Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari. Reja


Manfaat guruhlarining turlari


Download 71.74 Kb.
bet3/4
Sana06.11.2021
Hajmi71.74 Kb.
#171187
1   2   3   4
Bog'liq
Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari.
усим.физиол.биология, buddaviylik dini, buddaviylik dini, buddaviylik dini, Шахс даврлари, Шахс даврлари, ааСпортда МСТА Амалий 15 асосий статистик характ
Manfaat guruhlarining turlari

Manfaatli guruhlarning tabiatini chuqurroq va kengroq tutnunish — ularning xilma — xil turlarini, shakllarini ko‘rib chiqishni talab etadi. Busiz manfaatli guruhlarni to‘la tasavvur etish qiyin. Manfaatli guruhlar ham xuddi siyosiy partiyalar kabi turli mezonlarga ko‘ra qator turlarga bo‘linadilar. Ular avvalo kelib chiqishining xarakteri va uyushkoklik darajasiga ko‘ra anomik va muassasaviy guruhlarga bo‘linadilar. Anomik guruhlarning xususiyati shuki, ular stixiyali tarzda paydo bo‘ladi va yemiriladi. Ular uzoq yashamaydilar, tashkiliy jihatdan tarqoq va davlat organlari bilan muntazam aloqada bo‘lmaydilar. Anomik guruhlarga stixiyali paydo bo‘ladigan mitinglar, namoyishlar, boshqa norozilik aksiyalari ishtirokchilarining guruhlari misol bo‘la oladi. Ko‘pincha ularning harakati kuch ishlatish, majbur qilish shaklini oladi. Muassasaviy guruhlar — aniq tashkiliy tuzilmaga, barqaror funksiyalar va mutaxassis kadrlar apparatiga ega bo‘lgan kishilarning formal birlashmalaridir. Tashkiliy jihatdan tuzilmaning nisbiy murakkabligi, uyushqoqligi bu guruhlarga hokimiyat organlariga sezilarli va muntazam ravishda ta’sir o‘tkazib turishga imkon beradi. Manfaatli guruhlar tuzilish prinsiplari bo‘yicha uyushmagan va uyushgan guruhlarga turkumlanadi.

Uyushmagan guruhlar — aniq tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lmagan norasmiy guruhlardir. Bu turdagi manfaatli guruhlar xilma — xil ijtimoiy harakatlar misol bo‘ladi. Ular na nizomlarga, na tuzilmaga, na a’zolikka, na aniq, miqdoriy chegaralarga ega. Bu guruhlarda yuzlab, minglab va undan ham ko‘prok kishilar ishtirok etadilar. Guruh ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqa g‘oyaviy xarakterda bo‘ladi, ammo uyushgan tashkilotlardan farqli o‘laroq bilan to‘ldirib, boyitilib borimaydi. Uning tashkiliy shakllari epizodlik xarakterga ega. Bu mitinglar, namoyishlar, turli xil murojatnomalardir. Ommaviy xarakatlar qoida bo‘yicha o‘zining rahbar o‘rinlarini tuzsada, bu organlar xarakat «a’zolari» tomonidan eams, balki jamoatchilik vakillari- kishilarning siyosiy kayfiyatini va ularning muayyan aniq maqsadini hayotda amalga oshirishda qatnashishga tayyor ekanligini ifoda etuvchi turli-tuman jamoat tashkilotlarining vakillari tomonidan saylanadilar. Xarakatlar uzoq muddat va qisqa muddatli bo‘lishlari mumkin. Ko‘pincha ular maqsadga erishganlaridan so‘ng o‘z-o‘zidan tarqalib ketadilar. Uyushgan guruhlar yuqori darajadagi ixtisoslik va tashkilotlarga (masalan, Kasaba uyushmalari, tadbirkorlarning birlashmalari etnik assotsiatsilar va boshqalar) egadirlar. Bu guruhlarga quyidagi belgilar xosdir.

a) formal tashkiliy birlik, birlashmaning ixtiyoriyligi tashkilotning faoliyatida o‘z a’zolari Bilan birgalikda ishlab chiqarilgan maxsus hujjatlar, nizomlarga amal qilish;

b) ularning oldindan aniq maqsadni ko‘zlab tuzilganligi;

v) tarkibi va tuzilishining, a’zolar o‘rtasidagi aloqalarning barqarorligi;

Ko‘plab mavjud bo‘lgan uyushgan tashkilotlar klassifikatsiyasidan uyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin;

Muayyan masadlarni amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan shaxsning ihtiyoriy a’zoligi prinsipiga tayanadigan tashkilotlar (kasaba, yoshlar va boshqalar);

Muayyan dasturlarni yoki shaxsni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuziladigan tashkilotlar. Uyushgan tashkilotlarning ish olib borishi ularning qonun ta’sirida bo‘lishini taqozo etadi. Bu – uyushgan tashkilotlarning ro‘yxatdan o‘tishida, ularning faoliyati ustidan davlat organlarining nazoratini amalga oshirish mumkinligida o‘z ifodasini topadi. Uyushgan tashkilotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi. Avvalo, birlashmani tuzish uchun davlat organlaridan dastlabki ruxsatnoma olinadi. Ta’sis etilgan tashkilot mavjud huquqiy me’yorlar tomonidan belgilangan tartibda davlat organlarida ro‘yxatda o‘tadi. Birlashmani tuzishni hohlovchi fuqarolar bu haqida davlat organlariga ariza berib xabardor qilib qo‘yadilar. Manfaatli guruhlar jamiyatning qaysi sohalarida faoliyat ko‘rsatishiga qarab ham turlarga bo‘linadi.Bu quyidagilardan iborat:

Iqtisodiy soha mehnat munosabatlari sohasida tashkil etilgan guruhlar (tadbirkorlik uyushmalari, matbuot ittifoqlari, kasaba uyushmalari);

Ijtimoiy sohada tashkil etilgan guruhlar (qariyalarning birlashmalari, nogironlar jamiyati, mehr shavqat ittifoqlari);

Bo‘sh vaqt va dam olish sohasida tashkil etilgan guruhlar (sport jamiyatlari, filatelistlar ittifoqlari va boshqalar);

Fan madaniyat, din sohasida tashkil etilgan guruhlar (ilmiy assotsiatsiyalar, rassomlar, yozuvchilar, san’atkor ittifoqlari, sektalar, cherkovlar, machitlari va boshqalar);

Siyosiy sohada tashkil etilgan guruhlar (ekologik xarakatlar, tinchlik uchun, inson huquqlari uchun kurash olib boruvchi xarakatlar va boshqalar);

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda manfaatli guruhlarga kiruvchi tadbirkorlik ittifoqlari va birlashmalari juda muhim vazifalarni bajaradilar. Ular turli mamlayekatlarda bajaradigan funksiyalari, faoliyat metodlari, aloqa shakllari bilan bir – biridan farq qiladi. Tadbirkorlik ittifoqlari va birlashmalari o‘zining tuzilmalariga ega. Bu tuzilmalar rahbar organlarini (kengashlar, boshqaruv) turli mintaqaviybo‘limlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ular davlat organlari va tashkilotlariga ishsizlik, inflyatsiya Bilan kurash, ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqa masalalar bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.

Jamiyat siyosiy tizimida muhim ijtimoiy — siyosiy vazifani mehr — shafqat jamg‘armalari bajaradilar. Ular kuchli va ta’sirchan tashkilotlar qatoriga kiradilar. Mehr — shafqat jamg‘armalari O‘zbekiston Respubkasida ham keng tarqalgan va rivojlanib bormoqda. Ular jamiyat barcha qatlamlarining manfaatlarini ifoda etuvchi umumijtimoiy funksiyalarni 6ajaruvchi guruhlardir. Mehr — shafqat jamg‘armalari ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ularning faoliyati kadrlar tayyorlash, onalik va bolalikni himoya qilish, ijtimoiy kam ta’minlangan oilalarni moliyaviy va boshka yullar bilan qo‘llab — quvvatlashga qaratilgandir. Manfaatli guruhlarning yangi yunalishlaridan biri ijtimoiy — siyosiy klublar va birlashmalardir. Bu klublar "Saylovchilar ittifoki"; "Saylov"; "Afg‘on urushi ishtirokchilari klubi"; "Fidoyi yoshlar klubi" va boshqa yunalishlarda namoyon bo‘lmoqda, Bu harakatlarning maqsadi — siyosat subyekta sifatida shaxsning rolini tiklash, o‘z- o‘zini boshqarishga intilishdir Jamiyat siyosiy tizimida xususiy klublar muhim ijtimoiy va siyosiy funksiyalarni ado etadilar. Ular o‘z qatorlarida yetakchi tadbirkorlarni, bankirlarni, tanikli siyosiy arboblarni, obro‘li jurnalistlarni va boshqalarni birlashtiradilar. O‘zining xarakteriga ko‘ra yopiq hisoblangan, tanlangan va cheklangan a’zolarga ega bo‘lgan xususiy klublar jamiyatning yuqori, boy tabaqalarini jipslashtirishga, ularning ijtimoiy — siyosiy qarashlari va tasavvurlarini shakllantirishga, ularning elitaga xos bo‘lgak hissiyotlarini ishlab chiqish va mustahkamlashga, ular uchun muhim bo‘lgan siyosiy va boshqa qarorlarni birgalikda muhokama etishga qaratilgandir. Ularni chinakamiga "siyosiy hokimiyatning yopik markazlari", o‘zining nooshkora faoliyati bilan siyosiy hukmronlikni ta’minlash uchun shart — sharoit yaratadigan noyob muassasalar deb ataydilar. Jamiyatda kasaba uyushmalari muhim vazifalarni bajaradilar. Bu uyushmalar bir xil mutaxassislikdagi yoki ishlab chiqarishning bir xil tarmog‘ida band bo‘lgan mehnat kishilarini birlashtiradigan tashkilotlardir.

Kasaba uyushmalari mehnatnatkashlarning ommaviy jamoat tashkilotidir. Bu tashkilot mehnatnatkashlarning iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishga, ularning madaniy — ma’rifiy saviyasi darajasini ko‘tarishga qaratilgandir. Hozirgi sharoitda milliy va xalqaro miqyosida kasaba uyushmalari mexnatnatkashlarning manfaatlarini himoya qilishning yangi yullarini, usullarini izlab topishga intilmoqdalar, iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy ziddiyatlarning yanada ko‘proq chirmashib- chatishib ketishi tadbirkorlarning yirik ijtimsqiy- mehnat ixtiloflaridan qochishga, kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilishning yangi yullarini izlab topishga bo‘lgan intilishini kuchaytirmoqda. Ijtimoiy sheriklik siyosati mehnat ixtiloflarining keskinligini kamaytirishga qaratilgandir. Mehnat munosabatlarini sheriklik, kelishuv ruhida tartibga solishning yo‘lga qo‘yilgan mexanizmi O‘zbekistonda ham mavjuddir. Respublikada ijtimoiy sheriklik siyosatining faol tarafdorlari sifatida kasaba uyushmalari, tadbirkorlarning uyushmalari chiqmoqdalar. Ular tomonidan tuzilgan qo‘shma komissiya budjet, investitsiya, ishchi kuchlar, soliqlar, ish haki, baho va raqobat sohasida siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashmoqdalar. Manfaatli guruhlarning mustaqil yunalishi sifatida huquqni himoya qilish tashkilotlari maydoniga chiqmoqdalar. Bu tashkilotlar. "Ijtimoiy himoya komiteta", "Himoya" va boshqa nomlarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Diniy uyushmalar jamiyatning kuchli va ta’sirchan tashkilotlaridan hisoblanadi. Sababi, dunyoda tinchlikni saqlash, kishilarni tarbiyalash, ular o‘rtasida umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish yo‘lida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlari kattadir. Diniy uyushmalar ham boshqa jamiyat tashkilotlari singari inson va jamiyatni to‘g‘ri yo‘lga, tinch — totuvlikka, oliyjanoblikka, hamkorlik va hamjihatlikka chaqirmoqda. Ular ham ug‘irlik, bosqinchilik, talonchilikni, zo‘ravonlikni, adolatsizlikni qoralaydilar. Bu tashkilotlar ham umidsiz dillarga taskin va yupanch bagishlaydilar, umidbaxsh a’mol sifatida singan ko‘ngillarni ko‘tara oladilar. Ayni paytda dinni niqob qilib olib undan g‘arazli mAqsadlarda foydalanuvchi, jamiyatdagi hamjihatlik, davlalararo, millatlararo va dinlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlikka tahdid soluvchi diniy ekstremistik uyushmalar ham yo‘q emas. Ularning ko‘rinishlari ham xilma – xildir. Bunga misol qilib: musulmon mamlakatlardagi «musulmon birodarlarini»; «toliblar harakati»; «vahobiylar harakatini» ko‘rsatish mumkin. Bu ekstremistik tashkilotlar va xarakatlarnining maqsadi, ular boshlagan jaholatparastlik faoliyati qanday oqibatga olib kelishi jahon jamoatchiligiga taboro ko‘proq ayon bo‘lmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda diniy ekstremistik guruhlarning faoliyati ta’qqlab qo‘yilmoqda. Dunyoning turli mintaqalarida irqiy, millatchilik, terroristik, fashistik va jinoiy guruhlar ham faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bu guruhlarning faoliyati ham davlatlar va uyushgan jamoatchiliku tomonidan munosib diqqat-e’tiborni qaratishni talab etmoqda. Hozirgi vaqtda milliy va xalqaro darajada manfaatli guruhlar muhim o‘zgarishlarni o‘z boshlaridan kechirmoqdalar. Ular stixiyali tashkil etilgan tashkilotlardan o‘zining ichki tuzilmalari to‘la qaror topgan, Aniq dasturga ega bo‘lgan jamiyatning siyosiy tizida o‘zining munosib o‘rnini topgan tashkilotlarga aylanish davrini o‘tamoqdalar. Bu tashkilotlarning o‘zgarishlar faoliyati o‘ziga sinchkovlik Bilan diqqat e’tiborini qaratishni talab etmoqda.




Download 71.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling