Dehqon bilan jin


Download 35.27 Kb.
Sana22.02.2020
Hajmi35.27 Kb.

Dehqon bilan jin

Qadim zamonlarda Baliqko‘l tomonlarda bir Jin bo‘lgan ekan. Kunlarning birida uning xojasi olamdan o‘tib, Jin ozodlikka chiqibdi. U hech qachon mustaqil, ozod yashab ko‘rmagan ekan. Endi nima qilsam ekan, yo o‘zimga boshqa xo‘jayin topsammikan, deb ketayotib dalada mehnat qilayotgan dehqonga duch kelibdi. U terlab-pishib yer chopayotgan ekan. Jinning dehqonga rahmi kelib:

Odamlarga qiyin ekan-a, dehqon bobo. Bir parcha non topib, qornini to‘ydirish uchun ertani erta, kechani kecha demay ter to‘kishadi, – debdi.

– Mehnat sen o‘ylaganingday mashaqqat emas. Sen ham mehnat qilib non yeganingda uning qanday shirin bo‘lishini bilarding. Mehnatning tagi rohat, deydilar. Ishonmasang, buni o‘zing sinab ko‘rishing mumkin, – debdi dehqon.

Jin qiziqib qolibdi. Dehqon meni laqillatayotgan bo‘lmasin tag‘in, deb sinab ko‘rish uchun baliq ovlamoqchi bo‘libdi. Bir aylanib odam qiyofasiga kiribdi-da, bozordan to‘r sotib olib, daryoga boribdi. Umrida baliq ovlab ko‘rmagan Jin mashaqqat bilan to‘rtta zog‘ora baliqqa ega bo‘libdi. Biroq u tutgan balig‘ini pishirishni bilmabdi. Yana dehqonning oldiga boribdi. Ular ikkovlashib o‘tin terib, baliqni olovga tutib pishiribdi. So‘ng uni o‘rtaga qo‘yib, birga ovqatlanishibdi.

– Oh, bunchalar shirin yemak bo‘lmasa. Avval sira bunday mazali baliq yemagan edim. Chindan ham, mehnat qilib topilgan narsa totli bo‘larkan. Sen meni aldamabsan. Endi doim nonimni mehnat qilib topaman, – debdi dehqondan minnatdor bo‘lib Jin.

– Chunki mehnat qilganingda harakatda bo‘lasan, qoning yurishadi. Harakat qilgan odamning tani ham sog‘ bo‘ladi, – debdi dehqon.

Oradan oylar o‘tibdi. Jin dehqon o‘rgatganidek o‘z mehnati orqasidan non va halovat topib mamnun yashay boshlabdi. Baliqchilar orasidan o‘ziga do‘stlar orttiribdi. Kun sayin hayot unga maroqli va mazmunli tuyulibdi. Odamlarga qul bo‘lib, ularning bema’ni istaklarini ro‘yobga chiqarishdan, mehnat qilib, hayot kechirish yaxshiroq ekanini anglabdi. Ishlab ter to‘kish, so‘ng hordiq chiqarish ham unga yoqib qolibdi. Endi hech qachon qayta Jinga aylanmaslikka qaror qilibdi.

Kunlarning birida yana baliq oviga chiqibdi. Suvga to‘r tashlashi bilan unga oltin baliq ilinibdi.

– Ey, odam, jonimga rahm qil. Tila tilagingni, ortig‘i bilan ado qilay, – deb turganmish oltin baliq ta’zim bajo qilganicha.

– Joning o‘zingga siylov. Menga sendan hech narsa kerakmas. Moviy to‘lqinlar ichra o‘ynoqlab suzaver, – debdi Jin oltin baliqni hayratga solib. U hali biror odam zotidan bunday gap eshitmagan ekan.

– Nahotki, biror tilaging yo‘q? O‘zing bo‘lmasa bola-chaqang uchun so‘ra, keyin pushaymon bo‘lma, – debdi oltin baliq uning gaplari qanchalik to‘g‘riligini bilish uchun.

– Ey, oltin baliq, menda bola-chaqa yo‘q. Bo‘lganida ham ularni mehnatga o‘rgatardim. Sen mening g‘amimni yema. Mehnat qilib, non topib yeyish qanchalar rohat ekanini bilganingda edi, bu rohatni hech narsaga almashtirmagan bo‘larding, – debdi Jin.

Do’stlik sinovda chiniqar ertagi

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, barg bilan kesak bo’lgan ekan. Ular qalin do’st bo’lishib, bir-biridan ajralmaslikka, og’ir kunlarda bir-­birlariga yordam berishga va’ dalashishibdi. Ular ahil yashay boshlabdilar. Kunlardan bir kun qattiq shamol turibdi.

Shamolning g’uvullashidan qo ‘rqib ketgan barg kesakka nolish qilib yig’labdi. Shunda kesak:

– Hech narsadan qo ‘rqma, men seni bu balodan qutqaraman, – deb bargni pana qilib to’sibdi.

Shamol qanchalik kuchli bo’ lmasin, bargni uchirib keta olmabdi. Bundan shamolning jahli chiqib, yomg’irmi yuboribdi. Bu bilan u kesakdan o’ ch olmoqchi bo’libdi. Lekin yomg’ir ham ularni qo’rqita olmabdi. Yomg’iming yog’ishini ko’rgan kesak bargga nolish qilibdi. O’zini yomg’irdan qutqarishini so’rabdi. Shunda barg kesakni yomg’irdan pana qila boshlabdi. Qanchalik ko’p sel yog’masin, kesak nam bo’lmabdi. Yomg’ir tingach, kesak bilan barg xursand bo’lishibdi. Ulaming  bir-birlariga mehr-oqibatlari yanada ortib, inoqlashib ketibdilar.



Beli og'rimaganning non yeyishini ko'r.

Bersang — yeydi, ursang — o'ladi.

Bir dehqon omoch bilan,
Yettovlon cho'mich bilan.

Birovning qo'li bilan tikan yulish oson.

Davlat*ning illati bor.

Dili pokning ishi — pok.

Dili pokning yo'li — pok.

Yerga boqqan ish qilmas,
Ish qilsa ham, tinch qilmas.

Ishlab yegan zog'orang
Tanangga yog'dek yoqar.

Ishlab topganning oshi — lazzatli.

Ishlagan er, tishlab yer.

Ishlamay yegan og'rimay o'lar.

Kambag'alning puli — peshona teri.

Kim ishlaydi, kim tishlaydi.

Kishining zari kishini buzar,
Zarni ko'rgan zanjirini uzar.

Ko'ngil tortgan osh — halol.

Manglay tering bilan topilgan mol,
Taningga halol.

Oshing halol boisa, ko'chada ich.

Oqar suvning haromi yo'q.

Og'zingdan chiqqan tupruk,
Yerga tushsa, makruh.

Og'iz yesa, ko'z uyalar.

Pora do'zax eshigini ochar,
O'zini bilgan undan qochar.

Pora yegan pona yer.

Pora kanda bo'lmasa,
Parokanda bo'lasan.

Poraxo'r boyimas,
O'g'ri koyinmas.

Poraxo'r besh qo'lini og'ziga tiqar.

Poraxo'r — tekinxo'r.

Poraxo'r — haromxo'r.

Poraxo'rning ko'zi beshta,
Qo'li — to'rtta.

Poraxo'rning tavbasidan qo'rq,
Mug'ombirning — yig'isidan.

Tekin bo'lsa, mix yut.

Tekin go'shtning suyagi burun yirtar.

Tekin yegan — ko'zga tikan.

Tekin yeguncha, ekib ye.

Tekin yema, teshadi,
Sim bo'lsang ham, eshadi.

Tekin tomoq odamning tuzog'i,
Yedirib aytadi: Ammamning buzog'i.

Tekin tomoq tish sindirar.

Tekin tomoq totlik kelar.

Tekin tomoqning ta'mi boshqa,
Yeganlarning boshi qashqa.

Tekin tomoqning tikanagi tiqilar.

Tekin topgan mol yomon,
Oxiri qo'ymas omon.

Tekin to'n qimmatga tushar.

Tekindan tomoq bo'lsa,
Qirq kun yotmoq kerak.

Tekinning minnati ko'p,
Mehnatning — ziynati.

Tekinxo'r boyimaydi,
Boyisa ham yuqmaydi.

Tekinxo'r soyasidan qo'rqar.

Tekinxo'r — suvsiz ariq.

Tekinxo'r qopib yeydi,
Mehnatkash topib yeydi.

Tekinxo'rga teng kelma, qopadi,
O'z aybini tekin pulga yopadi.

Download 35.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling