Defoliantlar va desikantlar
Download 365.92 Kb.
|
DEFOLIANTLAR VA DESIKANTLAR
DEFOLIANTLAR VA DESIKANTLAR Defoliantlar va desikantlar paxtachilikda keng qo‘llaniladi va mashina terimi uchun qulay sharoit tug‘diradi. Defoliant va desikantlar asosan defoliatsiya va desikatsiyada qo‘llaniladi. Defoliatsiya o‘simlikning bargini sun’iy ravishda to‘kish demakdir, ma’lumki lotin tilida xolium- barg demakdir. Desikatsiya so‘zining to‘liq ma’nosi esa o‘simlikni ildizidan quritish ma’nosini anglatadi. O‘simlikni kimyoviy defoliatsiya qilgandan keyin o‘rtacha 4-15 kun o‘tgach barglarning sun’iy tukilishi boshlanadi, natijada g‘o‘za qator oralariga quyosh nurining tushishi va shamol aylanishi tezlanib ko‘saklarning pishishi va ochilishi tezlashadi, chigit yaxshi yetiladi birinchi navlar miqdori 4-5% ga ortadi. Hosilning 90%- sovuq, namgarchilik kunlari tushishigacha terib olinadi. Tajribalar natijalari shuni ko‘rsatadiki, defoliatsiya va desikatsiya qilingan g‘o‘zaning tola sifati va boshqa biologik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etmagan, chunki defoliatsiya desikatsiya jarayoni asosan g‘o‘za pishib yetilgan chanoqlari ochilayotgan davrda o‘tkazilgani uchun g‘o‘zada hosil elementlarining hosil bo‘lishi, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi deyarli to‘xtab, oziq moddalarning o‘zlashtirilishi va quruq moddaning hosil bo‘lishi to‘xtab barglar tabiiy ravishda to‘kila boshlaydi, defoliantlar esa bu jarayonni yanada tezlashtiradi, bargni poyadan ajralishini jadallashtiradi. Defoliatsiyada g‘o‘zada ostki ko‘saklarning o‘rtacha 1-2 tasi, janubiy mintaqalarda esa 2-4 ko‘sak ochilganda o‘tkaziladi.Desikatsiya esa o‘simlakning ildizidan quritish demakdir, g‘o‘zadan tashqari, urug‘li beda maydonlarida, qand lavlagida, kungaboqarda, kanakunjutda, sholida, kanop va boshqa ekinlarda hatto tokzorlar, mevali bog‘larda o‘tkazilishi mumkin. Desikatsiyada mevalarning yetilishi, urug‘larning pishishi tezlashadi, namligi pasayadi mexanizatsiyadan keng foydalanish imkoniyati tug‘iladi, hosilning nobud bo‘lishi, chirishi kamayadi.Ta’rif: Desikatsiya o‘simliklarning vegetatsiya (o‘suv) davri uzoq bo‘lganda, ob-havo sharoiti noqulay yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan hollarda, sug‘oriladigan yerlarda mineral o‘g‘itlar ko‘p qo‘llanilgan hollarda tavsiya kilinadi. Desikatsiya ham o‘simlikda hosil to‘liq yetilganda barcha jarayonlar deyarli to‘xtaganda o‘tkazilsa maqsadga muvofik bo‘ladi. Download 365.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling