Defektologiya yo’nalishi 402-guruh talabasi Karimova Yulduz Yordamchi maktab 6-sinf Geografiya darsligi tahlili


Download 16.57 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi16.57 Kb.
#186105
Bog'liq
geografiya darslik tahlili (6)-1


Defektologiya yo’nalishi 402-guruh talabasi

Karimova Yulduz

Yordamchi maktab 6-sinf Geografiya darsligi

TAHLILI

1. P.Po’latova, H.Vahobov “Geografiya” Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 6-sinf darsligi. Toshkent. “Ilm ziyo” nashriyoti 2020-yil chop etilgan.

2. Darslikning ta’limiy ahamiyati, intellektida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarga tabiiy geografiya kursi bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni berish va ularni nazariy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.

Darslikning tarbiyaviy ahamiyati, o’quvchilarni tabiatni sevish, unga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatadi, ekologik, estetik hamda mehnat tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi.

Darslikning korreksion ahamiyati, matnlarni o’qish jarayonida o’quvchilarning atrof-olam haqidagi tasavvurlari kengayib boradi, lug’at boyligi oshib boradi, savollarga javob berishda o’quvchilarning analiz-sintez jarayonlarini rivojlantiradi, mustaqil fikrlashga o’rgatadi, test, krossvord kabi topshiriqlar topqirlikka, mantiqiy fikrlashga o’rgatadi, amaliy topshiriqlar olingan bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini rivojlantiradi

3. Darslik 143 betdan iborat bo’lib, kirish, 6 ta bo’lim, 68 ta paragraf va geografik atamalar va tushunchalarning qisqacha lug’atidan tashkil topgan.

Bo’limlar: “Yerning shakli va harakati”, “Joy plani va geografik xarita”, “Yerning tosh qobig‘i – litosfera”, “Yerning suv qobig‘i – gidrosfera”, “Yerning havo qobig‘i – atmosfera”, “Yerning hayot qobig‘i – biosfera”.

Darslikda berilgan bo’limlar, mavzular hamda ajratilgan soatlar dasturga to’liq muvofiq keladi.

4. Darslikda 89 ta rasm va illustratsiyalar berilgan bo’lib, ular, mavzu mohiyatini to’liq ochib berish, aqli zaif o’quvchilarda o’tilayotgan mavu yuzasidan aniq tasavvurlar hosil qilish va ular mavzuni ongli va yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun yordam beradi.

5. Berilgan matnlar ilmiy uslubda, aqli zaif o’quvchilarning xususiyatlaridan kelib chiqgan holda sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan.

6. Darslikning tashqi bezagi, Tabiiy geografiya kursining mohiyatini ochib beradi, ammo dizayn ustida ishlash kerak. Aqli zaif bolalar mavhum tushunchalarni tushunishga qiynaladilar, ular barcha voqea va hodisalarni to’g’ri tushunadilar. Darslik muqovasida dengiz berilgan, uning ostida esa tog’ va dalalar berilgan, ularning o’rtasida Quyosh sistemasi tasvirlangan. Bu holat aqli zaif o’quvchilarda tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun rasmlarni tanlashda real faktlarga asoslangan holda, ya’ni eng yuqorida sayyoralar, keyin esa tog’ va dalalar va quyi qismida suv havzalari berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

7. Darslik tizimli hamda konsentrik tarzda tuzilgan, bo’limlar o’zaro bog’liq, bir bo’lim keyingi bo’lim uchun asos vazifasini o’tagan. Ma’lumotlar izchillikda berilgan.

8. Darslikda har bir o’tilgan mavzudan so’ng mavzuga oid savol-javob hamda amaliy topshiriqlar berilgan. Shuningdek, 1(11§)-2(19§)-4(41§)-5(49§)-6(68§)-bo’limlarda amaliy topshiriqlarga 1 ta darsdan ajratilgan. Bunda o’tilayotgan mavzular yuzasidan amaliy topshiriqlar, krossvord hamda test topshiriqlari berilgan. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etish, egallagan bilimlarini mustahkamlash, o’quvchilarning mavzuni qanday o’zlashtirganlarini aniqlash, nazariy o’rganilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

9. Darslik matni tizimlilik, izchillik, tushunarlilik, onglilik va faollik, nazariya va amaliyotning o’zaro bog’liqligi tamoyillari asoslangan. O’tiladigan mavzular soddadan murakkabga qarab berilgan bo’lib, yaxlit tizimni hosil qiladi. Berilgan amaliy topshiriqlar, savol-javoblar bolalar mavzularni ongli o’zlashtirishlariga yordam beradi va ularni faollikka chorlaydi, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga yordam beradi.



*Darslik yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, o’rta darajadi aqli zaif bolalar uchun biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Download 16.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling