Davurova Marjona Ilhom qizi 6-ma’ruza topshiriqlari


Download 22.51 Kb.
Sana09.11.2021
Hajmi22.51 Kb.
#171981
Bog'liq
6-topshiriq ma'ruza



Davurova Marjona Ilhom qizi

6-ma’ruza topshiriqlari

  1. O`zaro bog`lik bo`lmagan guruhlarda Styudent t mezonini qo`llash.

  2. Dispersiyalar gomogenligi aniqlanganda ikki tanlamaning o`rtacha qiymatlarini taqqoslash.

  3. Dispersiyalar har xil, ammo tanlama xajmlari bir xil bo`lganda guruxlarning o`rtacha qiymatlarini taqqoslash.

  4. Dispersiyalari va tanlama xajmlari turlicha bo`lgan guruxlarning o`rtacha qiymatlarini taqqoslash.

1. Har bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi. Ob’ektiv voqelikning bunday hodisalarini to‘plab, solishtirib, guruhlarga ajratib va umumlashtirib, fan yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, aynan, irodamiz va ongimizdan mustaqil ravishda mavjud olamning ob’ektiv qonunlarini ochib beradi. Bu ma’lumotlarga ega bo‘lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki bilim, nazariya, ta’limot deb ataladi. SHunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi yoki biror-bir reallikni bilish usuli. Ilmiy metod o‘z tuzilishiga ko‘ra, yondoshuvlar va muolajalar yig‘indisidan iborat. Ilmiy tadqiqotlarning metodlari yordamida olimlar keyinchalik ilmiy nazariyalar tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli ma’lumotlar oladilar.

Har qanday fanga o‘xshash psixologiya ham o‘zining tadqiqot metodlariga ega. Psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlarning barchasini to‘rt guruhga ajratish mumkin: 1) tashkiliy metodlar; 2) tajriba metodlari; 3) ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish metodlari; 4) izohlash metodlari. Birinchi guruhga qiyosiy, longityud va majmua metodlari kiradi. Ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o‘zini kuzatish (introspeksiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so‘rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xronometriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha xususiyatlarining tuzilishlari o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish) metodlar kiradi.



2. Psixologiya fanida ilmiy tadqiqotlarning integratsiyalashuvi va differensiatsiyalash jarayonlari ro‘y beradi. Xususan, psixologiyaning jadal rivojlanishi uning differensiatsiyasiga – psixologiya fanlari qator sohalarining, shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog‘lovchi fanlararo sohalarning yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, psixik jarayonlarning asosi bo‘lgan fiziologiya mexanizmlarini o‘rganuvchi psixofiziologiya shakllandi. XVIII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik faolligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘langan zoopsixologiyani yuzaga keltirdi. Psixologiyaning alohida sohasi bo‘lib psixogigiena, psixoterapiya va tibbiyot deontologiyasi masalalarini, patopsixologiya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar kabi psixik jarayonlarning izdan chiqish qonuniyatlarini tadqiq etuvchi), neyropsixologiya (psixik jarayonlarning bosh miya ma’lum tuzilmalari bilan aloqasini o‘rganuvchi) va psixokorreksiyani o‘rganuvchi tibbiyot psixologiyasi hisoblanadi

3. Bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan bolalar psixologiyasi (bola psixik rivojlanishining qonuniyatlarini o‘rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), yosh psixologiyasi (o‘rganish predmeti – psixikaning yosh xususiyatlari), mehnat psixologiyasi (issleduet mehnat jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq etib, kasb tanlash, mehnat jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi), boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash va ularni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muhandislik psixologiyasi («inson – qurilma» tizimida inson faoliyatini o‘rganuvchi mehnat psixologiyasining bo‘limi); koinot psixologiyasi (koinotga parvoz sharoitida psixik faoliyatning xususiyatlarini o‘rganadi), ijtimoiy psixologiya (jamoada inson faoliyati va shaxslararo munosabatlarning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etadi), qiyosiy psixologiya (o‘rganish predmeti – odam va hayvon psixikasi kelib chiqishi va rivojlanishidagi umumiylik va tafovutlar) kabi mustaqil bo‘limlarga shakllandilar.

4. Psixologiyaning ko‘plab sohalari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi:

- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, san’at, sport psixologiyasi va shu kabilar);

- rivojlanish (hayvonlar psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, rivojlanish psixologiyasi, bolalar psixologiyasi va shu kabilar);

- ijtimoiy umumiylik (ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, guruh, sinf psixologiyasi, etnopsixologiya va h.k.).

Sohalar bo‘yicha faoliyat maqsadiga ko‘ra tafovut muhim ahamiyat kasb etadi (yangi bilimlarga ega bo‘lish va ularni qo‘llash): asosiy va amaliy fanlar; tadqiq etish predmetiga ko‘ra – rivojlanish psixologiyasi, ijod, shaxs psixologiyasi va h.k. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi asosida yuzaga kelgan fanlar sifatida psixofiziologiya, neyropsixologiya, matematik psixologiya va boshqalarni keltirish mumkin. Psixologiyaning amaliyotning turli sohalari bilan murakkab aloqalarining rivojlanishini tashkiliy, muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, pedagogik psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin.

Turli mualliflar psixologiyaning 100dan ortiq sohalarini sanab o‘tadilar. Lekin aslida hozirgi kunda ularning soni bundan oshib ketgan.



Shuningdek, psixologiyaning maxsus bo‘lim va yo‘nalishlari ham mavjud: differensial psixologiya (odamlar o‘rtasidagi individual tafovutlarni o‘rganadi), qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod psixologiyasi, qarish psixologiyasi (gerontopsixologiya), aviatsiya psixologiyasi.


Download 22.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling