Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish
REJA:
Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish
Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yana-da kuchaytirish
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “
Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da
amalga oshirishga oid Davlat dasturining Davlat va jamiyat
qurilishi tizimini takomillashtirish yo‘nalishida
38 ta bandning bajarilishi nazarda tutilgan.
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasidagi islohotlar natijalari bo‘yicha 2020 yilgi Davlat dasturi doirasida 2 ta Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma Qarori, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qarori, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1 ta qarori, 2 ta farmoyishi, 1 ta Senatning va 1 ta Vazirlar Mahkamasining chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Shuningdek, Oliy Majlis palatalari va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida «Yoshlar parlamenti» faoliyatiga ko‘maklashish to‘g‘risidagi hamkorlik Bitimi imzolandi.
Bundan tashqari, mazkur yo‘nalish doirasida 2020 yilning 1-yarim yilligida keng ko‘lamli ishlar olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |