarda  qonunga  hurmat  hissini  kuchaytirishda  mahallalarning 

bevosita ishtirokini kengaytirish; 

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquq va qonuniy manfaatlarini 

himoya  qilishning  hamda  ular  faoliyatini  muvofiqlashtirishning  samarali 

mexanizmlarini  joriy  etish,  mahalla  tizimida  yagona  huquqni  qo‘llash  amaliyotini 

ta’minlash; 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatidagi  muammolarni 

kompleks  o‘rganish  va  tizimli  hal  qilish  choralarini  ko‘rish,  ularning  faoliyatini 

takomillashtirish  yuzasidan  asoslantirilgan  takliflar  hamda  ta’sirchan  mexanizmlarni 

ishlab chiqish; 

fuqarolar 

o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  ilg‘or  tajribalarini 

ommalashtirish,  ular  tomonidan  ishlab  chiqilgan  istiqbolli  loyihalarni  amalga 

oshirishda ko‘maklashish; 

mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy 

islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini 

keng  jamoatchilik  e’tiboriga  yetkazish,  fuqarolar  ijtimoiy  faolligini  oshirishda 

mahalla  institutining  ahamiyati  va  rolini  kuchaytirishga  qaratilgan  chora-tadbirlarni 

belgilash; 

oilalardagi  ijtimoiy-ma’naviy  muhitni  o‘rganib  borish,  tahlil  qilish  va 



aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 

organlarining  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  bilan  hamkorlikdagi  faoliyatini 

muvofiqlashtirish; 

hududiy  kengashlarda,  shuningdek,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlarida  munosib  kadrlarning  faoliyat  ko‘rsatishlarini  ta’minlash,  malakasini 

oshirish  va  zamonaviy  boshqaruv  ko‘nikmalarini  shakllantirishga  qaratilgan  chora-

tadbirlarni amalga oshirish; 

fuqarolarning  jamiyatda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarga  daxldorlik  hissini 

oshirishda  hududiy  kengashlar  va  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari 

tomonidan  jamoatchilik  nazoratini  olib  borish  bo‘yicha  vazifalar  ko‘lamini  yanada 

kengaytirish choralarini ko‘rish; 

hududiy kengashlar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-

texnika 


bazasini 

mustahkamlash 

bo‘yicha 

takliflar 

tayyorlash  

va bu borada aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash; 

hududiy  kengashlar  va  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining 

faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 

chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

Mazkur  Ustav  doirasida  davlat  va  nodavlat  notijorat  tashkilotlar,  yuridik  va 

jismoniy shaxslar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ular bilan hamkorlikda qo‘shma 

dastur hamda loyihalarni ishlab chiqish va ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirish. 



 

III. Respublika kengashining huquq va majburiyatlari 

12. Respublika kengashining huquqlari: 

fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish; 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirishga 

doir qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish; 

zaruratga  ko‘ra,  hududiy  kengashlarning  navbatdan  tashqari  majlislari  va 

yig‘ilishini chaqirish; 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari lavozimlariga kadrlar 

zaxirasini belgilangan tartibda shakllantirish; 

fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  xodimlari  va  faollari  bilan 

suhbatlar o‘tkazish, faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar raislari va 

a’zolarining malakasini oshirishga doir qarorlar qabul qilish; 

davlat  organlari,  nodavlat  notijorat  va  boshqa  tashkilotlardan,  mansabdor 

shaxslardan Respublika kengashi vakolatiga taalluqli zarur ma’lumot va materiallarni 

belgilangan tartibda so‘rash va olish; 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatiga  taalluqli  masalalar 

bo‘yicha davlat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning, shuningdek, 

hududiy kengashlar hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlarining axborotlarini eshitish; 

respublika  kengashi  yig‘ilishlariga  hududiy  kengashlar  va  fuqarolar  yig‘inlari 

xodimlarini jalb etish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini 

muvofiqlashtirish  ishlarining  holatini  muhokama  etish  va  tegishli  qarorlar  qabul 


qilish; 


hududiy  kengashlar  faoliyati  bo‘yicha  vakolatli  davlat  organlari  tomonidan 

kiritilgan  taqdimnomalarni  ko‘rib  chiqish,  muhokama  qilish  va  ular  yuzasidan 

tegishli qarorlar qabul qilish; 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyati  yuzasidan  vakolatli 

davlat  organlari  tomonidan  kiritilgan  taqdimnomalarni  ko‘rib  chiqish,  muhokama 

qilish  va  ular  yuzasidan  tegishli  hududiy  kengashlarga  ko‘rsatmalar  berish  hamda 

fuqarolar  yig‘inlarida  (fuqarolar  vakillarining  yig‘ilishlarida)  hamda  yig‘in 

Kengashlarida tegishli qarorlar qabul qilinishini tashkil etish; 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  xodimlarining  malakasini 

oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida qatnashmagan, sinov imtihonini 

topshirmagan  (suhbatdan  o‘tmagan)  tinglovchilar  to‘g‘risida  ma’lumotlarni  O’quv 

kurslaridan olish hamda  muhokama qilish va ular yuzasidan tegishli chora-tadirlarni 

ko‘rish bo‘yicha hududiy kengashlarga ko‘rsatmalar berish; 

hududiy  kengashlar  va  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari 

faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda amalga 

oshirish; 

davlat  hokimiyati  organlariga  hududiy  kengashlar  va  fuqarolar  o‘zini  o‘zi 

boshqarish  organlarining  faoliyatini  yanada  yaxshilash,  ularga  zarur  shart-sharoitlar 

yaratish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir tashabbuslar bilan chiqish 

hamda takliflar kiritish; 

davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida 

nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish; 

sudda,  davlat  organlari  va  nodavlat  notijorat  tashkilotlarida  o‘z  manfaatlarini 

ifoda etish hamda himoya qilish, belgilangan tartibda sudda da’vogar hamda javobgar 

sifatida qatnashish; 

o‘z  mulkiga,  mustaqil  balansiga,  banklarda  milliy  va  xorijiy  valyuta  hisob 

raqamlariga  ega  bo‘lish,  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  hamda  mazkur 

Ustavga muvofiq pul mablag‘lari va mol-mulkdan foydalanish; 

hududiy  kengashlar  va  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining 

faoliyatiga  oid  ma’lumotlar  va  axborotlarni  olish,  shu  jumladan,  ularni 

umumlashtirish, tahlil qilish hamda amaliyotda foydalanish; 

hududiy  kengashlar  va  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari 

faoliyatiga  doir  uslubiy  tavsiya  va  qo‘llanmalarni  tayyorlash  hamda  Respublika 

kengashi boshqaruvi qaror bilan tasdiqlash. 

mazkur  Ustavda  belgilangan  vazifalarni  amalga  oshirish  maqsadida  o‘quv-

uslubiy va ilmiy-tadqiqot hamda axborot resurs markazlarini tashkil etish; 

ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta, jurnallar) ta’sis etish; 

nashriyot va bosmaxonalar tashkil etish; 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy bitimlarni tuzish; 

o‘z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va nomulkiy huquqlarga ega bo‘lish;  

belgilangan  tartibda  mol-mulkni  sotish  hamda  sotib  olish,  ijaraga  berish  va 

olish; 


yuridik  va  jismoniy  shaxslardan  xayriyalar,  homiylik  yordamlari,  grantlar  va 

boshqa mablag‘lar olish; 

ko‘rik-tanlovlar  va  turli  sport  musobaqalarini  tashkil  etish,  g‘oliblarni 

mukofotlash; 

o‘z  faoliyatiga  taalluqli  masalalar  yuzasidan  yig‘ilishlar,  konferensiyalar, 

hududiy  kengashlar  hamda  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  xodimlari 

va faollari uchun o‘quv-seminarlari va davra suhbatlari tashkil etish; 

o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;  

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirish. 



13. Respublika kengashi majburiyatlari: 

O’zbekiston  Respublikasi  qonunlariga,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari 

faoliyatini  tartibga  soluvchi  boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlariga,  mazkur  Ustavga 

rioya etish; 

hududiy kengashlar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining samarali 

faoliyat yuritishlarini ta’minlash; 

o‘z  mol-mulki  va  pul  mablag‘laridan  foydalanish,  shu  jumladan, 

moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlash; 

ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organ  bilan  tadbirlar  o‘tkazishni  kelishib  olish  

va uning vakiliga o‘tkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish; 

ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organga,  davlat  soliq  xizmati  organlariga  va  davlat 

statistikasi organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim 

etish; 

respublika  kengashining  zimmasida  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa 



majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 

 

IV. Respublika kengashining rahbar organlari va tuzilmasi 

14. Quyidagilar respublika kengashining rahbar organlari hisoblanadi: 

Respublika kengashi konferensiyasi; 

Respublika kengashi;  

Respublika kengashi boshqaruvi. 



15.  Respublika  kengashi  konferensiyasi  respublika  kengashining  oliy  rahbar 

organi hisoblanib, 5 yilda kamida bir marotaba respublika kengashining qarori bilan 

o‘tkaziladi. 

Respublika  kengashi  konferensiyasi  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlari vakillari va delegatlardan shakllantiriladi. 

Respublika kengashi konferensiyasini chaqirish, delegatlar me’yori, kun tartibi, 

o‘tkazish  vaqti  va  joyi  respublika  kengashining  qarori  bilan  belgilanadi  hamda 

kamida ikki oy oldin e’lon qilinadi. 

Respublika  kengashining  navbatdan  tashqari  konferensiyasi  zarur  hollarda, 

respublika  kengashi  va  taftish  komissiyasi  a’zolari  yoki  ta’sischilarning  yarmidan 

ko‘pining tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. 

Respublika  kengashining  navbatdan  tashqari  konferensiyasini  chaqirish, 

delegatlar me’yori, kun tartibi, o‘tkazish vaqti va joyi to‘g‘risida kamida bir oy oldin 


e’lon qilinadi. 

Respublika kengashi konferensiyasi quyidagi vakolatlarga ega: 

Respublika  kengashini  tashkil  etish,  qayta  tashkil  etish  va  tugatish  to‘g‘risida 

qaror qabul qiladi; 

Respublika  kengashi  taftish  komissiyasi  raisi  va  a’zolarini  5  (besh)  yil 

muddatga saylaydi; 

Respublika  kengashi  a’zolarini,  shu  jumladan,  kengash  raisi,  birinchi 

o‘rinbosari  va  o‘rinbosarlarini  hamda  Kengash  kotibini  5  (besh)  yil  muddatga 

lavozimga saylaydi; 

Respublika  kengashi  va  taftish  komissiyasining  hisobotlarini  eshitadi,  tahlil 

qiladi va faoliyatiga baho beradi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi; 

qonun bilan taqiqlanmagan boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. 

 

Konferensiyalar 



oralig‘ida 

Respublika 

kengashi 

tarkibiga 

o‘zgartish  

va  qo‘shimchalar  kiritish,  kengash  raisi,  uning  birinchi  o‘rinbosari  va 

o‘rinbosarlarini,  Kengash  kotibini  lavozimga  tasdiqlash  Respublika  kengashi 

tomonidan amalga oshiriladi. 



16. Respublika kengashi davlat hokimiyati vakillik organlari a’zolari, Moliya, 

Ichki  ishlar,  Mehnat,  Xalq  ta’limi,  Sog‘liqni  saqlash  vazirliklari,  O’zbekiston 

“Kamolot” YoIH, «Nuroniy» jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, boshqa davlat va 

nodavlat  tashkilotlarning  rahbar  xodimlari,  hududiy  kengashlar  raislari  va  fuqarolar 

yig‘inlari raislaridan iborat tarkibda (kamida 50 kishidan iborat tarkibda) tuziladi. 

Respublika  kengashi  majlisi  har  chorakda  kamida  bir  marotaba  o‘tkaziladi. 

Lekin  zaruriyatga  ko‘ra,  Respublika  kengashi  raisi,  kengash  boshqaruvi  va  taftish 

komissiyasi  a’zolari  yarmidan  ko‘pining  talabiga  ko‘ra  navbatdan  tashqari 

o‘tkazilishi mumkin. 

Respublika kengashi majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va respublika 

kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 

Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi: 

Respublika  kengashi  konferensiyalar  oralig‘ida  respublika  kengashining  joriy 

faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshirish; 

Respublika 

kengashi 

konferensiyasi 

qarorlari 

ijrosini 

ta’minlash  

va nazorat qilish; 

Respublika  kengashi  Ustavini  tasdiqlash,  unga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar 

kiritish; 

Respublika  kengashi  raisining  birinchi  o‘rinbosari,  tashkiliy  ishlar  

va  uslubiy  masalalar,  yoshlar  ishlari,  diniy-ma’rifiy  masalalar,  keksalar  

va  faxriylar  ishlari  bo‘yicha  o‘rinbosarlari,  Kengash  kotibi  hamda  hududiy 

kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari va fuqarolar yig‘inlari raislari orasidan 

kamida 15 (o‘n besh) kishidan iborat tarkibda kengash boshqaruvi raisi va a’zolarini 

5 (besh) yil muddatga tasdiqlash; 

Respublika kengashi boshqaruvi raisi va a’zolarining faoliyatini nazorat qilish, 

hisobotini eshitish va muhokama qilish hamda tegishli qarorlar qabul qilish; 



Respublika kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; 

Respublika kengashi ish rejasini tasdiqlash; 

Respublika kengashi boshqaruvi faoliyatini nazorat qilish; 

Respublika kengashiga  a’zo  bo‘lgan davlat  va  jamoat  tashkilotlarning tegishli 

hududdagi  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  bilan  samarali 

hamkorligining amalga oshirilishini ta’minlash; 

Respublika  kengashi  a’zolarining  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlari  faoliyat  sohasiga  kiruvchi  masalalar  yuzasidan  hisobotlarini  eshitish  va 

tegishli qarorlar qabul qilish; 

Respublika kengashi vakolatlariga mazkur Ustavga muvofiq boshqa masalalar 

ham kiritilishi mumkin. 



17.  Respublika  kengashi  boshqaruvi  respublika  kengashi  konferensiyasi  va 

respublika kengashi majlislari oralig‘ida uning joriy faoliyatini amalga oshiradi. 

Respublika  kengashi  boshqaruviga  Respublika  kengashi  raisining  birinchi 

o‘rinbosari rahbarlik qiladi.  



Respublika kengashi boshqaruvi vakolatlariga quyidagilar kiradi: 

Respublika  kengashi  konferensiyasi  va  majlislari  oralig‘ida  uning  joriy 

faoliyatini amalga oshirish; 

Respublika kengashi Ramzini va Ramz to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash, unga 

o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 

Respublika  kengashi  konferensiyasi  va  Respublika  kengashi  majlisi  qarorlari 

ijrosini ta’minlash; 

Respublika  kengashi  majlisini  chaqirish,  majlisda  muhokama  etiladigan 

masalalar  bo‘yicha  hujjatlar  tayyorlash  va  qabul  qilingan  qarorlarning  bajarilishini 

ta’minlash; 

o‘z faoliyati haqida respublika kengashi majlisida hisobot taqdim etish; 

hududiy  kengashlar  to‘g‘risidagi  Namunaviy  nizomlarni  ishlab  chiqish  va 

tasdiqlash hamda ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 

Respublika  va  hududiy  kengashlar  ijro  apparatlari  faoliyatiga  taalluqli 

masalalar  yuzasidan  Nizomlar,  yo‘riqnomalar  va  boshqa  ichki  me’yoriy  hujjatlarni 

ishlab chiqish va tasdiqlash hamda ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 

Respublika  kengashi  raisi  bilan  kelishgan  holda  Respublika  kengashining 

hamda hududiy kengashlarning yillik budjeti va moliyaviy hisobotini, daromadlar va 

xarajatlar smetasini tasdiqlash; 

Respublika  kengashi  raisi  bilan  kelishgan  holda  Respublika  kengashining 

hamda hududiy kengashlarning ijro apparatlari shtatlar jadvali va ish haqi miqdorini 

tasdiqlash; 

Respublika  kengashining  pul  mablag‘lari  va  boshqa  mol-mulklaridan  mazkur 

Ustavda  belgilangan  vazifalar,  tasdiqlangan  reja  va  loyihalarga  muvofiq  maqsadli 

foydalanishning amalga oshirilishini ta’minlash; 

Respublika  kengashi  mol-mulklarini  tasarruf  qilish  bo‘yicha  qarorlar  qabul 

qilish; 


Respublika  kengashi  faoliyati  uchun  zarur  bo‘lgan  barcha  hujjatlarni  (tahliliy 

ma’lumotlar,  jadvallar  va  h.k.)  shakllantirish  va  qarorlar  loyihalari  bo‘yicha 

kelishuvni amalga oshirish; 

 

Respublika  va  hududiy  kengashlar  faoliyatiga  taalluqli  masalalarni  ko‘rib 



chiqish va hal etish; 

Respublika  kengashi  faoliyatining  barcha  masalalari  yuzasidan  qarorlar  qabul 

qilish; 

Respublika  kengashi  boshqaruvi  yig‘ilishi  vakolatlariga  mazkur  Ustavga 

muvofiq boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin. 

Respublika  kengashi  boshqaruvi  yig‘ilishi  qaror  bilan  rasmiylashtiriladi, 

qarorlar  respublika  kengashi  boshqaruvi  a’zolari  bilan  kelishilgan  holda  kengash 

raisining birinchi o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. 



18. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Respublika kengashiga jamoatchilik 

asosida raislik qiladi. 



Respublika kengashi raisi: 

Respublika  kengashiga  yuklangan  vazifalarning  bajarilishini  tashkillashtiradi, 

uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi; 

Respublika kengashi majlislari kun tartibini belgilaydi va chaqiradi; 

Respublika  kengashi  majlislarini  boshqaradi,  uzrli  sabablarga  ko‘ra  ushbu 

vakolatni respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari zimmasiga yuklaydi; 

Respublika  kengashi  tomonidan  qabul  qilingan  qarorlarning  bajarilishi 

yuzasidan nazoratni tashkil etadi; 

Respublika kengashi ijro apparati faoliyatini nazorat qiladi; 

Respublika  kengashi  faoliyati  bilan  bog‘liq  xatlar  va  boshqa  hujjatlarni 

imzolash  hamda  bank  va  moliyaviy  hujjatlariga  birinchi  imzo  chekish  vakolatlarini 

respublika  kengashi  raisining  birinchi  o‘rinbosariga  (uzrli  hollarda  rais 

o‘rinbosarlariga) beradi; 

Respublika  kengashi  raisining  birinchi  o‘rinbosari  lavozimiga  nomzodlarni 

ko‘rib  chiqadi  va  tasdiqlaydi  hamda  u  bilan  mehnat  shartnomasini  tuzadi  va  bekor 

qiladi; 


mazkur  Ustav  va  Respublika  kengashi  yig‘ilishi  bayonnomalariga  muvofiq 

boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 



19. Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari: 

bir  vaqtning  o‘zida  O’zbekiston  «Mahalla»  xayriya  jamoat  fondi  respublika 

boshqaruviga raislik qiladi; 

Respublika  kengashi  konferensiyalari  va  kengash  majlislari  oralig‘ida 

Respublika  kengashi  boshqaruviga  raislik  qiladi  hamda  respublika  kengashi  ijro 

apparati faoliyatini boshqaradi; 

Respublika  kengashi  konferensiyasi  va  kengash  qarorlarini  o‘z  vaqtida  va 

sifatli ijro etilishini ta’minlaydi; 

 


10 

Respublika  kengashi  boshqaruvi  hamda  taftish  komissiyasi  qarorlarini  o‘z 

vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi; 

Respublika  kengashi  va  boshqaruvi  tomonidan  qabul  qilingan  qarorlarning 

bajarilishini amalga oshiradi; 

Respublika kengashi ish rejasining amalga oshirilishini ta’minlaydi; 

Respublika  kengashi  va  boshqaruvi  a’zolarining  hamda  Respublika  kengashi 

ijro apparati xodimlarining zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishga doir ishlarni 

muvofiqlashtiradi; 

faoliyat  yo‘nalishlariga  doir  materiallarni  to‘playdi,  tahlil  qiladi,    qarorlar  va 

chora-tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlaydi; 

Respublika  kengashining  yillik  xarajatlar  smetasi,  yillik  balansi  va  moliyaviy 

hisoboti  o‘z  vaqtida  belgilangan  tartibda  tayyorlanishini  ta’minlaydi  hamda 

Respublika kengashi nomidan barcha hujjatlarni imzolaydi; 

Respublika  kengashining  yillik  daromadlar  va  xarajatlar  smetasi,  shtatlar 

jadvali loyihalarini tasdiqlash uchun Respublika kengashi boshqaruviga kiritadi; 

Respublika  kengashi  boshqaruvi  tomonidan  tasdiqlangan  daromadlar  va 

xarajatlar  smetasiga  asosan  Respublika  kengashining  pul  mablag‘lari  va  mol-

mulkidan foydalanadi hamda uni tasarruf etadi; 

Respublika kengashining bank va moliyaviy hujjatlariga birinchi imzo chekadi;  

Respublika  kengashi  majlislari  kun  tartibini  belgilash  va  chaqirish  bo‘yicha 

respublika kengashi raisiga takliflar kiritadi; 

Respublika kengashi majlislari o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlaydi; 

Respublika  kengashi  majlislarini  uzrli  sabablarga  ko‘ra,  respublika  kengashi 

raisi bo‘lmagan taqdirda o‘zi boshqaradi; 

Respublika  kengashi  majlisida  ko‘rib  chiqiladigan  masalalarning  mohiyatiga 

ko‘ra,  tegishli  hududdagi  davlat  organlari,  nodavlat  notijorat  va  boshqa  tashkilotlar 

rahbarlari, 

mutaxassislar, 

hududiy 


kengashlar 

rahbar 


xodimlarini 

hamda 


fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarini taklif etadi; 

Respublika  kengashi  qarorlarining  kengash  a’zolariga  va  manfaatdor 

shaxslarga  hamda  hududiy  kengashlarga,  shuningdek,  tegishincha  fuqarolarning 

o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yetkazilishini ta’minlaydi; 

Respublika  kengashi  qarorlarining  tegishli  davlat  organlari,  nodavlat  notijorat 

va  boshqa  tashkilotlar,  hududiy  kengashlar,  shuningdek,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi 

boshqarish organlari tomonidan bajarilishini tashkil etadi; 

amaldagi qonunchilikka muvofiq Respublika kengashining ichki mehnat tartib-

qoidalari, jamoa shartnomasi va vazifalar taqsimotini tasdiqlaydi; 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari,  hududiy  kengashlar  va 

Respublika  kengashi  ijro  apparati  xodimlari  orasidan  davlat  mukofotlariga  hamda 

boshqa  rag‘batlantirishga  Respublika  kengashi  raisi  bilan  kelishgan  holda  tavsiya 

etadi; 

Respublika kengashi ijro apparati faoliyatiga doir buyruqlar chiqaradi; 



Respublika  kengashi  ijro  apparati  xodimlarini  lavozimga  tayinlash  va 

lavozimdan ozod etish bo‘yicha buyruqlar chiqaradi; 



11 

Respublika  kengashi  ijro  apparati  xodimlari  hamda  tasarrufidagi  tashkilotlar 

rahbarlari bilan mehnat shartnomasini tuzadi va bekor qiladi; 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  fuqarolarning 

o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha  hududiy 

kengashlar  raislarining  birinchi  o‘rinbosari,  ularning  yoshlar  ishlari,  diniy-ma’rifiy 

masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Kengash kotibi 

(tashkiliy-uslubiy  sho‘‘ba  mudiri)  lavozimlariga  nomzodlarni  ko‘rib  chiqadi  va 

tasdiqlaydi hamda ular bilan mehnat shartnomasini tuzadi va bekor qiladi; 

tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini 

muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlar raislarining birinchi o‘rinbosarlari lavozimiga 

nomzodlarni  ko‘rib  chiqadi  va  tasdiqlaydi  hamda  ular  bilan  mehnat  shartnomasini 

tuzadi va bekor qiladi; 

Respublika  kengashi  tasarrufidagi  tashkilotlar  rahbarlariga,  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha  hududiy  kengashlar  raislarining 

birinchi  o‘rinbosari,  ularning  yoshlar  ishlari,  diniy-ma’rifiy  masalalar,  keksalar  va 

faxriylar  ishlari  bo‘yicha  o‘rinbosarlari,  Kengash  kotibi  (tashkiliy-uslubiy  sho‘‘ba 

mudiri)  hamda  tumanlar  va  shaharlar  kengashlari  raislarining  birinchi  o‘rinbosarlari 

lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish bo‘yicha farmoyishlar chiqaradi; 

mehnat  intizomini  buzgan  respublika  kengashi  ijro  apparati  xodimlariga, 

tasarrufidagi  tashkilotlar  rahbarlariga,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va 

Toshkent  shahar  kengashlari  raisining  birinchi  o‘rinbosariga,  o‘rinbosarlariga  va 

Kengash  kotibiga  (tashkiliy-uslubiy  sho‘‘ba  mudiri)  hamda  tumanlar  va  shaharlar 

kengashlari raisining birinchi o‘rinbosarlariga intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi; 

Respublika  kengashi  nomidan  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  bilan  qonun  va 

normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda shartnoma va bitimlar tuzadi; 

davlat  organlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlar,  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

oldida ishonchnomasiz Respublika kengashi nomidan ish yuritadi; 

Respublika  kengashi  faoliyat  natijalari  hisobotining  yuritilishini  hamda 

ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organga,  davlat  soliq  xizmati  organiga  va  davlat  statistikasi 

organiga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etilishini nazorat qiladi; 

o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni belgilangan tartibda va sifatli ijro etadi; 

mazkur Ustavga muvofiq vakolatiga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin. 



 

V. Respublika kengashi taftish komissiyasi 

20. Respublika  kengashining  Taftish  komissiyasi  mustaqil  bo‘lib,  Respublika 

kengashi konferensiyasida 5 (besh) yil muddatga tuziladi. 

21. Taftish  komissiyasi  o‘z  faoliyati  to‘g‘risida  Respublika  kengashi 

konferensiyasida, zarur hollarda Respublika kengashi majlisida hisobot beradi. 

22. Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida Respublika kengashi rahbar 

organlari tarkibiga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emas. 

23. Taftish  komissiyasi  o‘z  faoliyatini  mazkur  Ustav  va  Respublika  kengashi 

tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq olib boradi. 


12 

24. Respublika  kengashi  konferensiyalari  oralig‘ida  Respublika  kengashi  va 

taftish  komissiyasining  qo‘shma  majlisida  taftish  komissiyasidan  chiqib  ketgan 

a’zolar o‘rniga yangi a’zolar tayinlanishi mumkin. 



 

VI. Respublika kengashining rahbar organlari tomonidan  

qarorlar qabul qilish tartibi 

25.  Respublika  kengashi  majlislari  va  Respublika  kengashi  boshqaruvi 

yig‘ilishlari  qarorlari,  ularda  qatnashayotganlarning  yarmidan  ko‘pi  ovoz 

bergandagina qabul qilingan hisoblanadi.  

Ovozlar  soni  teng  bo‘lgan  taqdirda  raislik  qiluvchining  ovozi  hal  qiluvchi 

hisoblanadi.  

Respublika  kengashining  har  bir  a’zosi  qabul  qilinayotgan  qarorlar  yuzasidan 

o‘z fikr-mulohazasini yozma yoki og‘zaki ravishda bayon qilish huquqiga ega. 

26. Respublika  kengashi  majlislari  va  va  Respublika  kengashi  boshqaruvi 

yig‘ilishlari  ular  a’zolarining  kamida  uchdan  ikki  qismi  ishtirok  etganda  vakolatli 

hisoblanadi. 

Respublika  kengashi  majlisini  o‘tkazish  uchun  kvorum  bo‘lmaganda,  o‘n  kun 

muddat  ichida  yangi  majlis  o‘tkaziladigan  sana  e’lon  qilinadi.  Ushbu  hollarda 

Respublika kengashi majlisi kun tartibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

27. Respublika  kengashi  majlisi  ochiq  ovoz  berish  yo‘li  bilan  o‘tkaziladi 

hamda  tegishli  bayonnoma  bilan  rasmiylashtirilib,  majlisga  raislik  qiluvchi  va  kotib 

tomonidan imzolanadi. 

28. Respublika kengashi boshqaruvi yig‘ilishi qaror bilan rasmiylashtiriladi va 

a’zolari  bilan  kelishilgan  holda  kengash  raisining  birinchi  o‘rinbosari  tomonidan 

imzolanadi. 

 

VII. Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari 

29. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va 

shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish 

bo‘yicha  hududiy  kengashlar  Respublika  kengashining  tarkibiy  tuzilmalari 

hisoblanadi, ularning faoliyati  qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qilinadi 

va tugatiladi. 

30. Respublika kengashining yuridik shaxs hisoblanadigan tarkibiy tuzilmalari 

tegishli  adliya  organlaridan  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkaziladi.  Respublika  kengashining 

yuridik  shaxs  hisoblanmaydigan  tarkibiy  tuzilmalari  tegishli  adliya  organlari 

tomonidan hisobga qo‘yiladi.  

31. Respublika  kengashi  tarkibiy  tuzilmalarining  huquq  va  majburiyatlari,  pul 

mablag‘lari  va  boshqa  mol-mulklarini  shakllantirish  manbalari  hamda  mol-mulkni 

boshqarish borasidagi huquqlari ular to‘g‘risidagi nizomlarda belgilanadi. 

 

VIII. Respublika kengashining pul mablag‘lari va boshqa  

mol-mulkini shakllantirish manbalari 

32. Binolar,  inshootlar,  turarjoylar,  uskunalar,  inventar,  pul  mablag‘lari,  shu 

jumladan,  chet  el  valyutasidagi  pul  mablag‘lari  va  boshqa  mol-mulklar  Respublika 


13 

kengashining mulki bo‘lishi mumkin. 

Respublika va hududiy kengashlarning mol-mulklari Respublika kengashining 

mulki hisoblanadi. 

Hududiy kengashlarning mol-mulklari alohida balansda hisobga olinadi hamda 

Respublika kengashining balansida aks ettiriladi.  

Respublika  kengashining  balansida  bo‘lgan  mol-mulklar  (binolar,  inshootlar, 

avtomobillar,  turarjoylar,  uskunalar,  inventarlar  va  boshqalar)  respublika  kengashi 

boshqaruvining tegishli qarori bilan tasarruf qilinadi. 

Respublika  kengashining  pul  mablag‘lari  va  boshqa  yuqoridagi  bandda 

ko‘rsatilmagan  mol-mulklari  respublika  kengashi  boshqaruvi  qarori  bilan  tasarruf 

qilinadi. 

33. Respublika  kengashining  pul  mablag‘lari  va  mol-mulkining  shakllantirish 

manbalari quyidagilar: 

O’zbekiston  «Mahalla»  xayriya  jamoat  fondi  tomonidan  ajratilgan  pul 

mablag‘lari va mol-mulklari; 

belgilangan tartibda ajratilgan Davlat budjetining mablag‘lari; 

yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari; 

grantlar, xayriya va homiylik mablag‘lari; 

yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari; 

o‘tkaziladigan turli madaniy tadbirlardan tushadigan daromadlar; 

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 



 

IX. Respublika kengashida mehnat munosabatlari 

34. Respublika  kengashi  ijro  apparati  xodimlari  bilan  mehnat  munosabatlari 

ular  bilan  mehnat  shartnomasini  tuzish  yo‘li  bilan  lavozimga  tayinlash  mehnat 

qonunchiligi va normativ-huquqiy hujjatlar, jamoa shartnomasi hamda ichki me’yoriy 

hujjatlar bilan tartibga solinadi. 

Shtatdagi  xodimlarning  shaxsiy  varaqalari  (T2),  yig‘ma  jildlari  va  mehnat 

daftarchalari Respublika kengashida saqlanadi. 

 

X. Respublika kengashida hisobga olish va hisobot 

35.  Respublika  kengashi  o‘z  faoliyatining  natijalari  hisobini  yuritadi  hamda 

ro‘yxatdan  o‘tkazuvchi  organga,  davlat  soliq  xizmati  organiga  va  davlat  statistikasi 

organiga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi. 

 

XI. Mazkur Ustavga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibi 

36. Mazkur  Ustavga o‘zgartish va  qo‘shimchalar kiritish  Respublika kengashi 

majlisi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 

37. Ustavga  kiritilayotgan  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  Respublika  kengashi 

majlisi  tomonidan  tasdiqlanadi  hamda  ushbu  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar 

O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligidan  qayta  ro‘yxatdan  o‘tgandan  sung 

kuchga kiradi.  

 


14 

XII. Respublika kengashini qayta tashkil etish va tugatish 

38. Respublika kengashining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi 

respublika kengashi konferensiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 

amalga oshiriladi. 



 

 

Respublika kengashi raisining 

birinchi o‘rinbosari 

 

 

 

 

 

Sh.S.Javlonov 


Download 118.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling