Deb belgilangan


Download 20.01 Kb.
Sana07.02.2022
Hajmi20.01 Kb.
#568157
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)
1 -илова Ариза, Konsp Lekz ZM-конвертирован, Toshkent xazinasi, Rasm, Musiqa tarixi, Referat, 8-sinf-jahon-tarixi, Lecture 1, algebra 7, aylana 2, Kimyo 9 uz 30ta, Tezis Andijon, Akramov R Yosh fudbolchilarni tanlab olish va tayorlash, MAVZU, Полиз экинлари биологияси ва етиштириш технологияси 0

O‘zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishida Oliy ta’lim muassasalari ham muhim o‘rin egallaydi. Xalq xo‘jaliginingbarcha sog‘alariga etuk, malakali kadrlar tayyorlamasdan yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash mushkul. Bu haqda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali milliy kadrlar tayyorlash tizimini yaratishdir”1 – deb belgilangan.
Bo‘lajak malkali pedagog kadrlar tayyorlash Respublika ta’lim tizimi va turlarining asosiy maqsadi, pirovard natijasi hisoblanadi. Ayniqsa Oliy ta’lim muassasa (OTM) lariga katta ma’suliyat yuklaydi. OTM da rivojlangan demokratik darajasmida, yuksak kasbiy talablar va yuksak ma’naviy – axloqiy sifatlarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat deb o‘rinli ta’kidlagan. OTMlarida bo‘lajak pedagog kadrlarni yuksak darajada kasbiy kompetentlikni shakllantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega . SHuning uchun ham OO‘YU ta’lim mazmuniga alohida e’tibor berishimiz darkor. Ammo bu maqsad va vazifalarni samarali amaliyotga tatbiq etishda talaygina muammolar mavjud. OTMlaridagi bu muammolar yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yomon ta’sir ko‘rsatmoqda. Albatta OTMlarida bo‘lajakyuqori malakali mutaxassislarning ixtisolik bo‘yicha o‘rganadigan fanlari asosiy ahamiyat kasb etib, bo‘lajak kadrlarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish ta’lim mazmuni bilan uzviy bog‘liq. OO‘Blar zamonaviy kadrlarni yangicha mehnat faoliyatini olib boradigan malakalai pedagog kadrlar etib tarbiyalab shakllantirish jarayoni kasbiy kompetentlikni xosil qilish bilan bog‘liq.
Hozirgi zamonaviy milliy pedagog kadrlarga quyidagi asosiy talablar qo‘yilmoqda:

  • yuqori darajadagi kvalifikatsiyaga ega bo‘lish va professionalizm;

  • ixtisoslikka oid bilim, ko‘nikma , malakalar va pedagogik mahoratga ega bo‘lish;

  • pedagogik qobiliyat, iste’dod va pedagogik texnika;

  • professional mobillik, egiluvchanlik;

  • o‘zgaruvchan hayotiy vaziyatlarda tezda moslashish malaksi;

  • mustaqil va tanqidiy fikrlash;

  • pedagogik faoliyat jarayonidagi ziddiyatlarni payqash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish malakasi;

  • -zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llay olishi;

  • olingan bilimlarni qaerda, qay tarzda ishlata bilishi qobiliyati;

  • yangi g‘oyalarni yaratish;

  • ijodiy tafakkurga egalik;

  • axborotni olish va undan to‘g‘ri foydalana olish malakasi va boshqalar.

Bo‘lajak pedagog kadrlarda kasbiy bilimlarni singdirish uchun o‘quv muassasalari , eng avvalo talabalarda nazariy va amaliy o‘quv jarayonida
pedagog kadrlarning bilimlari sifati quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-Talabalrga etarli ilmiy, nazariy va amaliy bilimlar , ko‘nikmalar va malakalar miqdorini shakllantirish;
- Talabalarning fanlardan olgan ma’lumotlarining kengligi – ya’ni har-xil fanlardan olingan bilimlarining anglanganligi va bir-biri bilan bog‘langanligi;
- Tizimlilik – ya’ni bilimlarning ketma-ketligini tashkil etish, pog‘onama-pog‘ona o‘zlashtirish;
- Tezkorlik – talabalarda bilimlarni tezda , operativ tarzda muayyan muommolarni hal etishga yo‘nalganligi;
- Mobillik, egiluvchanlik – talaba, bo‘lajak kadr har xil vaziyatda o‘z bilimlarini mustaqil ishlata bilishi;
-Umumiylik – real bilimlarni tushunchalar yordamida , umumiy tarzda ayta bilish malakasi va Xokazo;
-Qobiliyat – maxsus va tug‘ma qobiliyatlar: bilish; to‘g‘ri muomala qilish, kuzatuvchanlik, nutq, tashqilotchilik, tushuntira olish va xokazo;
- Pedagogik texnika bu – bo‘lajak kadrning pedagogik mahoratining asosiy qismlaridan biri bo‘lib, u o‘qituvchidan o‘quvchilar bilan muomala qilganda zarur so‘z, gap ohangi, qarash, imo-ishorani tez va aniq topish, eng o‘tkir va kutilmagan pedagogik vaziyatlarda osoyishtalik va aniq fikr yuritish, tahlil qilish qobiliyatini saqlab qolish imkonini beradi. Haqiqiy pedagogik ta’sir ko‘rsatishda o‘qituvchining pedagogik texnika sahasidagi barcha malakalari bir paytda yaqqol ko‘rinadi. Nutq, imo-ishora, mimika harakat bilan birga sodir bo‘ladi.
Hozirga sharoitda ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi talabalar o‘zida kasbiy sifatlarni shakllantirish uchun doimiy o‘z ustida mustaqil ish yuritishi, o‘z imkoniyatlarini mustaqil tarzda rivojlantirish yo‘llarini izlab, shaxsiy faollik ko‘rsatishi lozim. Buning uchun eng oddiy mexanizm – donoxalqimizning “Ustoz-shogird” an’anasi orqali shakllantirish ham maqsadga muvofiq.
Talabalarda yuqori kasbiy elementlarni shakllantirishga erishilsa ularda mehnat faoliyati quyidagi muvaffaqiyatlarga :
Birinchidan, talaba o‘zi uchun kerak bo‘lgan , faoliyatni samarali bajarishga yordam beradigan malakalarni rivojlantiradi.
Ikkinchidan, talaba mulovat va jamoaviy harakat malakalariga ega bo‘ladi.
Uchinchidan , talaba o‘zi uchun kerak, oldindan ko‘ra bilish, bashoratlashtirish malakasiga ega bo‘ladi.
To‘rtinchidan, talabada faol hayotiy pozitsiya va mehnatga yuqori motivlar shakllanadi.
Beshinchidan, o‘quvchi-talabalar bilan muomila qilgnanda zarur so‘z , gap ohangi qarash, imo –ishorani tez va aniq topish, eng o‘tkir va kutilmagan pedagogik vaziyatlarda osoyishtalik va aniq fikr yuritish, tahlil qilish qobiliyati shakllanadi.
Talabalarda pedagogik kasbiy sifatlarni shakllatirish zamirida ularda quyidagi psixologik ko‘nikma va malakalar shakllanadi
- Tafakkur (tafakkur operatsiyalarini bajara olish) shakllandai;
- Emotsional – irodaviy sifatlar – emotsiyalar, irodaviy aktlar, ularni namoyon etish yo‘llarini o‘rganadi;
- Mehnat jamosiga , odamlarga , mehnatga , o‘ziga nisbatan bo‘lgan kechinmalarni tartibga oldi;
- Bilimlar , dalillar, qonuniyatlarga tayanadi;
- Tajribalarga tayanib milliy mafkura asosida milliy kadr siymosi gavdalanadi;
- talabalar va o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish, ta’lim jarayonida eng optimal metod va vositalarni tanlaydi hamda pedagog xos uslub tanlaydi;
- ijodiy qobiliyatlarni rivoj topishiga erishadi;
- pedagoglik kasbiga oid talabchanlik hamda tizimlilikni o‘sishiga ;
- talabalar o‘z shaxsiy va kasbiy ustanovkalarini korreksiyalash metodlari bilan qurollanadi. YUqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib , shuni

1 Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори . – Т:, “ЎЗбекистон”, 1997.- 39 –бет.

Download 20.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling